O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Download 175,08 Kb.
bet11/14
Sana30.04.2020
Hajmi175,08 Kb.
#48321
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
745 19.09.2017

1 kurs

2 kurs

Jami

O‘quv jarayoni

Nazariy ta’lim

32

8

40

Amaliyot va ilmiy faoliyat

Magistrlik dissertatsiyasini himoyaga tayyorlash

-

2

2

Malakaviy amaliyot va stajirovka

14

22

36

Attestatsiya

3

8

11

Jami

49

40

89

Ta’til

3

-

3

Jami

52

40

92

19. Akademiya magistratura mutaxassisliklari tinglovchilarining ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash tartibi tegishli qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda Akademiya Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

7-bob. Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish

20. Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

bosqichli nazorat — o‘quv rejasiga muvofiq ravishda o‘quv fanlari doirasida tinglovchilar o‘rtasida test-sinovlarini hamda tashqaridan jalb etilgan mutaxassislar yordamida suhbatlarni tashkil qilish;

sirtqi nazorat — magistratura tinglovchilarini uzoq muddatli (bir yilgacha) ishlab chiqarish amaliyoti va stajirovkalarini samarasi va sifatini ta’minlash maqsadida uzluksiz ustoz-rahbar muloqotini o‘rnatish;

masofaviy nazorat — o‘quv rejasiga muvofiq o‘quv fanlari doirasida masofaviy tahsil oladigan tinglovchilarni kafedralar va bo‘limlar tomonidan nazorat qilish;

davlat-jamoatchilik nazorati — vakolatli davlat organi, jamoat tashkilotlari, kadrlar buyurtmachilari tomonidan olib boriladigan nazorat;

yakuniy davlat nazorati — davlat boshqaruvi mutaxassisliklari bo‘yicha ularning o‘quv rejasiga muvofiq ravishda o‘quv fanlari bo‘yicha davlat attestatsiyasi va magistrlik dissertatsiya himoyasi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 745-son qaroriga


3-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan

DAVLAT TALABLARI

1-bob. Umumiy qoidalar



1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari (keyingi o‘rinlarda davlat talablari deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi PF-5139-son farmonlariga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb ataladi) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda buyurtmachi deb ataladi) boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilaydi.

2. Davlat talablari Akademiyada boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda o‘quv rejalari va dasturlarini, shuningdek o‘quv jarayonini tashkil etish, ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash tartibini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.

3. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:

zamonaviy bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentligini shakllantirishi va tinglovchilarning kasb va lavozimlarga muvofiqligi;

zamonaviy boshqaruv texnologiyalariga tayanishi;

ta’lim dasturlari mazmunining boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish turlari va shakllariga mosligi.

4. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning o‘quv yuklamasida ma’ruzalar hajmi umumiy auditoriya soatining 40 foizidan oshmasligi kerak.

5. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish kasbiy faoliyatdan ajralgan yoki ajralmagan holda, shuningdek masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin.

2-bob. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash

6. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash — mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilish, davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida xalqaro standartlar va talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari asosida davlat va jamiyat boshqaruvi bo‘yicha yangi zaruriy hamda yetarli bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishdan, yangi kasbiy faoliyatga yo‘naltirishdan iborat.

7. Qayta tayyorlash tinglovchining asosiy ishidan ajralgan va ajralmagan holda tashkil etiladi.

8. Qayta tayyorlashning o‘quv yuklamasi Akademiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan o‘quv reja asosida belgilanadi. Bunda tinglovchilarning mustaqil ta’limiga asosiy e’tibor qaratiladi.

9. Qayta tayyorlash muddati kasbiy faoliyatdan ajralgan holda 16 hafta, kasbiy faoliyatdan ajralgan va ajralmagan holda 40 hafta (tajriba orttirishni hisobga olgan holda, o‘quv yuklamasining jami 576 soatdan kam bo‘lmagan hajmi)ni tashkil etadi. Auditoriya mashg‘ulotlari haftasiga 36 soatdan, o‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soatdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

10. Qayta tayyorlash kursini to‘liq o‘zlashtirgan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga kiritiladi.

11. Qayta tayyorlash kursini o‘zlashtirgan va yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga mazkur davlat talablarining 1-ilovasida belgilangan namunadagi diplom beriladi.

3-bob. Boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish

12. Boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish — tegishli ta’lim turlari bo‘yicha Davlat talablaridan kelib chiqqan holda, boshqaruv kadrlarining malaka va ko‘nikmalarini muntazam ravishda yangilab borish orqali ularning kasbiy mahoratini o‘sishini ta’minlashdan iborat.

13. Malaka oshirish asosiy ishdan ajralgan yoki ajralmagan holda tashkil etiladi.

14. Malaka oshirishning o‘quv yuklamasi hajmi Akademiya tomonidan buyurtmachi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan o‘quv reja asosida belgilanadi.

15. Malaka oshirish muddatlari Akademiya tomonidan buyurtmachi bilan kelishgan holda 1 oygacha belgilanishi mumkin.

16. Malaka oshirish muddati 18 soatdan kam bo‘lmasligi lozim.

Malaka oshirish muddatlari, o‘quv reja va fan dasturlari Akademiya va buyurtmachi bilan kelishiladi va u Akademiya Kengashida tasdiqlanadi.

17. Malaka oshirish kursidan muvaffaqiyatli o‘tgan boshqaruv kadrlariga mazkur davlat talablarining 2-ilovasida belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.

4-bob. Boshqaruv kadrlarining tajriba orttirishi

18. Tajriba orttirish — ta’limning ilm-fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, boshqaruvchilik malakasi va ko‘nikmasini amaliy jihatdan uzluksiz takomillashtirib borishni ta’minlash, boshqaruv kadrlarini davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi yangi yutuqlar bilan tanishtirish maqsadida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishdan iborat.

19. Tajriba orttirish — davlat va nodavlat tashkilotlarida qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining nazariy va amaliy bilimlari, malaka hamda ko‘nikmalarini chuqurlashtirishga qaratilgan.

20. Qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining tajriba orttirish tartibi Akademiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda belgilanadi.

21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan dasturlar asosida tinglovchilarning xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarida va davlat organlarida tajriba orttirishlari tashkil etilishi mumkin.

5-bob. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy talablar

22. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy talablarga quyidagilar kiradi:

1) quyidagi bilim va ko‘nikmalarni egallash:

davlat va jamiyat boshqaruvining konstitutsiyaviy-huquqiy va tashkiliy asoslarini;

davlat xizmatini o‘tashning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini, davlat xizmatini tashkil etish va amalga oshirishni;

fuqarolik jamiyati asoslarini, fuqarolik jamiyati institutlarini va ijtimoiy sherikchilikning huquqiy asoslari;

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyati va ahamiyatini;

hududlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanishni;

yoshlarga oid davlat siyosatini;

davlat moliyasi, uning bo‘g‘inlarini va uni boshqarishni, budjet hisobi va hisobotini;

nodavlat notijorat tashkilotlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni shakl va tamoyillarini;

strategik moliyaviy menejmentni;

inson resurslarini boshqarish va korporativ boshqaruv sohasidagi qonunchilikni;

menejment va korporativ boshqaruv sohasidagi zamonaviy tendensiyalarni;

axborot va uning tarkibiy qismlarini;

davlat interaktiv xizmatlarini;

boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholay olishni;

aniq vaziyatlar tahlilida muammolarni aniqlash, ularni hal qilishning usullarini belgilay olish va kutilayotgan natijalarni baholay olishni;

rahbar shaxsi va rahbarlik uslublarini;

jamoadagi psixologik jarayonlarni;

chet-tillaridan birida muloqotga kirisha olish (zarur bo‘lganda muloqotni boshqara olish)ni bilishi;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimi va faoliyat yo‘nalishlarini;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda zamonaviy usul va shakllaridan foydalanishni;

nodavlat notijorat tashkilotlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasidagi siyosatining muhim jihatlarini;

tizimli tahlil va boshqaruv qarorlarini qabul qilish, menejmentning zamonaviy tamoyillari va usullari, korporativ boshqaruv tamoyillari va mexanizmlari to‘g‘risida nazariy bilimlarni;

ish samaradorligini oshirish bo‘yicha zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llay olishni;

boshqaruv jarayonidagi muammolar, vaziyatlar tahlili va bosqichlari hamda boshqaruv qarorlari qabul qilish va amalga oshirish usullarini;

nizolarni hal etish texnologiyalarini;

xodimlarni baholash va shaxsning o‘z o‘zini boshqarish uslublarini;

jamoaga ta’sir etish uslublarini;

chet-tillaridan biri bo‘yicha o‘z mutaxassislik sohalariga oid yoki oid bo‘lmagan keng ko‘lamli birmuncha uzun va murakkab matnlarning uslubiy jihatlarini, ochiq oydin yoki birmuncha yashirin bayon etilgan fikrlarni aniqlagan holda tushuna olishni;

2) boshqaruvni tashkil qilish va uni samarali amalga oshirish;

3) tashkilotda zamonaviy tashkiliy va korporativ madaniyatni shakllantirish va mehnat munosabatlarini samarali tashkil etish usullarini amalda qo‘llash;

4) o‘z ish faoliyati samaradorligini oshirish uchun zamonaviy axborot texnologiyalari hamda “Elektron hukumat” tizimidan samarali foydalanish;

5) vaziyatlar bo‘yicha tahliliy fikrlash hamda strategik rejalashtirish;

6) axborot xavfsizligini ta’minlash;

7) muammoli vaziyatlarni aniqlay olish;

8) tashkilotda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va tizimlashtirish;

9) strategik va oraliq maqsadlarni aniqlash;

10) vazifalarni taqsimlash;

11) tashkilotda maqbul madaniyatni yaratish va joriy etish malakalariga ega bo‘lish;

12) mas’uliyatni his qilish, tashabbuskorlik va qat’iyatlilik;

13) vaziyatni obyektiv baholash va nazorat qilish;

14) o‘z maqsad va vazifalarini aniq ifodalay olish;

15) jamoada uyg‘un muhitni shakllantira olish;

16) tashkilot faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi sharoit o‘zgarishlarini oldindan anglash va baholash;

17) tashkilotning ichki imkoniyatlarini tahlil qilish, muammolarni aniqlash va ularni echishning samarali yo‘llarini topish;

18) tashkilotning innovatsion faoliyatini tahlil qilish va baholash;

19) eng ilg‘or tajribalar, yangiliklarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishni tashkil etish;

20) tashkilotchilik, shaxsiy tashabbuskorlik, qarorlar qabul qilish, muzokaralar olib bora olish;

21) o‘z fikrlarini ham yozma, ham og‘zaki bayon etish kompetensiyalariga ega bo‘lish.

6-bob. Ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash

23. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Akademiyada tasdiqlangan tegishli ichki-tartib qoidalar asosida o‘quv jarayoni davrida amalga oshiriladigan ichki nazorat;

qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining fanlar bo‘yicha attestatsiyasi va bitiruv malakaviy ishi himoyasiga qaratilgan yakuniy davlat nazorati;

vakolatli davlat organi, nodavlat notijorat tashkilotlari, kadrlar buyurtmachilari tomonidan olib boriladigan davlat-jamoatchilik nazorati;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi va kadrlar buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat.

7-bob. Yakuniy qoida

24. Mazkur Davlat talablariga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollaridan, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining maqsad va vazifalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari ehtiyojlarini o‘rganishdan, boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy shakllari va usullarini joriy etishdan kelib chiqqan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga


1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasining
Davlat gerbi

O’zbekiston Respublikasi

Qayta tayyorlash
haqida

DIPLOM

QT № 000000

_________________________________________________________________________________________________

(Tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20 ___ yil ________________________________dan 20 ___ yil _________________________________________ gacha

______________________________________________________________________________________________ da

(Qayta tayyorlash ta’lim muassasasining nomi)

________________________________________________________________________________ soatga mo’ljallangan

_________________________________________________________________________________________________

(Qayta tayyorlash kursining nomi)

qayta tayyorlsh kursida ta’lim olib, ______________________________________________________________________

_______________________________________________________________ mavzusida bitiruv ishini Davlat attestatsiya

komissiyasida ___________________________________________________________________ bahoga himoya qildi va
qayta tayyorlash o’quv kursini muvaffaqiyatli tamomladi

Muhr o’rni

Rektor

_____________

Sana

_____________

Qayd raqami __________

Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplomning
TAVSIFI

Qayta tayyorlash to‘g‘risidagi diplom A4 formatli oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.

Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm bo‘lgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.

Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” va “Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” so‘zlari bosiladi. Diplom ikki lotin harfi — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.

Diplom:

bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;

yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;

naqshli rastr;

har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish;

maxsus qog‘ozlar;

o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda oltita himoyaga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga


2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasining
Davlat gerbi

O’zbekiston Respublikasi

Malaka oshirish
haqida

SERTIFIKAT

MO № 000000

_______________________________________________________________________________________________

(Tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20 ___ yil ____________________________________ dan 20 __ yil ___________________________________ gacha

_____________________________________________________________________________________________ da

(Malaka oshirish ta’lim muassasasining nomi)

jami ________________________________________________________________________
soatli

___________________________________________________________________________

(Malaka oshirish kursining nomi)

bo’yicha malakasini oshirdi.

Muhr o’rni

Rektor

______________

Sana

______________

Qayd raqami ____________

Malaka oshirish haqida davlat namunasidagi sertifikat
TAVSIFI

Malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikat A4 formatli oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi.

Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm bo‘lgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.

Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” va “Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT” so‘zlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — MO va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.

Sertifikat:

bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;

yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;

naqshli rastr;

har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish;

maxsus qog‘ozlar;

o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda oltita himoyaga ega.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 745-son qaroriga


4-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasi tinglovchilari tomonidan malakaviy amaliyot va stajirovka o‘tash tartibi to‘g‘risidagi

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb ataladi) magistraturasi tinglovchilari tomonidan ularning doimiy yashash joyidan tashqarida bo‘lgan mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarda malakaviy amaliyot va stajirovka o‘tash tartibini belgilaydi.

2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:


Download 175,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish