O’zbеkistоn rеspublikаsi



Download 110,64 Mb.
bet167/655
Sana31.12.2021
Hajmi110,64 Mb.
#276347
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   655
Bog'liq
ФАЛСАФА МАЖМУА-2019 янги охирги

2-masala. Yevropada Qadimgi Yunon va Rimdan o’rta asrlar falsafasigacha, ya’ni miloddan ilgarigi I asrdan milodning XIV asrigacha, bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar paydo bo’ldi va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni ko’rish mumkin: 1. Xristi-anlikning shakllanib davlatdini va mafkurasiga aylannshi. 2. O’rta asrlarga kelib inkvizisiyaning ustuvor yo’nalishga aylanishi. Gnos­tika, apologetika, patristika, realizm, nominalizm va boshqa oqimlar o’sha davr falsafasining qiyofasini belgilaydi.

Bu davr falsafasida o’z o’rniga ega bo’lgan gnostisizm eramizning 150 yillarida o’zining yuksak ravnaqiga erishadi. Ular shunday falsafiy ta’limot yaratdilarki, ularning fikricha, Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o’z tabiatining ruhiy jihati bilan xudoga moslashgan. Bu masalada gnostisizm faylasuflari xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar.

Dualizm — gnostisizmning asosiy yo’nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dunyo o’rtasida mustahkam chegara mavjud, deb ta’kidlaydilar. Ular ta’limotida materiya hamma vaqt yovuzlik timsolidir. Bundan ular Xudo hyech mahal moddiy dunyoni yaratishi mumkin emas, deb xisoblaydilar

Apologetlar xristianlik tarixida I va III asrlarda vujudga keldi. Apologetika so’zining lug’aviy ma’nosi "himoya qilish", demaqsir. Apologetlar hukumatning xristianlikka bo’lgan dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta’kib qilishi hyech qanday okdashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar, o’z asarlarida mushriklik (ko’p Xudolik) adabiyotlaridan olingan bahslashish (dia­log) shaklidan yoki apologetikaning mumtoz shaklidan foydalanganlar.

Apologetlar asarlarida ikki an’ana yaqqol sezilib turadi. Ya’ni, inkor qilish va tasdiklash. Ular eng avval mushriklar tomonidan xristianlikka qo’yilgan ayblar — g’ayriodatiy harakatlar, dabdababozlik kabilarni inkor qilganlar. Xristianlikning sofligini esa tasdiqlaganlar. Bu sohada Yustinning "Birinchi apologeya", "Ikkinchi apologeya" asarlarini. Tulcan va_Anaksagor kabi fayla-suflar faoliyatini ta’kidlash lozim.

“Patristika” suzi “ota” (“padre”) so’zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda Yevropada yepiskoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. Sharkda mashhur bo’lgan cherkov otalaridan biri Ioan Zlatoust (347—407) edi. Uning 640 ta da’vatlaridan ko’pchiligi avliyo Pavel nomalarinint sharhi edi. Uning asarlarida Injilni amaliy qo’llash sof axloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.

G’arbda eng yirik cherkov otalaridan biri "Pok" degan unvonga sazovor bo’lgan Avreliy Avgustin (354—430) hisoblanadi. U faylasuf va ilohiyotchi bo’lgan. Uning o’sha davrdagi eng mash-hur asarlaridan biri "Sig’inish" 401 yilda yozilgan. Bu asarda u o’zining xristianlikkacha bo’lgan hayotini yozadi. "Bibliya" oyatlari ramziy — timsoliy bayon kilinadi. U mushriklik falsafasini qora-laydi. Uningcha, bu falsafa insonni xristian dinichalik hyech mahal haqiqatga olib kelmaydi. Avgustin bahs shaklida boshqa (dialog) falsafiy asarlar yozgan.

“Sxolastika” so’zchi yunoncha "shkola"dan ("shola") olingan bo’lib, "o’qish joyi", "maktab" ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o’qituvchi-lik qilganlarni yoki umuman saroy maktabidagi o’qituvchilarni sxo-lastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni o’rganishda falsafani tatbiq qilgan o’rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani ma’lum darajada ilohiyotni aqlga moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bo’lgan intilish, deb ham baholash mumkin. O’sha davrda ilohiyotni muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilish toqozo qilinardi. Sxolastlarning maqsadi e’tiqod aqlga muvofiqmi, de-gan savolta javob berish bo’lgan.

Realizm.

Uning yirik vakillaridan biri kenterberiyalik Anselm (1038— 1109)dir. U Shimoliy Italiyada tug’ilgan, 1093 yilda Kenterberiysk shahrining arxiyepiskopi etib tayinlanadi. Anselm o’zining ikki asari bilan mashhur.

Birinchisi, "Monopoliya" — Xudoning borligini sabab va oqibat munosabatlari tizimida isbot qilish. Bu isbot — kosmologik isbotning shakli sifatida shunday talqin qilinadi: inson hayotda ko’p ne’matlardan foydalanadi. Bu ne’matlar esa eng oliy ilohiy ne’matlarning aksidir. Ular orqali hamma narsalar mavjuddir. Uzluksiz tanazzulni tasavvur qilib bo’lmagani sababli hamma narsaning, bir sababchisi bo’lishi kerakki, biz uni Xudo deb ataymiz.

Anselmning ikkinchi asari "Prologion" Xudo borligining deduktiv isbotidir. Uning ta’kidlashicha, har bir odam uchun oliy va komil mohiyat haqida g’oya mavjuddir. Bu g’oya esa obektiv mavjudlikka ega bo’lgan reallikka mos keladi.

Arastu ta’limotining ko’p tomonlarini qabul qilgan o’rta asr sxolastlari mo’tadil realistlar, deb atalganlar. Ularning yirik vakillari Per Abelyar va Foma Akvinskiylar bo’lgan.

Britaniyada tutilgan P. Abelyar (1079— 1142) Per Abelyar juda yoshligidanoq o’z bilimi bilan mashxur edi. Abelyar — mo’tadil realistdir. Uning ta’kidlashicha, reallik yoki universaliy dastlab Xudo aklida mavjuddir, undan keyin narsalarnin o’zida mavjuddir va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir, abelyar "Men e’tiqod qilish uchun bilaman", degan g’oyani ilgari surgan. Uning fikricha, insonning o’limi Xudoni rozi qilish uchun emas, balki odamlarni Xudoga bo’lgan muhabbat bilan taajjubga solish va odamlarga axloqiy ta’sir ko’rsatish maqsadida sodir bo’ladi. Bu bilan odamlar o’z hayotini xudoga bo’ysundiradilar. Bu qarash axlo-qiy ta’sir qilish nazariyasi deb ataladi.

Foma Akvinskiy (1224—1292) mo’tadil realizmning yana bir yirik vakili hisoblanadi.

Akvinskiy ta’limoticha, dunyo iyerarxik narvondan iboratdir. Uning eng quyi qismida yer va 4 elementdan iborat bo’lgan hamma narsalar mavjuddir. Odam ruhi xudo va moddiy dunyo o’rtasidagi joyni egallaydi. Dunyoviy jamiyat tepasida esa, papa boshchiligidagi ilohiy davlat turadi.

G’arb ma’naviy sivilizasiyasi o’zgarishlarga, haqiqatning tagiga yetish yo’lidagi izlanishlarga ochiq bo’lgan. Bu izlanishlar turli, shu jumladan ateistik, intellektual va amaliy yo’nalishlarda kechgan.

Umuman olganda qadimgi dunyo falsafasi keyingi davrlardagi falsafiy tafakkur va madaniyatga, kishilik jamiyatining rivojlanishiga ulkan ta’sir ko’rsatgan.

O’rta asrlarda G’arb va Sharqda falsafa rivojlanishining umumiy belgilari. Birinchidan, o’rta asrlar G’arb va Sharq falsafasi avvalo feodal jamiyat falsafasi bo’lib, u ilohiyot va dinning hukmronligi bilan tavsiflanadi. Feodal tuzum sharoitida feodal mulkdorlik bilan bir qatorda hunarmandlar va dehqonlarning shaxsiy mehnatiga asoslangan xususiy xo’jaligi mavjud bo’lgan. Feodal ishchini sotishi va sotib olishi mumkin bo’lgan, lekin ishchini o’ldirish huquqi unga berilmagan. Ishlab chiqarish munosabatlarining bunday rivojlanishi ularni ijtimoiy-psixologik va mafkuraviy jihatdan mustahkamlashni talab qilgan. Feodal madaniyatni mafkuraviy jihatdan ta’minlovchi integrasion asos din bo’lgan.

Ikkinchidan, o’rta asrlarda din G’arbda ham, Sharqda ham feodal jamiyatning hukmron mafkurasi hisoblangan. Bu davrda cherkov eng yirik kuch bo’lgan. Shuningdek, u siyosiy jihatdan ham o’ta markazlashgan tashkilot sanalgan. Dindorlar amalda birdan-bir o’qimishli odamlar bo’lgan. Yurisprudensiya, tabiatshunoslik va falsafaning mazmuni cherkov ta’limoti bilan muvofiq holatga keltirilgan.

Muqaddas kitob aqidalari falsafiy mulohazalarning tayanch nuqtasiga aylangan. Bu davrda bilim emas, balki e’tiqod, fan emas, balki din afzal ko’rilgan. Teosentrizm, ya’ni Xudoga, uning mohiyatiga dunyoning birinchi sababi va birinchi asosi sifatida yondashish o’rta asrlar falsafasiga xos xususiyatdir. Masalan, o’rta asrlarda Xitoyda dao haqidagi ta’limot din ehtiyojlariga to’la moslashtirilgan: dao tabiiy qonun sifatida emas, balki ilohiy qonun sifatida namoyon bo’lgan.

Buddizm falsafasi asosiy e’tiborni borliqning o’tkinchiligi va yo’qlikning haqiqiyligi, jonning boqiyligi va abadiy ma’naviy dunyoni anglab yetish yo’lida o’zlikni kamolotga yetkazish orqali uning o’z shakl-shamoyilini o’zgartirishi muammolarini o’rganishga qaratgan.

Konfusiychilik feodal tuzumni oqlash uchun buddizm va daosizmning idealistik va daosizm g’yalarini o’zlashtirgan: odamlar o’zlarining «yomon» niyatlarini jilovlab, taqdirga bo’ysunishlari lozim. Hokimiyatga bo’ysunish, uni ardoqlash va hurmat qilishni talab etuvchi «Osmon qonuni» haqidagi ta’limot konfusiychilikda eng muhim ta’limotga aylangan.


Download 110,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   655




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish