3. Test topshiriqlarining mazmuni va tuzilishi.
Intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo'yicha test topshiriqlari quyidagi
xalqaro metodlar asosida amalga oshiriladi: noverbal intellektni aniqlashda Ravenning
progressiv matritsalari testi, intellektual koeffitsentni aniqlashda Ayzing testlari,
Intellekt tuzulishini diagnostika qilishda Amtxauer testlari, IQ ni baholashda Veksler
testlari, umumiy intellekt va uning tarkibiy komponentlarini diagnostika qilish.
Test topshiriqlari o‘quvchilarning intellektual qobiliyati darajasini belgilashga
qaratilgan. Ular o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash, mantiqiy bog’liqlikni o‘rnatish,
harakatlarning mantiqiy ketma ketligi, turli tushunchalardagi bilim darajasi, faktlarni
solishtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni aniqlash qobiliyatini tekshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |