O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 017 yil aprelda "Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida" gi 187-sonli Qarori e’lon qilindi



Download 1,84 Mb.
bet6/51
Sana09.02.2022
Hajmi1,84 Mb.
#438625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Tushuntirish xati

«KO`RIB CHIQDIM» “TASDIQLAYMAN”
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha Maktab direktori:
Direktor o’rinbosari:
_______ __ _________ _____ __ ________ _______ _____________ _____yil
«___» ________________2019 y “____”______________ 2019yil



Tarbiyaviy soat” mashg’ulotlarining o’quv-mavzu rejasi
2“___” sinf O‘tiladigan mavzular



soat

O’tilgan vaqti

Uyga vazifa

1.

Ona yurtim-oltin beshigim

1







2.

Odobli bola-elga manzur

1







3.

Kattaga hurmatda kichikka izzatda bo’ling

1







4.

Ona maktab bag’rida

1







5.

Ustozga hurmat (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).

1







6.

Ona tabiatni asraylik. (4-oktabr butun jahon hayvonlarni himoya qilish kuni munosabati bilan)

1







7.

Xavfsizlik qoidalarini bilamizmi?

1







8.

Ona tilim – jonu dilim (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan).

1







9.

Etiket qoidalari

1







10.

Tartibga solish vositalari va ahamiyati. (Yo‘l harakati qoidalari)

1







11.

O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).

1







12.

Bizning maktabdagi vazifalarimiz

1







13.

Baxtimiz qomusi (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan).

1







14.

O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).

1







15.

Yo‘lni kesib o‘tish. To‘xtash joyi. (Yo‘l harakati qoidalari)

1







16.

Biz yangi yilni kutib olamiz (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).

1







17.

Vatanparvar ajdodlarimiz (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).

1







18.

To’maris kim?

1







19.

Transport vositalari va turlari. (Yo‘l harakati qoidalari)

1







20.

Buyuk ajdodlarimiz (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan).

2







21.

Do‘stlik – bebaho ne’mat. (2 mart O‘zbekiston BMTga qabul qilingan kun munosabati bilan )

1







22.

Onalar - uyimiz charog‘boni (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).

1







23.

Oilada mening o‘rnim va vazifam.

1







24.

Transportda yurish qoidalari (Yo‘l harakati qoidalari)

1







25.

Milliy an’analarimiz – g‘ururimiz ( 21 mart – Navro‘z do‘stlik bayrami munosabati bilan).

1







26.

Milliy o’yinlar

1







27.

Qonunlar nima uchun kerak?

1







28.

Ogohlantiruvchi belgilar. (Yo‘l harakati qoidalari)

2







29.

Yurtimiz favvoralari( 1-may-favvoralar kuni munosabati bilan)

1







30.

Ona Vatan – aziz! (Xotira va qadrlash kuni oldidan).

1







31.

Biz kimlardan o‘rnak olamiz?

1







32.

Kitob bizning do‘stimiz.

1







33.

Yozgi ta’til – bir yilga tatir.

1







1-mavzu: Ona yurtim-oltin beshigim
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:
Yurt,ona Vatan haqidagi tushunchalarni o`quvchilar ongiga yetkazish.Vatanga muhabbat tuyg`usini uyg`otish; o`quvchilar nutqini o`stirish.
Kompetensiya — TK-1:doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashadi; TK-2:jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish hissini oshiradi
Kun shiori:Jonajon O’zbekistonim mangu bo’l omon !
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar.
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
Ma`naviyat daqiqasi:
Vatan ona, Vatan chamandir,
Vatan quyosh, Vatan osmondir.
Vatan she`rdir, Vatan xayoldir,
Vatan tuproq, Vatan iymondir.
II Asosiy qism:
Bizning VatanimizO`zbekiston! O`zbekiston –muqaddas Vatan. Aziz bobolarimiz ota-onamiz tug`ilib o`sgan maskan. Farzandlarimizni shu zaminga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbida shu muborak zaminning har bir qarichiga mehru-muhabbat uyg`otish bugungi kunning eng ustuvor fazilatlardan biridir. Biz uchun Vatan bitta! Mamlakat bitta! Bizning go`zal yurtimiz, noyob tabiatimiz, betakror Vatanimiz, bag`ri keng va oliyjanob xalqimiz bor.
Men shu diyorda yashayman. Shu yurtda tug`ilib o`sdim. O`zbekiston juda go`zal diyor. O`zbekistonda go`zal bog`lar, yuksak tog`lar, bepayon dalalar, zilol suvlar, zamonaviy qishloqlar va bir-biridan go`zal shaharlar ko`p. O`zbekistonimizning tabiati xilma-xil bo`lib, go`zallikda tengi yo`q. O`zbekiston jannatmakon diyori.
O`zbekistonning poytaxti - Toshkent shahri. Toshkent juda ko`hna va qadimiy, shu bilan birga zamonaviy shahardir. Toshkent shahri respublikamizning yuragi hisoblanadi. Shu zaminning munosib farzandi bo`lib yashaylik.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentimiz: “Bizdan ozod va obod Vatan qolishi”, “Shu aziz Vatan barchamizniki. Uning baxt saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish kerak bo`lsa, joningni fido qilish, shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir”,-deb aytganlar.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bejizga “Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim” deb aytmaganlar. Shu sababli ta’limni O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor yo‘nalish, deb e’lon qilingan.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kimning bilim olish huquqiga egaligi va bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi belgilab qo‘yilganligi buning isbotidir.
Prezidentimiz SH.Mirziyoev tashabbusi bilan davlatimizni barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish maqsadida, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilib, hayotga izchil joriy etilmoqda.
I. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish

  1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat



BESH TASHABBUS-BESH IMKONIYAT

Do‘stim bekor o‘tmasin kuning,


Ilm bilan bo‘lgin yuzma-yuz.
Qara axir bizga sharoit,
Yaratmatmoqda beshta tashabbus.

Tabiatni turfa tasvirlab,


Rasm chizib bera olgin tus.
Yoki qo‘shiq aytgin baralla,
Seni qo‘llar beshta tashabbus.

Sog‘lom tana, norg‘ul bo‘l doim,


Chempion bo‘l, olg‘a yur doim,
Sport bilan mashg‘ul bo‘l doim,
Senga yo‘ldosh beshta tashabbus.

Internetdan bilgin jahonni,


Yangilikni tezda bilib ol.
Charchoqlarni engish chun bir oz,
Mayli ozroq o‘yin o‘ynab ol.
III Yakuniy qism:
Ona Vatanimiz mustaqilligini keng nishonladik. Darhaqiqat, asrlarga ta`tigulik bu yillar mobaynida Yurtboshimiz rahnamoligida xalqimizning farzandlar iqbolini o`ylab, bir maqsadu muddao bilan, bir tanu bir jon bo`lib amalga oshirilgan beqiyos ezgu amallari natijasida bugun mamlakatimizni dunyo tan olmoqda. O`z tanlagan yo`li, o`z aytar so`zi va amali bilan jahonni lol qoldirayotgan davlatimiz tobora barkamollik sari intilayapti
Savol:.
Biz ham barkamol avlod bo`lishimiz uchun o`zimizda qaysi fazilatlarni tarbiyalamog`imiz darkor?
( …).
Tarona guruhining “O`zbekiston” qo`shig`i tinglanadi.
-Qo`shiq nima haqida ekan?
-Vatan haqida ekan?
O`quvchilarni rag`batlantirish.
Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish.

Sana
2 -mavzu: Odobli bola-elga manzur.
Mashg’ulotning maqsadi: O`quvchilarga ezgu fazilatlar haqida ma`lumot berish,ajdodlarimizning ibratli fikrlari bilan tanishtirish;o`quvchilarni atrofdagilarga yaxshilik va faqat yaxshilik qilishga o`rgatish. O'quvchilarda ezgu fazilatlarni kamol toptirish.
Kompetentsiya: TK-1:xalq maqollari, muqaddas kitoblardagi ibratli so‘zlarni aniq va tushunarli bayon qila oladi;kattalar bilan so‘rashishda odob-axloq bilan muloqotga kirisha oladiTK-2:odobli bo‘lishga shaxsiy namuna ko‘rsatadi; haqorat va turli yomon so‘zlardan, yomon odatlardan saqlana oladi.
Kun shiori: Odobing - ahloqing
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Asosiy qism:
Aziz o'quvchi! Umrimiz davomida biz juda ko'p insonlardan yaxshilik ko'ramiz. Ota-onamiz, yaqinlarimiz, ustozlarimiz bizga faqat yaxshilikni tilaydilar. Inson o'ziga qilingan yaxshiliklarga albatta yaxshilik bilan javob qaytarishi kerak.
Ammo yomonlik qilganlarga qay tarzda javob qaytarish kerak? Yomonlikka yaxshilik bilan javob berish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Agar sizga kimdir yomonlik qilsa, har qancha qiyin bo'lsa-da, unga albatta yaxshilik bilan javob qaytaring. Shunda u qilgan ishidan pushaymon bo'ladi, uyalganidan ikkinchi marotaba yomonlikka qo'l urmaydi.
«Temur tuzuklari»da shunday so'zlar bor: «Menga hasad qilib, o'ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg'a-in'omlar berib, muruvvat-u ehson ko'rsatdimki, bu yaxshiliklami ko'rib, xijolat teriga g'arq bo'ldilar». Bundan ko'rinib turibdiki, bobomiz Amir Temur o'ziga dushmanlik qilgan kishilarga ham yaxshilik qilib, ularni to'g'ri yo'lga boshlaganlar. Allomalarning quyidagi so'zlarini hamisha yodda tutishimiz darkor:
Dunyoda topayin desang omonlik,
Birovga zarracha qilma yomonlk!
Yakunlovchi qism;
O’quvchilarga quyidagi savollarni berib,ularni javoblari baholanadi.
1. Yaxshilik deganda nimani tushunasiz ?
2. Nima uchun allomalar yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarish kerakligmi uqtiradilar ?
3. «Yaxshilik» hikoyasini o'qib, mazmuniga diqqat qiling ?
4. Ra'noning buvisi yaxshilikning foydasi haqida nimalar dedi ?
5. Siz ushbu hikoyadan o'zingizga qanday xulosa chiqarib oldingiz ?

Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi




Sana
3-mavzu: Kattaga hurmatda kichikka izzatda bo’ling
Mashg’ulotning maqsadi:
Yaxshi so`zlar va ularning sehri nimada ekanligi haqida ma`lumot berish. O`quvchilarni shirin so`zlikka ,nutqlarida yaxshi so`zlardan ko`proq foydalanishga o`rgatish. O'quvchilarning og`zaki nutqini rivojlantirish,
Kompetensiya: TK-1:nutq va muomala madaniyatiga rioya qiladi; kattalar bilan so‘rashishda odob-axloq bilan muloqotga kirisha oladi, odobli bo‘lishga shaxsiy namuna ko‘rsatadi;
Kun shiori: Kattani katta bil,kichikni kichik
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
I. Mashgf’ulotni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash.
Asosiy qism.
1.Dars ushbu she`rni ifodali o`qish bilan boshlanadi.
Har bir gap-u so’zimiz
go’yo oyna ko’zgumiz.
Aytgan har so’zimizda
ko’rinamiz o’zimiz.
Qanday yaxshi so’z-kalom,
odob boshi «Assalom».
Xush yoqadi hamma vaqt
«Rahmat», «xo’p-xo’p», «marhamat».
So’nggi so’z ham alomat —
«Xayr, bo’ling salomat».
2.”Shirin va achchiq so`zlarga ”qiyosiy klaster tuzadilar.
3.Allomalarning til haqidagi ibratli sozlaridan namunalar keltiish.
«Ko’ngilda til nayzasining jarohati bitmas va bu jarohatga hech narsa malham bo’lolmas. Qaysi ko’ngilda til nayzasining jarohati bordir, unga faqat yaxshi so’z va shirin til malham va rohatdir. Muloyim so’z vahshiylarni do’stga aylantiradi, sehrgar ohang bilan afsun o’qib, ilonni inidan chiqaradi». Bu hikmatli so’zlarni Alisher Navoiy biz avlodlarga meros qoldirgan. Darhaqiqat, tananing biron a'zosiga shikast yetsa, unga malham qo’yamiz. Jarohat tuzalgach, esdan chiqaramiz. Kimdir dilimizni og'ritsa, yomon gap bilan haqorat qilsachi? Bu insonning yodidan chiqishi qiyin.
4.Darslikda berilgan ”Tilingni avayla- omondir boshing” hikoyasi mazmuni ustida ishlash.5.Qiyin so`zlar ustida lug`at ishi o`tkazish.
Mashg’ulotni yakunlash:
O’quvchilarga quyidagi savollarni berib,ularni javoblari baholanadi.
1.Til insonni ham dosti ham dushmanidir degan fikrni izohlang ?
2.Siz qanday sehrli so’zlarni ishlatasiz ?
3. O’ylamasdan aytilgan so’z qanday oqibatlaga olib kelishi mumkin ?

Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi


4-mavzu: Ona maktab bag`rida
I.Kirish:
Maqsad :Maktab va unu sevish , ilm olishga havas uyg`otish .Maktab qonun -qoidalariga rioya qilish haqida suhbatlashish.
Kompetensiya — TK-1:doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashadi; TK-2:jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish hissini oshiradi
Kun shiori:Maktabimiz-ikkinchi uyimiz
Ko`rgazmali qurollar:Maktab tasviri , o`quvchlarning maktabda o`zini tutish qonun –qoidalari yozilgan A-3 formatli qog`oz,DVD.
Tashkiliy qism.
Maktabda o`tkazilgan tadbirlardan lavhalar aks ettirilgan videorolik namoyish etiladi va o`quvchilarni mashg`ulot maqsadi bilan tanishtiriladi.
II- Asosiy qism:
O`qituvchi: “Sentyabr tongi” Safo Ochil she`rini o`qib beradi.
Sentyabrning gozal tongi,
Kiyim kiygan hamma yangi.
Keng o`lkamiz bo`ylab yangrar,
Hur yoshlikning sho`x ohangi.


Har yoq bayram tusin olgan,
Undan maktab husn olgan,
Sevgan ona –Vatanimiz,
Dilimizga sevinch solgan .
Sinflarni to`ldirib biz ,

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish