O’zbеkistоn rеspublikаsi



Download 110,64 Mb.
bet146/655
Sana31.12.2021
Hajmi110,64 Mb.
#276347
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   655
Bog'liq
ФАЛСАФА МАЖМУА-2019 янги охирги

Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yillar, asarlari: “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Minerologiya”), tabiat va uning obyektiv qonunlari mavjudligiga shubha qilmagan. U tabiat muttasil o’zgarish va rivojlanishda bo’ladi, materiya narsalar shaklini o’zi yaratadi va o’zgartiradi, jon (tafakkur, ma’naviy hodisalar) tananing muhim xossasidir, deb ta’kidlagan. Uning fikricha, materiya hamma narsalarni yaratadi, ular bir shaldan ikkinchi shaklga o’zgaradi. Tabiat doimo to’xtovsiz harakatda, o’zgarishda. Beruniy ijtimoiy-siyosiy qarashlari Forobiynikiga o’xshab ketadi. U o’zini axloq falsafasiga katta e’tibor beradi. Unga ko’ra, mardlik, jasarat faqat o’zini emas, boshqalarni ham o’ylashdir. Kerak bo’lganda boshqalarga ham yordam berishdir. Beruniy falsafasicha, insonlar ichki va tashqi poklikka ahamiyat berishlari lozim. Uningcha, ichki poklikning kaliti yaxshi niyatdir. Inson o’z tashqi qiyofasina o’zgartira olmasada, u o’zini tarbiyalay oladi, ni ichki va tashqi jihatdan pok bo’ladi, deydi. Beruniy inson bilan hayvonlar o’rtasida genetik bog’liqlik borligini ko’rolmagan bo’lsa-da, u inson bilan maymun o’rtasida o’xshashlik borligini ta’kidlaydi. Masalan: ular a’zolarining o’xshashligi bilan, tashqi ko’rinishlari bilan ham bir-birlariga o’xshab ketadi, deydi. Beruniy fikricha, inson avvalo hayvondan aqli bilan farq qiladi va u shu bilan hayvonlardan ustun turadi. Beruniy insonni xudo yaratganligini ta’kidlaydi. Beruniy insonning jismoniy tuzilishida umuman uning hayotida geografik omilning roli haqida ajoyib fikrlar bildirgan. Bu haqda u shunday yozadi: «Odamlar tuzilishlarining rang, surat, tabiat va axloqda turlicha bo’lishi faqatgina nasablarining turlicha bo’lishi emas, balki tuproq, suv, havo, joylarning ham turlichaligiga bog’liqdir», deydi. Hatto tillarning turlichaligi ham geografik sharoitlarga bog’liq deb bilib, shunday yozadi: «Tillarning turlicha bo’lishiga sabab odamlarning guruhlarga ajralib ketishi va bir-birlaridan uzoq turishidir».

Beruniy moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni roli jamiyatda katta ahamiyatga egaligi, ehtiyojlarning turli-tuman va son-sanoqsizligini aytadi. U faqat ehtiyojlarni bir xilcha so’zlashadigan kishilar birgalikda ta’minlay olishlari mumkin. Buning uchun kishilardan shaharlar tashkil etish zarurati tug’iladi. Kishilardagi hayotiy ehtiyojlarni birgalashib qondirishga intilish o’zaro bir-birlariga yordamlashish kabi yaxshi niyatlar ularni jamiyatga birlashishga olib keldi, deb hisoblaydi. Ayni paytda Beruniy «Odamlar hammasi bir otaning bolalari va bir-birlariga juda o’xshaydi. Lekin ular oralaridagi raqiblik va ko’rolmovchiliklardan ham holi emas», deydi.

Ma’lumki, tajriba, eksperiment borliqni bilish usullaridan biri hisoblanadi. Beruniy shunday deb yozadi: «Mendagi ishtibohni faqat tajriba va takroriy sinov bartaraf etishi mumkin, ...so’zlovchilarning yakdilligiga qaramay, buning haqiqiyligi tajribada o’z tasdig’ini topmagan»I.

Tadqiqotchilar fikriga ko’ra, «Beruniyni yetarli asos bilan o’rta asr fanida empirik metod yaratuvchilaridan biri deb hisoblash mumkin. U metallar va minerallarning xossalari va solishtirma og’irligini aniqlash bo’yicha bir qancha tajribalar o’tkazdi»II. Tajribada olingan bilimni mutafakkir ayrim me’yorlarga muvofiq ishonchli bilim deb talqin qiladi. Ularning orasida obyektlarning kuzatuvchanligi, tajribalarning qayta o’tkaziluvchanligi va kuzatishlarning tekshiriluvchanligini qayd etish mumkin.

Bu mulohazalar tajriba, bilim olish va uning haqiqiyligini tekshirish metodi sifatida, o’rta asr sharoitida ham ancha keng tarqalgan, deb aytish imkonini beradi.

G’oya ilgari surilgani va ishonchli bilimning olinishi tajriba bilan bog’lanishi, bilimning haqiqiyligi tajribada sinalishi muhimdir.

Beruniyning ijodida kuzatish muhim o’rin egallaydi. Tabiatni ilmiy o’rganishda kuzatish bilishning boshqa shakllari bilan o’zaro bog’langan.

Beruniy fikricha, kuzatuvchi kuzatilayotgan hodisani u yuz berayotgan joyda idrok etadiIII. Binobarin, kuzatish u yoki bu hodisani uning muayyan ko’rinishida qayd etadiIV. Kuzatishlarning eski ma’lumotlari obyektning haqiqiy ko’rsatkichini ancha buzib ifodalashi mumkin.

Beruniy tadqiqotchi o’tkazgan tajriba va uning natijasi amalda ishonchli ekanligini qayd etadi. U «Sinovdan boshqa ustuvor dastur, tajribada tekshirishdan o’zga muvaffaqiyatga eltadigan dasturilamal yo’q»V, deb yozadi.

Beruniy astronomik kuzatishlar vositasida Oy va Quyoshning tutilishi, ularning Yerdagi hayotga ta’siri, iqlim, tabiiy va sun’iy tanlanish, saqlanish, rivojlanish anomaliyasi kabi murakkab muammolarni yangi ilg’or metod va nazariy tamoyillar yordamida yechishga harakat qildi.

Beruniy Sharqda astronomiya kuzatish asboblarini yaratish texnikasining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixida ham yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. U o’sha davrda ilmiy izlanishlar olib borishda foydalanilgan eski asboblarni takomillashtirish va yangilarini yaratishga alohida e’tibor bergan. Olimni o’ta aniqligi va mukammalligi bilan ajralib turuvchi kuzatish asboblarini yaratish imkoniyati masalasi qiziqtirgan.

Shunday qilib, samo jismlarining holatlarini nafaqat asboblar vositasida, balki o’rganilayotgan obyekt xususiyatiga muvofiq amalga oshirishni allomaning ulkan xizmatlaridan biri deb hisoblash mumkin. Bunday metodologik mo’ljal, ilmiy tadqiqotlar jabhasi cheklanganligiga qaramay, ilmiy bilishning yangi yo’llari va vositalarini topish borasidagi izlanishlarda muhim rol o’ynadi.




Download 110,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   655




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish