O‟zbekiston respublikasi xalq ta`lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti


-§ Xitoy va Hindistonda matematika taraqqiyoti



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana22.06.2021
Hajmi1,65 Mb.
#73676
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
matematika tarixini organish metodikasi

1.3-§ Xitoy va Hindistonda matematika taraqqiyoti 

 

Boy  tarixi  mobaynida  xitoylik  olimlar  fan  va  texnikaninng  juda  ko’p 

sohalarida  mashhur  kashfiyotlarni  amalga  oshirdilar.  Ular  kompas,  seysmograf, 

spidometr,  kitob  bosish,  faner,  chinni,  porox  tayyorlash  texnolo-giyalarni  ixtiro 

qildilar.  Eramizgacha  VII  asrdan  xitoy  astronomlari  Quyosh  va  Oy  tutilishini 

kuzatib, ularni takrorlanish davriyligini aniqladilar. Eramizgacha IV asrda birinchi 

yulduzlar jadvalini tuzdilar. 

Xitoyliklar matematik bilimlar qadim zamonlardan shaklanib, lekin bizgacha 

yetib  kelgan,  birinchi  matematik  ishlar    eramizgacha  I  ming  yillikka  mansub. 

Bunga  213  yilda  eramizgacha  imperator  barcha  kitoblarni  yoqishga  hukm 

qilganligi sabab bo’lgan bo’lsa ajab emas. 

Qadimgi Xitoyda matematika o’qitishga katta ahamiyat berilgan. Kim agar 

davlat  xizmati  lavozimiga  nomzod  bo’lsa  maxsus  imtihonlarni  topshirgan,  bular 

orasida matematika bo’yicha imtihon ham bor edi. 

Xitoy  iyeorglif  sanoq  sistemasi  eramizgacha  II  ming  yilliklarda  vujudga 

kelib,  Xitoyda  hozirgacha  qo’llanib  kelinmoqda.  Qadimgi  vaqtlarda  arifmetik 




amallar  bambuk,  fil  suyagi  yoki  metallardan  yasalgan  hisoblash  tayoqchalari 

yordamida hisoblash taxtasidan bajarilar edi. Mana bu qadimgi Xitoyda ishlangan 

toshbaqa shaklidagi buyumga tomonlari va diagonallari bo’yicha sonlar yig’indisi 

15 ga teng bo’lgan sehrli 3x3 kvadrat tasviri tushirilgan. 

 

Kasrlar  natural  sonlar  bilan  bir  vaqtning  o’zida  paydo  bo’lgan.  Kasrlarni 



ko’paytirish  va  bo’lish  konkret  masalalarida,  masalan,  yer  maydonlarini  yuzini 

o’lchash,  taqsimlash  kabi  hayotiy    masalalarda  tavsiflanib  o’tilgan.  Yangi 

matematik tushunchani kiritish va ular ustida amallarni bajarishni o’rganish uchun  

xitoy matematiklari kasr sondagi odamlarni ham mavjud deb faraz qilishgan. 

Manfiy  sonlar  «fu»-  borg,  musbat  sonlar  esa  -«chjen»  mayno  deb  atalgan. 

Dastlab «fu» ikkita «chjen» soni ayirmasini hisoblash  jarayonida paydo bo’ldi va 

vujudga  keldi,  faqat  keyinchalik  obyekt  sifatida  qaraladigan  bo’ldi.  Bu  manfiy 

sonlar kiritish yo’lidagi eng muhim qadam bo’ldi. 

Manfiy  sonlar  kiritilgandan  so’ng  hisoblash  tayoqchalarini  ikki  xil  rangda 

tayyorlaydigan  bo’lishdi:  qizil  rangda  –  musbat  sonlarni,  qora  rangda  –manfiy 

sonlarni  belgilash  uchun  ishlata  boshladilar.  Keyinroq  hisoblash  taxtasi  asosida 

«suan-pan» deb ataluvchi hisoblash asbobi yaratildi. Yaponlar uni «saraban» deb 

atashadi. 

Eng  qadimgi  matematik  risola  «To’qqiz  kitobda  matematika»  moliyaviy 

amaldor  Chjan  San  (eramizgacha  150  yilda  vafot  etgan)  tomonidan  yaratilgan. 

Kitob yer o’lchovchilar, muhandislar, amaldorlar, savdogarlar uchun mo’ljallangan 

edi. Risolada 246 ta masala jamlangan. Dastlab masala sharti bayon qilinib, keyin 

javobi va uni yechish uchun ko’rsatma bayon qilingan. 

Ayrim masalalar kasrlar arifmetikasiga, tekis figuralar yuzalarini, hajmlarini 

hisoblashga,  ikki  o’zgaruvchili  ikkita  chiziqli  tenglamalar  sistemasi, 

o’zgaruvchilari 

n

    ta  tenglamalar  sistemasini  yechish  usuli  «fan–chen»  ga 

bag’ishlangan. Pifagor teoremasi yordamida yechiladigan masalalar ham mavjud. 

«To’qqiz  kitobda  matematika»  o’nta    risola    to’plami  sifatida  tayyorlanib, 

amaldorlarni imtihonlarga tayyorlash uchun o’quv qo’llanmasi bo’lib hisoblangan. 

Bu to’plamga yana Sun-Szining «Matematik risola»,  




 

«Dengiz  oroli haqida risola» ( Lyu Xuyeyaniki), Chjan Syuszyanya (V asr) 

ning « Matematik risola» asarlari ham kiritilgan edi. 

Sun-Szining  kitobi  matematik  jadvallar,  chiziqli  tenglamalar  sistemasini 

tuzishga doir arifmetik masalalar, turli o’lchov birliklari orasidagi munosabatlarni 

o’rnatishga oid geometrik masalalarni o’z ichiga olgan edi. Lyu Xuyeya (III asr) 

borib  bo’lmaydigan  predmetlargacha  bo’lgan  masofalar  va  bu  predmetlar 

o’lchamlarini  aniqlashga  doir  masalalarni  qaragan.  Chjan  Syuszyan  o’z 

o’tmishdoshlari  g’oyalarini  rivojlantirib,  yangi  matematik  muammolar:  qatorlar, 

yukori  tartibli  tenglamalar,  sonlar  nazariyasi    masalalari    buyicha  ishlar  bilan 

shug’ullandi. 

Xitoy  matematiklarining  noma’lum 



n

ta  chiziqli  tenglamalar  sistemasiga 

keltiradigan masalalarni yechishdagi eng katta muvaffaqqiyati bu «To’qqiz kitobda 

matematika»    VII  kitobida  bayon  qilingan  «fan  –  chen»  usuli  hisoblanadi.  Unga 

yaqin bo’lgan    yo’qotish  usulini, birinchi marta  Yevropada nemis  matematigi    G. 

V. Leybnis (1646 –1716) topgan bo’lsa, uni shveysar matematigi Gabriyel Kramer 

(31.07.  1704  –4.01.1752)  rivojlantirdi.  V  asrda  Xitoyda  kubik  tenglamaning 

ildizlarini taqribiy hisoblash algoritmi, VIII asrda esa to’liq kubik tenglama uchun 

bunday  algoritm ishlab chiqildi. 

XIII-XIV  asr  algebrachilari 

kubik  tenglamalarni  sonli  yechish 

usullariin  yuqori  tartibli  tenglamalar 

uchun ham kengaytirdilar. 

Eng qadimgi xitoy astronomik 

risolasi 

 

sharhlardan 



ma’lum 

bo’ldiki, 

Pifagor 

teoremasi 

tomonlari  3,  4  va  5  bo’lgan  to’g’ri 

burchakli 

uchburchak 

uchun 


eramizgacha  XII  asrda  topilgan, 

umumiy holda esa uning isbotini eramizgacha VI asrdayoq bilishgan. 

I-III asrlarda xitoy matematik va astronomlari aylana uzunligining diametrga 

nisbati to’g’risida boy natijalarni qo’lga kiritdilar. Astronom va faylasuf Chjan Xen 




(778  –129)     

...


162

,

3



10

yaqinlashishni,  Van  Fan  (267  yilda  vafot  etgan) 

...

155


,

3

45



142

  qiymatni  topgan  bo’lsa,  Lyu  Xuyey 

14159

,

3



  natijani  hosil 

qilgan. 


Astronom, 

matematik 

va 

muhandis 



Su 

Chunchji 

(430-

501)


1415927

,

3



1415926

,

3



  ekanligini  isbotladi va       

113


355

  yaqinlashishni 

aniqladi. 

Yuqoridagilar  shuni ko’rsatadiki, xitoy  matematikasi hisoblash  algoritmlari 

va  amaliy  masalalarni  yechishning  turli  usullarini  to’plash  asosida  rivojlandi. 

Bunda  ayniy  shakl  almashtirishlar  va  yuzalarni  o’zaro-bir  qiymatli 

almashtirishlardan keng foydalanildi. Qator muhim matematik bog’lanishlar kashf 

etildi, vaholonki xitoy  matematikasi hindlar  matematikasi  kabi  amaliy  mazmunda 

va qadimgi Gresiya deduktiv matematikasiga juda kam o’xshar edi. 

Xitoy  davlatida matematika qadim zamonlardan boshlab rivojlanib kelgan. 

Lekin,  ma’lum  bo’lishicha,  miloddan    avvalgi  bir  minginchi  yillarda  dastlabki 

matematik  ishlar  yaratilgan.  Afsuski,  miloddan    avvalgi    213  yilda  Xitoy 

imperatorining  ta’sirida  barcha  matematik  qo’lyozma  va  kitoblar  yoqishga  hukm 

qilinganligi natijasida ko’pgina matematik asarlar bizgacha yetib kelmagan.  

Xitoyda  miloddan  avvalgi  ikki  minginchi  yillarda  har  bir  harf  (iyeroglif) 

ma’lum sonlarni ifodalagan. Ular hozirgacha ham qo’llanib kelinmoqda.  

Ma’lum  bo’lishicha,  Xitoyda  qadimgi  vaqtlarda  arifmetik  amallarni  bambuk 

va fil suyagidan yasalgan tayoqchalar yordamida hisoblash taxtasida bajarilgan.  




Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish