1997 – 2002 yillar davrida O’zbekistondagi xorijiy investitsiyalar bilan tashkil etilgan korxonalar faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari. 5
Ko’rsatkichlar
|
1997
|
1998
|
1999
|
2000
|
2001
|
2002
|
Ro’yxatga olingan korxonalar soni (dona)
|
3278
|
3594
|
3554
|
3445
|
3301
|
3322
|
shu jumladan xuquqiy ishlab turganlari (dona)
|
1963
|
1951
|
1910
|
1795
|
1958
|
2087
|
Ulardan hisоbоt taqdim etganlar sоni
|
-
|
-
|
-
|
525
|
1708
|
1861
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot xajmi, mlrd. so’m (joriy baholarda)
|
123,5
|
176,6
|
266,6
|
386,7
|
610,2
|
1044,2
|
Eksport, mln. AQSH dol.
|
399,6
|
342,9
|
371,5
|
451,6
|
416,9
|
442,96
|
Import, mln. AQSH dol.
|
1777,9
|
1116,8
|
1027,8
|
760,5
|
937,2
|
705,1
|
Keltirilgan jadval malumotlaridan ko’rinib turibdiki 1997chi yildan 2002chi yilga qadar xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilib, ro’yxatga olingan korxonalar soni 44ga oshgan. SHu jumladan, faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar soni 124-ga ko’paygan. Tahlil etilayotgan davr ichida ushbu korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 920,7 mlrd. so’mga oshgan. Bugungi kunda mamlakatimizda umumiy qiymati 3,6 mlrd. AQSH dollari qiymatiga teng 109ta ustuvor investitsion loyiha, jumladan, 725 mln. AQSH dollari qiymatiga teng 38ta to’q’ridan-to’q’ri xorijiy investitsiya jalb etilgan loyiha amalga oshirilmoqda.
2002 yili iqtisоdiqtga jalb etilgan barcha invеstitsiyalar hajmi 3,8 fоizga o’sib, 1 trln. 400 mlrd. so’mdan оshdi. Jami inchеstitsiyalarning 58 fоizi ishlab turgan kоrxоnalarni rеkоnstruktsiyalashga, tеxnikaviy va tеxnоlоgik jihatdan qayta jixоzlashga hamda yangi quvvatlarni ishga tushirishga yo’naltirildi. Jalb etilgan invеstitsiyalarning 650 mln. AQSH dоllaridan оrtiq’i qki 20 fоizdan ko’prоq’i xоrijiy invеstitsiyalardir. Invеstitsiyalar umumiy hajmida kоrxоnalarning o’ziga tеgishli bo’lgan rеsurslarning 27,5 fоizdan 40 fоizga оshganini ijоbiy hоlat sifatida ko’rish mumkin.
2003 yilni 1 yanvar xоlatiga chеt el invеstitsiyasi kiritilgan kоrxоnalar sоni 3322ni tashkil etmoqda. 2002 yilda zikr etilgan korxonalarni 2087tasi bevosita ishlab chiqarish bilan mashq’ul bo’lgan va ularning faqat uchdan bir qismigina o’z mahsulot va xizmatlarini eksport qila oldi. 6
Sobiq Ittifoq tizimining yakka hukmronligi sharoitida esa tashqi iqtisodiy faoliyatdan tushgan barcha oltin-valyuta zaxiralari yagona markazda to’plangan edi. Bu albatta, yagona markazlashgan davlat bo’lgan Sovet Ittifoqining tabiatiga mos holat edi. Respublikalarning tashqi savdo operatsiyalariga qo’shgan hissasi, eksport tushumlaridagi hissasi hech kimni qiziqtirmas edi. Bu holat respublikalarni umuman tashqi iqtisodiy faoliyatda kengroq qatnashishga raq’batlantirmas edi.
O’zbekiston o’z mustaqilligi arafasiga iqtisodiy inqirozga “tayyor” holda etib keldi. Maúmuriy narxni belgilash tizimi orqali bostirib turilgan makroiqtisodiy beqarorlik keyingi tizimli o’zgarishlar amalga oshirilishi jarayonida yuzaga chiqishi zarur edi. Sobiq ittifoqdan O’zbekistonga oq’ir meros – texnik jahatdan eskirgan, yuksak darajada monopollashgan, boshqaruvning markazlashtirilgan-maúmuriy usullariga asoslangan samarasiz iqtisodiyot meros bo’lib o’tdi.
Mustaqillikka erishilgan dastlabki kunlardan O’zbekiston Prezidenti boshchiligida Respublika hukumati tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy siyosat birinchi navbatda ishlab chiqarishning butunlay inqirozga yuz tutishiga va aholi turmush darajasining jiddiy pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslikka, savdo balansining ahvolini yaxshilashga, iqtisodiyot tuzilishini takomillashtirishga qaratilgan edi.
Mustaqillikning birinchi yillarida O’zbekiston hukumati siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish paytida ikki o’zaro ziddiyatli, biri ikkinchisini inkor qiladigan holatga duch kelib qoldi: bir tomondan, siyosiy mustaqillik, boshqa tomondan – yagona rubl, demak, iqtisodiy qaram zonada turganlik holati edi. Bu holat nafaqat O’zbekiston, balki sobiq Ittifoqning boshqa respublikalari uchun o’ziga xos xususiyat edi.
Iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich, izchil ravishda o’tkazish O’zbekistonga MDHdagi boshqa mamlakatlardagiga nisbatan xo’jalik sharoitlarining keskin yomonlashib ketishiga yo’l qo’ymaslik imkonini berdi. Biroq, baribir, qator tashqi va ichki omillar taúsirida makroiqtisodiy barqarorlikning obúektiv ravishda o’sishiga barham berishning iloji bo’lmadi. Rejali iqtisodiyot yillarida to’planib qolgan yashirin makroiqtisodiy barqarorlikning yuzaga chiqishi O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin yuz berdi. Iqtisodiy erkinlashtirishning ana shu dastlabki yillarida yashirin makrоiqtisodiy nomutanosibliklar inflyatsiya surúatlarining tezlashishida, davlat byudjeti tahchilligining o’sishida, milliy valyutaning devalüvatsiyasida va savdo balansi ahvolining jiddiy yomonlashuvida namoyon bo’ldi.
Mustaqillikdan so’ng Respublika hukumatining birinchi qarorlaridan biri Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankini tashkil etish to’Qrisidagi qarori bo’ldi. ßuni, Prezidentimiz taúbirlaricha, “Milliy tashqi iqtisodiy faoliyat banki esa mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq tashkil etilgan edi”. 7
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining tashkil etilishi bilan yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish uchun imkoniyatlar yaratilib, xalqaro va davlatlararo hisob-kitoblar bevosita o’z milliy bankimiz orqali amalga oshirila boshlandi. 1991 yilning o’zidayoq “Banklar va bank faoliyati to’Qrisida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga ko’ra eski Davlat bankining respublika idorasi asosida mustaqil O’zbekistonning Markaziy banki tashkil etildi va unga respublika davlat, emission va zaxira banki mavqei berildi. Respublika bank tizimi yaratilishi va faoliyat ko’rsatishi uchun qonuniy asoslar yaratildi. Aktsiyadorlik va xususiy asosda tashkil etiladigan tijorat banklarini ochishga yo’l ochildi, chet el kapitali ishtirokidagi banklar, xorijiy banklarni filiallari va vakolatxonalarini ochishga ruxsat berildi.
Ushbu o’z vaqtida amalga oshirilgan chora-tadbirlar oqibatida korxonalar o’rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida vujudga kelgan qiyinchiliklar sezilarli darajada yumshatildi. Bundan tashqari, ushbu chora-tadbirlar iqtisodiy mustaqillikka erishish yo’lidagi dastlabki qadamlar edi. Bunga erishishning eng muhim shartlaridan biri o’z milliy valyutamizni muomalaga kiritish edi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122chi moddasi va “O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari to’Qrisida”gi Qonunning 11chi moddasi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993 yil 3 sentyabrdagi 952-XI sonli Qaroriga muvofiq 1994 yil 1 iyuldan boshlab, O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to’lov vositasi bo’lgan milliy valyuta “so’m” muomalaga kiritildi. Milliy valyuta “so’m”ning muomalaga kiritilishi bilan pul-kredit siyosati, birinchi navbatda, inflyatsiya darajasini pasaytirishga, makroiqtisodiy barqarorlikni taminlashga, iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini qo’llab-quvvatlashga va shu orqali iqtisodiy o’sishni taminlashga yo’naltirildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida inflyatsiyaning o’rtacha oylik darajasi 2001 yilgi 2,0 foizga nisbatan 2002 yilda 1,6 foizni tashkil etdi.8 Natijada bank foiz stavkalarining pasayishi uchun shart-sharoit yaratildi, bu esa o’z navbatida jamq’arma va qisqa muddatli kreditlash jarayonlarini raq’batlantirdi.
Qishloq xo’jaligini rivojlantirish va yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklariga markazlashgan kredit resurslari ajratilib berildi. Ushbu kreditlar asosan ishlab chiqarish sohasiga, avvalambor eksportbop va import o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan tarmoqlarni rivojlantirishga hamda asosiy fondlar va texnologiyalarni yangilashni raq’batlantirishga yo’naltirilgan. Jumladan, kreditlarning katta qismi, “O’zDEUavto” qo’shma korxonasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, “Kvarts” ishlab chiqarish birlashmasi, Qizilqum fosforit kombinati, “Kimyoviy tolalar” ishlab chiqarish birlashmasi, ßngiyo’l biokimyo zavodi kabi umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan yirik investitsiya loyihalarini qo’llab-quvvatlash va ro’yobga chiqarishga yo’naltirildi. Bayon etilgan fikrlarni tasdiQi sifatida quyidagi jadval maúlumotlarini ko’rib chiqamiz.
Jadval 2.
Do'stlaringiz bilan baham: |