Ko’p ma’noli mantiq hozirgi zamon noklassik mantig’ining bir tarmog’i bo’lib, fikrlashni «chin», «xato», «qisman chin», «qisman xato», kabi tushunchalar orqali ifodalaydi. Agar umumiy formal mantiqda mulohazalar ikki qiymatli (chin yoki xato) bo’lsa, ko’p ma’noli mantiqda mulohazalar uch va undan ortiq qiymatlidir. Shuning uchun bu mantiq «ko’p ma’noli mantiq» deb yuritiladi. Bu mantiqda eng oddiy sistema uch ma’nolidir. Masalan, Siz “inson huquqlari deklarasiyasi”ni bilasizmi? -degan savolga “ha”, “yo’q”, “ozgina bilaman ” kabi javoblarni olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |