Bog'liq O‘zbekiston Respublikasi valyuta tizimining rivojlanish
Yuqoridagilardan tashqari tijorat bankining xorijiy valyutaga bo’lgan o’z zaruriy ehtiyojlari mavjud. Masalan, jahon valyuta bozorida oldi-sotdi baholarining farqi sifatida foyda olish maqsadida xorijiy valyutalarni sotib olish, valyuta kursining tebranishi oqibatida vujudga keladigan valyuta tavakkalchiliklarining oldini olish maqsadida xedjinglash bilan bog’liq turli valyuta operatsiyalarini amalga oshirish. Shu bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 4 oktyabrdagi "O’zbekiston Respublikasi valyuta bozorini rivojlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida"gi qaroriga binoan tijorat banklari O’zbekiston Respublikasi hududida somning ichki konvertatsiyasiga muvofiq naqd valyuta oldi-sotdisi bilan bog’liq operatsiyalar bilan ham shug’ullanadilar. Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga muvofiq 1994 yilning 15 oktyabridan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida pul sifatida muomalada faqat respublikaning milliy valyutasi "so’m" yuradi. Boshqa davlatlarning milliy valyutalari, ya'ni xorijiy valyutalarning pul sifatida muomalasi O’zbekiston hududida qonun bilan taqiqlangan.

O’zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan o’z milliy valyutasini muomalaga kiritishgacha bo’lgan butun davr oralig’idagi iqtisodiy holat pul qadrsizlanishining nihoyatda yuqori darajasi, moliyaviy va iqtisodiy beqarorlik bilan xarakterlanadi. Shu sababli 1992 yilning may-iyun oylaridan boshlab qator sobiq ittifoq respublikalari o’z milliy valyutalarini amalga kirita boshladilar.
O’zbekiston Respublikasida valyuta munosabatlariga mustaqillik yillarida asos solingan. 1993 yilning 15 noyabrida dastlabki oraliq "so’m-kupon" valyutasi joriy etildi. Bunga, ya'ni oraliq valyutaning joriy etilishiga sabab milliy pul islohotining iqtisodiy, texnik va ijtimoiy tomonlarini tartibga solish uchun respublika ichki iqtisodiyotining real omillarini yanada to’liqroq aniqlash hamda hisobga olish sabab bo’ldi.
Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 22 noyabrdagi "Iste'mol bozorini himoyalash va respublikada pul muomalasini mustahkamlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qaroriga muvofiq 1993 yil 1 dekabrdan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida sobiq SSRI Davlat bankining 1961-1992 yillar namunasidagi qiymati 200, 500 va 1000 rubl bo’lgan pul biletlarini to’lov vositasi sifatida qabul qilish to’xtatildi.
Mazkur qarorda 1961-1992 yillar namunasidagi qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50 va 100 rubl bo’lgan kupyuralar cheklovlarsiz parallel to’lov vositasi sifatida muomalada bo’lishi qayd etilgan edi. 50 va 100 rubl qiymatidagi kupyuralar 1993 yil 15 dekabrgacha, qiymati 1, 3, 5, 10, 25 rubl bo’lgan kupyuralar esa 1994 yil 1 yanvargacha muomalada bo’ldi.