2. Sifat ko’rsatkichlari 2
Tаyanch ibоrаlаri: texnikaviy daraja, baholash ko`rsatkich, texnikaviy topshiriq, normativ hujjat.
1. Mahsulotning sifati ko’rsatkichlarini aniqlash usullari.
Texnikaviy darajani baholash – mahsulotning jahon, regional, milliy yoki tarmoq darajasiga javob berishini o’rnatishdan iborat. Bu vazifa mahsulotning texnikaviy darajasi ko’rsatkichini bazis namuna ko’rsatkichi bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Taqqoslash asosi qilib qabul qilingan bazis namuna – bu baholanayotgan mahsulot analoglari guruhidan ajratilgan va fan-texnikaning ilg’or yutuqlarini o’zida mujassamlashtiruvchi mahsulot namunasidir.
Baholash natijasida mahsulotni quyidagi uchta darajadan biriga kiritiladi:
Jahon darajasidan yuqori;
Jahon darajasiga javob beradi;
Jahon darajasiga javob bermaydi.
Baholash natijalari yangi tur mahsulotini ishlab chiqarishda foydalaniladi:
Texnikaviy topshiriqqa (TT) kiruvchi shartlarni asoslab berishda;
Normativ xujjatlarga (NH) kiruvchi shartlarni asoslab berishda;
Mahsulotni ishlab chiqarishga qo’yish to’g’risidagi qarorni qabul qilishda;
Mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlash yoki almashtirishning maqsadga muvofiqligini asoslab berishda;
Mahsulotni eksporti yoki importi bo’yicha muloxazalarning shakllanishida.
Mahsulotning texnikaviy darajasini baholash bosqichlari o’z ichiga quyidagilarni oladi:
A. Baholash uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlar nomenklaturasini aniqlash:
Ko’rsatkichlar nomenklaturasi bir turdagi mahsulot namunalarini, ya’ni bir xil nomdagi va bir xil maqsadda foydalanilaniladigan mahsulot namunalarini taqqoslashni ta’minlashi zarur. Boshqacha aytganda, ko’rsatkichlar nomenklaturasini ko’rsatkichlarni hisobga olgan holda baholash maqsadlaridan kelib chiqib o’rnatiladi.
Ko’rsatkichlar nomenklaturasi klassifikatsion va baholash ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. Klassifikatsion ko’rsatkichlar ushbu tur mahsulotining ishlatilish maqsadlari va qo’llanish sohasini tavsiflaydi. Bu ko’rsatkichlarning miqdoriga qarab jahon bozoridagi namunalar baholanayotgan mahsulot analoglari guruhiga kiritiladi. Baholanayotgan va bazis namunalarining keyingi taqqoslashlarda ulardan foydalanilmaydi, chunki ular mahsulot sifatini tavsiflamaydilar. Bularga mahsulotning ishlatilish maqsadlarini yoki qo’shimcha moslamalarning, parametrlarning va boshqalarning mavjudligini aniqlovchi sifat ko’rsatkichlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |