Yer tarixi. Ilmiy tasavvurlarga ko’ra biz yashayotgan sayyora taxminan 4,5 milliard yil muqaddam ilk quyosh sistemasida sochilib yotgan gazsimon-changsimon moddadan paydo bo’lgan, muayyan moddiy jism sifatida o’z borlig’ini kasb etgan, oradan yana bir milliard yilcha vaqt o’tgach, Yerning geologik tarixi boshlangan. Hozirgi zamon fani aniqlagan eng qadimgi tog’ jinslarining yoshi shundan dalolat beradi. Shunday qilib, Yer jonsiz tabiatining moddiy dunyosi o’zining aniq geologik yil hisobiga ega va uning borlig’i sayyoramizning umumiy evolyusion jarayonlari bilan bog’liq. Yerning tabiiy kosmik jism sifatidagi evolyusiyasini esa nafaqat tog’ jinslari yoki qit’alar tarixi, balki minerallar, foydali qazilmalar, keyinroq esa – oliy shakllar darajasigacha rivojlangan jonli mavjudodlarning paydo bo’lishi ham tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |