O’zbekiston respublikasi xalk ta`lim vazirigi ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti Ta`biyattaniw-geografiya fakul`teti



Download 1,71 Mb.
bet14/18
Sana06.05.2017
Hajmi1,71 Mb.
#8393
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

Bu krosvordlarni yechish bilan o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishini orttirish va mustaqil ishlashga o'rgatish mumkin. Bundan tashqari, bunday krosvordlarni tuzishni o'quvchilarning o'zlariga ham mustaqil ishlash uchun berish

mumkin.


KIMYOVIY TUSHUNCHALAR HOSIL QILISH.

Kimyo o'qitish jarayonida o'quvchilarning umumlashtirilgan bilim va tushunish shakli tushunchalar orqali bo'ladi. Tushunchalar: element, modda, kimyoviy reaksiya, kimyoviy qonuniyatlar bo'lishi mumkin.

Kimyo o'qitishning asosiy vazifasi kimyoviy qonunlarni va o'zgarishlarni tushuntirishdir. Bunda asosan ko'rish, fikrlash va tasvirlash rol o'ynaydi. Birinchi tushunchalar maktabda tajriba orqali o'rganiladi, keyin esa ularning sifat va miqdoriy o'zgarishlari o'rganiladi. Kimyoviy tushunchalarni mukamallashtirish uchun moddalarning sifat o'zgarishlariga xarakteristika va reaksiyalarga e'tibor berish kerak, bu yerda stexiometrik qonuniyatlarga e'tibor berish kerak. Kimyoviy tushunchalar nazariy va emperik bo'ladi. Metodist kimyogarlar quyidagilarni taklif etadilar.

Element haqida tushuncha: Atom, elementning davriy jadvaldagi o'rni, element belgilari va xossalari, element birikish shakllari va xokazo. Modda haqida tushuncha:moddalar tarkibi, tuzilishi, xossasi, ishlatilishi, tarqalishi va hosil bo'lishi, ularni aniqlash, moddalar klassifikatsiyasi. Dispers sistemalar va holatlar tushunchasi toza modda va aralashmalar, faza holatlar, eruvchanlik va dissoziatsiya, erituvchilar, qotishmalar, muvozanat kiradi. Kimyoviy reaksiyalar tushunchalari energetikasi haqida ko'rsatkichlar, mexanizmlar, tezlik, tiplar va kimyoviy reaksiyalar xillari kiradi. Kimyoviy bog'liqliklar va o'zaro bog'liqligi. Stexiometrik qonuniyatlar, tuzilish va struktura bog'liqligi, moddalar va zarrachalar xossalarining tuzilishga bog'liqligi, kimyoda analogiya va gomologiya, elementlarning tabiatda aylanishi.

Kimyoviy bilish va o'quv faoliyati ko'pincha o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga bogliq. O'qituvchi tushunchalarni o'rgatishda o'quvchilar faoliyatiga raxbarlik qiladi. O'quvchilar esa tushunchalarni o'rganib, ularni amaliyotda qo'llashi kerak.

8 sinfda moddalarning elektron tuzilishi qonunlari qaraladi (kimyoviy bog'lar fizikadan ilgari o'tilgandir). Kimyoviy bog'larni chuqurroq bilish kvant-mexanik elementlar ham kiritiladi, bog'larni hosil bo'lish mexanizmlariga e'tibor beriladi.

Butlerov tuzilish nazariyasi qoidasini aytgach u elektron va fazoviy tushunchalar bilan boyitiladi, fazodagi o'rni uglevodorodlarda, gibridlanish va molekula geometriyasi tushunchalari ham berib turiladi. Galogen kislorodli moddalar misollarda atomlarning molekulasidagi o'zaro ta'siri ham ochiladi, moddalar strukturasi tushunchasi kengaytirilib geometrik izomeriya orqali moddalarning xossalarining tuzilishga bog'liqligi tushuntiriladi.

Keyinchalik termokimyo, kimyoviy reaksiya kinetikasi, elektrolitik dissoziaziyalar o'rgatiladi. Oxirgi umumlashtirish darslarida davriy qonun va yetakchi nazariyalar orqali umumiy bilimlarning klassifikaziyasi o'tqaziladi.

Kimyoni o'rgatishda quyidagilarga e'tibor beriladi:


  1. Kimyoviy elementlar haqida umumiy bilimlar sistemasi, ularning hosil qilgan birikmalar va ularning o'zgarishi, ayrim kimyoviy o'ziga xosligi, kimyoviy bilimni bilishda atrof muhit va ularning qonunlarini o'rganish.

  2. Tabiatning kimyoviy surati uni ilmiy materialistik bilimlar asosida bilish.

  3. Kimyoviy texnologiya va sanoatning asosiy komponentlari, politexnik tarbiya.

  4. Mamlakatni kimyolashtirish, sanoat va fan orasidagi bog'liqlikni tushuntirish.

  5. Kimyoviy reaksiyalar, modellashtirish, tahlil va sintezlar. Fan tilida gapirish, kimyoviy laboratoriyalarda tajriba va operatsiyalarni bilish, o'quvchilarni mehnatga tayyorlash.

8 sinfda yilning o'rtasiga borib nazariy, abstraktiv fikrlar berilishi kerak bo'ladi, bu vaqtda nazariya va amaliyot, hamda uyinli darslar orqali dars o'tqazish kerak. Ko'pincha o'quv jarayoni asta-sekinlik bilan murakkablashtirib borish kerak, o'quvchilarda mustaqil ishlashga, qiziquvchanlikka hamda faollikka undash kerak.

Tayanch iboralar:

Metallar, metalmaslar, davriy qonun, galogenlar, azot, uglerod podgruppasi.


Tekshiruv savollari:

1. Metallar va metalmaslarni xossalarini farqlang.

2. “Galogenlar”, ”Azot podgruppasi”, ”Uqlerod podgrurrasi”, ”Metallarning umumiy xossalari” mavzularini echish uslublariga misollar keltiring.
Adadiyotlar:

1. I.N.Borisov. Kimyo o’qitish metodikasi. N. 1966 y.

2. Yosh ximik enziklopedik lugat. N. 1990 y

3. NVO’MOI. Ibrat 1-5. N. 1991 y.

4. Yu.V.Pletner, V.S.Polosin. Ximiya o’qitish metodikasidan praktikum. N. 1981 y.

5. V.I.Sushko. Maktabda kimyo. T. 1991 y.


16-MAVZU: o'rta maktab kimyo kursida davriy qonun va d.i.mendeleev elementlar davriy jadvali. atomlar tuzilishini jadval va sistema orqali tushuntirish.
REJA :


  1. Davriy qonun va elementlar davriy jadvali mavzusini yoritish metodikasi.

  2. s, p, d, f qavatlari, atom haqidagi tushunchani davriy qonun va jadvalga asoslanib yoritish.

Asosan dars berish bilim berish, tarbiyalash va bilimni rivojlantirish aspektlariga  asoslangan. Bilim berish aspekti:bu tabiat qonuni, hamda kimyoni o'rganishning metodik asosi, hamda kimyoni o'rgatish uslubidir. Hozirgi vaqtda kimyoning qaysi qismini qaramasak uning asosida davriy qonun turadi. Uning o'rta maktab kimyosida o'rganilishi to'g'ri rejalashtirilgan, u oldin ham emas, kech ham emas. Kimyo dasturida bilim olishga tegishli talablar birinchidir. Mavzuni boshlashdan oldin o'qituvchi oldingi o'tilganlarni o'quvchilarga eslatadi, chunki "davriy qonun va elementlar davriy jadvali" umumlashtiruvchi xarakterga ega. Shu sababli quyidagi bilimlar qaytariladi:



  1. Kimyoviy element atomi haqida tushuncha, uning nisbiy atom massasi, valentlik.

  2. Oddiy va murakkab modda haqida tushuncha.

  3. Kislorod kimyoviy element haqida tushuncha va valentligi.

  4. Vodorod elementi haqida va uning valentligi haqida tushuncha.

  5. Metall va metalmaslarning xossalari haqida umumiy tushuncha.

  6. Oksidlar haqida tushuncha (asosli va kislotali).

  7. Gidroksidlar haqida tushuncha

  8. Metallar, asosli oksidlar va asoslar, hamda metalmaslar, kislotali oksidlar, kislotalar orasidagi genetik bog'lanishlari haqidagi tushuncha.

Mavzu mazmunining tuzilishi dasturda asosan tarixiy-logik yaqinlashish orqali yozilgan. Boshlang'ich davrda D.I.Mendeleyev taklifi elementlar va moddalarning xossalarining elementlar atom og'irligiga bog'liqligiga asoslangan, keyinchalik element atomlari tuzilishiga bog'liqligi asos qilingan. Bunday yondoshish, birinchidan o'quvchilarning izlanuvchanligiga sharoit tug'diradi, o'quv jarayonini faollashtiradi. Maktab dasturida mazmunning quyidagi tuzilishi asos qilib olingan.

Birinchidan, o'quvchilarga yetmayotgan bilimlar beriladi, bu esa davriylik hodisasini tushunishga yordam berishi kerak. Metallar va metalmaslar bilimlari umumlashtiriladi, galogenlar (metalmaslar) misolida amfoterlik va bir-biriga o'xshash gruppalar, hamda ishqoriy metallar va inert elementlar umumlashtiriladi.

Keyingi etap - atom massasi o'sishi bilan qatorda joylashgan elementlar xossalarining davriy ravishda qaytarilishi tahlil qilinadi va Mendeleyev taklif etgan qonuniyat tushuntiriladi.

Keyingi etap - tuzilishi o'rganiladi va olingan bilimlarni davriylik hodisasi bilan bog'lanishligi ko'rsatiladi.

Keyin oldingi ikki bosqichda olingan bilimlar materiali davriy sistema strukturalariga asoslanib chuqur sintez qilinadi, shu davriy jadval asosida elementlar va ularning birikmalarining xossalarini bashorat qilishga o'rgatiladi.

Mavzu oxirida Mendeleyev hayoti va ilmiy ishlari qarab chiqiladi.

Mendeleyev o'zining qonuniyatlariga ayrim elementlar xossalarini yig'ib, bir xil xossalarini aniqlab va ayrim gruppalarga joylab taklif etadi. Oldin u ma'lum elementlarni oltita gruppaga bo'ldi
- Ca=40 Sr=87,6 Ba=137

Na=23 K =39 Re=85, 4 Cs=133

F =13 Cl=35,5 Br=80 J=127

O =16 S =32 Se=79, 4 Te=128

N =14 P =31 As=75 Sb=122

C =12 Si=28 - Sn=118


Bu bosqichni tushuntirish uchun qisqa tabiiy ishqoriy metallar, galogenlar va inert elementlar xarakteristikalari kiritiladi. Elementlar atom massalari og'irligini oshishi bo'yicha joylashtirilgach, ular tartib bilan nomerlanadi va tartib nomerlarining fizikoviy ma'nosini anglatadi. Ayrim elementlarning nisbiy atom massalarining og'irliklarining nisbatan buzilishiga qarab chiqilgach, izotoplar qarab chiqiladi. Faqat shundan keyin davriy jadval strukturasi davriy qonunning grafik tuzilishi orqali o'rgatiladi. Shundan keyin hamma davriy jadvaldagi qonuniyatlar atomlarning tuzilishi nazariyasi orqali o'rganiladi.

Davriy jadvaldan foydalanib, o'quvchilar elementlar va oddiy moddalar xossalarini o'zaro solishtiradilar, yuqori oksidlar va gidrooksidlar formulalar tuza ola boshlaydilar, ularning xossalarini bashorat qiladilar, uchuvchan vodorodli birikmalarining formulalarini tuzadilar, hamda davriy jadvalga asoslanib genetik reaksiyalar tenglamalari yozilishi mumkin.

Bilimi mustahkam bo'lgan o'quvchilar mustaqil ish vaqtida dasturlashgan qo'llanmalarni ham yecha boshlaydilar. Davriy qonunni yaxshi o'zlashtirish uchun har xil qiziqarli masalalar bashorat etuvchi xarakterli masalalar ham taklif etiladi.

Mavzuning tarbiyalovchi aspekti. O'quvchilar bu mavzu yordamida fan va sanoatdagi ahamiyatini tushunishi kerak, kimyoviy elementlar va moddalar material birligi o'rganiladi, sifat o'zgarishini miqdoriy o'zgarishi yo'nalishi beriladi. Mendeleyev hayoti ham bolalarda olim mehnati haqida fikr bera oladi. Shu vaqtda o'qituvchi olim hamkasblari xotiralarini, davriy qonuniyat ochilishi haqida so'zlashi kerak. Bu tushuntirilgan qonun tabiat qonuni ekanligi va ko'pgina izlanishlar, katta mehnat orqali ochilganini aytish kerak. Bunda asos bu davriy qonun, uning grafikadagi asosi bu davriy jadval ekanligini aytish kerak. D.I.Mendeleyev qoldirgan boyliklar, asarlar darsdan tashqari ishlarda qarab chiqilsa yaxshi bo'lar edi.

Davriy qonunni o'rganish problemali yondoshish orqali o'tqaziladi. Birinchi etapda elementlar metall va metalmasga bo'linadi, ayrim elementlarni aniqlashda xossalari ham tekshiriladi. Ikkinchi etap metalldan metalmasga o'tishi, inert gazlarga o'tish, ayrim atom og'irliklarini o'zgarishi, argon-kaliy sabablari aytiladi. Uchinchi etap gruppalar ichidagi qo'shimcha gruppalar tushuntiriladi. To'rtinchi bosqich davriylik haqidagi bilimlar rivojlantiriladi.


Tayanch iboralar:

Davriy qonun, jadval, s, p, d, f qavatlar, Xund qoidasi, vodorod. Ishqoriy metallar, galogenlar.


Tekshiruv savollari:

1. Davriy qonun va davriy jadval kashfiotini sharxlang.

2. Atom tuzilishini tushuntirishda bu qonundan oldin va keyingi tushuntirish uslublariga misollar keltiring.
Adabiyotlar:

1. I.N.Borisov. Kimyo o’qitish metodikasi. T. 1966 y.

2. Yosh ximik ensiklopedik lug’at. T. 1990 y.

3. Yu.V.Pletner, V.S.Polosin. Ximiya o’qitish metodikasidan praktikum. T. 1981 y.


17-MAVZU: organik kimyo o'qitishda metodik yondoshishlar.
REJA :
1. Organik kimyoda ma 'ruza, seminar, konferenziya, amaliy mashg'ulotlar o'tqazish uslublari

2. Organik kimyodagi reaksiyalar tiplari.


10 sinfda organik moddalarni o'rganish kimyoviy reaksiyalarni elektron pog’onasida o'rganiladi. Bu vaqtga kelib o'quvchilar reaksiyalar sharoiti, tezligi, qaytar reaksiyalar, kimyoviy muvozanat va uni siljitish kabi tushunchalarni bilib olgan bo'ladilar. 10 sinf o'quvchilari 8-9 sinflarga nisbatan ko'proq faol bilish faoliyatiga yaqin bo'ladi (ko'tarilgan masalani tushunish, ularni echishda ijodiy yondoshishi, bunda logik fikrlash) mustaqil ishlash yordamida bilimlarni yuqori qilishga erishilishi mumkin. Kimyoviy reaksiyalar mexanizmlari haqida tushunchalarni chuqurlashtirish. Kimyoviy reaksiyalarning radikal va ion mexanizmidagi bilimlarini kengaytirish uchun 10-sinfda elektron va organik moddalar tuzilishining fazoviy tuzilishi hamda ular molekulalaridagi sigma hamda pi bog'lar holati tushuntiriladi.

O'quvchilar fikrlari almashinish reaksiya mexanizmida radikal va  molekulalar o'zaro ta'siri. Buning zanjirli reaksiyalar o'tilmasligini ta'siri qanday qilib, organik molekuladan zanjir ioni hosil bo'lishi va bunda musbat hamda manfiy zaryadlar hosil bo'lishi hamda ularning birikishida yangi modda molekulasi hosil bo'lishi aytiladi.

Metanni xlor bilan reaksiyasini qarashdan oldin o'quvchilarga ayrim xlor bilan vodorod orasidagi reaksiyalarni eslatish kerak.

1. Juftlashmagan elektronli zaryadlar hosil qilishi.



2. Vodorod molekulasiga xlor atomining ta'siri



Bu reaksiya zanjirli xarakterga ega. Keyin o'quvchilar oldida xlor va metan reaksiyasi qanday boradi degan savol qo'yiladi?

Ular quyidagilarni taklif qiladilar:





O'qituvchi faqatgina ayrim faktlarni tushuntirish uchun aralashadi.

1. Metanning xlor atomi bilan ta'sirlanish yo'li.

2. Xlor va metil radikallari bu reaksiyada qatnashishi erkin radikal shaklda deb tushuntiriladi.

3. Zanjirli reaksiya tezligi xlor molekulasi qancha ko'p energiya kvant berilishiga bog'liq (ya'ni reaksiya zanjiri hosil bo'ladi) va zanjirlar uzilishi kam bo'lishi kerak

4. O'quvchilarga zanjirli reaksiya kimyoviy bog' qancha mustahkamligi kichik bo'lsa uzilishi osonroq bo'lishi va reaksiyaning boshlanishi tezlanishini tushuntirish kerak. Metanga xlor atomi yaqinlashganda xlor elektron buluti metanning vodorod atomlarining birini o'ziga tortib oladi, ya'ni qutbsiz S-H bog'., elektron bulut ta'sirida metilga qaraganda elektronomanfiy xlorga yaqinlashadi. To'yinmagan uglevodorodlarga birikish reaksiya mexanizmini o'rgatayotganda anorganik kimyoda o'rgatilgan kimyoviy reaksiya ionli mexanizmlari asos qilib olinadi. Kimyoviy reaksiya sharoitida vodorod bromid vodorod va brom ionlariga parchalanadi: vodorod ionni elektronsiz bo'lib, etilen molekulasiga ta'sir qiladi, bunda pi elektronlar uglerod atomining biriga siljiydi va unga elektrofil birikadi

bunda karbokation hosil bo'ladi u brom anioni bilan birikadi:

Kimyoviy reaksiya mexanizmlarini sistematik tushuntirish uchun radikal va ionli mexanizmlar solishtiriladi va farqlari aniqlanadi,

a) reaksiyaning asosiy borishida inizirlar, organik moddaga hujum etuvchi zarracha ta'sirlanishi hamda reaksiya mahsuloti organik modda hosil bo'lishi;

b) inizirlash bosqichida kovalent bogning uzilish xarakteri;

v) reaksiya sharoitlarini solishtirish natijalari quyidagicha yoziladi
Organik moddalar reaksiyalarining solishtirish tavsifi

Xarakteristika


Reaksiyalar

Radikal mexanizmli

Ion mexanizmli
Inizirlash

Anorganik moddalarda juftlash-magan elektronli zarrachalar (radikallar) hosil bo'lishi

Anorganik moddaning dissoziatsiyasi

Organik modda bilan ataka qiluvchi zarracha ta'siri

Organik modda molekulasining uzilishi va organik radikal ajralishi (elektron zichligining ko'proq siljishi hisobidan)

Organik modda molekulasida hosil bo'lgan ionlarning birining birikishi (elektron zichligining qisman siljishi hisobidan)

Reaksiya mahsulotining hosil bo'lishi

Reaksiya mahsuloti (organik modda) anorganik modda molekulasi bilan organik radikal hisobida hosil bo'ladi

Reaksiya mahsuloti organik modda ikkita ionning birikishidan hosil bo'ladi

Inizirlash bosqichi kovalent bog'ning uzilish xarakteri

Elektron juft anorganik modda molekulasida kovalent bog' hosil qiluvchi atomlar orasida teng bo'linadi (bog'ning gomolitik uzilishi)

Anorganik modda moleku-lasidagi kovalent bog' shun-day parchalanadiki bunda elektron juft atomlarning biriga to'la o'tadi (bog'ning geterolitik uzilishi)

Reaksiya sharoitlari

Reaksiya yorug'likda yoki qizdirilganda sodir bo'ladi

Reaksiya uy haroratida boradi


Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish