Atribut – xossa.
Belgi – boshqa bir predmet, xossa yoki munosabatni ifodalaydigan va muayyan xabarni uzatish, saqlash yoki unga ishlov berishda ishlatiladigan moddiy, hissiy idrok etiladigan predmet.
Garmoniya – bir butun narsa qismlarining o’zaro muvofiqligi.
Germenevtika – falsafada – tarix, madaniyatni, o’zga individuallikni tushunish san’ati.
Gipotetik – ehtimol tutilgan, faraz qilingan, taxmin (gipoteza)ga asoslangan.
Globallashuv – ijtimoiy hayotning turli jabhalarida yaxlit tuzilmalarning dunyo miqyosida shakllanish jarayoni.
Globalistika – globallashuv va uning oqibatlari mohiyatini anglab yetishga qaratilgan ilmiy va falsafiy tadqiqotlar fanlararo sohasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |