O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Download 120,46 Kb.
bet1/6
Sana12.05.2020
Hajmi120,46 Kb.
#50056
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
212 12.03.2019




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i bir hafta muddatda Boshqarma boshlig‘i, bo‘limlari mudirlari va bosh mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimotini tasdiqlash uchun kiritsin.

3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 3-avgustdagi 616-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2019-yil 12-mart,

212-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 212-son qaroriga


ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Yuridik ta’minlash boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Boshqarma deb ataladi) Vazirlar Mahkamasi apparatining Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati, Vazirlar Mahkamasi apparatining normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va huquqiy jihatdan ishlab chiqish, shuningdek, ishlab chiqilayotgan loyihalar va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash faoliyatini ta’minlaydigan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

2. Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.

3. Boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi. Boshqarma Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga bo‘ysunadi. Boshqarma faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladi.

4. Boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalari, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek, boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

2-bob. Boshqarma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifalari va funksiyalari

5. Quyidagilar Boshqarma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturining o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash;

sifat, shaffoflik, tizimlilik, kelishilganlik hamda jamoatchilik jalb etilishini ta’minlovchi konseptual jihatdan yangi mexanizmlarni joriy etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ilgari surish, ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek, ularning ijrosini monitoring qilish tartibini takomillashtirish;

qonunchilik bazasini tizimlashtirish, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash;

ishlab chiqilayotgan loyihalar va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning iqtisodiyot, moliya va ijtimoiy sohalarga tartibga solish ta’sirini baholash tizimini takomillashtirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va mamlakat Hukumatining hujjatlari, bayonlari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning ijrosini tegishliligi bo‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda hamda barcha darajalardagi hokimliklarda nazorat qilinishini ta’minlashda ishtirok etish.

6. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining har tomonlama huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etish;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati, Vazirlar Mahkamasi apparati faoliyatini huquqiy ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini tayyorlash va ishlab chiqishda ishtirok etish;

qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalari va boshqa masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining norma ijodkorligi faoliyatini, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatlarini muvofiqlashtirish;

xalqaro shartnomalar loyihalarini xalqaro-huquqiy normalarga va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;

ishlab chiqilayotgan loyihalar va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash.

7. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini har tomonlama huquqiy ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish, Vazirlar Mahkamasining faoliyatini huquqiy ta’minlash sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini, ulardagi mavjud normalarni amalga oshirish aniq mexanizmlarining normativ-huquqiy hujjatlarda mavjudligi, ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlarni joriy etuvchi qoidalar va normalarni aniqlash nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar tayyorlaydi;

aniq sohalar va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘rganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi majlislarda ko‘rib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni ishlab chiqadi va kiritadi;

yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha konsepsiyalar, dasturlar va “yo‘l xaritalari”ning loyihalari ishlab chiqilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali va natijali ijro etilishida Hukumat a’zolari, ijro etuvchi hokimiyat boshqa organlari rahbarlari, barcha darajalardagi hokimlarning shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

aniq ko‘rsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislari faoliyatini baholash tizimini joriy etish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobot tayyorlanishi va taqdim etilishini ta’minlashda ishtirok etadi;

O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining qarorlari va topshiriqlari samarali ijro etilishini tashkillashtiradi, shuningdek, ularning ijro etilishi jarayonini nazorat qiladi;

vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga biriktirilgan sohada ular tomonidan davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim vazifa va funksiyalarini berish bo‘yicha takliflar kiritadi;

qonunchilikni takomillashtirish, shu jumladan, qonun hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga muvofiqlashtirish, huquqiy tartibga solishning tizimliligi va yaxlitligini ta’minlash to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, shuningdek, ularni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shu jumladan ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida ishlab chiqish, kelishish, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;

qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy bo‘linmalari tomonidan kiritilgan reja-grafiklarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va kelishishni amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yalpi majlislarining kun tartibi to‘g‘risida tizimli ravishda ma’lumot tayyorlaydi va uni Vazirlar Mahkamasining Rayosati ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;

tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tayyorlanishi, kelishilishi va Vazirlar Mahkamasiga sifatli kiritilishi jarayonini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilib boradi, tahlil natijasini kelgusida Vazirlar Mahkamasi Rahbariyatiga belgilangan tartibda axborot berish uchun Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga kiritadi;

qonun hujjatlarining tizimli hisobini yuritadi, qonun hujjatlari bo‘yicha ma’lumotnoma ishlarini tashkil etadi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini qo‘llash bo‘yicha sharh hamda tushuntirishlarni tayyorlaydi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosati, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;

qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari rahbarlik qiladigan Hukumat komissiyalari, kengashlari va boshqa idoralararo kollegial organlar qarorlari loyihalarini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalariga huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar beradi;

Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarini, uning mutaxassislarini normativ-huquqiy hujjatlar matnlari, shuningdek, qonun hujjatlari bo‘yicha ma’lumotnoma materiallar bilan ta’minlashni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘radi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar materiallarini tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi buyruqlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, Vazirlar Mahkamasi apparatining faoliyati bilan bog‘liq huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi;

Boshqarmaning bevosita vazifa va funksiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularda qo‘yilgan masalalarni hal qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni ko‘rib chiqish va chora ko‘rish uchun tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi;

b) Hukumatning qonun loyihalarini tayyorlash ishlarini tashkil qilish sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda qonun loyihalarini ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;

qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturlarining bajarilishi monitoringi olib borilishini, ko‘rsatib o‘tilgan dasturlarning amalga oshirilishi holati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi Rayosati muntazam xabardor qilinishini tashkil etadi;

Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun loyihalarining ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun loyihalari ular tomonidan muhokama etilishida qatnashadi, tegishli qonun loyihalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining vakillari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun loyihalarini muhokama qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari ishini muvofiqlashtiradi;

v) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining norma ijodkorligi faoliyati, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining norma ijodkorligi masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining norma ijodkorligi faoliyatini monitoring va tahlil qilishni tashkillashtiradi, o‘tkazilgan monitoring va tahlil natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot berib boradi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida normativ-huquqiy hujjatlar bajarilishining tashkil qilinishi bo‘yicha ijro intizomiga rioya etilishi yuzasidan o‘rganishni tashkillashtiradi, shu asosda axborot-tahlil hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yuridik xizmatlari faoliyatini, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganishni tashkillashtiradi;

g) ishlab chiqilayotgan loyihalar va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash sohasida:

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholashni va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amaldagi ta’sirini baholashni amalga oshiradi;

huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashning barcha bosqichlarida tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar tayyorlaydi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash borasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilishi holatining tanqidiy tahlilini amalga oshiradi, natijasi bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqadi;

vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash va ularni tayyorlashning barcha bosqichlarida jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlashning istitutsional hamda tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha topshiriqlari ijrosi yuzasidan tahliliy materiallar va axborot ma’lumotnomalari tayyorlaydi.

Boshqarma belgilangan tartibda o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

3-bob. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi

8. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni, shu jumladan Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida ko‘rib chiqilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa tashkilotlardan so‘rash va olish;

tegishli materiallarni va hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va tayyorlash maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshirig‘iga ko‘ra, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish;

boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar va yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar, yig‘ilishlarda va xalqaro loyihalarda qatnashish;

Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan belgilangan tartibda yozishmalarni yuritish;

zarurat bo‘lganda, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ilmiy muassasalar hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlarda ishchi guruhlar tashkil etish;

zarur hollarda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish;

Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yuridik xizmatlariga ko‘rsatmalar berish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yuridik xizmatlari xodimlarini Boshqarmada stajirovka o‘tashga jalb qilish;

Boshqarmaning zarur materiallarni, ma’lumotlarni, axborotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlarining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Boshqarma tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.

9. Boshqarma:

o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayyorlanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertizasining kompleksligi va sifati, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari loyihalarining huquqiy ekspertizasi sifati;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomining ta’minlanishi uchun javob beradi.

4-bob. Boshqarma tuzilmasi

10. Boshqarma tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

Huquqiy ekspertiza bo‘limi;

Tartibga solish ta’sirini baholash bo‘limi.

Bo‘limlar tarkibiga bo‘lim mudiri, mutaxassislar va inspektor kiradi.

Boshqarma tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

11. Boshqarma ishlariga Boshqarma boshlig‘i rahbarlik qiladi.

12. Boshqarma boshlig‘i, bo‘limlar mudirlari va Boshqarma mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Boshqarma xodimlariga oldingi ish joyida unga berilgan uzoq muddat ishlaganligi uchun ustamalar va lavozim maoshlariga qo‘shimcha haq, maxsus unvonlari (martaba darajalari) saqlanib qoladi. Boshqarmada ishlangan vaqt martaba darajalari va uzoq muddat ishlaganligi uchun ustamalar olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi.

Bunda uzoq muddat ishlaganligi uchun ustamalar va lavozim maoshlariga qo‘shimcha haqlar uchun xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

5-bob. Boshqarma faoliyatini tashkil etish

13. Boshqarma ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati to‘g‘risidagi Nizomga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Boshqarmaning ish rejalari, Boshqarma boshlig‘i, bo‘limlar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Boshqarmaning ish rejalari va Boshqarma boshlig‘ining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.

Bo‘lim mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.

Boshqarmaning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hamda boshqa tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlariga muvofiq kompleks o‘rganishlarni o‘tkazish yo‘li bilan, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati, Boshqarma majlislarida hisobotlarni eshitish va ma’lumotlarning tegishli bankini yuritish orqali tashkil etiladi.

14. Boshqarma boshlig‘i:

Boshqarmaga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, bo‘limlar mudirlari, mutaxassislar ishini tashkil qiladi hamda Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Hukumatga kiritiladigan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining har tomonlama huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tashkil etilishini ta’minlaydi, ko‘rsatilgan loyihalarga viza qo‘yadi va ular bo‘yicha ekspert xulosalarni imzolaydi;

Vazirlar Mahkamasining faoliyatini huquqiy ta’minlashni amalga oshiradi;

Boshqarma yurituvi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini tayyorlashda qatnashadi va tayyorlaydi;

qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil qiladi;

Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun loyihalari va boshqa masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining norma ijodkorligi faoliyati, shuningdek, ularning yuridik xizmatlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni tashkil etadi;

xalqaro shartnomalar loyihalarining huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi, zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholashni va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amaldagi ta’sirini baholashni amalga oshirishni tashkillashtiradi;

huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashning barcha bosqichlarida tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar tayyorlashi ta’minlaydi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishni tashkillashtiradi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishi jarayonlarini tanqidiy tahlil qilishni, natijasi bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar tayyorlanishini tashkillashtiradi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishning barcha bosqichlarida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa tashkilotlar tomonidan tartibga solish ta’sirini baholash va jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishini tashkil qiladi;

Boshqarmaning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining yig‘ilishlarida, Hukumat komissiyalari, kengashlari va boshqa idoralararo kollegial organlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi yig‘ilishlarida qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan va ular bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori talab etilmaydigan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlariga va boshqa tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;

Boshqarma kadrlar zaxirasini shakllantiradi, tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga ko‘rib chiqishi uchun kiritadi, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish choralarini ko‘radi, shuningdek, ularni rag‘batlantirish yoki ularga tanbeh berish bo‘yicha takliflar kiritadi;

Boshqarmaning ish rejasi ishlab chiqilishini va uning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etadi;

Boshqarma yurituvi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazadi;

normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashning sifati bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yuridik xizmatlari va boshqa bo‘linmalari ishlarining holati va natijadorligini o‘rganishni tashkil qiladi, zaruriyat bo‘lganda, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

Boshqarmaning bo‘lim mudirlari va mutaxassislari o‘rtasida vazifalar taqsimotini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga tasdiqlash uchun kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida amal qiladigan Yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi;

chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

15. Boshqarma boshlig‘i vaqtincha bo‘lmaganda uning vazifasini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan belgilanadigan bo‘lim mudirlaridan biri bajaradi.

16. Bo‘lim mudiri o‘ziga birkitilgan masalalar yuzasidan:

bo‘limga bevosita rahbarlik qiladi va bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda bo‘limdagi ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;

materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini va tayyorlanishini tashkil etadi, ushbu loyihalarga viza qo‘yadi va ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;

normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda va ekspertizadan o‘tkazishda bevosita qatnashadi, ular bo‘yicha tegishli tahliliy va ma’lumotnoma materiallar, ekspert xulosalar tayyorlanishini ta’minlaydi;

normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi, Boshqarma boshlig‘iga normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

tegishli masalalar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilab borilishini nazorat qiladi;

materiallar to‘g‘risida Boshqarma boshlig‘iga, shuningdek, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning o‘rinbosarlariga axborot beradi;

respublika qonunchiligini yanada takomillashtirish, shuningdek, qonunchilikning tegishli sohalaridagi mavjud muammolarni, takrorlanishlarni, ziddiyatlarni va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va Boshqarma boshlig‘iga taqdim etadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholashni va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amaldagi ta’sirini baholashni amalga oshiradi;

normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashning barcha bosqichlarida tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash va ularni tayyorlashning barcha bosqichlarida jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;

o‘zi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari, kengashlari va boshqa idoralararo kollegial organlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarlari yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yuridik xizmatlari va boshqa bo‘linmalarining normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashning sifati bo‘yicha ishlarining holati va natijadorligini o‘rganadi, zarurat bo‘lganda, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

Boshqarma boshlig‘ining topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;

Boshqarma boshlig‘iga tegishli mutaxassislar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritadi;

mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rag‘batlantirish va ularga tanbeh berish to‘g‘risida Boshqarma boshlig‘iga takliflar taqdim etadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

Bo‘lim mudiri vaqtincha bo‘lmaganda uning vazifasini Boshqarma boshlig‘i tomonidan belgilanadigan bo‘lim bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.

17. Boshqarmaning bosh mutaxassisi o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha:

materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Boshqarma boshlig‘i, bo‘lim mudiri topshiriqlarini bajaradi, materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishi, ularning sifatli ishlab chiqilishi va topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazorat ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tomonidan taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar loyihalarini va boshqa materiallarni o‘rganadi, ularni ekspert jihatidan ishlab chiqadi, ular bo‘yicha tegishli tahliliy va ma’lumotnoma materiallar, ekspert xulosalar tayyorlaydi;

tegishli masalalar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yaratadi va yuritadi, ularni muntazam ravishda to‘ldirib va yangilab boradi;

Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yuridik xizmatlari va boshqa bo‘linmalarining normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar loyihalarining tayyorlanishi sifati bo‘yicha ishlarining holati va natijadorligini o‘rganadi, zarurat bo‘lganda, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholashni va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amaldagi ta’sirini baholashni amalga oshiradi;

normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashning barcha bosqichlarida tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash va ularni tayyorlashning barcha bosqichlarida jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;

materiallar to‘g‘risida Boshqarma boshlig‘iga, bo‘lim mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning o‘rinbosarlariga axborot beradi;

qonun hujjatlarini va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini talqin qilish va tushuntirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va Boshqarma boshlig‘iga, bo‘lim mudiriga taqdim etadi;

biriktirilgan masalalar bo‘yicha tegishli ma’lumotnomalar va tahliliy materiallarni tayyorlashda qatnashadi;

o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari, kengashlari va boshqa idoralararo kollegial organlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha Boshqarma boshlig‘i, bo‘lim mudiri bilan kelishilgan holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar va boshqa tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan materiallarni Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga tayyorlash, shuningdek, ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama etish uchun yig‘ilishlar o‘tkazadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

18. Inspektor:

Boshqarmada ish yuritilishini ta’minlaydi;

Boshqarmada hujjatlar o‘tishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

normativ-huquqiy hujjatlar arxivini shakllantiradi va yuritadi;

yig‘majildlarni tayyorlashni va o‘z vaqtida arxivda saqlashga topshirishni ta’minlaydi;

o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.

6-bob. Huquqiy ekspertiza va tartibga solish ta’sirini baholashni o‘tkazish tartibi

Download 120,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish