O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


§ 1. Huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi



Download 120,46 Kb.
bet2/6
Sana12.05.2020
Hajmi120,46 Kb.
#50056
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
212 12.03.2019


§ 1. Huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi

19. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ekspertizasi Huquqiy ekspertiza bo‘limi tomonidan o‘tkaziladi.

20. Moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan so‘ng yakuniy ishlangan loyiha mas’ul tarkibiy bo‘linma rahbarining vizasi bilan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Boshqarmaga kiritiladi.

21. Boshqarma boshlig‘i loyihani Huquqiy ekspertiza bo‘limiga beradi yoki o‘zi mustaqil ravishda huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi. Huquqiy ekspertiza bo‘limi boshlig‘i loyihani bo‘lim xodimlariga ularning funksional majburiyatlaridan kelib chiqqan holda beradi yoki mustaqil ravishda huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi.

22. Huquqiy ekspertiza loyihaning quyidagilarga muvofiqligi yuzasidan o‘tkaziladi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;

yuridik-texnik rasmiylashtirish talablari, loyiha qoidalarining mazmuni va bayon etilishi.

23. Huquqiy ekspertiza o‘tkazish jarayonida:

loyihani ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlarda aks ettirilgan g‘oyalarning qamrab olinganlik darajasi o‘rganiladi;

loyihaning shakli, uning maqsad va vazifalari, huquqiy tartibga solish predmetiga huquqiy baho beriladi;

loyihaning maqsadga muvofiqligi, asoslantirilganligi va amalga oshirish imkoniyati, shuningdek, loyihada nazarda tutilgan uning maqsadlariga erishish bo‘yicha mexanizmlarining samaradorligi o‘rganiladi;

qonun hujjatlari bilan kolliziyalar, loyihadagi ichki nomuvofiqliklar, shuningdek, chiqarib tashlanishi lozim bo‘lgan korrupsiya kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi normalar aniqlanadi.

24. Boshqarma, agar boshqacha muddat belgilanmagan bo‘lsa, loyihani uch kun ichida huquqiy ekspertizada o‘tkazadi, natijasi bo‘yicha unga viza qo‘yadi yoki u bo‘yicha taklif va e’tirozlar taqdim qiladi.

Zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir yoki Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining loyihani ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlari shoshilinchligidan kelib chiqib, loyihani ishlab chiqish, kelishish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish muddati qisqartirilishi mumkin.

25. Boshqarmaning taklif va e’tirozlari ish tartibida bartaraf etilishi mumkin. Agar bartaraf etib bo‘lmaydigan takliflar va e’tirozlar bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud bo‘lsa, ular Boshqarmaning loyiha bo‘yicha tegishli xulosasida aks ettiriladi.

26. Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining konseptual qoidalari o‘zgartirilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda loyihani takroran huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi.

Ushbu holatda hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga loyihani ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linma tomonidan kiritiladi.

Adliya vazirligi bir kun muddatda huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi va tegishli xulosa taqdim etadi.

Download 120,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish