O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori 22. 08. 2009 y. N 245


VIII. REAKTIV ENERGIYA VA QUVVAT KOMPENSATSIYASI



Download 102,24 Kb.
bet5/8
Sana01.02.2017
Hajmi102,24 Kb.
#1601
1   2   3   4   5   6   7   8

VIII. REAKTIV ENERGIYA VA QUVVAT KOMPENSATSIYASI

UCHUN ELEKTR ENERGIYASI BO’YICHA TARIFDAN

CHEGIRMALAR VA TARIFGA USTAMALAR
131. Reaktiv energiya va quvvat o’rnini to’ldirish uchun chegirmalar (ustamalar) hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan berilgan texnik shartlar bo’yicha yoki elektr ta’minoti shartnomasida ko’rsatilgan quvvatdan (maksimal aktiv yuklama) foydalanishga ruxsatnoma 50 kVt va undan ortiqni tashkil etadigan sanoat iste’molchilariga va ularga tenglashtirilgan iste’molchilarga, elektrlashtirilgan (elektr energiyasi bilan yuradigan) temir yo’l va shahar transportiga, qishloq xo’jaligi iste’molchilariga nisbatan amalga oshiriladi.

Reaktiv energiya va quvvat o’rnini to’ldirish uchun elektr energiyasi tarifiga ustamalar jarima sanksiyasi hisoblanmaydi va energiya ta’minoti shartnomasiga muvofiq undiriladi.

(O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
132. Reaktiv energiya va quvvat o’rnini to’ldirish uchun chegirmalar (ustamalar) reaktiv energiya va quvvatni hisobga olish priborlarining ko’rsatkichlari asosida aniqlanadi hamda tegishli ravishda iste’mol qilingan reaktiv energiyaning 1 kVar.soati uchun to’lov va (yoki) maksimal reaktiv yuklamaning 1 kVar uchun to’lov tarzida undiriladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
133. Ustamalar iste’molchi ta’minlanadigan elektr tarmog’ining katta yuklamali soatlarida iste’molchi tomonidan shartnomaviy miqdordan ortiqcha reaktiv energiya va quvvat iste’mol qilinganda va yagona elektr energetika tizimining kichik yuklamali soatlarida reaktiv energiya hosil qilinganda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qo’llanadi.

Reaktiv energiya va quvvat o’rni yetarlicha to’ldirilmasligi hisobiga quvvat koeffitsiyentining normativ qiymati iste’molchilar (maishiy iste’molchilardan tashqari) tomonidan qo’llab-quvvatlanmasligi aniqlanganda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, elektr energiyasi va aktiv quvvat isrofgarchiligi qiymatining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari amalga oshiriladi, shuningdek quvvat koeffitsiyenti ko’rsatkichlari belgilangan normativlarga nisbatan pasaytirilganligi uchun iste’molchilardan qo’shimcha mablag’lar undiriladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)


134. Iste’molchi tomonidan elektr tarmog’ining katta yuklamali soatlarida yagona elektr energetika tizimi tarmog’ida reaktiv energiya hosil qilinganda va elektr tarmog’ining kichik yuklamali soatlarida energiya tizimi tarmog’idan reaktiv energiya iste’mol qilinganda, agar iste’molchi bunday ish rejimida ishlashi zarurati shartnomada ko’rsatilgan bo’lsa, energiya tizimi tomonidan tarifdan chegirmalar taqdim etiladi.
135. Elektr tarmog’ining katta va kichik yuklamali soatlari - bu sutkaning iste’molchi tomonidan reaktiv quvvatning iste’mol qilinishi (hosil qilinishi) tufayli yagona elektr energetika tizimining elektr tarmoqlarida elektr energiyasining qo’shimcha ravishda yo’qotilishiga olib keladigan davrlaridir.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr tarmog’ining katta va kichik yuklamali soatlarini, iste’molchining va u foydalanadigan tarmoqning reaktiv yuklamasi jadvallarini tahlil qilgan holda, har qaysi iste’molchi uchun yakka tartibda belgilashi mumkin.

Har sutkadagi katta va kichik yuklamali soatlar yig’indisi 24 soatga teng, shu jumladan:

katta yuklamali soatlar - 07 soat 00 daqiqadan 23 soat 00 daqiqagacha;

kichik yuklamali soatlar - 23 soat 00 daqiqadan 07 soat 00 daqiqagacha.
136. Reaktiv energiya va quvvatning iste’mol qilinishi hamda hosil qilinishi hisobga olishning avtomatik tizimlari hamda to’xtatgichli yoki xotirali hisobga olish priborlari yordamida qayd etiladi.

Elektr tarmog’ining katta va kichik yuklamali davrlarida kontakt soatlar orqali ishga tushiriladigan to’xtatgichsiz hisobga olish priborlari qo’llanishiga yo’l qo’yiladi. Elektrlashtirilgan temir yo’l va shahar transportini harakatlantirish uchun kuch beradigan yordamchi stansiyalar to’xtatgichsiz bitta hisobga olish pribori bilan jihozlanadi va hisob-kitoblar reaktiv energiya iste’mol yoki hosil qilinishi yig’indisi uchun tarifga belgilangan ustamalarga muvofiq amalga oshiriladi.


137. Iste’molchining amaldagi reaktiv quvvatini nazorat qilish elektr tarmog’ining katta yuklamali soatlarida 30 daqiqali eng katta reaktiv yuklamani qayd etadigan hisobga olish priborlari bo’yicha amalga oshirilishi kerak. Reaktiv quvvatning eng katta miqdorini yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali soatlarida qayd etishga ruxsat beriladi.

Elektr energiyasi uzatishning ta’minlovchi liniyalari bir nechta bo’lsa, hisoblanadigan reaktiv quvvat sifatida, maxsus qurilma - jamlagich bilan aniqlanadigan 30 daqiqalik jami reaktiv yuklamaning eng katta miqdori qabul qilinadi.

Jamlagich bo’lmaganda, jami yuklamaning eng katta miqdori har bir ta’minlovchi liniya bo’yicha hisobga olish priborlarining ko’rsatuvchi elementlari vositasida qayd etilgan eng katta miqdorlarning yig’indisi sifatida aniqlanadi.

Energiya tizimi tomonidan iste’molchini elektr tarmog’ining katta yuklamali soatlarida reaktiv energiyani hosil qilish va (yoki) uning kichik yuklamali soatlarida reaktiv energiyani majburiy iste’mol qilish zarurati aniqlansa, energiyani hisobga olish usuli hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi o’rtasida kelishiladi hamda elektr ta’minoti shartnomasida aks ettiriladi.


138. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan berilgan texnik shartlar bo’yicha yoki elektr ta’minoti shartnomasida ko’rsatilgan foydalanishga ruxsat berilgan quvvat 50 kVt va undan ortiqni tashkil etadigan sanoat iste’molchilari va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar, elektrlashtirilgan (elektr energiyasi bilan yuradigan) temir yo’l va shahar transporti, qishloq xo’jaligi iste’molchilari bilan tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasida quyidagilar ko’rsatiladi: (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

elektr tarmog’ining katta yuklamali soatlarida yagona elektr energetika tizimi tarmog’idan bir oyda iste’mol qilinadigan reaktiv energiyaning iqtisodiy qiymati;

elektr tarmog’ining katta yuklamali soatlarida yagona elektr energetika tizimi tarmog’idan iste’mol qilinadigan 30 daqiqalik reaktiv quvvatning iqtisodiy qiymati;

reaktiv quvvat iste’molining elektr tarmog’ining katta yuklamali soatlarida va (yoki) reaktiv energiyani shu soatlarda bir oy ichidagi iste’molining texnikaviy chegaralari. Bu chegaralardan oshib ketganda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasining hisoblash nuqtasida kuchlanishni elektr tarmog’ining eng katta yuklamali soatlari uchun elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan darajasidan pasayib ketishi uchun javob bermaydi;

elektr tarmog’ining katta yuklamali soatlarida yagona elektr energetika tizimining elektr tarmog’iga bir oyda hosil qilingan va (yoki) uning kichik yuklamali soatlarida majburiy iste’mol qilingan reaktiv quvvat va (yoki) energiyaning chegaraviy qiymatlari.

Elektr tarmog’ining katta yuklamali soatlarida reaktiv energiya va quvvatning iqtisodiy qiymati, aynan shu soatlarda reaktiv quvvat va (yoki) reaktiv energiya iste’molining bir oydagi texnikaviy chegaralari, ular hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan yuqorida ko’rsatib o’tilgan iste’molchilar tomonidan majburiy tartibda tuziladigan elektr tarmoqlarining ishlash rejimlari hisob-kitoblari asosida belgilanadi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi xatboshi)


O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq yettinchi xatboshi chiqarib tashlangan
Yuqorida qayd etilgan hisob-kitob mavjud bo’lmaganda to’lov faqat amalda iste’mol qilingan reaktiv energiya uchun aktiv energiya bo’yicha amaldagi tarifning 5 foiziga teng narx bo’yicha, qo’shilgan qiymat solig’isiz, undiriladi.
139. Elektrlashtirilgan temir yo’l transportining harakatlantiruvchi podstansiyalari va metropoliten podstansiyalari tomonidan elektr energiyasidan foydalanilishi yuzasidan elektr ta’minoti shartnomasida bir oyda reaktiv energiya iste’mol qilishning iqtisodiy qiymati va texnik chegarasi ko’rsatiladi.

Temir yo’l transportining o’zgarmas va o’zgaruvchan tokli harakatlantiruvchi podstansiyalari tomonidan reaktiv energiya iste’mol va hosil qilinishining iqtisodiy qiymati va texnik chegarasi kontakt tarmog’i bilan ulangan harakatlantiruvchi podstansiyalar bo’yicha yig’indi tarzida ko’rsatiladi, ularning energiya iste’moli uchun hisob-kitoblari bitta hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.


140. Bir oydagi reaktiv energiya iste’mol va hosil qilishning hamda elektr tarmog’ining katta yuklamali soatlarida reaktiv quvvatning iqtisodiy qiymati va texnik chegaralari elektr ta’minoti shartnomasida qayd etiladi.

IX. ELEKTR ENERGIYASINING SIFATI UCHUN ELEKTR

ENERGIYASI TARIFIDAN CHEGIRMALAR VA

UNGA USTAMALAR
141. Elektr energiyasi sifati uchun tarifdan chegirmalar (ustamalar) amaldagi tariflar bo’yicha belgilanadi. Elektr energiyasi sifati uchun tariflarga ustamalar jarima sanksiyasi hisoblanmaydi va elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq undiriladi (maishiy iste’molchilardan tashqari).
142. Elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarda qo’llanadigan elektr energiyasining sifat ko’rsatkichlari (ESK) ro’yxati davlat standartlari asosida elektr ta’minoti shartnomasida belgilanadi.
143. Agar iste’molchining elektr energiyasi sifati yomonlashuvidagi amaldagi ulushi elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan, yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan darajadan oshsa, u holda sanksiyaning muayan miqdori tarifga ustama, aks holda - tarifdan chegirma hisoblanadi.
144. Har qaysi ESK bo’yicha chegirmalar (ustamalar) miqdori ko’rib chiqilayotgan ESKning hisob-kitob davridagi nisbiy jami chiqish davomiyligi ko’rsatkichlariga (T1 va T2) qarab yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan tegishli ravishda normal va eng katta qiymatlari uchun hisoblanadi. T1 va T2 qiymatlari o’lchash vaqti davomida aniqlanadi, o’lchash vaqtining davomiyligi har bir ESK bo’yicha shartnomada belgilanadi, lekin u 1 ish sutkasidan kam bo’lmasligi kerak. Avtomatlashtirilgan o’lchash vositalari mavjud bo’lganda T1 va T2 qiymatlari uzluksiz ravishda o’lchanishi lozim. Davriy o’lchashlarning natijalari tatbiq etiladigan hisoblash o’tkaziladigan vaqt oralig’i elektr ta’minoti shartnomasida (lekin bir chorakda bir martadan kam emas) belgilanadi.
145. Iste’molchining elektr ta’minoti shartnomasida qayd etilgan har qaysi ESK bo’yicha elektr energiyasi sifatining yomonlashuvidagi amaldagi ulushlarining qiymati epizodik o’lchashlar asosida belgilanadi va o’lchash bayonnomasiga yoziladi. Amaldagi ulushlarning ushbu qiymatlaridan tomonlardan biri ularni qayta ko’rib chiqish masalasini qo’yishiga qadar foydalaniladi.
146. ESKni o’lchashlar akkreditatsiya qilingan laboratoriya tomonidan, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi bilan birgalikda, elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan muddatlarda o’tkaziladi. Elektr ta’minoti shartnomasida o’lchashlar davriyligi to’g’risida ko’rsatmalar bo’lmaganda, shuningdek iste’molchining yoki yagona elektr energetika tizimining ish sharoitlari keskin o’zgarganda o’lchashlar akkreditatsiya qilingan laboratoriya tomonidan, istalgan tomonlardan birining tashabbusiga ko’ra o’tkazilishi mumkin. Boshqa tomon o’lchashlarni o’tkazishning aniq sanasini 3 kun muddatda kelishib olishi kerak. O’lchashlar tashabbus ko’rsatgan tomonning murojaatidan keyin 10 kun muddatda bajarilishi lozim.
147. Kuchlanishdagi tafovutlar, nosinusoidallik koeffitsiyentlari va kuchlanishdagi o’zgarishlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi o’rtasidagi kelishuv bo’yicha yo fazalardan bittasida, yoxud barcha fazalarda o’lchanadi. Barcha fazalarda o’lchashda T1 va T2 o’rtacha qiymat sifatida aniqlanadi.
148. Iste’molchining elektr energiyasi sifati yomonlashuvidagi amaldagi ulushini aniqlash tartibi elektr ta’minoti shartnomasida ko’rsatiladi.

X. ELEKTR ENERGIYASINI CHEKLASH YOKI

UZIB QO’YISH SHARTLARI
149. Elektr energiyasi iste’molchiga uning bilan tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq yetkazib beriladi.

Elektr energiyasi iste’molini cheklash, shuningdek iste’molchilar yuklamalari jadvallarini tartibga solish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, cheklashlar jadvaliga muvofiq, "O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan tartibda amalga oshiriladi.


150. Quvvat va elektr energiyasi iste’moli bo’yicha cheklash va uzib qo’yish jadvallari iste’molchilar tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan birgalikda ishlab chiqiladi, mahalliy davlat hokimiyati idoralari bilan kelishiladi, "O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadi va yagona elektr energetika tizimida elektr quvvati va energiya tanqisligi paydo bo’lganda joriy etiladi.
151. Elektr energiyasini cheklash va uzib qo’yish jadvallari yagona elektr energetikasi tizimida elektr energiyasi va quvvat tanqisligi hollarida elektr stansiyalari va elektr tarmoqlari uskunalarining yo’l qo’yib bo’lmaydigan sharoitlarda ishlashining oldini olish, yagona elektr energetikasi tizimining barqaror parallel ishlashini ta’minlash, avariyalar yuzaga kelishining oldini olish hamda iste’molchilarning tartibsiz uzib qo’yilishini bartaraf etish uchun tuziladi.
152. Elektr energiyasini cheklash va uzib qo’yish jadvallari joriy yilning 1 oktabridan keyingi yilning 1 oktabrigacha bo’lgan davr uchun, iste’molchining texnologik va avariya bronini aniqlash dalolatnomasiga asosan tuziladi va jadvallarga kiritilgan barcha iste’molchilar uchun ularni bajarish majburiy hisoblanadi.

Jadvallarning quyidagi turlari tuziladi:

yagona elektr energetika tizimida yoqilg’i yoki gidroresurslar yetishmaganda elektr energiyasini (kVt.soatda) cheklash jadvali. Jadvalda elektr energiya iste’molini iste’molchilarning texnologik bronigacha, keyinchalik esa avariya bronigacha (cheklashga mansub bo’lmagan obyektlardan tashqari), iste’molni 5 ta teng navbatga bo’lgan holda qisqartirilishi ko’zda tutilishi lozim;

yagona elektr energetika tizimida quvvat yetishmaganda quvvatni (kVt.da) cheklash jadvali. Jadvalda yagona elektr energetika tizimining ertalabki va kechki eng katta yuklamalari o’tishi soatlarida iste’mol qilinadigan quvvatni, uni 5 ta teng navbatga bo’lgan holda, iste’molchilarning avariya bronigacha kamaytirilishi ko’zda tutilishi lozim;

iste’molni va quvvatni cheklash jadvallarini kiritish uchun vaqt bo’lmagan hollarda, yuzaga kelgan quvvat yetishmasligi oqibatida avariya paydo bo’lishi xavfida qo’llaniladigan quvvatni uzib joriy etish jadvali. Jadvalda yagona elektr energetika tizimi iste’molchilari iste’mol qiladigan quvvatni, 5 ta teng navbatga bo’lgan holda to’liq uzib qo’yish ko’zda tutilishi lozim, uzib qo’yilishi mumkin bo’lmagan obyektlar bundan mustasno.
153. Ayrim hollarda iste’molchilarni uzib qo’yishning maxsus jadvali ishlab chiqiladi.

Elektr energiyasini uzib qo’yish jadvaliga va maxsus jadvalga avtomatik qurilmalarga, teleboshqarishga yoki doimiy xizmat ko’rsatuvchi xodimlar va ishonchli telefon aloqasiga ega bo’lgan podstansiyalar ustuvorlik bilan kiritilishi lozim. Iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilishi elektr ta’minotining avariya bronigacha cheklab qo’yilishi mumkin.


154. Cheklash va uzib qo’yish jadvallarini amalga kiritish tartibi:

elektr energiyasi va quvvatini cheklash va uzib qo’yish jadvallari "O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining farmoyishi bilan amalga kiritiladi. Elektr energiyasini cheklashni joriy etish yuzasidan farmoyishlar dispetcherlik boshqaruvining barcha darajalarida, operativ daftarga cheklashning miqdori, boshlanish va tamom bo’lish vaqtini yozgan holda uzatiladi;

hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchilarga keyingi sutkalarda elektr energiyasini cheklash jadvallarining amalga kiritilishi to’g’risida joriy sutkaning soat 14 dan kechiktirmay, cheklashning miqdorini, boshlanish va tamom bo’lish vaqtini ko’rsatgan holda ma’lum qiladi.

Elektr energiyasini cheklash jadvallarini zudlik bilan joriy etish zarur bo’lganda, bu haqdagi bildirishnoma, sutkaning vaqtidan qat’i nazar, cheklashning amal qilishi boshlanishidan 1 soat oldin iste’molchilarga yetkaziladi.

Uzib qo’yish jadvallari iste’molchilar tomonidan, hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan uzib qo’yish jadvallari joriy etilishi to’g’risidagi bildirishnoma olingandan keyin, darhol joriy etiladi.

Elektr energiyasi iste’molini uzoq davrga kamaytirish zarur bo’lganda, quvvatni uzib qo’yish jadvaliga teng bo’lgan elektr energiyasi va quvvatni cheklash jadvali amalga kiritiladi.

Yuridik shaxslar - cheklash va uzib qo’yish jadvaliga kiritilgan tashkilotlar va muassasalar, shu jumladan, uzluksiz texnologik ishlab chiqarishga ega bo’lgan tashkilotlar (cheklash va uzib qo’yishga tegishli bo’lmagan obyektlardan tashqari) cheklash va uzib qo’yish jadvallarining hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan ko’rsatilgan muddatda so’zsiz bajarilishini tashkil etishlari shart, aks holda ular uzib qo’yish va cheklash jadvallari bajarilmaganligi yuzasidan energiya markazlaridan majburiy uzib qo’yish oqibatlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasi va quvvatini cheklash jadvallarini amalga kiritish to’g’risidagi farmoyish iste’molchilar tomonidan bajarilmaganda, ogohlantirishdan keyin, iste’molchilarda elektr energiyasi va quvvat iste’molining belgilangan darajada kamayishini ta’minlovchi miqdorda elektr energiyasi yetkazib berilishini majburiy ravishda cheklaydi.

Mazkur ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar buzilishining oqibatlari uchun javobgarlik iste’molchilar korxonalarining rahbarlari zimmasiga yuklanadi.

XI. BLOK-STANSIYAGA EGA BO’LGAN ISTE’MOLCHILAR

BILAN O’ZARO MUNOSABATLAR
155. Yagona elektr energetika tizimining elektr tarmog’iga bevosita yoki iste’molchilarning elektr tarmoqlari orqali ulangan iste’molchilarning elektr stansiyalari blok-stansiyalar hisoblanadi. Ular o’zaro kelishilgan ish rejimiga rioya qilishlari hamda tizim operatorining va yuqori operativ-dispetcherlik xizmatlarining ko’rsatmalari va farmoyishlariga bo’ysunishlari shart.

Blok-stansiyalar bo’yicha elektr energiyasi ishlab chiqarishning yillik hajmlari va blok-stansiyalar tomonidan yagona elektr energetika tizimiga elektr energiyasi yetkazib berishning yillik hajmlari "O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan blok-stansiya o’rtasidagi shartnoma bilan tasdiqlanadi va rasmiylashtiriladi.


156. "O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi elektr energiyasi yetkazib berishning shartnomada kelishilgan oylik miqdoriga muvofiq blok-stansiyaga har bir sutka uchun yuklamaning va yagona elektr energetikasi tizimiga elektr energiyasi yetkazib berishning jadvalini belgilaydi.

Blok-stansiya tomonidan yuklama dispetcherlik jadvalida belgilangan miqdordan kamaytirilsa, "O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi blok-stansiyaga ega bo’lgan sanoat va idoraviy iste’molchilar bo’yicha, blok-stansiya tomonidan yuklama kamaytirilgan miqdorda quvvatga cheklashlar kiritish huquqiga ega, blok-stansiya yuklamasining kamayishiga fors-major vaziyatlar sabab bo’lgan holatlar bundan mustasno.


157. Yagona elektr energetika tizimiga yetkazib beriladigan, shuningdek hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan iste’mol qilinadigan aktiv elektr energiyasini hisobga olish blok-stansiya tomonidan balans bo’yicha mansublik chegarasida o’rnatilgan, aktiv elektr energiyasini qabul qilish va yetkazib berishni alohida-alohida qayd etadigan hisobga olish priborlari bilan amalga oshiriladi.

Blok-stansiyaga tegishli bo’lgan elektr tarmog’i xo’jaligi obyektlarida elektr energiyasini yagona elektr energetika tizimiga yetkazib berishdagi hamda hududiy elektr tarmoqlari korxonalaridan olishdagi texnologik sarflari blok-stansiya hisobiga tegishli bo’ladi.


158. Blok-stansiyaga ega bo’lgan iste’molchi hisob-kitoblarni:

"O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan - yagona elektr energetika tizimiga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun;

hududiy elektr tarmoqlari bilan - hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan olingan elektr energiyasi uchun tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
159. Yetkazib beriladigan va iste’mol qilinadigan elektr energiyasi uchun blok-stansiyalar bilan hisob-kitoblar belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflar bo’yicha amalga oshiriladi.
160. Hisob-kitob davrida yagona elektr energetika tizimiga blok-stansiya aybi bilan to’liq yetkazib berilmagan elektr energiyasi miqdori shartnomada belgilangan elektr energiyasi hajmi bilan yagona elektr energetika tarmog’iga amalda yetkazib berilgan elektr energiyasi o’rtasidagi tafovut bo’yicha aniqlanadi.
161. Blok-stansiya fors-major holatlari tufayli elektr energiyasi yetkazib berishdagi tanaffuslar uchun javob bermaydi.

"O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami", 2009 yil, 35-son, 382-modda.



Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 22 avgustdagi

245-son qaroriga

2-ILOVA

Hujjatning rus tilidagi

matniga qarang

Issiqlik energiyasidan foydalanish

QOIDALARI
Mazkur Qoidalarga O’zR VM 01.11.2012 y. 313-son Qaroriga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan

I. Umumiy qoidalar

II. Issiqlik energiyasi iste’molchilarini issiqlik

tarmoqlariga ulashning texnik shartlari

III. Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanuvchi

qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini

ekspluatatsiya qilishga ijozat berish

IV. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini

o’rnatish va ekspluatatsiya qilish

V. Iste’molchilar tomonidan issiqlikdan foydalanish

qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish

VI. Issiqlik ta’minoti korxonasining huquqlari

VII. Issiqlik ta’minoti korxonasining majburiyatlari

VIII. Issiqlik energiyasi iste’molchilarining huquqlari

IX. Issiqlik energiyasi iste’molchilarining majburiyatlari

X. Issiqlik energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish

XI. Iste’molchilarga bug’ holida beriladigan issiqlik

energiyasi miqdorini aniqlash va hisob-kitob qilish tartibi

XII. Iste’molchilarga issiq suv holida beriladigan issiqlik

energiyasi miqdorini aniqlash va hisob-kitob qilish tartibi

XIII. Iste’molchilar tomonidan qaytariladigan bug’ kondensati

miqdorini aniqlash va hisob-kitob qilish tartibi

XIV. Issiqlik energiyasi uchun to’lov hujjatlarini

taqdim etish va ular bo’yicha haq to’lash tartibi



I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Qoidalar O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, "Energiyadan oqilona foydalanish to’g’risida", "Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida", "Tabiiy monopoliyalar to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq issiqlik ta’minoti korxonasining issiqlik energiyasi iste’molchilari bilan o’zaro munosabatlarini belgilaydi hamda issiqlik ta’minoti korxonasi va issiqlik energiyasining iste’molchilari bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.

Mazkur Qoidalarning amal qilishi maishiy iste’mol uchun aholiga issiqlik energiyasi yetkazib berilishi bilan bog’liq bo’lgan o’zaro munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.


2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
issiqlik ta’minotining avariyali broni - iste’molchining faoliyatini qisman yoki to’liq to’xtatishda, uskunalarni saqlash, insonlar hayoti xavfsizligi, xonalarni isitish uchun zarur bo’lgan issiqlik energiyasining eng kam miqdordagi sarfi;
issiqlik tarmog’ining balans bo’yicha mansublik chegarasi - issiqlik tarmog’ining issiqlik ta’minoti korxonasi bilan iste’molchi o’rtasidagi bo’linish nuqtasi, u issiqlik tarmog’ining balans bo’yicha mansubligi bilan aniqlanadi;
Download 102,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish