O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Download 158,5 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi158,5 Kb.
#11068
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori


PAXTA CHIGITINI YETKAZIB BERISH VA UNDAN FOYDALANISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH BO’YICHA QO’SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO’G’RISIDA

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 y., 37-38-son, 381-modda; 2011 y., 50-son, 515-modda; 2012 y., 44-son, 507-modda)


Paxta chigitini yetkazib berish va undan foydalanilishini nazorat qilishning bozor mexanizmini takomillashtirish, bozorda sifatsiz yog’-moy mahsulotlari paydo bo’lishining olini olish, aholini belgilangan standartlarga javob bermaydigan oziq-ovqat yog’i iste’mol qilishdan himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qo’mitasi, «O’zstandart» agentligi, O’zbekiston «Sifat» markazi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi «O’zdavurug’nazoratmarkaz» davlat markazi tomonidan paxta chigitini hisobga olish, uning harakati va sifati tizimi ishlab chiqilganligi hamda unda quyidagilar nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

texnik chigitni yog’-moy korxonalarining mas’ul vakillari tomonidan bevosita paxta tozalash zavodlarida sifati va miqdori bo’yicha qabul qilish;

yog’-moy zavodlari va paxta tozalash zavodlari o’rtasida paxta chigiti yetkazib berish va uni qabul qilib olish yuzasidan har oyda uch tomonlama solishtirish dalolatnomalari tuzish asosida mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish;

paxta tozalash zavodlaridan yuklab jo’natilayotgan texnik va urug’lik chigitning barcha turkumlarini ularning miqdor va sifat jihatidan hisobga olinishiga ko’maklashuvchi sertifikatlanishini ta’minlash;

barcha paxta tozalash korxonalarining texnologik jarayonida qayta ishlangan paxta chigiti hajmini hisobga olishning elektron vositalari faoliyat ko’rsatishi;

Oldingi tahrirga qarang.

(1-bandning oltinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O’R QHT, 2012 y., 44-son, 507-modda)

2. Quyidagi tartib belgilansin, unga ko’ra 2006 yil paxta xom ashyosi hosilidan boshlab:

mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, pressli yog’-moy zavodlariga paxtaning texnik chigitini berish to’xtatiladi;

texnik chigit O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan yog’-moy zavodlari va paxta tozalash zavodlarining joylashishi asosida, faqat yog’ning normativga muvofiq chiqishini ta’minlayotgan yog’-ekstraktsiya korxonalariga ajratiladi;

paxta tozalash zavodlaridan yog’-moy zavodlariga texnik chigit qat’i shartnoma asosida 100 foiz haqini oldindan to’lash sharti bilan yetkazib beriladi;

texnik chigitni viloyatlararo taqsimlash faqat Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi;

uy sharoitlarida va ekstraktsiya bo’limlariga ega bo’lmagan kichik tsexlarda paxta chigitini qayta ishlash va paxta yog’i ishlab chiqarish amaldagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi hamda paxta chigitini qayta ishlash bilan noqonuniy shug’ullanayotgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda qattiq jazo choralari, hatto jinoiy javobgarlik choralari ko’riladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga paxtaning texnik chigitini taqsimlash bilan shug’ullanish qat’iyan taqiqlanadi.

3. Yog’-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda 2007 yil 1 sentyabrgacha bo’lgan muddatda «CHimboy-moy» aktsiyadorlik jamiyatini, «Turon-Xo’jayli» aktsiyadorlik jamiyatini va «Yog’gar» aktsiyadorlik jamiyatini ekstraktsiya bo’limlari o’rnatish yo’li bilan modernizatsiya qilsin. Bunda ushbu korxonalar modernizatsiya davrida, istisno tariqasida, paxtaning texnik chigiti bilan ta’minlanadi.

4. Paxta tozalash va yog’-moy korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, harakati, saqlash hamda qayta ishlashda dastlabki hisobga olishni tashkil etish tartibi to’g’risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oldingi tahrirga qarang.

«O’zpaxtasanoat» uyushmasi, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi O’zbekiston «Sifat» markazining Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi bilan birgalikda o’zlariga qarashli korxonalarda ko’rsatib o’tilgan Nizom normalariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlasinlar.

(4-bandning ikkinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 12 dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2011 y., 50-son, 515-modda)

5. Belgilab qo’yilsinki, paxta xom ashyosini qayta ishlashning texnologik jarayonida ishlab chiqarilayotgan paxta chigitini miqdor jihatdan hisobga olish uchun majburiy tartibda elektron tarozilar o’rnatilgan bo’lishi shart.

«O’zpaxtasanoat» uyushmasi tarmoqning paxta tozalash korxonalarida 2006 yil 1 noyabrgacha bo’lgan muddatda paxta chigitini miqdor jihatdan hisobga olish bo’yicha elektron tarozilar o’rnatishga doir tadbirlarni, moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda o’n kun muddatda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

«O’zstandart» agentligi, O’zbekiston «Sifat» markazi va «O’zpaxtasanoat» uyushmasi rahbarlariga paxta tozalash korxonalarida paxta chigitini tortish va sertifikatlash jarayoni muntazam ravishda nazorat qilinishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

6. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi paxtaning texnik chigitiga ulgurji narxlar preyskurantini shakllantirishda qat’iy ravishda xarajatlarni qoplash va paxta tozalash zavodlarining rentabelli ishlashini ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqsin.

Oldingi tahrirga qarang.

(7-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o’z kuchini yo’qotgan — O’R QHT, 2012 y., 44-son, 507-modda)

8. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligi, «O’zstandart» agentligi hamda Yog’-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi bilan birgalikda Jinoyat kodeksiga paxta chigitini qayta ishlash bilan noqonuniy shug’ullanayotgan jismoniy shaxslarga, shuningdek ishonib topshirilgan korxonalarda ishlab chiqarishning texnologiya va sanitariya normalariga rioya etmayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha takliflarni bir oy muddatda tayyorlasin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.


O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. MIRZIYoEV

Toshkent sh.,

2006 yil 18 sentyabr,

199-son


Vazirlar Mahkamasining
2006 yil 18 sentyabrdagi 199-son qaroriga
ILOVA

Paxta tozalash va yog’-moy korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, harakati, saqlash hamda qayta ishlashda dastlabki hisobga olishni tashkil etish tartibi to’g’risida

NIZOM

1. Ushbu Nizom Paxta tozalash va yog’-moy korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, harakati, saqlash hamda qayta ishlashda dastlabki hisobga olishni tashkil etish tartibini belgilaydi.

I. Paxta chigiti ishlab chiqarishni hisobga olish

2. Paxta xom ashyosini paxta tozalash korxonalarining linter tsexlarida qayta ishlash jarayonida paxtaning texnik va urug’lik chigiti tozalanadi.

3. Ishlab chiqarish jarayonini to’xtatmasdan qayta ishlash jarayonida olinadigan chigitlarning jami hajmi maxsus elektron tarozilarda tortiladi.

Ishlab chiqarishdan olingan chigitni hisobga olish uchun har qaysi smena bo’yicha o’lchashlar natijalari smena boshlig’i (master) tomonidan «Ishlab chiqarishdan olingan chigitlarni tarozida o’lchash uchun o’lchovnoma» 38-XL shakli bir nusxada to’ldiriladi.

Maxsus tarozilar buzilgan taqdirda chigitlar avtomobil tarozilarida tortiladi.

4. Tortilgan chigitlar o’lchovnomasi asosida har qaysi smena bo’yicha smena boshlig’i va buxgalter tomonidan «Ishlab chiqarishdan olingan tortilgan chigitlarni hisobga olish daftari» 44-XL shakli to’ldiriladi.

5. Ishlab chiqarishdan olingan chigitlarni qabul qilib olishda klassifikator (tovarshunos) tomonidan «Ishlab chiqarishdan olingan chigitlarni qabul qilib olish to’g’risida raport» 45-XL shakli uch nusxada to’ldiriladi:

birinchi nusxa — xom ashyo va tayyor mahsulot bo’limi tovarshunosiga beriladi;

ikkinchi nusxa — paxta tozalash korxonasi buxgalteriyasiga topshiriladi;

uchinchi nusxa — «Sifat» markazining urug’lik laboratoriyasiga beriladi.

6. Paxta xom ashyosining butun turkumini qayta ishlash tugallangandan keyin tovarshunos tomonidan 45-XL shakli bo’yicha yig’ma raport tuziladi.

Yig’ma raport ishlab chiqarish topshirig’ini to’ldirish uchun tortilgan chigitlar o’lchovnomalari bilan birga korxonaning reja bo’limiga, so’ngra ishlab chiqarish topshirig’i bilan birga korxona buxgalteriyasiga beriladi.

7. Omborda chigitlarning harakatini hisobga olish xom ashyo va tayyor mahsulot tovarshunosi tomonidan «Omborda texnik chigitlarni hisobga olish daftari» 46-XL hamda «Omborda urug’lik chigitlarni hisobga olish daftari» 47-XL shakllari bo’yicha amalga oshiriladi. Ushbu daftarlar paxta tozalash korxonasi buxgalteriyasida ham yuritiladi.

8. Kalendar oy tugagach chigitlarning qoldiq miqdori aniqlanadi va omborda hisobga olish daftarlari bilan taqqoslanadi, buxgalter va tovarshunos tomonidan imzolanadi.

9. CHigit ishlab chiqarish monitoringi «Sifat» markazining paxta tozalash korxonasi huzuridagi urug’lik laboratoriyasi mudiri tomonidan amalga oshiriladi.

10. Paxta tozalash korxonasida paxta xom ashyosini qayta ishlash mavsumi oxirida chigit omborlari xatlovdan o’tkaziladi va tozalanadi, ularning natijalari tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

II. Paxtaning texnik chigitini sinash

11. Paxta tozalash korxonasida paxta chigiti turkumidan namuna olish yog’-moy korxonalari tomonidan, mahsulot qabul qilib olingan kunda, ishonchnoma asosida birkitilgan paxta tozalash va yog’-moy korxonalari vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.

12. Sinash uchun olingan texnik chigitni «Sifat» markazi vakili qopqog’i zich yopilgan bankaga yoxud qalin polietilen paketga joylaydi va unga namunani identifikatsiya qiluvchi maxsus etiketka qo’yadi. Namuna oluvchi imzolagan etiketkada paxta zavodining, paxta chigiti turkumining tartib raqami, namuna olingan sana, namuna oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi ko’rsatiladi.

Namuna «Sifat» markazining urug’lik laboratoriyasiga beriladi, bu yerda undan 2 kg miqdorida o’rtacha namuna ajratiladi. O’rtacha namuna taxminan teng bo’lgan ikki qismga — sinash uchun va nazorat namunasiga ajratiladi. Olingan namuna sinovdan o’tkaziladi.

Namunaning nazorat qismi idishga joylanadi, unga barcha namuna oluvchilar vakillarining familiyalari va imzolari bilan yozilgan yorliqcha joylanadi, so’ngra u idishning ochilgani bilinmaydigan rasmiy tartib raqamli plomba yoki yorliq bilan bekitiladi.

Namunaning nazorat qismi «Sifat» markazining urug’lik laboratoriyasida 15 kun mobaynida saqlanadi.

13. Paxta tozalash yoki yog’-moy korxonalari tomonidan e’tirozlar paydo bo’lganda kelishmovchiliklar namunaning nazorat qismi bo’yicha hal etiladi. Tekshirilayotgan aniq turkumning tegishliligini tasdiqlaydigan nazorat namunasining saqlanishi va identifikatsiya qilinishi uchun «Sifat» markazi javob beradi.

14. «Sifat» markazining vakili Namuna tanlash dalolatnomasini rasmiylashtiradi, uni «Sifat» markazi, paxta tozalash va yog’-moy korxonalari vakillari imzolaydilar. Dalolatnomaning bir nusxasi «Sifat» markazida qoladi, ikki nusxasi paxta tozalash va yog’-moy korxonalari vakillariga beriladi.

15. Texnik chigitning har qaysi turkumini sinash «Sifat» markazi mutaxassislari tomonidan, paxta tozalash korxonalari hududlarida joylashgan va «Sifat» markazining akkreditatsiya qilingan mintaqaviy laboratoriyalari filiallari hisoblanadigan urug’lik laboratoriyalarida O’z DSt 596 «Texnik paxta chigiti. Texnik shartlar» talablariga muvofiq o’tkaziladi.

«Sifat» markazining urug’lik laboratoriyalarida paxtaning texnik chigiti sinovlarini o’tkazishda paxta tozalash va yog’-moy korxonalari vakillari ishtirok etadilar.

16. Sinovlar texnik chigitning quyidagi sifat ko’rsatkichlari bo’yicha amalga oshiriladi:

nuqsonli paxta chigitining massaviy ulushi bo’yicha navlar — O’z DSt 597:1993 «Texnik paxta chigiti. Nuqsonli paxta chigitini aniqlash metodi»;

mineral va organik aralashmalarning massaviy ulushi — O’z DSt 599:1993 «Texnik paxta chigiti. Mineral va organik aralashmalarni aniqlash metodi»;

namlikning massaviy ulushi — O’z DSt 600:1993 «Texnik paxta chigiti. Namlikning massaviy ulushini aniqlash metodi»;

tukdorligining massaviy ulushi — O’z DSt 601:1993 «Texnik paxta chigiti. Tukdorlikni aniqlash metodi».

17. Tashib keltirilayotgan har qaysi turkum uchun texnik paxta chigiti sifatini sinash natijalari Sinash protokoli bilan rasmiylashtiriladi.

Sinash protokolini «Sifat» markazining sinashni bevosita o’tkazgan vakili imzolaydi, so’ngra u «Sifat» markazining akkreditatsiya qilingan mintaqaviy laboratoriyasi mas’ul vakili tomonidan tasdiqlanadi va muhr (Xizmat ko’rsatish belgisi) qo’yiladi.

Paxta tozalash va yog’-moy korxonalari vakillari Sinash protokolida «Sifat» markazining texnik paxta chigiti sifati bahosiga roziligini tasdiqlaydilar.

18. Texnik paxta chigiti sifatining bahosiga norozi bo’linganda paxta tozalash yoki yog’-moy korxonalari vakillari apellyatsiya, ya’ni sertifikatlash bilan bog’liq masalalar bo’yicha biron-bir qaror yuzasidan shikoyat bilan «Sifat» markaziga murojaat qilish huquqiga ega. Apellyatsiyalarni ko’rib chiqish tartiboti «Sifat» markazi tomonidan RD Uz 51-026-94 «NSS Uz. Apellyatsiyalarni ko’rib chiqish tartibi»ga muvofiq amalga oshiriladi.

19. Paxta tozalash yoki yog’-moy korxonalari vakillari o’zlarining ishtirokida «Sifat» markazining urug’lik yoki Markaziy laboratoriyasida takroriy va parallel sinashlar o’tkazilishini talab qilishlari mumkin.

Agar takroriy sinashlar natijasi dastlabki sinashlardan yo’l qo’yiladigan doirada farq qilsa, u holda sifatning dastlabki bahosi to’g’ri hisoblanadi va qatnashuvchi tomonlar uchun uzil-kesil hisoblanadi. Aks holda takroriy sinashlar natijasi uzil-kesil baho hisoblanadi.

20. Sifat ko’rsatkichlari O’z DSt 596 talablariga muvofiq bo’lgan texnik paxta chigiti sinovlari protokolida «Sifat» markazi vakillari tomonidan Muvofiqlik sertifikatining tartib va reestr raqami, shuningdek muayyan turkumning sertifikatlashdan o’tganini tasdiqlaydigan O’z DSt 1.19:2000 «Muvofiqlikni tasdiqlash belgilari. SHakli, yozilishi, asosiy kattaliklari»ga muvofiq Muvofiqlik belgisi ko’rsatiladi.

21. Sifat ko’rsatkichlari O’z DSt 596 talablariga muvofiq bo’lgan texnik paxta chigiti Sinash protokolida «Sifat» markazi vakillari tomonidan Muvofiqlik belgisi qo’yilmaydi va inspektsiya dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.

22. Sinash protokolining bir nusxasi turkumni qabul qilib oluvchi yog’-moy korxonalarining vakillariga beriladi va u yog’-moy korxonasida tekshirilgan turkumni tashishda texnik paxta chigiti sifati to’g’risidagi ilova hujjat hisoblanadi.

Sinash protokolining ikkinchi nusxasi paxta tozalash korxonalari vakillariga, uchinchi nusxasi esa «Sifat» markazi mintaqaviy laboratoriyasiga beriladi.

23. Yog’-moy korxonalariga paxta chigiti turkumi qismlar (bir nechta avtotransport vositalari) bo’yicha yuklab jo’natilgan taqdirda har qaysi turkum uchun Sinash protokolining dublikati beriladi.

Yuklab jo’natiladigan turkum qismiga beriladigan Sinash protokolining har qaysi dublikatida sifat natijalari takrorlanadi, paxta tozalash va yog’-moy korxonalari vakillarining axboroti bo’yicha aniq transport vositasining rekvizitlari, shuningdek tashib ketilayotgan texnik paxta chigitining fizik va konditsion massasi bo’yicha ma’lumotlar ko’rsatiladi. Bunda paxta tozalash va yog’-moy korxonalari vakillari paxta zavodida o’z tanlovi bo’yicha alohida transport birligidan olingan namunani birgalikda tekshirib ko’rishni talab qilish huquqiga egadirlar.

24. O’z DSt 596 talablariga javob bermaydigan texnik paxta chigiti aniqlangan taqdirda Sinash protokoliga aniqlangan nomuvofiqlar to’g’risida yozib qo’yiladi.

Tegishli belgilar va Sinash protokolida Muvofiqlik belgisining mavjud emasligi aniqlangan hajm uchun Muvofiqlik sertifikati tatbiq etilmasligidan dalolat beradi. «Sifat» markazi vakilining paxta chigitining nostandart hajmlari bo’yicha bundan keyingi harakatlari «O’zstandart» agentligi tomonidan 2005 yil 8 avgustda tasdiqlangan Texnik paxta chigitini sertifikatlash tartibining 5.3-bandi bilan belgilanadi.

III. Paxta chigitini yog’-moy korxonalariga yuklab jo’natish va tashish

Oldingi tahrirga qarang.

25. Har yili «O’simlik yog’ini ishlab chiqarish va yetkazib berish parametrlari balansi» ko’rib chiqilgungacha va tasdiqlangungacha «O’zpaxtasanoat» uyushmasi oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasiga qayta ishlanayotgan paxta xom ashyosi prognoz hajmlarini hamda ishlab chiqarilayotgan texnik paxta chigiti hajmlarini paxta zavodlari bo’yicha taqdim etadi.

Taqdim etilgan ma’lumotlar asosida oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi yog’-moy korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari va texnologik parametrlarini hisobga olgan holda «O’zpaxtasanoat» uyushmasi va «Sifat» markazi bilan kelishuv bo’yicha yog’-moy va paxta tozalash korxonalarini joylashtirish loyihasini ishlab chiqadi hamda uni tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi.

«O’zpaxtasanoat» uyushmasi, oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan tasdiqlangan joylashtirish tartibi tegishli shartnomalar tuzish uchun idoraviy bo’ysunuvchi korxonalarga yetkaziladi.

(25-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 12 dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2011 y., 50-son, 515-modda)

26. Yog’-moy korxonalari har qaysi oy boshlangungacha paxta tozalash korxonasiga tashishda qatnashadigan avtotransport vositalari ro’yxatini davlat raqami va haydovchilar familiyasini ko’rsatgan holda taqdim etadilar.

27. Texnik paxta chigitini yog’-moy korxonalariga yuklab jo’natish faqat mazkur ro’yxatda ko’rsatilgan avtomashinalarda, shuningdek temir yo’l transportida amalga oshiriladi.

28. Paxta chigitini omborlarda yoki bevosita ishlab chiqarishda avtomashinalarga yuklash jarayonida va yog’-moy korxonalariga yuklab jo’natish vaqtidagi tortishda paxta tozalash, yog’-moy korxonalari, «Sifat» markazi vakillari ishtirok etadilar. Paxta chigiti yog’-moy korxonalarining haydovchi-ekspeditori tomonidan qabul qilinadi, u tashilayotgan yukning saqlanishi uchun javob beradi.

Yuklangan transport vositasiga paxta tozalash zavodi tomonidan tovar-transport yuk xati rasmiylashtiriladi. Yuk xatiga Sinash protokoli dublikati ilova qilinadi, unda «Sifat» markazi laboranti paxta chigiti sifati natijalarini takrorlaydi, yuk xati tartib raqami bilan aniq transport vositasi rekvizitlarini, shuningdek paxta zavodi va yog’-moy korxonasi vakillari o’rtasida kelishilgan tashilayotgan texnik paxta chigitining fizik va konditsion massasi bo’yicha ma’lumotlarni ko’rsatadi.

29. Avtomashinalar yoki tirkamali traktorlar bilan tashilayotgan paxta chigiti uchun 1-TXL yoki 1-TAXL shakli bo’yicha tovar-transport yuk xatlari, temir yo’l orqali tashilganlari uchun esa temir yo’l yuk xati rasmiylashtiriladi.

30. Yuklangan paxta chigiti hisobi 42-XL va 43-XL shaklli daftarlarda ro’yxatdan o’tkaziladi.

31. Paxta tozalash korxonalarida temir yo’l tarozilari mavjud bo’lmaganda paxta chigiti ortilgan vagonni temir yo’l stantsiyasi tarozilarida tortish jarayonida temir yo’l, paxta tozalash, yog’-moy korxonalari, «Sifat» markazi vakillari ishtirok etadilar, ular temir yo’l yuk xatini imzolaydilar.

32. Paxta tozalash korxonalaridan yog’-moy korxonalariga yuklab jo’natilgan paxta chigitini fizik va konditsion massasi bo’yicha taqqoslash dalolatnomalari tuzish har oyda amalga oshiriladi.

Taqqoslash dalolatnomalari 1-shakl bo’yicha rasmiylashtiriladi hamda paxta tozalash va yog’-moy korxonalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari hamda «Sifat» markazi inspektori tomonidan imzolanadi va 9-SB «Tayyor mahsulot kirimi, sarfi va qoldiqlari» shakli bo’yicha hisobotga ilova qilinadi. 9-SB shakli paxta tozalash korxonalari va «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik jamiyatining buxgalteriyasi va reja bo’limlari tomonidan to’ldiriladi, yuqori tashkilotga hisobot oyidan keyingi oyning 2-kunidan kechikmay taqdim etiladi.

33. 9-SB «Paxta xom ashyosi va paxta mahsulotlari kirimi, sarfi va qoldig’i» shaklining hisobot ma’lumotlari 1P «Mahsulotni ta’minlash hisoboti» shaklidagi hisobot ma’lumotlari bilan bir xil bo’lishi kerak. Ushbu hisobotlarda texnik paxta chigitining konditsion massasi ko’rsatiladi. Paxta chigiti sifatini nazorat qilish inspektsiyasi o’ziga birkitilgan funktsiyalar doirasida javob beradi.

34. Paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarga doir normativ hujjatlar talablariga, shuningdek qabul qilish, yuklab jo’natish, saqlash, qayta ishlash va eksport-import operatsiyalari vaqtida ularning sifatini sinash metodlariga rioya qilinishini doimiy nazorat qilib borish maqsadida har qaysi inspektorga aniq paxta tozalash va yog’-moy korxonalari birkitilgan.

35. Paxta tozalash va yog’-moy korxonalari vakillari «Sifat» markazi laboratoriyalarining mudiri ishtirokida paxta tozalash korxonasida har kuni paxta tozalash korxonalaridan yuklab jo’natilgan paxta chigiti to’g’risidagi ma’lumotlarni tuzadilar, ularda avtomashinalarning davlat raqamlari, paxta chigiti massasini ko’rsatishadi va ularning yog’-moy korxonasiga yetib kelishini taqqoslaydilar.

«Sifat» viloyat markazi inspektorlari har kuni viloyat bo’yicha har qaysi paxta tozalash korxonasidan yuklab jo’natilgan paxta chigiti sifati va massasiga doir ma’lumotlarni to’playdilar va elektron pochta orqali «Sifat» markaziga jo’natadilar.

IV. Yog’-moy korxonalari tomonidan texnik paxta chigitini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash

36. Tarozibon paxta chigiti avtomobil transportida keltirilganda haydovchi-ekspeditordan uch nusxada tovar-transport yuk xatini, Sinash protokolini oladi, paxta chigiti yuklangan avtotransport vositasini tarozida tortadi va brutto massasini tarozida tortish daftariga, shuningdek nusxa ko’chirish qog’ozi vositasida yuk xatining barcha uch nusxasiga yozadi hamda paxta chigiti yuklangan avtomobil transporti vositasini ko’rsatilgan yuk tushirish joyiga jo’natadi.

Paxta zavodi yuk xatining barcha uch nusxasi yuk tushirilgungacha va bo’sh avtotransport taroziga qaytib kelgungacha tarozibonda qoladi.

37. Avtotransport tarozida tortilgandan keyin tarozibon qabul qilingan paxta chigitining netto massasini (brutto va tara massasi o’rtasidagi tafovut bo’yicha) tarozida tortish daftariga va yuk xatining barcha nusxalariga yozadi, yuk xatlarini imzolaydi va shtamp qo’yadi. O’lchovnomalar daftari tarozida tortish xonasida qulflangan holda saqlanishi kerak. Navbatchi tarozibonlar har qaysi smena bo’yicha so’nggi yozuvlar oxiriga smena topshirilgani va qabul qilingani to’g’risida imzo qo’yadilar.

38. To’ldirilgan yuk xatining birinchi nusxasini Sinash protokoli bilan birga tarozibon o’zida qoldiradi, ikkinchi va uchinchi nusxalarini esa paxta chigitini yetkazib bergan haydovchiga (topshiruvchiga) qaytaradi va unga, agar bunday holat mavjud bo’lsa, kamomad to’g’risidagi dalolatnomani beradi. Kamomad to’g’risidagi dalolatnoma yuk xati, Sinash protokoli bilan birga buxgalteriyaga taqdim etiladi.

Agar paxta chigiti kamomadi avtomobillarda tashish vaqtidagi tabiiy kamayish normalaridan oshmasa, u holda kamomad to’g’risida dalolatnoma tuzilmaydi. Kamomad dalolatnomasi asosida haydovchi- ekspeditordan yo’ldagi kamomad hajmidan ishlab chiqariladigan yog’-moy mahsuloti qiymati summasi undirib olinadi va kelgusida ushbu haydovchi paxta chigiti tashishga takroran jalb etilmaydi.

39. CHigit sifatini sinash protokoli ma’lumotlarini nazorat tartibida tekshirish uchun yog’-moy zavodi laboratoriyasi chigit yetkazib bergan avtotransport vositasidan namuna oladi hamda standart bo’yicha belgilangan metodlar bo’yicha nazorat tartibidagi tahlillarni o’tkazadi. Sinash protokolida ko’rsatilgan ma’lumotlardan amaldagi standart bo’yicha yo’l qo’yiladigan doirada chigitning sifati bo’yicha farq mavjud bo’lganda chigit sinash protokolida ko’rsatilgan sifat ko’rsatkichlari bo’yicha kirim qilinadi.

Yog’-moy zavodining nazorat tahlili sifat bo’yicha sinash protokolida ko’rsatilgan ma’lumotlardan amaldagi standart bo’yicha yo’l qo’yiladigan doiradan ortiqcha farqni aniqlagan taqdirda bu haqda chigitning ushbu turkumini qaytadan sinash uchun yog’-moy zavodining vakiliga va «Sifat» markazining inspektoriga xabar beriladi.

40. Qayta sinovdan o’tkazish chigit turkumining nazorat namunasi bo’yicha belgilangan shaklda berilgan apellyatsiyaga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu masala hal bo’lmagunga qadar chigit sinash protokoli ko’rsatkichlari bo’yicha kirim qilinadi. Qayta tahlil natijalari olinganda miqdor-sifat hisobi daftariga tegishli tuzatish yozuvi kiritiladi. Dastlabki yozuv qizil siyoh bilan chiziladi, yangi yozuv esa qora siyoh bilan e’tiroz qanoatlantirilgan oyga yoziladi.

41. CHigit temir yo’l transportida keltirilganda tarozibon temir yo’l vagonini chigit bilan birga tortadi, daftarga brutto massasini yozadi va vagonni tushirishga yuboradi. CHigit tushirilgandan keyin vagon yana tortiladi, daftarga vagon massasi yoziladi va qabul qilingan chigitning netto massasi hisoblab chiqariladi. Paxta chigiti kamomadi uni temir yo’l transportida tashishda tabiiy kamayish normasidan ortiq bo’lmagan taqdirda tijorat dalolatnomasi tuzilmaydi. Tabiiy kamayish normalaridan tashqari brutto massasining 0,1 foizi miqdorida tarozi farqiga yo’l qo’yiladi.

42. Paxta chigiti kamomadi uni temir yo’l transportida tashishda tabiiy kamayish normasidan ortiq bo’lgan taqdirda temir yo’l stantsiyasi, chigit xo’jaligi boshlig’i ishtirokida, «Sifat» markazi vakilini jalb etgan holda tijorat dalolatnomasi tuziladi. Bunda temir yo’lga kamomad yuzasidan e’tiroz tasdiqlangan normalar bo’yicha tabiiy kamayish chegirib tashlangan holda taqdim etiladi.

43. Sinash protokolining chigit sifati to’g’risidagi ma’lumotlarini nazorat tartibida tekshirish uchun yog’-moy zavodi laboratoriyasi chigit yetkazib bergan temir yo’l vagonlaridan namuna oladi hamda standart bo’yicha belgilangan metodlar bo’yicha nazorat tartibidagi tahlillarni o’tkazadi. Sifat bo’yicha yog’-moy zavodining nazorat tahlili bilan sinash protokolida ko’rsatilgan ma’lumotlarda farq bo’lgan taqdirda avtomobil transportida keltirilgan chigitga nisbatan tutilgan yo’l qo’llanadi.

44. CHigitni chigit xo’jaligi ombori bo’yicha hisobga olish miqdor-sifat hisobi daftarida (ombor daftarida) navlar bo’yicha — kirim bo’yicha hamda turli navlar chigiti aralashmasi — chiqim bo’yicha olib boriladi. Paxta chigiti o’zaro solishtirish dalolatnomalariga muvofiq kirim bo’yicha — namlikning massadagi ulushi hamda mineral va organik aralashmalarning massadagi ulushi amaldagi standartga muvofiq hisoblab chiqarilgan normalarga keltirilgan holda, chiqim bo’yicha — fizik massa bo’yicha, miqdor jihatdan fizik va konditsion massa bo’yicha hisobga olinadi.

45. Paxta chigitini omborda saqlash davrida ularning sifati va miqdori bo’yicha saqlanishi uchun moddiy javobgar shaxs — ombor mudiri javob beradi, u bilan ushbu lavozimga tayinlash vaqtida uning moddiy javobgarligi to’g’risida shartnoma tuziladi.

46. Paxtaning texnik chigiti saqlanishini ta’minlash uchun paxta chigitini yetkazib berishni o’zaro taqqoslash o’tkaziladi. Har oyda paxta tozalash zavodlari yog’-moy zavodlari va «Sifat» markazining inspektori bilan birgalikda 6 nusxada o’zaro taqqoslash dalolatnomasini to’ldiradilar (1-shakl), unda paxta tozalash zavodlari tomonidan yuklab jo’natilgan chigit hajmi assortiment bo’yicha, fizik va konditsion og’irlikda hamda yog’-moy zavodlari tomonidan qabul qilingan chigit hajmi assortiment bo’yicha, fizik va konditsion og’irlikda ko’rsatiladi, agar farq mavjud bo’lsa uning sabablarini birgalikda ko’rsatadilar.

47. Paxta tozalash zavodi va yog’-moy zavodining rahbari, bosh buxgalteri va chigit xo’jaligi boshlig’i, shuningdek «Sifat» markazi inspektori tomonidan imzolangan hamda muhr bilan tasdiqlangan dalolatnomalarni paxta tozalash zavodi, yog’-moy zavodi va «Sifat» markazi inspektori bir nusxadan hisobot davridan keyingi oyning 3-kunigacha bo’lgan muddatda o’z yuqori tashkilotlariga yuboradilar hamda bir nusxadan o’zlariga olib qoladilar. Paxta chigitini yuklab jo’natish va qabul qilib olish o’rtasidagi farq ularning hosil bo’lish sabablari aniqlangandan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tartibga solinadi.

Oldingi tahrirga qarang.

48. O’zaro taqqoslash dalolatnomalarining umumlashtirilgan natijalari «O’zpaxtasanoat» uyushmasi, oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi hamda «Sifat» markazi tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha bo’lgan muddatda O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etiladi.

(48-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 12 dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2011 y., 50-son, 515-modda)

49. Ishlab chiqarilgan tayyor yog’-moy mahsulotlari tortiladi va og’irligi bo’yicha ombor mudirlarining mas’uliyati ostida tayyor mahsulotlar omborlariga beriladi.

Korxonaning doimiy faoliyat ko’rsatuvchi xatlov komissiyasi har oyda xom ashyo, tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarish omborlarini xatlovdan o’tkazadi.

50. Paxtaning texnik chigitini qayta ishlash tugallangandan keyin «Sifat» markazi inspektori ishtirokida barcha yog’-moy korxonalarida paxta chigiti omborlari xatlovdan o’tkaziladi va tozalanadi, ularning natijalari tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

V. Kamomad va normativdan ortiqcha yo’qotishlar bo’lganda zarar summasini aniqlash

51. Paxta chigitining kamomadi yoki normativdan ortiqcha yo’qotishlari:

paxta tozalash zavodlarida — qoldiqlarni hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan va yuklab jo’natilgan paxta chigiti hajmlarini taqqoslash yo’li bilan;

yog’-moy zavodlarida — paxta tozalash zavodlaridan yuklab jo’natilgan chigit hajmlarini hamda omborlardagi mavjud qoldiqlarni hisobga olgan holda qayta ishlangan hajmlarga muvofiqligini taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi.

Paxta chigitining kamomadi yoki normativdan ortiqcha yo’qotishlari holati bo’yicha belgilangan tartibda dalolatnoma tuziladi.

52. Aniqlangan kamomad yoki normativdan ortiqcha yo’qotishlar bo’yicha zarar summasi tekshirish natijalari bo’yicha tuzilgan dalolatnomada ko’rsatilgan kamomad (yo’qotish) hajmidan ishlab chiqariladigan yog’-moy mahsulotlari qiymati bo’yicha aniqlanadi.


Paxta tozalash va yog’-moy korxonalarida
paxta chigitini ishlab chiqarish, harakati,
saqlash hamda qayta ishlashda dastlabki
hisobga olishni tashkil etish tartibi
to’g’risidagi nizomga
1-shakl

Paxta chigitini yetkazib berishni o’zaro taqqoslash


Dalolatnomasi
















200___yil «___»__________

























Etkazib beruvchi _____________________________________________________________________
(nomi va manzili)

Oluvchi _____________________________________________________________________________
(nomi va manzili)

«Sifat» markazining inspektori _______________________________________________________
(nomi va manzili)

200____yil «____» _____________ dan 200____yil «_____» ____________ gacha bo’lgan davrda paxta chigiti yetkazib berishni taqqoslab chiqdik.































Taqqoslash natijasida quyidagilar aniqlandi:































Etkazib beruvchi ma’lumotlariga ko’ra

Oluvchi ma’lumotlariga ko’ra

Farqi (+ortiqcha, - kamomad)

navi

Fizik massasi, kg

Konditsion massasi, kg

navi

Fizik massasi, kg

Konditsion massasi, kg

Fizik massasi, kg

Konditsion massasi, kg

1

2

3

4

5

6

7

8
























Yuzaga kelgan farqni tushuntirish: (chigitning navini noto’g’ri aniqlash hisobiga, chigitning yo’lda ushlanib qolishi hisobiga va boshqalar)



























Etkazib beruvchi imzosi:
Rahbar — imzo
Bosh buxgalter — imzo







Oluvchi imzosi:
Rahbar — imzo
Bosh buxgalter — imzo







M.O’.










M.O’.










«Sifat» markazi inspektori — imzo




M.O’.










Har oyda paxta tozalash zavodi va yog’-moy zavodining mas’ul vakillari, shuningdek «Sifat» markazining inspektori 6 nusxada o’zaro taqqoslash dalolatnomasini to’ldiradilar, unda paxta tozalash zavodlari tomonidan yuklab jo’natilgan chigit hajmi assortiment bo’yicha, fizik va konditsion og’irlikda hamda yog’-moy zavodlari tomonidan qabul qilingan chigit hajmi assortiment bo’yicha, fizik va konditsion og’irlikda ko’rsatiladi, agar farq mavjud bo’lsa uning sabablarini birgalikda ko’rsatadilar.



Paxta tozalash zavodi va yog’-moy zavodining rahbari, bosh buxgalteri va chigit xo’jaligi boshlig’i, shuningdek «Sifat» markazi inspektori tomonidan imzolangan hamda muhr bilan tasdiqlangan dalolatnomalarni paxta tozalash zavodi, yog’-moy zavodi va «Sifat» markazi inspektori bir nusxadan hisobot davridan keyingi oyning 3-kunigacha o’z yuqori tashkilotlariga yuboradilar hamda bir nusxadan o’zlariga olib qoladilar.

Paxta chigitini yuklab jo’natish va qabul qilib olish o’rtasidagi farq ularning hosil bo’lish sabablari aniqlangandan keyin belgilangan tartibda tartibga solinadi.
Download 158,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish