O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi



Download 456,5 Kb.
Sana05.02.2020
Hajmi456,5 Kb.
#38779
Bog'liq
dars ishlanma1

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYAT XALQ TA’LIMI

BOSHQARMASI
Chortoq TXTMFMT va TEB ga qarashli 47- umumiy o’rta ta’lim maktabi informatika fani o’qituvchisi

Soliyev Anvarjonning

Informatika fanidan bir soatlik




Chortoq – 2016
VIII -sinf Informatika
Darsning mavzusi :Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari
Darsning maqsadi:

1.Ta'limiy maqsad: O`quvchilarda elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari ko`nikmalarini hosil qilish.
2.Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarning qalbi va ongida ona-yurtga muhabbat, ona zaminga sadoqat,vatanparvarlik,insoniylik fazilatlarini qaror toptirish.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarda mustaqil ishlash, baxs munozaraga kirishish ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish.
4.Mafkuraviy maqsad:Ajdodlardan faxrlanish, g`urur iftixor tuyg`usini oshirish orqali yuksak didli, iymon e'tiqodli, aqlan barkamol, ma'naviyati yetuk komil insonni tarbiyalash.

5.Kasbga yo`naltiruvchi maqsad: o`quvchilar qalbida axborot tehnologiyasi yo’nalishiga bo`lgan muhabbat uyg`otish, kompyutеr tеxnikasiga bo`lgan qiziqishlarini oshirish.

Darsning uslubi: An’anaviy
Darsning jihozi: 8-sinf informatika darsligi, kompyutеrlar, tarqatmali matеriallar, testlar, kartochkalar.
Fanlararo bog`lanish: iqtisod, matеmatika, vatan tuyg`usi, ona tili va adabiyoti, tarix.
DTS talabi: Microsoft Excel jadval protsessori haqida to`liq tasavvurga ega bo`lish.

Mavzuni boshlashga hozirlik:

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavjud elektron darslik va elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.



Asosiy tushunchalar: jadval, yacheyka, satr, ustun, blok, kitob, funksiyalar.

Darsning tashkiliy qismi: salomlashish, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligini ko`rib chiqish;navbatchi hisobotini tinglash.
Mavzuni yoritish:
Kompyuter texnologiyasining rivojlanib borishi va insonning ish faoliyatida keng qo‘llanilishi ta’sirida ma’lum bir yo‘nalishdagi dasturlarga bo‘lgan talab yanada ko‘paydi. Ma’lumki, dasturlarning yaratilishi va rivojlanishi qo‘llaniladigan sohadagi maqsadlardan kelib chiqadi. Masalan, matn muharrirlari va protsessorlari ma’lumotlarni matn ko‘rinishida saqlash va qayta ishlash uchun kerak bo‘lsa, grafik muharrirlar tasvirlar ustida kerakli amallar bajarish uchun xizmat qiladi.

Kalkulyatorni ishlatib ko‘rgan har bir foydalanuvchi hisob-kitob natijalarini saqlab qo‘yish, oraliq hisob-kitoblarni kerakli vaqtda olish yoki boshlang‘ich ma’lumotlarni o‘zgartirilsa hisob-kitobni yana boshidan takrorlanishi kabi muammolarga duch keladi. Masalan, bir o‘quvchining o‘zlashtirish darajasi – reytingini hisoblash uchun barcha fanlardan olgan ballarini jamlab 100ga ko‘paytiriladi, keyin fanlardan olishi mumkin bo‘lgan maksimal balga bo‘linadi. Bunday olib qaraganda, bu ish qiyin emasdek ko‘rinadi. Lekin, shu oddiy arifmetik amallarni 10ta yoki 50ta o‘quvchi uchun bajarish kerak bo‘lsa-chi? Yoki boshlang‘ich ma’lumotlar o‘zgarsa-chi? Bu ishlarni kalkulyatorda bajarish ancha vaqt talab etadi. Ikkinchi tomondan, ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida tasvirlash ularni tahlil qilishni ancha soddalashtiradi. Shu sababli, ko‘pchilik hollarda hisob-kitoblar samaradorligi va sifatini oshirish uchun avtomatlashtirilgan hisoblashlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Yuqoridagilarni e’tiborga olib, hisob-kitoblarni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi dasturlarga bo‘lgan talab kuchaydi. Odatda, bunday dasturlarni elektron jadvallar yoki jadval protsessorlari deb nomlashadi.

Elektron jadvallar avvalo iqtisodiy masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan. Lekin ular­ning yordamida muxandislik masalalarini yechish, formulalar bo‘yicha hisob-kitoblar bajarish mumkin.

Elektron jadvallar qo‘llanilayotgan sohalar juda ko‘p. Masalan: moliya, buxgalteriyaga oid (xususan, ish haqini hisoblash), har xil iqtisodiy, texnik hisoblar, kundalik, xo‘jalik mollari va mahsulotlarni sotib olish hisoblari va hokazolar.

Elektron jadvallarning asosiy vazifasi ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida tasvirlash va qayta ishlash bo‘lib, birlamchi vazifasi hisob-kitoblarni avtomatlashtirishdir.

Elektron jadvallar beradigan imkoniyatlar dasturlarning turlariga bo‘g‘liq bo‘lib, asosan, quyidagilardan iborat:



    • ma’lumotlarlarni jadval ko‘rinishida tasvirlash va ko‘rinishini o‘zgartirish;

    • jadval elementlarini formatlash;

    • formulalardan foydalanish(hisob-kitoblarni avtomatlashtirish);

    • katakchalarni avtomatik to‘ldirish;

    • turli xildagi funksiyalar majmuidan foydalanish;

    • ma’lumotlarni qidirish va almashtirish;

    • ma’lumotlar asosida turli ko‘rinishda shakllar hosil qilish va tahrirlash;

    • ma’lumotlar ombori hosil qilish va uning ustida amallar bajarish.

Birinchi elektron jadval dasturi VisiCalc nomi bilan o‘tgan asrning 80-yillari boshida ishlab chiqilgan. Undan keyin kompyuterlarning turlari va vazifasiga qarab SuperCalc, Multiplan, Framework, Simphony, Works, 1C-Buxgalteriya, Master, MS Excel va boshqalar ishlab chiqarilgan va takomillashtirib borilmoqda.

Dastlabki naqli (versiyasi) 1994 yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va takomillashtirib borilayotgan Excel dasturi hozirgi kunda eng ommalashgan jadval protsessoridir.



Excel dasturini ishga tushirish Microsoft Office paketining MS Word dasturi kabi uch xil usul bilan amalga oshirilishi mumkin:

  • masalalar panelidagi piktogrammasi yordamida;

  • ish stolidagi yorlig‘i yordamida;

  • quyidagi ketma-ketlikdagi buyruqlarni bajarish orqali bajariladi:

Excel dasturida ishni tugallash uchun esa piktogrammasini yoki fayl menyusining Выход– ya’ni chiqish buyrug‘ini tanlash yoki Alt + F4 klavishalarini birgalikda bosish yetarli.



E
xcel dasturi ishga tushirilgach, ekranda rasmdagi ko‘rinishda foydalanuvchi interfeysi namoyon bo‘ladi:

Exceldagi menyular satri Word matn protsessoridagi menyular satridan farqlanadi. Masalan, Word matn protsessorida Таблица (Jadval) menyusi o‘rnida Exselda Данные (Ma’lumotlar) menyusi bor; biror nusxa ko‘chirilgach, Правка ( Joylashtirish) menyusi nusxani Word dasturidagidan farqli har xil xususiyatlari bilan joylashtirish imkonini beradi.

Nusxa xususiyatlari (2-rasm) quyidagicha bo‘ishi mumkin:


  1. nusxa to‘liq xususiyatlari bilan;

  2. faqat formulani;

  3. faqat qiymatini;

  4. faqat formatlarini;

  5. faqat izohni;

  6. qiymatiga shartlar bilan;

  7. chegara chiziqlarisiz;

  8. faqat ustun kengligini;

  9. arifmetik amallar bajarib

va boshqalar.

Excel dasturi ishga tushirilganda u shartli – Книга1 (Kitob1) nomi bilan yangi hujjat hosil qilishni taklif etadi. Tavsiya etilgan kitobda 3 ta varaq (Лист1, Лист2, Лист3) bo‘lib, zaruratga qarab yana varaqlar qo‘shish mumkin bo‘ladi.

Yangi kitob hosil qilish esa quyidagi imkoniyatlardan birini tanlash orqali bajariladi:


  • fayl menyusidagi Создать (Hosil qilish) buyrug‘ini tanlash yoki Ctrl + N klavishalarini birgalikda bosish orqali;

  • vositalar panelidagi piktogrammani tanlash yordamida.

Har ikkala usulda ham ekranda Книга2 shartli nomdagi yangi ish varag‘i ochiladi. Navbatdagi hosil qilinadigan yangi hujjatlar esa mos ravishda Книга3, Книга4 va hokazo nomlar bilan ochiladi.

Odatda, tayyorlangan xujjatni diskda fayl ko‘rinishida biror nom bilan saqlab qo‘yish mumkin. Excel dasturi asosida tayyorlangan faylning kengaytmasi .xls (eslang, Wordda -.doc, Bloknotda - .txt, Paintda - .bmp) bo‘ladi.

Har bir .xls faylda 1 dan 255 tagacha varaq joylashishi mumkin. Excel jadvali (Excel 97 versiyasida) 16384 ta (Excel 2000 versiyasida esa 65536 ta) satr va 256 ustundan iborat. Satrlar 1 dan to 16384 (65536)gacha bo‘lgan butun sonlar yordamida tartiblangan. Ustunlar esa lotin alifbosi harflari bilan belgilanadi, ya’ni A, V, ... , Z, AA, AV, ... , IV.

Elektron jadvallarda ustun va satrlar soni bir-biridan farqlanishi mumkin. Masalan, SuperCalc4 elektron jadvalida Excel elektron jadvalidan farqli satrlar 1 dan to 9999 gacha bo‘lgan butun sonlar va 255 ta ustuni A, B, … , Z, AA, … , IU lotin harflari bilan belgilangan.

Excel elektron jadvalida quyidagi arifmetik amallar va belgilarni qo‘llash imkoniyati mavjud: qo‘shish – “ + ”, ayirish – “ – “, ko‘paytirish – “ * ”, bo‘lish – “ / ”, darajaga ko‘tarish – “ ^ ”, amalni bajarilish tartibini jadallashtirish – “ ( ) ”, sonlarni butun va kasr qism­ga ajratish – “ , ”.

Elektron jadvallarda jadval bo‘ylab sichqoncha, kursorni boshqarish (yo‘nalish) klavi­shalari, varaqlash (PgUp va PgDn) klavishalari, Home va End klavishalari yordamida harakatla­nish mumkin.




Yangi mavzuni mustahkamlash:

  1. Elektron jadval deganda qanday dastur nazarda tutiladi?

  2. Elektron jadvallar keng qo‘llaniladigan sohalarga misollar keltiring.

  3. Elektron jadvalning asosiy vazifasi nimadan iborat?

  4. Elektron jadvallar qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin?

  5. Birinchi elektron jadvalning nomi qanday va qachon ishlab chiqilgan?

  6. Qanday elektron jadvallarni nomini bilasiz?

  7. Excel elektron jadvali qachon va kim tomonidan ishlab chiqarilgan?

  8. Excel elektron jadvalini ishga tushirish va ishni tugarish usullarini tushuntirib bering.

  9. Excel elektron jadvali interfeysi haqida so‘zlab bering.

  10. Excel elektron jadvalidagi Kitob va varaq nimani bildiradi?

  11. Excel elektron jadvalida ko‘pi bilan nechta varaq ochish mumkin?

  12. Excel elektron jadvalida tayyorlangan hujjat faylining kengaytmasi qanday?

  13. Excel elektron jadvalidagi tayyor varaqlarga 3 ta varaq qo‘shing.

  14. Excel elektron jadvalidagi varaqlarning o‘rnini almashtiring.

  15. Hosil qilingan hujjatni sinf va familiyangizni nom sifatida yozib saqlab qo‘ying.

VII. Uyga vazifa: mavzuni o’qib kelish va konspekt qilish
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.B.Boltayev ,M.Mahkamov ,A.Azamatov ,S.Rahmonqulova 5-sinf Informatika darsligi 2.Azlarov T.-“Informatikadan DTS”.

3.Informatika va hisoblash tеxnikasi asoslari o`quv fanidan MSNIlarni o`tkazish bo`yicha tavsiyalar.Toshkеnt-2006.

4.Mustaqillik odimlari.Toshkеnt.1994 yil.



5.B.Boltaеv va bosh. –“Informatika darsliklari”. Toshkеnt-1997yil.

6.Informatika va Xisoblash tеxnikasi asoslari.A.Daliеv va bosh?alar.Toshkеnt-1994yil.
Download 456,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish