T.A.Sarimsoqov 1915 yil 10 sentyabrida Farg’ona viloyatining Shahrixon
qishlog’ida tug’ildi (hozirgi Andijon viloyatining Shahrixon shahri) 1931 yilda
Qo’qonda o’rta maktabning sakkizinchi sinfini tugatib, O’rta Osiyo davlat
universitetining tayyorlov kursiga o’qishga kirdi. So’ngra fizika-matematika
fakulteti talabasi bo’ldi.
1936 yilda universitetni tugatgandan so’ng T.A.Sarimsoqov aspiranturaga
kirib, uni V.I.Romanovskiy rahbarligida o’tkadi. 1938 yilda "Ikkinchi tartibli
differensiadl tenglamalar ildizlarining taqsimoti va ba’zi algebraik tenglamalarni
asimptotik yechish" nomli disssertasiyasini himoya qildi va dosent unvoni olib,
umumiy matematika kafedrasini boshqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: