Darsning mavzusi
: Qon guruhlari.
Darsning ta’limiy maqsadi
: O’quvchilarni K. Landshteyner, Yu. Yanskiy ishlari, qon
guruhlari, ularning o’ziga xos xususiyatlari, rezus faktor, qon quyish qoidalari va uning
ahamiyati bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi
: o’quvchilarga qon guruhlari, rezus faktor, qon quyish
qoidalarini tushuntirish orqali ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, aqliy, gigiyenik,
ahloqiy tarbiya berish, kasbga yo’llash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi
: O’quvchilarning odam organizmidagi organlar
sistemalari, ularning funksiyalari, qonning tuzilishi, shaklli elementlarining vazifalari
haqidagi bilimlari, qon guruhlarini ajratish va mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini
rivojlantirish.
Darsni jihozlash
: qon guruhlari, rezus faktor, qon quyish qoidalarining
jadvali, K. Landshteyner, Yu. Yanskiy portretlari.
Darsda foydalaniladigan texnologiya
: Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi (komandada
o’qitish metodi)
Do'stlaringiz bilan baham: |