O’zbеkistоn rеspublikаsi



Download 110,64 Mb.
bet188/655
Sana31.12.2021
Hajmi110,64 Mb.
#276347
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   655
Bog'liq
ФАЛСАФА МАЖМУА-2019 янги охирги

Maykl Polani (1891-1976) yaratgan yashirin shaxsiy bilim konsepsiyasi o’ziga xosligi va oldingi bosqichning normativ-rasionalistik muammolariga nomuvofiqligi bilan ajralib turadi.

M.Polani epistemologiyasida antropologik mo’ljallar ancha kuchlidir. Uning asosiy tezislari:



  • Fanni mahoratli odamlar yaratadi.

  • Bilish faoliyati san’atini darslikdan o’rganish mumkin emas. U faqat bevosita mahorat bilan o’tadi.

  • Fanni yaratuvchi odamlar boshqalar bilan almashtirilishi va o’zlari yaratgan bilimdan ajratilishi mumkin emas.

  • Ilmiy bilish faoliyatida fanga, uning qimmatiga bo’lgan ichki ishonch kechinmalari shaxsiy tajribasi motivlari, shuningdek olimning manfaatdorligi, shaxsiy mas’uliyati o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.

M.Polani uchun shaxsiy bilim – bu biluvchining intellektual jonbozligi, fidokorligidir. U nomukammallikdan dalolat bersada biroq bilimning zaruriy elementi hisoblanadi. U bizning dunyo manzaramizdan inson imkoniyatlarini chiqarib tashlashga bo’lgan har qanday urinish muqarrar tarzda mantiqsizlikka olib kelishini qayd etadi. Haqiqatni aniqlash bizning formal belgilash mumkin bo’lmagan ayrim xususiy, implisit asoslarimiz va mezonlarimizga bog’liq bo’lib qolishiga olimning ishonchi komil. So’zlarda ifodalangan haqiqat maqomi tegishli tarzda cheklanishi ham muqarrardir.

Polani e’tiqodning bilish jarayonidagi ulkan roliga yangicha baho beradi. U e’tiqod obro’sizlanishi natijasida hozirgi odam dinga e’tiqod qilish bilan bog’liq vaziyatlarning cheklangan sonidan biron-bir fikrlarni ishonch bilan qabul qilish qobiliyatini yo’qotganini, e’tiqod hodisasi umumiylikni bilish imkonini bermaydigan subyektiv ro’yo maqomini olganini qayd etadi. Muallif fikriga ko’ra, bugun biz e’tiqod bilim manbai hisoblanishini yana tan olishimiz lozim. Jamiyatdagi o’zaro ishonch tizimi zamirida e’tiqod yotadi. Ochiq va yashirin murosa, intellektual ehtiroslilik, madaniy vorisiylik – bularning barchasi e’tiqod bilan uzviy bog’liq turtkilarni nazarda tutadi. Aql e’tiqodga o’zining muhim asosi sifatida tayanadi, biroq har safar unga shubha bildirishga qodir. Aksiomalar, qoidalar va tamoyillar to’plamlarining paydo bo’lishi va mavjudligi ham bizning dunyo bilish mumkin bo’lgan yetuk va uyg’un birlik ekanligiga bo’lgan ishonchimiz bilan chambarchas bog’liq.

Bilish mahoratini tavsiflash va til vositalari bilan ifodalash mumkin emasligi muallif uchun oydek ravshandir. Bu tezis fanning bir xillashtirilgan tilini yaratish vazifasiga, hyech shubhasiz, ziddir. Mutafakkir fikriga ko’ra, ilmiy maqolalar va darsliklarning matnlarida ifodalangan ilmiy bilim ong diqqat markazida turuvchi bilimlarning bir qismi, xolos. Ularning ikkinchi qismi bilish jarayoniga doimo yo’ldosh bo’lgan chetdagi (yoki yashirin) bilim yarmida jamlangandir. Bu bilimni «sezgilarni tusmollab anglash» bilan o’xshashlik bo’yicha va qo’lda mavjud asbob yordamida talqin qilish mumkin. Shusiz faoliyat jarayoni izchil amalga oshishi mumkin emas. Bilish asbob yoki mo’ljal sifatida foydalaniluvchi ayrim narsalarni tartibga solish va ularni sun’iy nazariy yoki amaliy natijada rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu holda bizning ongimiz bosh «ong nuqtasi»ga, biz pirovard natijada erishadigan yaxlitlikka nisbatan «periferik» hisoblanadi.

Talqinchilar M.Polani taklif qilgan shaxsiy bilim konsepsiyasida tafakkur va nutqning uch asosiy sohasi yoki uch variantini farqlaydi.

Birinchisi so’zdagi ifodasi o’ziga to’q bo’lmagan yashirin bilim sohasi bilan tavsiflanadi. Bu sohani ifodalab bo’lmaydigan bilim sohasi deb nomlash mumkin. U kechinmalarga va hayot taassurotlariga asoslangan bilimlarni qamrab oladi. Bu teran shaxsiy bilimlarni ifodalash va ijtimoiylashtirish juda qiyin. San’at doim bu vazifani o’z vositalari bilan yechishga harakat qilgan. Hamdardlik harakatida dunyoga va hayotga hayot dramasi qahramonining ko’zlari bilan qarash ko’nikmasi aks etgan.

Ikkinchisi – nutq vositalari bilan ancha yaxshi ifodalanuvchi bilim sohasi. Bu yerda tafakkur elementi yaxshi tushunarli nutq bilan uzatilishi mumkin bo’lgan axborot tarzida mavjuddir, shu bois bu sohada sukut saqlovchi bilim o’zi ifodalangan matn bilan mos tushadi.

Tushunish mushkul bo’lgan uchinchi sohada tafakkurning noverbal mazmuni va nutq vositalari o’rtasida fikrning mazmunini konsentuallashtirishga xalaqit beruvchi nomuvofiqlik mavjud. Bu yashirin bilim va formal bilim bir-biriga bog’liq bo’lmagan sohadir.

Shaxsiy, yashirin bilim hajmiga obyekt bilan tanishish mexanizmi ham kiradi. Bu mexanizmning amal qilishi natijasida obyekt hayot faoliyati jarayoniga qo’shiladi, u bilan muomala qilish ko’nikmalari va mahorati shakllanadi.

Shunday qilib, obyekt bilan tanishish u haqdagi dastlabki bilim sifatida, insonning shaxsiy bilimiga aylanadi. Biroq shuni ta’kidlash lozimki, ko’nikmalar faoliyat tarziga ko’ra o’xshash bo’lsa-da, amalda har xil va o’ziga xosdir. Birovning ko’nikmasi vazifasi shaxsiy bilimning o’z qatlamini yuzaga keltiradi.

M.Polani konsepsiyasining yangiligi shundaki, unda ilmiy qoidalar ma’nosi yashirin bilimning, o’z teran asoslarida instrumental xususiyat kasb etuvchi «bilim»ning mavhum kontekstiga bog’liq bo’ladi. U insonning butun moddiy tuzilishi bilan belgilanadi va artikulyasiya qilinmay qolgan instrumental bilim bilan uzviydir. Polani ma’no e’lon qilinuvchi mulohazada mujassamlashgan shaxsiy ishonch bilan ham uzviy ekanligini qayd etadi.

M.Polani ilmiy bilim o’sishining bilish faoliyatining amaldagi shaxsiy-kognitiv mexanizmlari hisobga olinuvchi yangi modelini o’ylash lozim, degan xulosaga keldi.


Download 110,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   655




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish