O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurigadi
Ta’im sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Karvonsaroy
Xuroson mamlakati poytaxtiga aylangan G’azna
shahriga kirish
darvozasi yonida bunyod etilgan karvonsaroyda dunyoning hamma
chekkalaridan savdo-sotiq ishlari bilan kelgan turli millat, qavm, elatlarga
mansub savdo ahliga yo’liqasiz. Nariyog’i Iroq,
Misr Yunoniston,
Makka-yu Madinadan, berirog’i Qoshg’ar,
Hindiston va Chindan,
Buxoro, Samarqand singari mamlakat va shaharlardan kelganlarining
son-sanog’i yo’qdek.
Kashmiriy zarbof shohilar, turli qimmatbaho
zargarlik
buyumlari, nodir xitoyi chinni asboblar, don-dun,
meva-cheva
deysizmi, hamma-hammasi bor bunda. Bir tomondan turli gazlama, uy-
ro’z’gor buyumlari ortilgan aravalar, tuyalar, ot-ulovlar tirband. Odamlar
chehrasiga boqib, kelgan yurtini bilib olish qiyin emas.
Ayniqsa, Hindistondan
keltirilgan mollar, turli, rangorang shohi sarilar
yoki zargarlik buyumlari behisob.
Savdo ahlining G’aznaga oqib kelishiga tag’in bir sabab, bunda kundan-
kun
rivoj topib, keengayib borayotgan G’aznaviylar salatanati dovrug’i
bo’ldi.
(121 so’z)