4.11.00.00.00 Атроф табиий муҳит ва табиий ресурслар / 11.05.00.00 Сувдан фойдаланиш ва муҳофаза қилиш / 11.05.01.00 Асосий қоидалар;
5.11.00.00.00 Атроф табиий муҳит ва табиий ресурслар / 11.06.00.00 Ўрмонлар ва ўрмон фондига кирмайдиган ўсимлик дунёсидан фойдаланиш ва муҳофаза қилиш / 11.06.01.00 Умумий масалалар;
6.11.00.00.00 Атроф табиий муҳит ва табиий ресурслар / 11.07.00.00 Ҳайвонот дунёсини муҳофаза қилиш ва фойдаланиш / 11.07.01.00 Ҳайвонот дунёсини муҳофаза қилиш ва фойдаланишнинг умумий масалалари]
214-modda. Respublika mulki
[СПиТ:
1.Мулк ҳуқуқи. Ашёвий ҳуқуқлар / Республика мулки]
Er, er osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega bo’lgan madaniy va tarixiy boyliklar, respublika byudjetining mablag’lari, oltin zaxirasi, davlatning valyuta fondi va boshqa fondlari respublika mulkidir, shuningdek korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, o’quv, ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, basharti bular byudjet yoki davlatning o’zga mablag’lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan bo’lsa, boshqa mol-mulk respublika mulki bo’lishi mumkin.
Respublika mulki bo’lgan mol-mulkni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Hukumati yoki ular maxsus vakil qilgan organlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, tasarruf qiladilar.
Respublika mulki bo’lgan mol-mulk davlat yuridik shaxslariga xo’jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida biriktirib qo’yilishi mumkin.
Respublika mulki respublika byudjetiga tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hisobidan, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan asoslarga ko’ra boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.
Respublika mulki ob’ektlari qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda va shartlar asosida xususiy mulk qilib berilishi mumkin.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.08.00.00 Мулк ҳуқуқи ва бошқа ашёвий ҳуқуқлар / 03.08.04.00 Оммавий мулк / 03.08.04.02 Муниципал мулк]
[СПиТ:
1.Мажбурият ҳуқуқи. Битимлар / Акцепт]
Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi aktsept hisoblanadi.
Aktsept to’liq va pisandasiz bo’lishi kerak.
Agar qonundan, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish bo’yicha avvalgi munosabatlaridan boshqacha ma’no kelib chiqmasa, sukut saqlash aktsept bo’lmaydi.
Ofertani aktseptlash uchun belgilangan muddatda olgan shaxsning unda ko’rsatilgan shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan harakatlari (tovarlarni jo’natish, xizmatlar ko’rsatish, ishlar bajarish, tegishli summani to’lash va h. k.), agar qonun hujjatlarida yoki ofertada boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoki ko’rsatilmagan bo’lsa, aktsept hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |