O`zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti bt va sti yo’nalishi iii-kurs 206-guruh (2-mutahasislik) talabasi bekchanova Zilolaning matematika o’qitish metodikasi fanidan yozgan kurs ishi


 Matematik konkurslar va olimpiadalarni tashkil qilish



Download 58,91 Kb.
bet3/5
Sana22.07.2022
Hajmi58,91 Kb.
#836824
1   2   3   4   5
Bog'liq
BEKCHANOVA ZILOLA MO\'M KURS ISHI

1.2. Matematik konkurslar va olimpiadalarni tashkil qilish.
Matematik konkruslar qiyin masalalar echish, o‘tkir zehn va tez tushuna olishni talab qiluvchi topshiriqlarni bajarish bo‘yicha o‘ziga xos musobaqalardir. Matematik konkruslar asosan yaxshi matematikni, tez tushunadigan, payqaydigan, ziyrak , yaxshi sinfni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Konkrus mavzusi va uni o‘tkazish vaqti oldindan belgilanadi. Masalan: masalalar echish; og‘zaki va yozma hisoblashlar; geometrik topshiriqlar va hakozalar.
Matematik olimpiadalar matematik konkurslardan farqli ravishda yirikroq masshtabda, maktabning bir sinfi emas, balki hamma sinflarini jalb qilgan holda o‘tkaziladi. Olimpiadalar yiliga bir marta matematik qobiliyati ko‘proq o‘quvchilarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Maktab olimpiadasini maktab direktori tasdiqlagan komissiya boshqaradi. Komissiya topshiriqlarning mazmunini, qatnashchilarni tanlash shartlarini aniqlaydi, olimpiada o‘tkazilish vaqtini belgilaydi. Olimpiadalarni o‘tkazishdan oldin unga tayyorgarlik ishlari bajariladi.
Matematika sinfdan tashqari ishlarning dolzarbligi 2- sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda bolalarning bilim saviyasiga qaraladi.Matematikani yaxshi o’zlashtirmagan o’quvchiga o’quvchilar bilan unchalik qiyin bo’lmagan misol va masalalar yechishni o’rgatamiz.Yaxshi o’zlashtirgan o’quvchilarga mukamallroq misol va masalalar yechish o’rgatiladi.
Matematika sinfdan tashqari ishlar maqsadi o’quvchilarga matematik o’n minutlik,matematik to’garak,matematik devoriy gazeta va matematik ekskursiyalarni tashkil etish. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy vazifalari ushbulardan iborat: o‘quvchilarning bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirish; o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish; matematikaga qiziqishlarini orttirish; qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish; talabchanlik; irodani tarbiyalash; mehnatga muhabbatni ; mustaqillikni; uyushqoqlikni va jamoatchilikni tarbiyalash.
Maktab amaliyotida matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning ushbu turlari uchraydi: matematik o‘n minutliklar, soatliklar va qiziqarli matematika kechalari, matematika to‘garaklari, ertaliklari, viktorinalar, konkurslar. Shuningdek, sinfdan tashqari ishga matematikadan gazeta chiqarish, matematika burchaklarini rasmiylashtirishlar ham kiradi. Oldin 2-sinfda sinfdan tashqari ishlar qanday tashkil qilinishi va o‘tkazilishini qarab chiqamiz.Bu sinfda sistemali ishning asosini matematik o‘n minutliklar tashkil qiladi. Odatda, o‘n minutliklar hafdasiga bir marta butun sinf bilan o‘tkaziladi. O‘n minutliklardagi mashg‘ulotlar sinf chegarasidan tashqariga chiqishi juda muhimdir.
Topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matemetik topshiriqlarga o‘xshash bo‘lmasligi kerak: topshiriqlarning mazmunlari bolalarga tushunarli qiyinlik darajalari bolalarga mos bo‘lishi kerak: javoblar tez topilishi kerak, agar hisoblashlar zarur bo‘lsa , ular faqat og‘zaki bajarilishi kerak. Qiziqarli matematika soati darsdan keyin sinfning hamma o‘quvchilari bilan o‘tkaziladi. 2-sinfda bu mashg‘ulotlar epizodik ravishda o‘tkaziladi. 2-sinflarda sistemali ravishda (ammo oyiga 1-2 martadan ko‘pmas ) o‘tkaziladi, chunki ularni o‘tkazishga ko‘p vaqt talab qilinadi. Mashg‘ulotning davomiyligi 2-sinfda 25-35 minut . Mashg‘ulot o‘tkazish uchun har hil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo‘lib hizmat qiladi.
Matematika to‘garagida o‘rganiladigan material mazmuni va hajmini chegaralab qo‘yish qiyin. Bunda maktab sharoiti va o‘qituvchining tayyorgarligiga qarab to‘garakda turli xil tarixiy, nazariy va amaliy materiallarni o‘rganish mumkin.
Matematika to‘garagining muvaffaqiyatli ishlashda, o‘quvchilarni to‘garak ishiga jalb qilishda, qiziqtirishda dastlabki mashg‘ulotlarning ro‘li katta. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, dastlabki mashg‘ulotlarning ko‘p qismini qiziqarli matematikaga ajratish ham yaramaydi, chunki keyingi mashg‘ulotlarda qiziqarli matematikadan boshqa materillarga qiziqish kamayadi, natijada o‘quvchilar to‘garakdan soviy boshlaydi. Shuning uchun dastlabki mashg‘ulotlarda ham, keyingi mashg‘ulotlarda ham qiziqarli materiallar hajm jihatdan barobar bo‘lish ma‘quldir.
Sinfdan tashqari ish tashkilotchisining matematik va umumpedagogik mahorati ham bu ishning sifatiga va ilmiy metodik darajasiga ta‘sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. O‘qituvchining shaxsiy malakasi ham katta ahamiyatga ega. Shu sababli sinfdan tashqari ish har bir o‘qituvchini qanoatlantiradigan aniq uslubiy ko‘rsatmalar berishi qiyin.
To‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazish sinf darslariga yaqin. Sinfdagi va sinfdan tashqari ishlarning o‘xshashligi jamoa o‘quv ishini tashkil qilish formasi bilan aniqlandi, bunda o‘qituvchi o‘quvchilar guruhi bilan mashg‘ulot olib boradi, zaruriy tushunchalarni beradi, o‘quvchilardan so‘raydi va h. Bu yerda o‘quvchilarga katta tashabbuskorlik berish maqsadga muvofiq, ularga muhokama qilinayotgan masala yuzasidan mulohazalarini bemalol aytish uchun to‘la imkoniyat berish kerak. Bunda o‘quvchilarni matematik tilda gapirishga o‘rgata borish, ularni matematik nutqlari (og‘zaki nutq va yozma nutq) ustida ishlashi ham eng muhim pedagogik vazifalardan biridir.
Bundan tashqari to‘garaklarda to‘garak kutubxonasi, matematika burchagi tashkil qilish va ularni jihozlash, ayrim tadqiqot ishlari olib boorish maqsadga muvofiqdir. Bu ishlarni yaxshi tashkil qilish uchun sharoitga qarab, chorak dasturlari, yarim yillik matematik va taqvimiy dasturlari tuziladi.
. Matematik viktorina, matematik ertalik, matematik musobaqa tavsifi
Matematika fanidan sinfdan tashqari tadbirlar
Тadbir shakli.Тadbir mavzusi. Тadbir maqsadi. O‘qituvchi faoliyati. O‘quvchi faoliyati.
1. Matematik o‘yinlar Sehrli kvadrat Тez va aniq hisoblash O‘yinni boshqarish, o‘quvchilarni qiziqtirish va sehrli kvadrat tarixi bilan tanishtirish Mantiqiy fikrlash
2. Qiziqarli matematik soatlar Rebuslar, fokuslar, Krsvordlar Matematika darslarida olingan bilimlarni chuqurlashtirishТurli rebuslarni, krasivordlarni tayyorlashRebuslar va krasivordlarni topish
3. Matematik viktorina Hamma narsalarni bilishni istayman Murakkab masalalar Тurli murakkab masalalarni tayyorlash va viktorinani boshqarish Hamma masalalarni bilishga intiladilar
4. Matematika ertaligi Тarixiy masalalar Тarixiy misollarni o‘rganish Misollarni tayyorlash va ertaliklarni boshqarish. Тarixiy misollarga qiziqtirish Misollarni yechishga harakat qilish
5. Matematik to‘garaklar Mashhur matematik olimlarning hayoti va faoliyati Olimlarning matematikaga qo‘shgan hissasi, matematika tarixini chuqur o‘rganish Matematika to‘garagini boshqarish va ssenariy yozish Тarixiy materiallar to‘plami
6. Devoriy gazeta, qiziqarli tarixiy hikoyalar, olimlarning ijodi va hayotidan yangiliklar O‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishga erishish. Devoriy gazeta uchun material to‘plash, devoriy gazetalarni chiqarish va tarixiy materiallarni o‘rganish.
7. Ekskursiyalar, tarixiy muzeylarga sayohatlarga olib boorish, milliy grafika, geometrik shakllar bilan tanishtirish, ekskursiya jarayonida tarixiy materiallar bilan tanishtirish, matematikadan yangi bilimlarga ega bo‘lish.
Matematika darslarini samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish darslar tizimi.
O‘rganiladigan mavzular nomi, darsning borishi, kutiladigan natija, tarixiy tushunchalarni shakllantirish manbaalari.
1. Natural sonlarni raqamlash va ular ustida arifmetik amallar Yashash uchun raqamlarni zarurligi, uni xalq ijodiyoti va qadriyatlarida ifodalanishi Raqamlarni paydo bo‘lish zaruriyati va asoschilari Al-Xorazmiyning «Hind kitobi» risolasi ahamiyatini bilishva vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalash. Xalq og‘zaki ijodiyoti, masal, topishmoq mutafakkirlar ta’limotidir
2. Miqdorlar: uzunlik, yuza, vaqt, hajm, og‘irlik tushunchalari va o‘lchov birliklari Тurli miqdorlarni kelib chiqish tarixi, ularni har kunlik hayotga ishlatilishi. O‘quvchilarni aniq, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish O‘nli pozision tizimini o‘lchov birliklarida tatbiq etilishi. O‘quvchilar ongli ravishda buni ishlatishi Тurli xalqlarda miqdorlarni o‘lchashda turli o‘lchov birliklari, ularning nomlari. Тurli o‘lchov asboblari (soat, chizg‘ich, palitka va h.k.)
3. Kasrlar va ulush tushunchasi Ulush va kasr tushunchalari kelib chiqish tarixi, turli xalqlarni bular to‘g‘risidagi fikrlari Kasrlarni kundalik hayotda masala-misollarni yechishda to‘g‘ri tatbiq etilishi. Vatanparvarlik tarbiya Qadimiy Misr, Bobilliklarni kasr haqidagi ta’limoti. O‘rta Osiyolik olimlarning, xususan G‘iyosiddin al-Koshiyning «Arifmetika kaliti» asari. Ibn Sino, Beruniy ijodi.
4. Algebra elementlari: sonli va o‘zgaruvchi ifodali tushunchalari, tengsizliklar va tenglamalar yechishAlgebrik tushunchalarni kelib chiqish tarixi. Matematik bilimlarni chuqurlashtirish. Mantiqiy abstrakt fikrlashga o‘rgatish.Algebra elementlarini ongli ravishda tushunish, bilish, to‘g‘ri tatbiq etish. Buyuk ajdodlarimiz ijodi bilan yaqindan tanishish. Milliy o‘zlikni anglash hissini tarbiyalash Muhammad -al-Xorazmiyni «Al-jabr va al- muqobala» asari va uning ahamiyati. Qadimgi Misr papirusilaridagi ma’lumotlar, qadimgi Yunon olimlarining ta’limoti. Umar Hayyom ijodi.
5. Geometriya elementlari: nuqta, to‘g‘ri chiziq, kesma, burchak, uchburchak, to‘rtburchak, to‘g‘riburchak, ko‘pburchak, aylana, kvadrat, yuza va h. Geometrik figuralarni chizish, o‘lchash, geometrik masalalarni yechish, kundalik hayotga tatbiq etish. O‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini abstract fikrlashini rivojlanadi, amaliy malakalar tarkib topadi. Evklidning «Negizlar» asari, Pifogorning ilmiy maktabi, ijodi. Barcha buyuk O‘rta Osiyo olimlari ijodi, faoliyati
6. Masalalar yechish, mantiqiy fikrlash, analiz va sintezni qo‘llashga o‘rgatish. Тaqqoslash, umumlashtirish, konkretlashtirishga, yo‘naltirishga o‘rgatish. Matematik bilimlarni amaliyotga tatbiq qilish. Masala yordamida tarbiya muammolarni hal qilish. Qadimgi Misr papiruslaridan boshlab hozirgi davrning turli manbaalari haqida ma`lumot berish.
Shuni ta’kidlash lozimki, individual va guruhli mashg‘ulotlar tizimli ravishda o‘tkazilmasligi, aksincha, asosiy ish sinfda bajarilishi kerak. Sinfdan tashqari ish sinfdagi dars shakliga nisbatan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
1. O‘z mazmuni bo‘yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan, matematik material o‘quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda berilishi kerak.
2. Boshlang‘ich sinflarda bolalarning matematikaga nisbatan to‘plangan turg‘un qiziqishlari haqida hali gapirib bo‘lmaydi.
3. Topqirlik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning samarali usullaridan foydalanish rag‘batlantirilishi kerak.
4. Darslar 45 minutga rejalashtirilgan holda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga va o‘tkazilish shakllariga qarab 10–12 minutga ham, bir soatga ham mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
5. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlari (qiziqarli matematika soatlari, to‘garaklar, viktorinalar va h.k.) qarab mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi.
Matematika minutliklarida, topshiriqlarga qiziqish uyg‘otish va quvvatlash uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga o‘xshash bo‘lmasligi kerak.
Mashg‘ulot o‘tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo‘lib xizmat qiladi.
Matematik to‘garak matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng ko‘p tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi – matematikaga alohida qiziqish ko‘rsatgan o‘quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish.
Matematik to‘garak ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq qiladi:
Matematika to‘garagiga o‘quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Mustaqil ravishda ko‘rgazmali qurollar (abaklar, ba’zi o‘yinlar uchun misollar yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radilar va hokazo.
Matematika to‘garagini o‘tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak. Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda o‘tkazilgan ba’zi to‘garak mashg‘ulotlarining taxminiy rejalarinini keltiramiz.
I mashg‘ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Qo‘shishga oid qiziqarli masalalar. 3. 100 ichida raqamlashni bilishni tekshirishga oid mashqlar. 4. Тopqirlikni talab qiladigan masalalar. 5. Hazil masala. 6. Тopishmoqlar. 7. Quvnoq sanoq (20 ichida) o‘yini.
II mashg‘ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Тopqirlikni talab qiluvchi she’riy masalalar. 3. Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar. 4. Hazil masala. 5. “Sonni to‘ldir” o‘yini.
III mashg‘ulot. Dars tipidagi to‘garak mashg‘uloti.
Matematik viktorinalar.Matematik viktorinalar ma‘lum tema, bo‘lim yoki umuman matematikaga doir masalalar bo‘yicha savol – javob o‘yini bo‘lib, ko‘p vaqt va katta tayyorgarlik talab qilmaydi.
Boshlang‘ich sinflarda viktorinalar 10 – 20 minut davom etadi. Bunda oldindan tayyorlangan 5 – 6 savolga og‘zaki yoki yozma javob olinadi.
I – IV sinflarda matematik viktorinalarni tizimli o‘tkazib turish o‘quvchilarni masalalarni turli usullarda yechishga o‘rgatadi, ularning fikrlash va hozirjavoblik qobiliyatlarini kamol toptiradi.
Umuman, viktorinalar qizigan musobaqa tarzida o‘tadi, eng bilag‘on topqir va hozirjavob o‘quvchini, ilg‘or sinfni aniqlash imkonini beradi.
Viktorinada qatnashish mutlaqo ixtiyoriy bo‘lib, o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, matematikaga qiziquvchilarni aniqlash va keyinchalik ularni matematikaga jalb etish maqsadida o‘tkaziladi.
Albatta, viktorinada tavsiya etilgan savollar turlicha qiyinlikda bo‘lib, unga ko‘proq o‘quvchilarning qatnashuviga erishish kerak. Matematik viktorinalar har xil o‘tkazilishi mumkin.
Quyidagi ikki xilini misol tariqasida keltiramiz:
1. Savollar (misol, masalalar) o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga og‘zaki beriladi yoki doskaga oldindan yozib qo‘yiladi. Javobni ham o‘quvchilar og‘zaki tayyorlaydilar. Yoki o‘z daftarlariga qisqa, ya‘ni o‘zlari eslab turishlari uchun kerakli narsalarni yozib turadilar. O‘qituvchi o‘quvchilardan bir nechtasi qo‘l ko‘targuncha kutib turib, keyin birinchi bo‘lib qo‘l ko‘targan o‘quvchini so‘raydi. Agar birinchi qo‘l ko‘targan o‘quvchi noto‘g‘ri javob bersa, ikkinchi uchunchi va qo‘l ko‘targan o‘quvchilardan (to‘g‘ri javob olguncha) so‘raladi:
2. Agar o‘qituvchi savolni doskaga yoki qog‘ozga oldindan yozib qo‘yiladigan bo‘lsa u o‘quvchilarga ishlash uchun buyruq beradi va javoblarni daftarga yozib to‘g‘riligiga ishonch qilgandan keyin qo‘l ko‘tarish kerakligini aytadi. O‘qituvchi qo‘l ko‘targan o‘quvchilar oldiga borib berilgan savol, masala yoki misol javobini ko‘radi. So‘ngra avval qo‘l ko‘targan o‘quvchiga javobni aytishga va javobini tushuntirib berishga ruxsat beradi.
Matematik ertaliklar.Matematik ertaliklar (kechalar) ommaviy tadbirlardan biri bo‘lib, o‘quvchilar va ota – onalar o‘rtasida matematik bilimlarni tarqatish hamda o‘quvchilarning matematikaga qiziqishini oshirish, shu bilan birga ularni matematik to‘garaklarga ko‘proq jalb qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Bunday ertaliklar I – IV sinflarda 1 – 2 marta o‘tkazish mumkin.
Ertalikni bir sinf bilan yoki parallel sinflarni qo‘shib o‘tkazish mumkin. Ertalik o‘rta hisobda bir soat davom etishi mumkin. Ertalikni o‘tkazish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish kerak. Buning uchun eng kamida bir oy oldin o‘qituvchi chuqur o‘ylangan reja tuzib chiqishi kerak. Shundan keyin o‘quvchilar bilan suxbatlashib, ularga qilinadigan ishlar taqsimlab chiqiladi. Bu ishga yuqori sinf o‘quvchilarini va ota – onalarini ham jalb qilish mumkin.
Ertalik dasturini kerakli materiallar (she‘r, qo‘shiq, boshqotirma, qiziqarli masala, matematik o‘yin, konkurs masalalari, viktorina savollari, ishtirokchi personajlar kostyumi va boshqa) tayyor bo‘lgadan so‘ng yana bir marotaba ko‘rib chiqish va muhokamadan o‘tkazish kerak.
Ertalikni (kecha) o‘tkazishdan bir hafta oldin uning chiroyli bezatilgan va katta qilib yozilgan dasturni ko‘rinarli joyga osib qo‘yish kerak. Dasturdagi ba‘zi savollarga boshqa o‘quvchilar ham tayyorgarlik ko‘rishi mumkin.
Ertalik o‘tayotgan xonaga (zal) shu ertalikka atab chiqarilgan matematik ro‘znoma yoki jurnal osib qo‘yiladi. Iloji boricha shu xona ertalikka moslab bezatiladi.
Ertalikda (kecha) ishtirok etgan bolalar fantaziya qilish, mulohaza yuritish, to‘g‘ri fikrlash va gapirishga o‘rganishadi. Demak, matematik ertalik uchun sarflangan vaqt faqat matematik qimmatga ega bo‘lmay, balki o‘quvchilar uchun umummadaniy qimmatga va tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir.
matematik musobaqa Yuqorida aytib o‘tilgan sinfdan tashqari ishlarda (10 minutlik, viktorina, ertalik va h.k.), asosan, butun sinf o‘quvchilari ishtirok etsa, matematik musobaqalarda (konkurs, olimpiada) ko‘pchilik ishtirok etib, g‘oliblar musobaqasi bilan yakunlaydi, ya‘ni bu musoba bir necha (ko‘pincha 3 yoki 4) soat davom etadi. 1 turda istagan hamma o‘quvchilar qatnashishi mumkin. Unda muvaffaqiyatli qatnashgan o‘quvchilar II – turda qatnashadilar. II – turdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar III – turda qatnashush huquqiga ega bo‘ladilar va h.k. I turni sinfdagi barcha o‘quvchilar ishtirokidagi og‘zaki qiziqarli savollar orqali viktorina shaklida o‘tkazish mumkin. Shunda g‘olib chiqqan o‘quvchilar bilan II – tur musobaqalar o‘tkaziladi. Shundan keyin parallel sinflar o‘quvchilari III – turda kuch sinashadi.



Download 58,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish