Yuridik ta’minlash boshqarmasi
| |
1. Loyihaning tartibga solish ta’sirini baholash.
2. Loyihani apparatining tegishli tarkibiy bo‘linmasi bilan birgalikda qayta ishlash.
3. Loyihani qabul qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa tayyorlash.
| |
3 kun ichida
(loyihaning huquqiy ekspertizasini o‘tkazish doirasida)
|
| |
| | | | |
6-bosqich
| |
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi
| |
1. Loyihani tegishli qismi bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishish.
2. Loyihani Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining o‘rinbosariga kelishish uchun kiritish.
| |
Tartibga solish ta’siri
baholanganidan so‘ng darhol
|
| |
| | | | |
2. Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganidan so‘ng tartibga solish ta’sirini baholash
|
| |
| | | | |
1-bosqich
| |
Yuridik ta’minlash boshqarmasi
| |
1. Qabul qilinganidan olti oy o‘tgach normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini baholashni o‘tkazish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
2. Takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi apparati Rahbariyatiga kiritish.
3. Vazirlar Mahkamasining Ish rejasiga normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholashni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlarni kiritish.
| |
Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoki tashabbus tartibida
|
| |
| | | | |
2-bosqich
| |
Yuridik ta’minlash boshqarmasi
| |
1. Tartibga solish ta’sirini baholash lozim bo‘lgan masalalarni shakllantirish.
2. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etish.
3. Mas’ul vazirlik va idoralarga baholashni o‘tkazish to‘g‘risida xabarnomalar yuborish.
| |
1 kun muddatda
2 kun muddatda
Baholash o‘tkazilishidan
10 kun oldin
|
| |
| | | | |
3-bosqich
| |
Ishchi guruh
| |
1. Normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi va natijadorligini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish maqsadida Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga rejalashtirilayotgan tadbir to‘g‘risida axborot joylashtirish.
2. Normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi va natijadorligi tahlilini, zarur hollarda joylarga borgan holda, o‘tkazish.
3. Tartibga solish ta’sirini baholash yakunlari bo‘yicha hujjatning samaradorligi va natijadorligini baholashni, shuningdek, tegishli hujjatga tuzatishlar kiritish yoxud hujjatni yoki uning tarkibiy qismini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni o‘z ichiga olgan xulosa tayyorlash.
| |
Belgilangan muddatlarda
10 kun ichida
Baholashdan so‘ng
1 kun muddatda
|
| |
| | | | |
4-bosqich
| |
Yuridik ta’minlash boshqarmasi
| |
1. Tartibga solish ta’sirini baholash yakunlari bo‘yicha xulosa ishlab chiqish.
2. Xulosani tegishli materiallarni ilova qilgan holda keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berish uchun Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga kiritish.
3. Zarur hollarda, tartibga solish ta’sirini baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.
4. Normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash natijalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritish.
| |
1 kun ichida
Hujjat ishlanganidan so‘ng darhol
Ko‘rsatmaga binoan
Doimiy
|