O`zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti



Download 96 Kb.
bet1/2
Sana12.01.2017
Hajmi96 Kb.
#336
  1   2

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

TARIX FAKULTETI TARIX TA’LIM YO’NALISHI 4 KURS «А» GURUH TALABASI QO’CHQOROV SHAHBOZNING JAXON TARIXI FANIDAN


MAVZU: konsullik va imperiya yillarida fransiya

BAJARDI: Qo’chqorov. Sh
TEKSHIRDI: Boysariyev X.
NAVOIY-2013
MAVZU: KONSULLIK VA IMPERIYA YILLARIDA FRANSIYA

Reja:

I. Kirish.

II. Asosiy qism

2.1. Fransiyaning XVII asr o’rtalaridagi ijtimoiy — iqgisodiy siyosiy rivojlanishi.

2.2. Feodal — absolyut tuzumning inqirozi.

2.3. Fransuz ma’rifatparvarligi taraqqiyoti

2.4. Evropa davlatlarining Fransiyaga qarshi urush harakatlari. Napoleon inperiyasining ichki siyosati va imperiya inqirozi

III. Xulosa

IV. Abadiyotlar ro`yxati

Kirish.

XVII asrning o’rtalarida Fransiya G`arbiy Yevropaning eng yirik va markazlashgan davlati edi. Bosh vazir kardinal Rishele (1624—1642) davrida absolyutizm mustaxkamlandi. O’ttiz yillik urushning g`olibona natijalari Yevropada Fransiyaning siyosiy ustunligini ta’minladi. Mamlakat iqtisodiyoti agrar tavsifiga ega edi axolining 85% qishlokda yashar edi. Sanoatda yetakchilik rolini to’qimachilik tarmog`i o’ynar edi. XVII asrda mamlakatda «dastlabki jamg`arish» jarayonlari davom etardi . Bu yerda davlat qarzlari, soliq bosimi, sudxo’rlik moliyasi katta axamiyatga ega edi. Manufaktura ishlab chiqarilishi asta sekinlik bilan rivojlanishiga qaramasdan feodal munosabatlar mamlakatda ustunlik qilar edi. Dvoryanlar tabaqasida ham ijtimoiy siljishlar ko’zga tashlanardi. Asilzoda dvoryanlarning («qilich dvoryanlari») katta qismi iqtisodny jixatdan zaiflashardi. Shu paytning o’zida dvoryanlar tabaqasi savdo— sanoat doiralardan chiqqan dvoryanlar xisobiga kengaymoqda edi. Sanoat, savdo va sudxo’rlik doiralari siyosiy mustaqillikka intilishmasdi.

1643 yili besh yoshlik Lyudovik XIV Fransiya qiroli bo’ldi. Lekin faktik jixatdan mamlakatni kardinal Mazarini idora qilardi. Mazarini Rishelening absolyutizmni mustaxkamlash siyosatini davom ettirdi. Xokimiyat almashuvi Rishele davridan to’planib kelayotgan jamoat noroziligining portlashiga olib keldi. 1648 yili absolyutizmga qarshi Fronda xarakati boshlandi. «Fronda» degani — «sopqon» demakdir. Parijda bu quroldan foydalanish man qilingan edi. Sopqondan foydalanganlarni politsiya qamoqa olardi. Shu sababli «Frondalash» degan ko’chma ma’nodagi so’zning asli ma’nosi tartibni buzish, ma’murlarga qarshi ish ko’rish demak edi. Fronda tarixi ikki davrga: «Eski Fronda», yoki «parlament Frondasi», 1648—1649 yillardagi davrga va «Yangi Fronda», yoki «shaxzodalar Frondasi», 1650—1653 yillardagi davrga bo’linadi.1

Bu ikki Fronda bilan to’qnashuvida absolyutizm mag`lub bo’lmadi. Aksincha siyosiy inqirozlardan mustaxkamlanib chikdi.1661 yili Mazarini vafot etdi. Shu paytdan boshlab Lyudovik XIV mamlakatni yakka xolda 1715 yilgacha idora qildi. «Lyudovik XIV asri» fransuz absolyutizmining eng rivojlangan va inqirozi davri edi. Lyudovik XIV davrida qirol xokimiyati va davlat markazlashuvi kuchaydi. Xarbiy isloxotlar armiyaning jangovor tayyorgarligi va intizomini oshirdi. XVII asrning ikkinchi yarmida mamlakatning moliyaviy va xarbiy — siyosiy qudratini oshirish maqsadida davlatning xo’jalik xayotiga aralashuvi kuchaydi. Ayniqsa, bu maqsadlarga moliya vaziri Kolber tomonidan 1665—1683 yillarda olib borilgan merkantalizm siyosati to’g`ri kelardi. Dengiz orti va mustamlakalarda savdoni faollashtirish uchun davlat ishtirokida monopol savdo kompaniyalari tuzildi:Ost—Indiya, Vest—Indiya, Levantiya kompaniyalari. Flot qurilishiga moliya ajratilar edi.

«Kolbertizm» siyosati yirik markazlashgan manufakturalarning tashkil eitilishiga, fransuz floti va dengiz savdosining o’sishiga turtki berdi. Lyudovik XIV davridagi yirik urushlar Fransiya uchun og`ir yuk edi. Absolyut monarxiyaning mafkuraviy tayanchi katolik cherkovi edi. Mamlakatning siyosiy markazlashuvi diniy — cherkov unifikatsiya bilan birgalikda olib borilardi. Gugenotlarga qarshi diniy ta’qiblar kuchaydi. 200 — 300 minga yaqin gugenotlar Fransiyani tark etdilar.

Ma’rifatli doiralarda R.Dekart tomonidan ishlab chiqilgan dunyoqarashning ratsionalistik, tizimi keng tarqaldi. XVII asrning oxiri —XVIII asr boshlarida


«libertintlik»-erkin fikrlik va diniy skeptitsizm kuchaydi. Bu oqimning yorqin namoyondasi P.Beyl edi. XVII asrning ikkinchi yarmi fransuz madaniyatining o’sish davri edi. Fanlar Akademiyasi (1666), me’morchilik, rassomchilik akademiyalari, observatoriya tuzilgan edi. 1694 yili «Fransuz tiliniig lug`ati» nashr etildi.1

Badiy madaniyatda klassitsizm yo’nalishi xukmronlik qilar edi. Adabiyotda P.Kornel, J.Rasin, J.B.Moler, me’morchilikda F.Mansar ijodlarini ta’kidlash mumkin. XVII asrning oxiri — XVSh asrning boshlarida Fransiyani ichki va xalqaro axvoli yomonlashdi. XVIII asrda Fransiyada kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi tezlashdi.Bu jarayon bilan bog`liq o’zgarishlar jamoat ongida, jamiyatning ijtimoiy tarkibida bo’lib o’tardi. Bunday xolatda sodir


bo’layotgan jarayonlar xukumronlik qilayotgan feodal absolyutistik tuzum bilan ziddiyatga kelar edi. Bu ziddiyatning chukurlashuvi va keskinlashuvi 1789 yilda
boshlangan Buyuk Fransuz inqilobiga olib keldi. XVIII asrning o’rtalariga kelib fransuz ma’rifatchilari feodal absolyut tuzumning ijtimoiy—siyosiy va mafkuraviy ustunlarini ayovsiz tanqidga olib, «idrokda inqilob» yasashdi. Ma’rifatchilar o’yg`onish davri gumanistlarining g`oyalarini davom ettirib, jamiyatning asosiy maqsadi-inson baxti deb xisoblarshadi. Ma’rifatchilarning daxolari Mari Fransua Volter (1694-1778), Sharl Lui Monteske (1689-1755), Deni Didro (1719-1784), Jan Jak Ruso (1712-1778), Jan Mele (1664-1729) va boshqalar edi. Ma’rifatchilarning faoliyati xalq ongining inqilob arafasidagi uyg`onishiga katta xizmat qildi. XVIIIasr 80 yillar oxiriga kelib Fransiyada feodal absolyutik tuzumning inqirozi kuchaydi.Mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy axvoli yomonlashdi.1787 -1789 yillarda savdo – sanoat inqirozi keng tarqaldi. Qashshoqlanish, ishsizlik, tanglik shaxar va qishloqlarni qamrab oldi. Davlat moliyalarning axvoli xam juda og`ir edi. Monarxiya moliyaviy bankrotlik arafasida edi. Vaziyatni to’g`rilashda imtiyozlarga ega yuqori tabaqalarga tayanish maqsadida chaqirilgan (1787 y.) «notablar» majlisi absolyutizimni qo’llab quvvatlamadi va 1614 yildan beri chaqirilmagan General shtatlarni to’plashni talab qildi. Bunday talabni uchinchi tabaqa keng doiralari xam ilgari surishdi. Xukumat yon berishga rozi bo’ldi. Lyudovik XU1 moliyalar bosh direktori lavozimiga mo’tadil isloxotlar tarafdori Shveysariyalik bankir Nekkerni tayinladi. General shtatlarning chaqirilishi 1789 yil baxoriga belgilandi. General shtatlarga saylovlar xalq xarakatining faollashuviga turtki bo’ldi. Bu xarakat davomida 450 ga yaqin g`alayonlar bo’lib o’tdi.

1789 yil 5 mayda Versalda General shtatlar ochildi. 270 deputat dvoryanlardan, 291 — ruxoniylardan va 578 deputat uchinchi tabaqadan edi. Uchinchi tabaqa deputatlari xalq qo’llab kuvvatlashini sezgan xolda vakillikning tabaqaviy tamoyilini rad etishdi va 17 iyunda o’zlarini Milliy majlis deb e’lon qilishdi. 20 iyunda to’plangan uchinchi tabaqa deputatlari konstitutsiya ishlab chiqilmaguncha tarqalmaslika qasamyod qilishdi. Dvoryanlar vakillari qirolga norozilik jo’natishdi. 23 iyunda Lyudovik XVI uchinchi tabaqa qarorlari bekor qilinishi va «feodal va senorial mulk, dastlabki ikki 26 tabaqalarning foydali xuquqlari va foydali imtiyozlar» masalalarini General shtatlari tasarrufidan chiqarilishini e’lon qildi. Lekin uchinchi tabaqa deputatlari qirol buyrug`iga buysunishni rad etishdi. Ularga liberal dvoryanlar va ruxoniylarning salmoqli qismi qo’shilishdi. 1789 yil 9 iyulda Majlis o’zini «Milliy ta’sis majlisi» deb e’lon qildi.Saroy axli va Lyudovik XVI boshlanayotgan inqilobni kuch ishlatish bilan bostirmoqchi bo’ldi. Parijga xarbiy qo’shinlar (20 ming) tortildi. 11 iyulda Nekker lavozimidan bo’shatildi, xukumat tepasiga reaksiya baron Breytel tayinlandi. 13 iyulda shaxar qo’zgolon bilan qamrab olingan edi. Qo’zg`olonning eng yuksak cho’qqisi Bastiliyani (siyosiy maxbuslar qamog`i) olinishi bo’ldi.

Bastiliyaning olinishi Fransuz inqilobining boshlanishi va birinchi g`alabasi edi. Shaxarlarda «munitsipal inqiloblar» bo’lib o’tdi. Barcha yerlarda militsiya otryadlari (Milliy gvardiya) tashkil etildi. Inqilobiy voqealar qishloqlarda xam xalq ko’tarilishiga, ko’plab qo’zg`olonlarga olib keldi. 1789 yil yozidan 1793 yilgacha dehqonlar inqilobining asosiy ommaviy tayanchi va xarakatlantiruvchi kuchiga aylandi. 1789 yil quzg`olonining asosiy siyosiy natijasi — absolyutizmning deyarli qulashi edi.1789 yilda Ta’sis majlis ikki muxim qonunchilik aktini qabul qildi. 4-11 avgustlarda qabul qilingan dekretlarga kura cherkov desyatinasi, senorlarning dexqon yerlarida ov qilish xuquqi, dehqonlarning shaxsiy feodal majburiyatlari, senorial sudlar va boshqalar to’lovsiz bekor qilindi. Yer bilan bog`liq majburiyatlar senorlar mulki deb tan olindi va to’lov evaziga bekor qilinardi. Aloxida joylar, xududlar, 27 provinsiyalar va shaxarlarning turli imtiyozlari va erkinliklari xam bekor qilindi.

26 avgustda Ta’sis majlis «Inson va fuqaro deklaratsiyasini» qabul qildi. 17 banddan iborat Deklaratsiyada xalq suvereniteta, qonun oldida barchaning tengligi, xar qanday lavozimni egallash xuquqi, so’z va matbuot erkinligi, diniy toqatlik, shaxsiy mulkka ega bo’lish xuquqi e’lon qilindi. Bastiliya egallangandan so’ng mamlakatdan zadagonlar-aksilinqilobchilarning emigratsiyasi boshlandi. Inqilobga qo’shilishini e’lon qilgan Lyudovik XVI amalda Deklaratsiyani qo’llab — quvvatlashdan voz kechdi, 4-11 avgust dekretlarini tasdiqlamadi. Versalga qirolga sodiq qo’shinlar tortila boshlandi. Davom etayotgan iqtisodiy inqiroz, oziq — ovqatning yetishmovchiligi, qimmatchilik xalq noroziligini kuchaytirdi. 5 oktabrda 20 ming parijliklar Versalga yo’l olishdi. Xalq ommasiga Parijning milliy gvardiyasi xam qo’shildi. 6 oktabrda xalq talablari ostida qirol oilasi Versaldan Parijga ko’chishga majbur bo’ldi. Parijga Milliy majlis xam ko’chdi. Lyudovik XVI Deklaratsiyasini qo’llab quvvatlashga va 4—11 avgust dekretlarini tasdiqlashga majbur bo’ldi.Ta’sis majlis o’z mavqeini mustaxkamlab, mamlakatda o’zgartirishlar olib borardi. Majlisda ustivorlik mavqelarga mo’’tadil monarxist konstitutsionistlar ega edi. Ular ichida liberal dvoryanlar, Ayniqsa markiz Lafayet va graf Mirabo, yetakchilik qilar edilar. So’l deputatlar ichidan esa arrislik advokat Maksimilian Robesper ajralib turardi. Ta’sis majlis tabaqaviy imtiyozlarni, merosiy dvoryanlik institutini, dvoryanlik gerblar va unvonlarni, sex tizimini va davlat cheklashlarini bekor qildi. Ichki bojlar va 1786 yili Angliya bilan tuzilgan savdo shartnomasining bekor qiliiishn milliy bozorning shakllanishiga va uni xorijiy Raqobatdan ximoya qilinishiga olib keldi.

Lekin, shu paytning o’zida Ta’sis majlis ishchi itgifoqlar va stachkalarni ma’n qi qiladigan Le Shapele qonunini qabul qildi (1791 y.). Ta’sis Majdis tomonidan 1790 yil mart —may oylarida qabul qilingan qonunlar yer yegaligining feodal xuquiy tizimini yo’q qildi, shaxsiy majburiyatlarning to’lovsiz bekor qilinishini tasdiqladi. Lekin, asosiy, yer bilan bog`liq «real» majburiyatlardan ozod bo’lish ko’pchilik dehqonlar uchun imkonsiz edi: tulov 20 — 25 yillik renta xajmida edi.1769 yil 2 noyabr dekreti buyicha Ta’sis majlis cherkov yer egaliklarini musodara qildi. Milliy mulk deb e’lon qilingan bu yerlar davlat qarzini qoplash uchun sotib yuborildi1.

1791 yil sentabrida Ta’sis majlis konstitutsiyani ishlab chiqarishni yakunladi Konstshutsiya Fransiyada konistitutsion monarxiyani o’rnatdi. Qonunchilik xokimiyat qonunchilik majlisiga,ijroiya xokimiyat esa merosiy monarx va tayinlangan vazirlarga topshirildi. Fransiya tog` va daryolar nomlarini olgan 83 departamenta bo’lindi. Bu yerdagi boshqaruv idoralari saylov asosida shakllanardi. Yangi yagona sud tizimi xam sudyalarning saylanishi tamoyiliga asoslandi.Katolik cherkovi davlat xizmatiga o’tdi. Ruxoniylar va yepiskoplar fuqarolar tomonidan saylanar, davlatdan maosh olar va konstitutsiyaga sodiqliklariga qasamyod qilar edilar. Rim papasiga to’lovlar va ma’muriy qaramlikdan fransuz cherkovi ozod etildi.

Senzlik va ikki bosqichlik saylov tizimi kiritildi. Fakatgina «aktiv» (faol) fuqarolar, 25 yoshdan oshgan va 1,5 — 3 livrdan kam bo’lmagan soliq to’lagan erkaklar, ovoz xuquqiga ega bo’lishdi. Bunday fukarolarning soni 4,3 mln. kishi edi.

Xalq, xarakatiga qarshi 1789 yil oktabr oyida «xarbiy xolat to’g`risidagi qonun» qabul qilindi. Bu qonun «isyonkor yig`inlar»ga qarshi maxalliy xokimiyatga qurolli kuch ishlatish xuquqini berdi. Avj olgan ijtimoiy siyosiy kurashda siyosiy klublarning o’rni katta edi. Jumladan, 1789 yilda tuzilgan yakobinchilar klubi va boshqalar katta ta’sirga ega edi. Inqilob ko’plab ro’znomalarning paydo bo’lishiga imkon yaratdi. Jumladan Jan Pol Marat (1743—1793) bosib chiqargan «Xalq do’sti», Jak Rene Eberning (1757 — 1794) «Dyushen ota» kabi ro’znomalar katta e’tiborga ega edi. 1791 yil 21 iyunda qirol oilasi maxfiy ravishda Parijni tark etdi va sharqiy chegaraga jo’nab keitdi. Bu yerda turgan armiya, emigrantlar otryadlari va Avstriyaning yordamiga tayanib Lyudovik XVI Milliy majlisni tarqatib yuborishni va o’z xokimiyatini tiklashni niyat qilgan edi. Lekin Varenn degan joyda tutib olingan qirol oilasi Parijga qaytarildi. Respublikachi kayfiyatdagi qarshi mo’tadil konstitutsion monarxistlar o’rtasida kurash borardi. Shu davrda Yakobinchilar klubida xam siyosiy burilish ro’y berdi. Lafayet va Barnav tarafdorlari, liberal monarxistlar, klubni tark etishdi. 1791 yil sentabrida majlis Lyudovik XVI tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaning yakuniy matnini ma’qulladi. Ta’sis majlis o’rnini senz tizimi asosida saylangan qonunchilik majlisi egalladi.

Shu paytga kelib xam majlisda, xam yakobinchilar klubida katta ta’sir kuchiga jirondchilar (Jironda departamentidan saylangan deputatlar) ega bo’lishdi. Ular
savdo, tadbirkorlik ekinligi, iqtisodiyotga davlatning aralashmasligi, ichki bozor proteksionizmi tashqi bozorning kengaytirilishi kabi tamoyillarni yoqlab chiqishdi.Ruxoniylarning inqilobga qarshi chiqishi va konstitutsiyaga qasamyod qilishdan voz kechishi vaziyatni keskinlashtirdi.

Fransuz inqilobini bo’g`ib tashlash mAqsadida Avstriya va Prussiya 27 avgust 1791 yilda Saksoniyaning Pilnits qasrida Lyudovik XVI ga xarbiy yordam berish to’g`risidagi deklaratsiyani qabul qilishdi. Shunday qilib Fransiyaga qarshi birinchi koalitsiya tuzildi.

Urushning boshlanishini Fransiyaning ichkarisidagi siyosiy kurash tezlashtirdi. Bu kurashda jirondchilarning qarashlari, ya’ni Fransiya uzi inqilobiy urush boshlashi kerak degan fikr, ustun keldi. 1792 yil mart oyining oxirida Lyudovik XVI jirondchilardan iborat vazirlik tuzdi, 20 aprelda esa Fransiya Avstriyaga urush e’lon qildi1. Shu damdan boshlab urush fransuz inqilobining borishiga ta’sir ko’rsata boshladi.Urushning boshlanishi Fransiya uchun muvaffaqiyatsiz kechdi. Tartibsizlangan va o’rgatilmagan, qolaversa yomon qurollangan, armiya mag`lubiyatga uchrayverdi. 6 iyulda urushga Prussiya xam qo’shildi. Qirolicha Mariya Antuanetta (Avstriya imperatorining singlisi) fransuzlarning xarbiy rejalarini avstriyaliklarga yetkazib turdi.Butun xalq vatan ximoyasiga otlandi.

Siyosiy inqiroz paytida demokratik xarakat monarxiyani yo’q qilish talabini ilgari surdi.Bu talabni Marat, Danton, Rabesper kabi inqilob yetakchilari xam qullab kuvvatlashdi. Monarxiya tartibotining ag`darilishi 1792 yil 10 avgustda Parijda amalga oshirilgan qo’zg`olon tufayli ruyobga chikdi.

Qonunchilik Majlisi Lyudovikni taxtdan maxrum qildi, qirol oilasi qamoqqa olindi. Majlisda va Muvaqqat ijroiya kengashida (xukumatda) jirondchilar yetakchilik qila boshladilar. Parij kommunasi xam katta ta’sirga ega bo’ldi.26 — 28 avgustda qabul qilingan dekretlarga ko’ra feodal majburiyatlar to’lovsiz bekor qilindi, 14 avgust dekreta buyicha esa dehqonlarga emigrantlar yerlaridan kichik uchastkalar berish (renta puli evaziga) va jamoa yerlarini bo’lib berish xuquqi berilgan edi.

19 avgustda Prussiya Avstriya armiyasi (emmigrantlar korpusi bilan) Fransiya chegarasini buzib o’tdi. Parijga olib boriladigan yo’lda Verden qal’asi dushman qo’liga o’tdi. 20 aprelda Valmi yonida Dyumur qo’mondonligidagi inqilobiy armiya prussiyaliklarni chekinishga majbur etdi; koalitsiya qo’shinlari Fransiyami tark etdi.Bundan tashqari oktabr noyabr oylari fransuzlar bir qancha nemis shaxarlarini, Belgiyani, Savoyya va Nitssanini egallashdi.

20 sentabrda Milliy konvent o’z nshini boshladi (yangi saylangan). 21 sentabrda qirollik xokimiyatini yo’q qilish to’g`risida dekret qabul qilindi. 22 sentabrda esa Fransiya respublika deb e’lon qilindi.

Shu davrda Jironda va tog` o’rtasida siyosiy kurash avj oldi. Tog` yoki


montanyarlar deb konventda yuqori kursilarni egallagan deputatlarning so’l qanotini atashardi. Montanyarlarga Danton, Marat, Robesper,Sen Jyustlar raxbarlik qilardilar. Montanyarlarning ko’pchiligi yakobinchilar klubining a’zolari edi. Yakobinchilar tenglashtirish goyalarini
ilgari surdilar. Ular xaddan tashqari kambag`allik yokiboyliksiz respublika tarafdorlari edi. Shuning uchunommaning kupchiligi ular tarafida edi. Jirondchilar esa,o’z navbatida, inqilobning chuqurlashtirilishiga qarshiedi. Jirondchilar fikriga ko’ra inqilob o’z maqsadlariga
to’la erishib bo’lgan edi. Fransiyaning xarbiy g`alabalari urush tashabbuskorlari Jirondchilar mavqeining kuchayishiga yordam berdi.1792 yilning oxiriga kelib siyosiy kurash maydonida qirol taqdiri masalasi markaziy muammoga aylandi. Konvent sudiga topshirilgan Lyudovik XVI «millat ozodligi va davlat xavfsizligiga qarshi g`alamusligida» aybdor deb topildi va o’lim jazosiga xukm etildi. Jazo 1793 yil 21 yanvarda ado etildi.1792—1793 yillar qishiga kelib xalq xarakati inqilobni chukurlashtirish talabini ilgari surdi. 10 avgust qo’zg`alonini xalq «tenglik inqilobi» deb aytdi. Tenglik shioriga xalq ommasi nafakat siyosiy, balki ijtimoiy tenglashtiruvchi ma’nosini kiritdi.Parijda xalq xarakatining markazlari sifatida seksiyalar namoyon bo’lishdi. Seksiyalar milliy gvardiyaning o’z batalonlariga ega edi. Seksiyalar bilan bog`liq Parij Kommunnasida 1792 yilning oxiridan boshlab Kordelerlar Klubining faollari Kommuna prokurori Gaspar Shomett va uning o’rinbosari Eberlar raxbarlik qilishardi.1793 yilning baxorida Fransiyaning shimoliy g`arbida yirik dehqonlar g`alayoni ko’tarildi. Uning markazi Vandeya degan joyda edi. Vandeya isyoniga royalistlar raxbarlik qila boshladilar. Lyudovik XVI ning qatl etilishi Fransiyani nafaqat Avstriya va Prussiya,balki Gollandiya,Ispaniya Portugaliya, German va Italyan davlatlari bilan urush xolatiga kiritib qo’ydi. Rossiya Fransiya bilandiplomatik munosabatlarini uzdi. Angliya koalitsiyaning tashkilotchisiga aylandi.Xarbiy xarakatlar natijasida fransuzlar Belgiya va Reyn daryosining chap soxilidagi nemis xududlaridan surib chiqarildi. Jironda respublikani ximoya qilishga qodir bo’lmadi. Favqulodda ximoya choralarni ko’rish tashabbusi Parij Kommunasi, seksiyalar va yakobinchilarga o’tdi. Jumladan ularning bosimi ostida Inqilobiy Tribunal, jamoat kutqazish qo’mitasi tashkil etildi. Un va donga kattiy belgilangan narxlar joriy etildi, boylardan 1 mlrd. livrga teng majburiy zayyom olindi.Jirondchilar, o’z navbatida, Kommuna faoliyatini tergov qilish maxsus «12 —lar komissiyasini» tuzishdi. Eber, Varle va bir qator seksiyalar faollari qamoqqa olindi. 29 mayda Lionda isyon kutarildi va yakobinchilar munitsipaliteti ag`darildi. Jironda siyosati respublika va inqilobga taxdid sola boshladi.Bunday sharoitda yakobinchilar, Parij kommunnasi va seksiyalar, Kordelerlar klubi va boshqalar Jirondani ag`darish maqsadida 1793 yil 31 may — 2 iyunda Parijda ko’zg`olon uyushtirdilar. Xalqqa buysinishga majbur bo’lgan Konvent Brisso, Verno va jirondchilarning boshqa raxbarlarini kamoqqa olishga buyruq berdi. Qo’zg`olon natijasida respublikada siyosiy xokimiyat tepasiga yakobinchilar kelishdi.

Yangi Konvent agrar masalani yechishga qaratilgan bir qator dekretlarni qabul qildi. Jumladan, emigrantlar yerlarini kichik uchastkalarga bo’lib sotish, jamoa yerlarini dexqonlar jamoalarining mulklari deb e’lon qilish, senorlar tomonidan bosib olingan yerlarni qaytarish va nixoyat, feodal majburiyatlarini to’la yo’q qilish (1793 yil 17 iyul) to’g`risidagi qonunlar qabul qilindi. Lekin shu bilan bir qatorda, sobiq senorlar o’z yer egaliklarini shaxsiy mulk sifatida SAqlab qoldilar. 1793 yil 24 iyunda Konvent Fransiyaning yangi konstitutsiyasini qabul qildi. Unda bir palatali Majlis, 21 yoshdan oshgan erkaklar uchun umumiy saylov xuquqlari, demokratiik xuquqlar va erkinliklar nazarda tutilgan edi. Fransiyaning tashqi siyosatida boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik e’lon qilindi. Keyinrokq 1794 yil 4 fevralda Konvent mustamlakalarda qulchilikni yo’q qilish to’g`risida dekret qabul qildi. Shu bilan bir qatorda, konstitutsiyada shaxsiy mulk xuquqi va yollanma mexnat tizimi xam mavjud edi.

Iyul avgust oylarida respublikaning axvoli og`irlashdi. Koalitsiya qo’shinlarining xujumi, Vandee qo’zg`alonining kengayishi va «federalistik isyonning kuchayishi» bunga sabab bo’ldi. Konstitutsiya va Konventni tanqid qilish avj oldi.1793 yil iyul oyida Konvent Jamoat qutqazish qo’mitasini qayta sayladi va uning vakolatlarini kengaytirdi. Robesper deyarli qo’mitaning boshlig`i, Sen Jyust va Kuton uning yordamchilariga aylandilar. Konvent o’zining xarakatlarini barcha axolini safarbar etishga qaratdi. Ozik —ovqatning eng kerakli turlariga qattiq belgilangan narxlar o’rnatildi. «Shubxalilarni» qamoqqa olish maqsadida inqilobiy qo’mitalar tuzildi. Va nixoyat 1793 yil 10 oktabrda Konvent tomonidan «boshqaruvning vaqtinchalik tartibi» to’g`risidagi qonun qabul qilindi.1 Bu qonun yakobinchilarning inqilobiy diktaturasini xuquqiy jixatdan rasmiylashtirdi. Inqilobiy tashkilotlar terror siyosatini keng qo’llashni boshladilar. 1793 yilning oktabr noyabr oylarida qirolicha, Taniqli jirondchilar va felyanlar qatl etildi. Aksilinqilobga qarshi kurashish maqsadida kiritilgan terror endi yakobinchilar orasidagi ichki ziddiyatlarni yechish usuliga aylandi.

Yakobinchilar diktaturasi inqilob va cherkov o’rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirdi. Cherkovga qarshi kurash katolik dinining o’ziga qarshi kurashga aylana boshladi. Ruxoniylarning ko’pchiligi inqilobga qarshi bo’lib qoldi. 1793 yilning kuzida mamlakatda «xristiansizlantirish» xarakati avj oldi. Yakobinchilarning katolik qultining kuch bilan yo’q qilishga qaratilgan siyosatini, «Idrokka sig`inish» ni kiritishga yo’naltirilgan urinishlarini va boshka xarakatlarni xalqning ko’pchiligi qo’llab quvvatlamadi. Bundan tashqari, antiklerikal siyosat inqilobning xalqaro mavkeini murakkablashtirdi. Shu sababli, Robesperning talabi bilan Konvent 1793 yil 6 dekabrda qultlar erkinligini tasdiqladi. Yakobinchilar inqilobni insoniyat tarixidagi yangi davr boshlanishi va o’tmish bilan butunlay ajralish deb bilishardi. 1793 yilning oktabrida Konvent yangi respublika kalendarini (1806 yilgacha amalda bo’ldi) va yangi yil xisobini kiritdi.Yangi davr respublikaning 1 yili respublika tuzilgan sanadan (22 sentabr 1792 yil) boshlandi. Oylarning nomi tabiat xodisalari bilan ataladigan bo’ldi: bryumer — tumanlar oyi, termidor — issiqlik oyi va xakozo. Tenglik ramzi sifatida «sen» murojaati kiritildi. Maorif soxasida Fransiyada birinchi bor bepul umumiy boshlang`ich ta’lim kiritildi. Oliy ta’lim va madaniyat soxalarida muxim muassasalar tashkil etildi. San’at va xunarlar konservatoriyasi, Musiqa konservatoriyasi Luvrdagi muzey, Politexnika maktabi, Milliy kutubxona, Milliy arxiv va boshqalar.San’atda inqilobiy klassitsizm yo’nalishi ustivorlik qilar edi. Sentimentalizm g`oyalari, tabiat va seziluvchanlikka sig`inish rivojlanardi.

Respublika mudofaasini tashkil qilish uchun yakobinchilar millatning barcha kuchlarini safarbar qildilar. Qiska muddatda ommaviy va yangi tashkil etilgan milliy armiya tuzildi. Mamlakatning moddiy resurslari mudofaaga jalb etildi. Yangi manufakturalar qurildi. Qilingan ishlar o’z samarasini berdi. 1794 yilning boshiga kelib koalitsiya qo’shinlari Fransiyadan surib chiqarildi. 1794 yil 26 iyunda fransuzlar armiyasi Fleryusdagi jangda avstriyaliklarning asosiy kuchlarini mag`lub etishdi. Belgiyaga yo’l ochildi.Lekin shu paytdan boshlab yakobinchilar blokining ichkarisida siyosiy ziddiyatlar kuchaydi. Raxbarlik qilayotgan Robesper tarafdorlari robesperchilar radikal inqilobiy qarashlarga ega edi. Lekin ulardan farqliroq, «rioyali» yoki mo’’tadil yakobinchilar oqimi vujudga keldi. Bularga Jorj Jan Danton (1759—1794) boshchilik qildi. «Rioyalilar» inqilobiy diktaturani yumshatish va bekor qilish tarafdorlari edi.

«Rioyalilarga» qarshi «ashaddiy» inqilobchilar Parij Kommunasining, seksiyalarini, Kordelerlar Klubining faollari o’z g`oyalari bilan chiqardilar. Jumladan, Eber, Shomett kabi siyosatchilar «muqaddas gilotina»ni yoqlab chiqardilar, tenglashtiruvchilik choralari tarafdorlari edi.Robesperchilar, «rioyalilar» va «ashadiylar» o’rtasidagi siyosiy kurash 1794 yilning baxorida o’z cho’qqisiga yetdi.Eber Kordelerlar klubida Konventni «Yangi brissochilardan» (mo’’tadillardan) tozalashga va qo’zg`olon ko’tarishga chaqirdi. Lekin, na seksiyalar na Shomett boshchiligidagi Kommuna bu chaqiriqni qo’llab quvvatlamadi. Yakobinchilar xukumati bunga qaramasdan repressiyalar uyushtirdi. Eber va uning tarafdorlari inqilobiy tribunalga topshirildi va gilotinada qatl etildi. Shomett xam shunday taqdirga uchradi. Kommuna uning tarafdorlaridan tozalandi. Aprel oyida esa mo’’tadillar yetakchilari Danton, Demulen va boshqalarqatl etildi. Muxolifat raxbarlarini qatl etgandan so’ng robesperchilar terror siyosatini yanada kuchaytirdilar. Seksiyalarning ko’plab faollari qamoqqa olindi va ayrimlari qatl etildi. Inqilobiy armiya tarqatib yuborildi. Kordelerlar klubi bekitib qo’yildi. Yakobinchilar xokimiyati zaiflashib bordi. Inqilob davrida vujudga kelgan yangi savdo sanoat doiralari tadbirkorlik erkinligiga intilardi va yakobinchilar xokimiyatini ag`darishga manfaatdor edi. Bunday vaziyatda robesperchilar jamoat qo’llaydigan xech qanday dasturga ega emasdi.

Konventning o’zida xam Robesper va uning tarafdorlariga qarshi fitnaning shakllanishi tezlashdi. Fitnada Barras, Talen kabi deputatlar yetakchilik qildilar. Konventdagi «tekislik» xam ular tomoniga o’ta boshladi. Ko’plab montanyarlar robesperchilar dushmaniga aylandilar. Ular Robesperni diktaturaga intilishda aybladilar. Robesperga qarshi Jamoat qutqazish qo’mitasi va Jamoat xavfsizligi qo’mitasining bir qator a’zolarp Robesperga qarshi chiqib, 27 iyunda (9 termidorda) boshlangan Konvent majlisida Robesperni, uning ukasi Ogyustenni, Sen Jyustni va ularning tarafdorlarini qamoqqa olish to’g`risidagi dekretni qabul qilinishsha erishdilar. Kommuna seksiyalarni qo’zg`olonga chaqirdi. Qamokdan ozod etilgan Robesper va uning safdoshlari ratushaga olib kelindi. Lekin Robesperda aniq dastur yo’q edi. Parijning 48 seksiyalarpdan faqat 16 tasi ratushaga Milliy gvardiyaning otryadlarini jo’natishdi. Buyruq olmagan gvardiyachilar va kanonirlar to’plari bilan tarqab ketishdi. Konvent qo’shinlari esa ratushaga bostirib kirishdi. 10— termidorda qonundan tashqari deb e’lon qilingan Robesper, Sen Jyust va ularning safdoshlari (jami 22 kishi) gilotinada qatl etildi. 11 — 12 Termidorda yana 83 kishi (asosan Kommuna a’zolari) qatl etildi. Yakobinchilar diktaturasi quladi.

9 —termidordan so’ng xukumat va Konventda yangi moliya, savdo —sanoat qatlamlari va termidorchilar xukmronlik qildilar. Robesperga qarshi xarakatda qatnashgan so’l qanot arboblari chetga surib qo’yildi va Gvianaga surgun qilindi. Xalq xarakati faollari va yakobinchilarga qarshi repressiyalar uyushtirildi. «Oq terror» negijasida yuzlab demokratlar o’ldirildi. Konventga 23 jirondachi deputat qaytarildi. Yakobinchilar qabul qilgan ko’plab ijtimoiy va iqtisodiy qarorlar termidorchilar tomonidan bekor qilindi. Natijada mamlakatda qimmatchilik, inflyatsiya, ozik —ovqat ta’minotining o’zilishi juda o’sib bordi.

Norozilik asnosida ko’tarilgan barcha chiqishlar shavqatsiz tarzda bostirildi. Butun mamlakat buylab ommaviy qammoqqa olishlar keng tarqaldi. Xalq xarakatiga keskin zarba berildi1.

Shu bilan bir qatorda, termidordan sung inqilobking asosiy yutuqlari saqlab qolindi. Fransuz respublikasi urushda koalitsiyani mag`lub etardi. Koalitsiya a’zolarining o’rtasidagi ziddiyatlar bunga yordam berdi. 1795 yil 5 aprelda Prussiya, Reyn daryosining chap qirg`og`idagi nemis yerlarini Fransiya tarkibiga kiritilishiga rozi bulgan xolda, Fransiya bilan separat Bazel sulxini imzoladi. Iyulda Fransiya va Ispaniya o’rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi. 1795 yilning avgust oyida Konvent yangi konstitutsiyani qabul qildi. Respublika tizimini saqlab qolgan konstitutsiya ikki palatali qonunchilik korpusini (Besh yuzlar kengashi va 40 yoshdan oshgan 250 a’zodan iborat Oqsoqolllar kengashi), ikki bosqichlik saylovlarni, yoshga va mulkka oid senzni joriy etdi. Ijroiya xokimiyati besh kishidan iborat Direktoriyaga topshirildi. Konstitutsiya emigrantlar yerlari musodarasini tasdiqladi.

1795 yilning 25 oktabrida tarqab ketgan Konvent xokimiyatni termidorian konstitutsiyasida ko’zda tutilgan muassasalarga topshirdi. Termidorchilar xam Besh yuzlar kengashi, xam Oksokollar kengashi, xam Direktoriya tarkibida ustivorlik qilishdi. Direktoriya davrida moliyaviy maxinatsiyalar, spequlyatsiya (olib sotarlik), milliy mulkni sotib olish va qayta sotish juda keng tarqaldi. Bunday sharoitda «Tenglik uchun fitna», deb nom olgan xarakat vujudga keldi. Bu xarakatga «Xalq tribuni» gazetasining noshiri Grakx Babyof (1760—1797) raxbarlik qildi.. Babyof va uning safdoshlari utopik kommunizmga xos g`oyalarni ilgari surdilar. Ularning fikricha «mukammal tenglik» tuzumi «milliy jamoa» shaklida bo’lib, unda shaxsiy mulk bo’lmasligi va barcha fuqarolar ijtimoiy foydali ish bilan band bo’lishi lozim edi. Barcha taqsimot masalalarni davlat o’z zimmasiga olardi. Bunday jamiyatga utish davrida mexnatkashlarning intizomli diktaturasi o’rnatilishi kerak bo’lardi.

Babuvistlar tashkiloti 1796 yilda tuzilgach, qo’zg`olon tayyorlashga kirishdi. Lekin o’sha yilning may oyida sotqinlik natijasida xarakat raxbarlari qamoqqa olindi. Ulardan Babef va Darte 1797 yil 27 mayda gilotinada qatl etildilar.1796—1799 yillardagi xarbiy xarakatlar Fransiya uchun muvaffakiyatli bo’ldi. Ozodlik urushi termidor voqealaridan so’ng bosqinchilik urushiga aylandi. Inqilobximoyasi uchun tashkil etilgan armiya ekspansiya quroli sifatida xizmat qila boshladi. 1796yilaprelidaItaliyaga xujum boshlagan Fransuz armiyasi bir qator


janglarda Pemont va Avstriya armiyalarini mag`lub etdi.Vennetsiya yerlaridai o’tib, fransuzlar Avstriya xududlariga bostirib kirdilar. Avstriya Fransiya bilan Kompo Formio tinchlik shartnomasini (1797 yil 17 oktabr) imzoladi va Belgiya xamda Reynning chap soxilini Fransiya qo’shib olganligini tan oldi. Venetsiya respublikasi yerlari ikki mamlakat o’rtasida bo’lib olindi. Natijada Italiyada Fransiyaning ustivorligi o’rnatildi. Bosib olingan Shvetsariya vassal Gelvetik respublikasiga aylantirildi. Kompo Formio tinchlik shartnomasi Fransiyaga qarshi birinchi koalitsiyanvng tugashiga sabab bo’ldi.

Fakat Angliya Dengizda urush olib bordi. Angliyaga zarba berish maksadida 1798 yil may oyida general Bonapart boshchiligidagi- fransuzlar armiyasi Misrga jo’nab ketdi. Bu yerda Bonapart Misrning kavaleriyasi (mamlyuklarni) «Exromlar oldidagi jangda» mag`lub etdi va mamlakatning ko’p qismini o’ziga bo’ysundirdi. Bu paytda, admiral Nelson qo’mondonligidagi ingliz floti Abuqir reydida fransuzlar flotini yo’q qildi va Bonapart armiyasini Fransiyadan uzib tashladi. 1798 yilda Fransiyaga qarshi ikkinchi koalitsiya tuzildi. Unga Angliya, Rossiya, Avstriya, Shvetsiya, Turkiya, Neanolitan Burbonlari kirdilar. Asosiy janglar Italiyada bo’lib o’tdi. Bu yerda A.V.Suvorov qo’mondonligi ostidagi rus va Avstriyalik qo’shinlar bir necha g`alabalarga erishdilar. Admiral F.F.Ushakov boshchiligidagi rus floti Ioniya orolini fransuzlardan tozaladi. Italiyada Fransiyaning ustivorligi quladi. Fransuzlar Reynda xam mag`lubiyatga uchrar edilar. Lekin Pavel I 1799 yil kuzida rus qo’shinlarini kaytarib olganidan so’ng Fransiyaning xarbiy axvoli yaxshilandi. Urush oqibatlari, moliyaviy qiyinchiliklar,ishlab chiqarishning pasayishi, mustamlakalar bilan savdoning


pasayib ketishining va eksportning qisqarishi Direktoriya tartibotini tang axvolga olib keldi. Ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy inqiroz sharoitida
mamlakatda royalistlarning kuchayishi sodir bo’ldi. Royalistlarning faollashuvi va qonunchilik korpusida mavqelarining mustaxkamlanishi Direktoriyani chapga og`ishga olib keldi. 1797yil 4 sentabrda Direktoriya armiya yordami bilan davlat
to’ntarilishini amalga oshirdi. 1797 yilda aylangan 77ta oyalist deputatlar o’z vakolatlaridan maxrum etildi.Mamlakatga qaytib kelgan emigrantlar va qasamyod
qilmagan ruxoniylar repressiyaga chradilar. yekin,1798 yil baxorida bo’lib o’tgan Yangi saylovlarda respublikachi—demokratlarning muvaffaqiyatlari endi Direktoriyaning o’nga burilishiga majbur etdi. Xarbiy mag`lubiyatlar demokratik muxolifatning jonlanishiga olib keldi. Respublika ximoyasi uchun favqulodda choralar talab qilindi, garovdagilar to’g`risida qonun va boylardan 100 mln frank majburiy zayomolish dekreti qabul qilinishiga erishildi.Parijda yakobinchilar klubi tiklandi, demokratik ro’znomalar chiqa boshladi. Bu esa yuqori xukmrondoiralarning noroziligi va qo’rquvini uyg`otdi. Mamlakat buylab tartibsizlik va korrupsiya keng tarqaldi. Barqarorlik va tartib — siyosiy maydonda asosiy talab bo’lib qoldi. Bunday sharoitda konservativ doiralarda armiya yordamida davlat to’ntarilishi amalga oshirish rejasi ilgari surildi. Direktoriyani qulatilishi va uning o’rniga parlamentdan mustaqil siyosat olib boradigan, xokimiyat yaratilishi ko’zda tutilgan edi. Bu paytda Parijga, o’z armiyasini_Misrda tashlab , general Bonapart yetib keldi. Omma ichida katta etgiborga ega bo’lgan Napoleon Bonapart xarbiy to’ntarish yasash uchun eng loyiq shaxs edi. Moliyachilar uni kerakli mablag`lar bilan ta’minladilar.

VIII yilning 18 bryumerida (1799 yil 9 noyabrda) «yakobinchilar fitnasi» baxonasida qonunchilik korpusi majlislari Sen —Klu degan joyga kiritildi. Bonapart Parijning barcha qo’shinlarining qumondoni etib tayinlandi. Ertasi kuni Besh yuzlar kengashida Bonapart «yo’qolsin tiran!» qichqiriqlar bilan qarshi olindi. Kengashlarning a’zolaridan bir qismi Sen —Klu saroyiga keltirildi va bu yerda Direktoriyaning yo’q qilinishiga, xokimiyatni Bonapart boshchiligidagi uch konsulga topshirilishiga ovoz berdi. Ikki Kengash o’rnini (Oqsoqollar Kengashi va Besh Yuzlar Kengashi) ikki komissiya egalladi. Komissiyalar plebissit tasdiqlaydigan yangi konstitutsiyani ishlab chiqarish kerak edi. To’ntarish mamlakatda Napoleon Banapartning xarbiy diktaturasiga yo’l ochib berdi. 18 —bryumer Buyuk Fransuz inqilobining yakuni bo’ldi1.

1799 yil dekabrida Fransiyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Rasman Fransiyada respublika tuzumi saqlanib qolindi. Ijroya xokimiyati uch konsulga topshirildi. Birinchi konsul — Napoleon Bonapart (1769 — 1821) — o’n yilga saylanib, o’z qo’lida deyarli barcha ijroya, qisman sud va konunchilik xokyamiyatlarini mujassam etdi.Qonunchilik xokimiyati Davlat kengashi, Tribunat, Qonunchilik korpusi o’rtasida taqsimlangan edi va ijroya xokimiyatga qaram qilib qo’yilgan edi. Fransiyada Napoleon Bonapartning shaxsiy xokimiyat tartiboti o’rnatildi. 1799 yil Konstitutsiyasi yangi yer egallarga inqilob davrida qo’lga kiritilgan yer egaliklarini kafolatladi. Bu Konstitutsiya plebissit (umumxalq ovoz berishi) tomonidan ma’qullandi. 1802 yilda o’tkazilgan yangi - plebissit Birinchi konsul lavozimini umrbod Napoleonga berkitib qo’ydi. Napoleon Bonapartning xokimiyati Fransiya olib borgan muvaffaqiyatli urushlar natijasida kuchayib bordi. Napoleonning tug`ilgan kuni 1802 yilda milliy bayram deb e’lon qilindi. 1804 yilda esa Napoleon Bonapart Napoleon I nomi bilan Fransiyaning imperatori deb e’lon qilindi. Mamlakatda avtoritar tuzumi o’rnatildi. Konsullik va imperiya davrida marka zlashgan byurokratii davlat apparati shakllandi. Ma’muriy boshqaruvda prefektura tizimi kiritildi. Xukumat tomonidan tayinlanadigan departament boshlig`i — prefekt o’z qo’lida to’la ma’muriy xokimiyatni mujassam etdi.

Napoleon cherkov bilan munosabatlarini yaxshilashga intildi. 1801 yili Napoleon va papa Piy VII o’rtasida konkordat tuzildi. Unga asosan katolik dini ko’pchilik fransuzlarning dini deb e’lon qilindi. Diniy bayramlar tiklandi.Davlatdan cherkovni ajratilishi bekor qilindi. Papa o’z navbatida musodara qilingan cherkov yerlarini yangi egallarining qonuniy mulki sifatida tan oldi. Bundan tashqari, papa oliy cherkov lavozimlarga xizmatchilarni xukumat tomonidan tayinlanishiga rozi bo’ldi. Cherkov imperator sharafiga maxsus ibodatni kiritdi. Shunday qilib, cherkov davlat xizmatiga o’tdi.



Konsullik va imperiya davrida inqilob paytida qo’lga kiritilgan demokratik yutuqlarning ko’pchiligi bekor qilindi. Ro’znomalarning ko’pchiligi bekitildi. Maorif soxasida cheklash, markazlashtirish siyosati olib borildi. Armiya va politsiyachi apparat kuchaytirildi. Mamlakatda xarbiy — byurokratik diktatura o’rnatildi. XIX asr boshlarida Fransiya asosan agrar mamlakat edi. Axolyning 80% dexqonlar tashkil etardi. Lekin, inqilob fransuz qishloqlarida kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga sharoitlar yaratib bergan edi. Konsullik va Birinchi imperiya yillari — fransuz sanoatining jadal rivojlanishi, davri edi. Fransiya sanoat to’ntarilishi davriga kirgan edi. Tashqi savdo o’sdi. Tadbirkorlikni qo’llab — kuvvatlash mAqsadida 1800 yilda Fransiya banki, 1810 yilda esa Savdo ishlari buyicha kengash va fabrika va manufaktura ishlari bo’uyicha kengash tuzildi. Bank va kredit soxasi sust rivojlangan edi. Fransiya banki qisqa muddatli kreditlar beruvchi deyarli yagona tashkilot edi. Xukumat moliyaviy axvolni barqarorlashtirishga erishdi G`olibona urushlar va proteksionistik siyosat eksportning o’sishiga olib keldi. Barcha Yevropa bozorlari fransuz mollari uchun ochib berildi. Umuman Konsullik va imperiya davri Fransiya sanoatining rivojlanishida qulay keldi.Konsullik va imperiya davrida qonunchilikni tartibga solish bo’yicha ko’plab ishlar qilindi. JumladanNapoleon Kodekslari deb nom olgan yuridik mezonlarqabul qilindi. 1804 ynli Fuqarolar kodeksi, 1807 yiliJinoyat kodeksi, 1811 yil Tijorat kodeksi qabulqilindi. Bu kodekslarda shaxsiy mulk ximoyasi, shaxs daxlsizligi, vijdon erkinligi, fukarolarning qonun oldida tengligi kabi tamoyillar kirtilgan bo’lsa xam, inqilob davridagi qonunchilik tizimiga nisbatan kodekslar orqaga siljish edi.Bu davrda Fransiya Yevropa davlatlari bilan to’xtovsiz urushlar olib bordi.Bosib olingan va tobe qilingan davlatlarni fransuz mollari uchun bozorlarga va fransuz sanoat uchun xomashyo manbaiga aylantirish siyosati olib borilardi.Manfaatsiz savdo shartnomalarga majburlash va fransuz mollariga monopol narxlarni belgilash yo’li bilan qaram mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishga to’sqinlik qilinar edi. Bu mamlakatlardan ulkan kontributsiyalar olinar edi.Napoleon urushlarining asosiy maqsadi Yevropada fransuz ustivorligini o’rnatish edi. Fransiyaga qarshi koalitsiyalarga kirgan davlatlar Angliya, Rossiya, Avstriya, Prussiya nafaqat Fransiyaning ustuvorligi o’rnatilishiga qarshi kurashganlar, balki o’zining uzoqqa boruvchi maqsadlariga ega edi.Lekin, xalqaro munosabatlar markazida Angliya — Fransiya Raqobati turardi.1800 yilda ichki qarama — qarshiliklar natijasida Fransiyaga qarshi tuzilgan ikkinchi koalitsiya deyarli tarqab ketdi. 1801 yili Rossiya va Avstriya bilan tinchlik shartnomalari imzolandi. Ushbu shartnomalar natijasida Fransiyaning xokimiyati deyarli butun Italiya, german davlatlarning bir qismi, Belgiya va Gollandiyaga yoyildi.1802 yili Amenda Angliya va Fransiya o’rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi. Ikki davlat Yevropada o’rnatilgan tartibni saqlash majburiyatini oldi.Ammo, 1802 yil tinchligi uzoqqa cho’zilmadi. 1803 yili xarbiy xarakatlar yana boshlanib ketdi.1805 yili Fransiyaga qarshi uchinchi koalitsiyatuzildi. Unga Angliya, Rossiya, Avstriya va Neapoletanqirolligi qo’shildi. 1805 yil 21 oktabrda Trafalgarburunida admiral Nelson qo’mondonligidagi ingliz flotifransuz ispan flotini mag`lub etdi. Bundan so’ng,Napoleon barcha kuchlarini Avstriya qo’shinlariga qarshiqaratishga qaror qildi.1805 yilning oktabrida Avstriya armiyasi taslim bo’ldi, fransuzlar Venaga kirib kelishdi. Dekabr boshlarida Austerlits yonidagi jangda Rossiya va Avstriyaning birlashgan qo’shinlari fransuzlar tomonidan mag`lub etildi. Tez orada Fransiya va Avstriya o’rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi.1806 yilda Napoleon Bonapart protektorati ostida 16 german davlatlaridan iborat Reyn ittifoqi tuzildi. Imperator Frans german millatining Muqaddas Rim imperiyasining imperatori darajasini o’zidan soqit qilishga majbur bo’ldi.Avstriyaning tor —mor etilishi va urushdan chiqishidan so’ng, 1806 yilda Napoleon Fransiyasiga qarshi to’rtinchi koalitsiya tuzildi. Bu koalitsiyaga Angliya, Prussiya, Rossiya va Shvetsiya kirdi.Ammo, o’sha yilning uzidayoq Prussiya armiyasi Vena va Austerlits yonidagi ikki yirik jangda tor-mor etildi. 1806 yil oktabrining oxirida Napoleon Berlinga kirib keldi. Bu yerda 1806 yil 21 noyabrda Napoleon kontinental (kitaviy) qamal to’g`risidagi dekretni imzoladi. Bu dekret Yevropa davlatlarining iqtisodiyotiga, shu jumladan Fransiya iqtisodiyotiga xam, og`ir zarba berdi.Dekretga muvofiq butun Fransiya imperiyasida va qaram mamlakatlarda Buyuk Britaniya bilan savdo qilish taqiqlandi.Lekin, uzining asosiy maqsadi — Angliyani iqtisodiy mag`lub qilishga Napoleon erisha olmadi. Angliyaning iqtisodiyoti og`ir axvolda edi, lekin vaziyat falokatli emasdi.Angliyani mag`lub etish va Fransiya ustivorligini o’rnatish vazifasini Napoleon Rossiya bilan murosaga kelish yo’li bilan erishmokchi edi. Tilzit shartnomasiga (7 iyul 1807 y.) ko’ra Rossiya Yevropada Napoleon tomonidan amalga oshirilgan o’zgarishlarni tan oldi va qitaviy qamalga qo’shildi. O’z navbatida Rossiya Turkiya va Shvetsiyaga qarshi xarakatlar erkinligini qo’lga kiritdi.Shu yerning o’zida fransuz —prus tinchlik shartnomasi imzolandi. Prussiya davlati qisqartirilgan shaklda saqlanib qolindi. Bundan tashqari, Prussiya qitaviy kamalga qo’shildi. Yevropada kuchlarning yangi nisbatishakllandi. Tilzit shartnomasi Yevropada ikki yirikdavlatning ustivorligini nazarda tutgan edi. LekinFransiyaning mavqei ancha kuchliroq edi. 1808 yilda boshlangan Ispaniyaning okkupatsiyasi natijasida 1809 yili Fransiyaga qarshi beshinchi koalitsiya tuzildi. Bu koalitsiya tarkibiga deyarli faqat Angliya va Avstriya kirdi.1809 yilning iyulida Bagram yonidagi jangda fransuz armiyasi avstriyaliklarni yana tor —mor etdi. 1809 yil oktabrida Shyonbrug tinchlik shartnomasi imzolandi. Avstriya xududlari juda qisqartirildi. Bundan tashqari, Avstriya o’z armiyasini qisqartirishga, katta kontributsiya to’lashga va qitaviy qamalga qo’shilishga majbur bo’ldi.1809 yilgi Fransiya —Avstriya urushi Tilzitda 1807 yilda tuzilgan xalqaro munosabatlar tizimiga jiddiy zarba berdi.1812 yil boshlariga kelib Rossiya Fransiya ziddiyatlari shunday keskinlashdiki, urush muqarrarligi ayon bo’lib qoldi.Napoleonning Rossiyaga bosqini 24 iyun 1812 yilda boshlandi. Bu agressiya Rossiya axolisining qatgiq qarshiligiga uchradi.7 sentabr (26 avgust) 1812 yilda, Moskva yaqinida, Mojaysk yonida Borodino jangi bo’ldi. Bu jangda fransuz armiyasi 60 ming kishini, rus armiyasi 40 mingdan ortiq kishini yo’qotdi. Rus armiyasi chekingan bo’lsa xam, lekin tor-mor etilmadi va o’zining jangovorligini saqlab qoldi.1812 yil 14 oktabrda fransuz armiyasi Moskvaga kirdi. Ammo, fransuzlar Moskvada xuddi qamalga tushgan axvolda edi —atrofda xalq urushi alangasi yonardi. Rus xukumati Napoleonning tinchlik muzokaralarini boshlash to’g`risidagi bir necha takliflarini rad etdi.18 oktabrda fransuz armiyasi falokatli bo’lgan Moskvadan chekinishni boshlashga majbur bo’ldi. Tez orada Napoleon o’z armiyasini tashlab, Parijga jo’nab ketdi. Rossiyadagi mag`lubiyat butun Napoleon imperiyasining qulashini boshlab berdi.1813 yilning baxorida yangi —oltinchi koalitsiya tuzildi., Koalitsiyaga Angliya, Rossiya, Shvetsiya, Prussiya, Ispaniya, Portugaliya va Avstriya (1813 yilning avgustida) kirdi.Napoleon armiyasi va ittifoqchilar armiyasi o’rtasidagi xal qiluvchi jang 16—19 oktabr 1813 yil Leypsig yonida bo’lib o’tdi. «Xalqlar jangida» Napoleon tor — mor etildi va Reyn ortiga chekindi.Bundan so’ng, Fransiyani inqilobdan oldingi chegaralarga qaytarish sharti asosida tinchlik tuzish to’g`risidagi koalitsiyaning takliflarini Napoleon rad etdi. 1814 yil martida Angliya, Rossiya, Prussiya va Avstriya Napoleonni to’la tor —mor etguncha urush olib borish bo’yicha shartnoma tuzdilar. 31 mart 1814 yil ittifoqchilar Parijga kirdilar. Napoleon o’g`li foydasiga taxtdan voz kechdi. Ammo, Senat, Yevropa davlatlari ta’siri ostida, Burbonlar sulolasini taxtga qaytarishni qaror qildi.Napoleon Elba oroliga surgun qilindi. 1814 yil 30 may kuni Parijda tinchlik shartnomasi imzolandi. Fransiya 1792 yil chegaralariga qaytarildi. Masalalarni batamom xal qilish uchun Venada kongress o’tkazilishi nazarda tutildi.Burbonlarning o’n oylik xukmronligi mamlakatda Napoleon tarafdorlik kayfiyatlarning jonlanishiga olib keldi. Bunday vaziyatda Napoleon bir ming gvardiyachilar bilan Fransiyaning janubiga kelib tushdi va 20 martda Parijga qaytdi. Qaytish yo’lida xarbiy qismlar uning tomoniga o’tdi. Imperiya tiklandi.Napoleonga qarshi oxirgi — yettinchi koalitsiya tashkil etildi. 1815 yil 18 iyunda Vaterloo (Bryussel yonida) jangida — itgifoqchilar Napoleonni batamom tor —mor etishdi. Napoleon Bonapart Muqaddas Yelena oroliga surgun qilindi va bu yerda 1821 yilda vafot etdi.1805 yil avgustida Napoleon imperiyasiga qarshi Angliya, Rossiya, Avstriya va Ikki Sisiliya qirolliklridan iborat 3-koalisiya tuzildi. Ittifoqchilaming maqsadi Germaniya, Ilaliya, Shvesariya va Gollandiya hududidan fransuz qo'shinlarini haydab chiqarish va bu mamlakatlarda eskl tartiblarni tiklashdan iborat edi. Dengizda frantsuz va ispan floti 1805 yil oktyabridanoq admiral Nelson qo'mondonligidagi ingliz floti tomonidan Trafalgar burni yaqinida tor-mor etildi. Napoleonning Angliyaga desant tushirish rejasi barbod bo'ldi. Bulondagi frantsuz harbiy lageri Reyn ortiga yo'nallirildi. Noyabr oyida frantsyz qo'shini Venani egalladi. 1805 yil 2 dekabrda Avstriya va rus qo'shlari birgalikda Austerlisda frantsuz qo'shini bilan jangga kirdi va ittifoqchilar tor-mor etildi. Austerlis mag'lubiyatidan , so'ng Avstriya urushdan chiqib, Fransiya bilan sulh shartnomasini imzolashga majbur bo'ldi. Unga ko'ra Fransiya Germaniya va Italiyada erkin haiakat qilishni qo'lga kiritdi. Benetsiya, Istriya va Dalmatsiya Ilaliya qirolligiga qo'shib olindi. 1806 yil Napoleon janubiy german davlatlaridan o'zining protektoratligi ostidagi Reyn ittifoqini tuzdi. Italiyadagi frantsuz qo'shinlari Neapolni egalladilar va Napoleonning akasi Jozef Bonapart Neapolitaniya taxliga o'tirdi. Batova respublikasini Napoleon Gollandiya qirolligiga aylantirib, uning taxtiga ukasi Lyudovikni o'tqazdi.Avstriyani tor-mor etgan Fransiya Pmssiya bilan hisoblashmay qo'ydi. Gannovcrni Prussiyaga berib, keyinroq uni tortib olishga qaror qildi va o'z qo'shinlarini Prussiya hududiga kiritdi. Yaqinlashayotgan xavfni sezgan Prussiya hukumati Rossiya va Angliya bilan ittifoq tuzdi. 1806 yil sentyabrida mazkur davlatlar va Shvesiya 4-koalisiyani tashkil qildilar.Raqib kuchlarni birlashtirrnasdan tor-mor etish qoidasiga amal qilgan Napoleon osongina Prussiya qo'shinlarini tor-mor etib, Berlinni egalladi. 1806 yil 21 noyabrda Napoleon "Kontinental blokada" haqida Berlin dekretini imzoladi. Bu dekret Fransiyaga bo'ysundirilgan davlatlarning Angliya bilan savdo qilishini ta'qiqladi. Angliyani qo'shin bilan olish umidi puchga chiqqan Napoleon uni iqtisodiy jihatdan bo'g'ib qo'yishga qaror qildi. 1807 yilda Napoleon Angliya portlariga va mustamlakalariga kirgan betaraf mamlakalarning kemalarini tutib ola boshladi.1

Berlinda kontinental blokada e'lon qilgan Napoleon, endi qo'shinlarini Sharqiy Prussiyadagi rus qo'shinlari ustiga yo'naltirdi. 1807 yilning 14 iyunida Fridlandda rus qo'shini tor-mor etildi. Rossiya 1804 yildan buyon Eron bilan, 1806 yildan esa Turkiya bilan urush olib borayotgan bo'lib, qiyin ahvolga tushib qoldi va Napoleon balan bitim tuzishga kirishdi. 1807 yil 7 iyulda Tilzitda Aleksandr 1 va Napoleon sulh, ittifoqchilik to'g'risida shartnoma im/oladilar. Unga ko'ra Fransiya G'arbiy Hvropada erkin harakat qilish huquqini qo'lga kiritdi. Polsha yerlari (Sileziyadan tashqari) Prussiyadan tortib olinib. Fransiyaga tobe bo'lgan Varshava gersogligi tuzildi. Rossiya kontinental blokadaga qo'shilish majburiyatini oldi. Napoleon Turkiyaning Evropadagi provinsiyalarini va Shvelsiyani egallashida Aleksandr I ga qarshi emasligini ma'lum qildi.yil Napoleon Portugaliyani kontinental blokadaga qo'shilishini so'radi,biroq,bunga rad javobini oldi. Shunda u Ispaniya orqali frantsuz qo'shinlarini Portugaliyaga kiritdi. Angliyaning yordami bilan portugallar frantsuz qo'shinini tor-mor etdilar. Shundanso'ng katta miqdordagi fransuz qo'shinlari Ispaniyaga kiritildi va Jezef Bonapart Ispaniyataxtiga o'tirdi. Ispaniyada fransyzlarga qarshi milliy ozodlik urushi boshlanib ketdi. Fransiya hududidan Ispaniyaga yangidan harbiy kuchlar keltirildi.



  1. yil oktyabrida llrfurtdagi muzokalardan so'ng Aleksandr 1 Napoleonga uning Avstriyaga qarshi urushida iltifoqchisi bo'lishga rozi bo'ldi. Biroq, amalda jiddiy harbiy harakatlarni olib bormadi.1810 yildan boshlab Rossiya -- Fransiya munosabattari tez yomonlasha boshladi. Napoleon Turkiya va Eronni Rossiyaga qarshi urushni davom ettirishga da'vat etdi. Kontinental blokada rus pomeshchiklari va savdogarlarini xonavayron qildi. Napoleon 1810 yil Franlsiyaning Rossiyaga kiritilayotgan zebi-ziynat byumlariga bojxona lo'lovlarini oshirilganidan va Rossiyaga ingliz mahsulotlarini erkin kiritalayotganidan norozi edi. Rossiya-Frantsuya munosabatlariga Napoleonning Varshava gersogligidagi Rossiyaga qarshi platsdarm va Fransiyaning ittifoqchisi sifatida foydalanayotganligi ham sabab bo'Idi.

1812 yilda Rossiya-Turkiya bilan Buxarestda sulh shartnomasini imzoladi. Buxarest sulhi Rossiya diplomatiyasining katta yutug'i edi. Unga ko'ra Bessarabiya Rossiyaga berildi. Turkiya va Rossiya Fransiyaga qarshi birgalikda'harakat qilishga kelishib oldi. Shunday qilib Rossiya va Fransiya o'rtasida urush yetildi.Napoleon Rossiyaga hujum qilish uchun 640 ming kishiiik qoshin tayyorladi. Rossiya armiyasi unga qarsgi 230 ming kishilik konlingentini qo'ydi.24 iyun 1812 yilda Napoleon Neman daryosi orqali Rossiyaga hujum qildi. Dastlabki yirik jang Smoienskda, 7 sentyabrda esa Moskva yaqinidagi Borodino qishlogida bo'lib o'tdi. Borodino jangi har ikkala tomon uchun ham katta yo'qotishlar bilan tugadi. Frantsuzlar 135 ming kishilik qo'shindan 60 ming, ruslar 320 mingdan 40 minggan ko'proq qurbon berdilar. Kutuzov qo'mondonligidagi rus armiyasining slrategiya va taktikasi, partizanlik urushi, qahraton qishning boshlanishi, Rossiya hududmlng kengligi va Fransiyadan uzoqlab ketgan ko'p sonli frantsuz qo'shinlarini qurol-yarog", o'q-dori, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashdagi uzilishlar va qiyinchiliklar Rossiyani mag'Iubiyatdan saqlab qoldi. Frantsuz armiyasi tor-mor etildi. Napoleon bir qism armiyasi bilan Fransiyaga chekindi.

1813 yil bahorida Fransiyaga qarshi Rossiya, Angliya, Shvetsiya, Prussiya, Ispaniya va Portugaliyadan iborat 6-koalitsiya tashkil qilindi. Koalitsiuaning 300 ming qo'shinlari bilan frantsuzlarning 190 ming kishilik qo'shini o'rtasida hal qiluvchi jang 1813 yilning 16-19 oktyabr kunlari Leyptsigda yuz berdi. Unda har 2 tomondan 140 ming kishi qurbon berilgan. Frantsuz qo'shinlari mag'iubiyatga uchradi. 1814 yil harbiy harakatlar Fransiya territoriyasiga ko'chdi. 1814 yil martida Shomon shahrida Rossiya, Angliya, Avslriya va Prussiya urushni oxirigaeha ya'ni to'la g'alaba qilguneha davom ettirish haqida shartnoma imzoladilar. 31 mart kuni ittifoqchilar qo'shini Parijni egalladi. Senat Burbonlar sulolasini hokimiyatga tikladi. Lyudovik XVI ning ukasi graf Provanskiy Lyudovik XVIII nomi bilan Fransiya taxtiga o'tirdi. 1814 yilda Parij tinchlik shartnomasiga ko'ra Fransiya 1792 yilgi chegaralariga qaytarildi. Napoleon Elba oroliga surgun qilindi.Napoleon ustidan g'alaba qilgan 4 asosiy davlat: Rossiya, Angliya, Prussiya, Avstriya vakillari 1814 yil 1 sentyabrdan 1815 yil 9 iyunigacha bo'lgan vaqt davomida Evropadagi siyosiy holatni tartibga solish uchun Venada kongress chaqirdilar. Ular "legitimizm" prinsipini ya'ni, hokimiyatning yo'qotgan monarxlarni hokimiyatga tiklash uchun harakat qilayotgan bir vaqtda, 1815 yil 1-martda Napoleon Bonapart 1000 kishilik qo'shin bilan Parijga keiayotganligi haqida xabar tarqaladi. 20 martda Napoleon Fransiya taxtini egalladi. Napoleonga qarshi tezda 7-koalitsiya tuzildi. Unga Rossiya, Angliya, Shvetsiya, Prussiya, Ispaniya va boshqa davlatlar kiradi. Juda katta harbiy ustunlikka ega bo'lgan koalitsiya qo'shinlari 18 iyun kuni Bryussel yaqinidagi Veterloo qishlog'ida Napoleon qo'shinini tor-mor etadi. 22 iyunda o'zining yangi 100 kunlik boshqaruvidan so'ng Napoleon taxtdan voz kechishga majbur bo'Idi va Muqaddas Elena oroliga surgun qilindi. Fransiyaga yangidan kontributsiya solindi.Bcna kongressi qarorlari Evropada dvoryan-monarxik reaksiyaning kuchayishiga sabab bo'Idi. Tnqilobiy va milliy-ozodlik harakatlariga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida Evropa davlatlarining reaksion hukumatlari o'zaro "Muqaddas ittifoq" deb atalgan ittifoq luzdilar. 1815 yil 26 senlyabrda Aleksandr 1 tomonidan tayyorlangan bu hujjat Angliya va Turkiyadan tashqari barcha monarxik davlatlar tomonidan imzolandi. Unung a'zolari sof birodariik va xristian dini prinsiplaridan kelib chiqqan holda bir-birini qo'llab-quvvatlash majburiyatini oldilar.



Xulosa

Ishni tayyorlash davomida adabiyotlarni chuqur o`rganish jarayonida shu narsaga amin bo`ldikki Fransiyada bu davrda siyosiy jarayonlarga aholining aralashuvi, siyisiy ongning nihoyatda o`sganligini ko`rishimiz mumkin. 1643 yili besh yoshlik Lyudovik XIV Fransiya qiroli bo’ldi. Lekin faktik jixatdan mamlakatni kardinal Mazarini idora qilardi. Mazarini Rishelening absolyutizmni mustaxkamlash siyosatini davom ettirdi. Xokimiyat almashuvi Rishele davridan to’planib kelayotgan jamoat noroziligining portlashiga olib keldi Konsullik va imperiya davrida marka zlashgan byurokratii davlat apparati shakllandi. Ma’muriy boshqaruvda prefektura tizimi kiritildi. Xukumat tomonidan tayinlanadigan departament boshlig`i — prefekt o’z qo’lida to’la ma’muriy xokimiyatni mujassam etdi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak konsullik va imperiya davrida Fransiya Yevropaning eng kuchli davlatlaridan biriga aylandi. Bunday qudrat Fransiya tarixida xech qachon takrorlanmadi. Fransiya birinchi imperiya davri (1804-1814) yillarda o`z taraqqiyotining ko`liminatsion nuqtasiga yetdi. Bu davrda Fransiya butun G`arbiy Yevropada birrinchi raqamli kapotalistik davlatga aylanish uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi. G`arbiy Yevropaning eng yirik davlatlari bilan bir necha marotaba harbiy sohasa to`qnashdi. Prussiya sbosib olindi Avstriya qarshiligi sindirildi va Angliya ustidan dengiz qamali amalga oshirildi. Lekin, Agliyaning harbiy qudratini sindira olmadi. Natijada Fransiya boshliq Napalionga bitta porloq g`alaba kerak edi. Napalion bu g`alabani Rossiyani yengish orqali amalga oshirmoqchi edi. 1812 yil avgustda 600 ming qo`shin bilan Rossiya chegaralarini buzib kirdi. 1812 yil sentyabr oyida Baradeno maydonida Napalion qo`shinlarini ilk bora mag`lubiyatga uchradi. Rossiyaga qilingan intervensiya G`alabasiz tugadi. Bu esa Yevropada napolionga qarshi ittifoq tuzilishiga sabab bo`ldi. Ittifoqchilar 1813 yil Napaleon qo`shinlarini to`liq tor-mor etadi. Napalionni Elba orollariga surgun qiladi. 1814 yil Napolion qo`shinlari va ittifoqchi qo`shinlar o`rtasida hal qiluvchi jang bo`ladi bunda ham ittifoqchilar g`alaba qozonadi. Fransiyaning bu mag`lubiyati amalda Fransiyada birinchi imperiya hayotini payoniga yetkazdi.

Shunday qilib Fransiya konsullik va imperiya davrida Yewvropaning birinchi raqamli davlatiga aylanishga harakat qildi. Bu yo`lda hatto mofaqiyatlarga ham erishdi. Bu darda Fransiyada iqtisod, siyosat, madaniyat, ijtimoiy hayotda anchagina rivojlandi. Lekin, Fransiya 1814 yilda mag`lubiyatga uchrashu bu muofaqiyatlarni yo`qqa chiqardi.


Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish