O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYoT BANKI O’RTASIDA TUZILGAN ZAYoM TO’G’RISIDAGI BITIM DOIRASIDA PAXTACHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH HAQIDA
Paxtachilikni yanada rivojlantirish va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) beradigan zayom resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O’zbekiston Respublikasi Hukumati bilan XTTB o’rtasida tuzilgan Zayom to’g’risidagi bitimga hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 4 maydagi 160-son qaroriga muvofiq tayyorlangan Paxtachilikni takomillashtirish loyihasi (keyingi o’rinlarda paxta loyihasi deb ataladi) 1 va 1a-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
* 1 va 1a-ilovalar berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining Markaziy Osiyo Urug’chilik Kompaniyasini loyiha qatnashchisi sifatida kiritish to’g’risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band birinchi xatboshi bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 11 sentyabrdagi390-sonli qaroriga muvofiq to’ldirilgan)
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, loyihani amalga oshirish muddati 5 yil, loyihaning umumiy qiymati 84,59 mln AQSH dollari, shu jumladan:
66,12 mln AQSH dollari — 5 yillik imtiyozli davrni ham qo’shganda XTTBning 20 yil muddatga zayom sifatida ajratadigan ulushi;
18,47 mln AQSH dollariga teng miqdorda milliy valyutadagi mablag’ — O’zbekiston Respublikasining ulushi, undan 10,75 mln AQSH dollari respublika byudjetidan beriladigan kredit va 7,72 mln AQSH dollari urug’chilik korporatsiyalari va xo’jaliklarining mablag’lari.
Belgilab qo’yilsinki, zayom mablag’lari va respublika byudjetidan ajratiladigan mablag’lar paxta loyihasini amalga oshiruvchi tashkilotlarga qaytarish asosida beriladi.
3. Paxta loyihasi doirasida mablag’larni vazirliklar, idoralar va davlatga qarashli bo’lmagan sektor tashkilotlari o’rtasida taqsimlash sxemasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, XTTBning mazkur loyiha doirasidagi zayom mablag’lari transhlar bilan beriladi va xarajatlarni qoplash rejalari O’zbekiston Respublikasi Hukumati va XTTB tomonidan loyihada belgilangan muddatlarda tasdiqlanadi.
4. Vazirlar Mahkamasi huzurida 3-ilovaga* muvofiq xodimlar soni va apparat tuzilmasiga ega bo’lgan yuridik shaxs huquqidagi Paxta loyihasini amalga oshirish agentligi tashkil etilsin.
* 3-ilova berilmaydi.
Paxta loyihasini amalga oshirish agentligi sarf-xarajatlari loyihani amalga oshirishga ajratiladigan mablag’lar hisobiga milliy valyutada amalga oshirilsin.
Agentlik O’zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo’mitasi (FTDQ) binosiga, X. Sulaymonova ko’chasi, 29-uyga joylashtirilsin.
FTDQ Agentlikni ijara shartlarida xizmat xonalari bilan ta’minlasin.
Aloqa vazirligi Paxta loyihasini amalga oshirish agentligini zarur aloqa vositalari, shu jumladan xalqaro telekommunikatsiya tarmog’iga chiqadigan aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
5. Paxta loyihasini amalga oshirish agentligiga quyidagi huquqlar berilsin:
vazirliklar va idoralarning loyihani amalga oshirishga oid faoliyatini muvofiqlashtirish;
mazkur loyiha doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
banklarda hisob-kitob va valyuta schyotlarini ochish;
yuqori malaka talab qiladigan ishlar uchun Agentlik xodimlarining lavozim maoshiga 70 foizgacha miqdorda ustama haq belgilash.
6. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir hafta muddatda Paxta loyihasini amaliy oshirish agentligi uchun milliy valyutada schyot (Paxta loyihasi schyoti) va AQSH dollarida maxsus depozit schyot ochsin.
Maxsus depozit schyotga omonatlar qo’yish va bu schyotdan to’lovlar to’lash O’zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o’rtasidagi Zayom to’g’risidagi bitim qoidalariga muvofiq amalga oshirilsin.
7. Elita-urug’chilik xo’jaliklarining ularning negizida 4-ilovaga muvofiq urug’chilik korporatsiyalari tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
8. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
respublika byudjetidan paxta loyihasini amalga oshirishga yo’naltiriladigan mablag’larni alohida moddaga ajratsin;
Zayom to’g’risidagi bitimga muvofiq urug’chilik korporatsiyalari bilan subzayom bitimlari tuzsin;
zayom mablag’lari sarflanishi ustidan har oyda nazorat qilib borsin, paxta loyihasi schyotidagi depozit summasini loyihani amalga oshirishga yo’naltirilgan amaldagi xarajatlar to’g’risida taqdim etilgan hisobotlar asosida o’z vaqtida to’ldirib borsin;
bir oy muddatda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Paxta loyihasini amalga oshirish agentligi bilan birgalikda XTTB va respublika byudjetidan beriladigan zayom mablag’larini berish, ulardan foydalanish hamda ularni qaytarish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
9. Paxta loyihasini amalga oshirish agentligi:
ikki hafta muddatda Agentlik to’g’risidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining topshirig’iga binoan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan subzayom mablag’larni berish va to’lashni (asosiy summa va foizlarni), shu jumladan urug’chilik korporatsiyalari tomonidan olinadigan zayom mablag’lari to’lanishi va qaytarib berilishini nazorat qilish bo’yicha agentlik shartnomasi tuzsin;
10. Asbob-uskunalar, texnika, o’simliklarni himoya qilish vositalari va boshqa materiallarni sotib olish uchun xalqaro hamda mahalliy tanlov savdolarini tashkil etish bo’yicha tender komissiyasi tarkibi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Komissiya tender savdolarini loyihada nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshirsin.
* 5-ilova berilmaydi.
11. Qishloq xo’jaligi vazirligi:
Qishloq xo’jaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi huzurida qishloq xo’jaligi ekinlari yangi navlari hamda gibridlarini ro’yxatga olish va muhofaza qilish bo’limini tashkil qilsin;
Respublika paxta urug’chiligi nazorati stantsiyasi negizida loyihada nazarda tutilgan xodimlar soni doirasida viloyatlarda bo’linmalari bo’lgan qishloq xo’jaligi ekinlari urug’larini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Paxta loyihasi doirasida 6-ilovaga* muvofiq tashkil etiladigan tola sifatini baholash bo’yicha barcha mintaqaviy laboratoriyalar «Sifat» O’zbek markaziga bo’ysundirilsin.
* 6-ilova berilmaydi.
(12-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 20 martdagi 122-sonli qarori tahririda)
13. «O’zdavstandart» markazi:
loyihada nazarda tutilgan muddatlarda urug’likni va paxta mahsulotini sertifikatsiyalash mintaqaviy laboratoriyalari tashkil etilishiga ko’ra paxta tolasini xalqaro standartlar bo’yicha sertifikatsiyalanishi shart bo’lgan mahsulotlar ro’yxatiga kiritsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda sertifikatlarda aks ettirish uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlarni aniqlasin va sertifikatning tegishli shaklini tasdiqlasin.
14. 1996 yil hosilidan boshlab 4-ilovada ko’rsatib o’tilgan urug’chilik korporatsiyalari xo’jaliklari paxta tolasi va boshqa paxta mahsulotlarini davlat ehtiyojlari uchun yetkazib berishdan ozod qilinsin. Xo’jaliklar paxta tolasini erkin narxlarda sotishdan olgan daromadlar faqat paxta loyihasini amalga oshirishga va keyinchalik zayom mablag’larini to’lashga yo’naltirilsin.
«O’zistiqbolstat» davlat qo’mitasi paxta tolasi va boshqa paxta mahsulotini ishlab chiqarish hamda taqsimlash balanslarini mazkur xo’jaliklar paxta mahsulotini davlat ehtiyojlari uchun yetkazib berishdan ozod etilishini hisobga olgan holda ishlab chiqsin.
15. Paxta loyihasini amalga oshirishda ishtirok etayotgan tashkilotlar paxta loyihasi doirasida import qilinadigan tovarlardan olinadigan boj poshlinasidan ozod qilinsinlar.
16. Urug’chilik korporatsiyalari va paxta tolasi sifatini baholovchi mintaqaviy laboratoriyalar ro’yxatga olingan vaqtdan boshlab soliqlarning barcha turlarini to’lashdan besh yilga ozod qilinsinlar, yer solig’i va suv solig’i bundan mustasno.
17. Respublikada 1996 yil paxta hosilidan olinadigan barcha urug’lik chigitga erkin (shartnomaviy) narxlar joriy qilinsin.
18. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar loyihaning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasinlar,
19. Vazirlar Mahkamasining Dehqonchilik sanoati kompleksi yilning har choragida loyihani amalga oshirishning borishini ko’rib chiqsin.
20. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o’rinbosari I.H. Jo’rabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995 yil 31 oktyabr,
421-son
Vazirlar Mahkamasining
1995 yil 31 oktyabrdagi 421-son qaroriga
4-ILOVA
Urug’chilik korporatsiyalarini tashkil etuvchi muassis xo’jaliklar
RO’YXATI
Buxoro viloyati, Buxoro tumani
«Madaniyat»
T. Hotamov nomidagi
«Mustaqil O’zbekiston»
«Do’stlik»
Namangan viloyati, Namangan tumani
«Navbahor»
«O’zbekiston»
Q. Soliev nomidagi
Surxondaryo viloyati, Qumqo’rg’on tumani
S. Boymatov nomidagi
«Qumqo’rg’on»
I. Mirzaev nomidagi
«Besh qahramon»
SH. Mirzaev nomidagi
Toshkent viloyati, O’rta CHirchiq tumani
«Haqiqat»
«Qaytmas»
A. Ikromov nomidagi
«Istiqbol»
Farg’ona viloyati, O’zbekiston tumani
G’. G’ulom nomidagi
«Paxtaqaynar»
S. Azizov nomidagi
«G’aniobod»
«O’qchi»
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy Osiyo Urug’chilik Kompaniyasi ishtirokidagi paxtachilikni takomillashtirish loyihasini amalga oshirishga jalb qilinayotgan urug’chilik xo’jaliklari
ro’yxati
Sirdaryo viloyati
Sayxunobod tumani:
Sultonov nomidagi
T. G’ulomov nomidagi
«SHo’ro’zak»
«Birlashgan»
Boyovut tumani:
«Boyovut-1»
Toshkent viloyati
CHinoz tumani:
Oxunboboev nomidagi
«O’zbekiston»
S. Rahimov nomidagi
(4-ilova O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 11 sentyabrdagi 390-sonli qaroriga muvofiq ro’yxat bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |