O’zbеkistоn rеspublikаsi



Download 110,64 Mb.
bet237/655
Sana31.12.2021
Hajmi110,64 Mb.
#276347
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   655
Bog'liq
ФАЛСАФА МАЖМУА-2019 янги охирги

Ijtimoiy vaqt ham o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, u, biologik va planetar-kosmik vaqtdan farqli o’laroq, notekis oqadi. Insoniyat shakllanish jarayonining dastlabki bosqichida boshlangan ijtimoiy vaqt keyingi davrlarda deyarli o’zgarishsiz kechdi va fan-texnika taraqqiyotining ilk alomatlari paydo bo’lishi bilan, XVII-XVIII asrlardan e’tiboran jadalroq sur’at kasb eta boshladi. XX asrda yuz bergan fan-texnika inqilobi ijtimoiy makonni keng qamrab oldi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishiga alohida tus berib, vaqt harakatini misli ko’rilmagan darajada jadallashtirdi. Yer kurrasi «kichrayib», insoniyat uchun tor bo’lib qoldi, uning bir chetidan narigi chetiga o’tish endilikda soatlar bilan (Oy, Mars, Venera va boshqa kosmik jismlarga uchish tezligi va vaqtini hisobga olmaganda) o’lchanmoqdaki, XX asrda buni hatto tasavvur qilish ham mumkin emas edi.

Ijtimoiy vaqtda muayyan odamlar, ijtimoiy jamoalar, ayrim hamjamiyatlar, millatlar, davlatlar va pirovard natijada butun insoniyat borlig’ining vaqt ko’rsatkichlarini farqlab, ijtimoiy vaqt strukturasining murakkabligi to’g’risida ham so’z yuritish mumkin. Ulardan har birining yashash vaqti va sur’ati har xil bo’lib, o’z xususiyatiga ega. Aslini olganda, turli mamlakatlar va xalqlar jamuljam holda butun insoniyatni ifoda etsa-da, amalda turli tarixiy davrlarda: kimdir o’tmishda, kimdir hozirgi davrda, kimdir esa kelajakda yashaydi. Bunga, xususan, amerikalik taniqli futurolog E.Toffler e’tiborni qaratadi. Uning fikricha, «Yer aholisining 70% o’tmishda (turli o’tmishda), 25% - hozirgi davrda, 3% - kelajakda yashaydi, qolganlar esa marginallar bo’lib, ular har qanday vaqtdan tashqaridadir»1.




OLAMNING UNIVERSAL ALOKALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING KONUN VA KATEGORIYALARI

Reja:

1.Falsafa tarixida rivojlanish xakidagi karashlar evolyusiyasi. Rivojlanish konsepsiyalari. Shakllanish, uzgarish va rivojlanish tushunchalari.



2.Barkarorlikning uzgaruvchanligi. Barkarorlik va bekarorlik nisbati. Rivojlanishning tiplari. Ochik tizimlarning evolyusiyasi.

3.Konun tushunchasi. Konunlarning turlari. Bazis va lokal konunlar.

4 .Falsafaning asosiy konulari. Karama-karshilik birlgi va kurashi konuni. Mikdor va sifat uzgarishlari dialektikasi.



5.Inkorni-inkor konuni va vorisiylik.

6 .Kategoriya gushunchasi na ularning turlari. Fan va falsafa kategoriyalarining tasnifi.



  1. Ontologik na munosabatdosh kategoriyalar.



1-MASALA

Axborot sivilizasiyasi davriga qadam qo’yayotgan hozirgi zamon kishisi uchun jadal sur’atlarda o’zgarayotgan dunyo haqidagi tasavvur uning dunyoqarashining ajralmas tarkibiy qismidir. Ammo rivojlanayotgan dunyoning yaxlit nazariy obrazini yaratish – og’ir va mashaqqatli vazifa. Uni yechishning falsafiy yo’li ikki yarim ming yil muqaddam boshlangan bo’lib, shundan beri o’tgan davr mobaynida rivojlanish falsafasi shakllangan va bosqichma-bosqich atroflicha ishlab chiqilgan. Falsafaning mazkur bo’limi rivojlanish muammosini turli nuqtai nazarlardan o’rganuvchi konsepsiyalarni o’z ichiga oladi. Ularning orasida dialektika, metafizika va sinergetika alohida o’rin egallaydi. Ularning ayniqsa keng e’tirof etilgani va mufassal ishlab chiqilgani dialektikadir. Shu sababli bu bo’limda unga asosiy e’tibor qaratiladi. Dialektikani bilish, uning tamoyillari, qonunlari va kategoriyalaridan ijodiy foydalanish har qanday soha mutaxassisi aniq dunyoqarashi va metodologik intizomining muhim sharti hisoblanadi.

Dialektika nima, uning mazmuni nimadan iborat, rivojlanishning dialektikaga muqobil qanday konsepsiyalari mavjud?


Download 110,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   655




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish