ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA'LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI v
TURIZM VA IQTISODIYOT FAKULTETI
IQTISODIYOT YO`NALISHI
195-GURUH TALABASI
Safarov Hamidbek
KURS ISHI
Mavzu: Soliqlarning turlari va funksiyalari
Qabul qildi: _______________________
URGANCH-2021
Reja:
Kirish 4
I-bob: SOLIQ TURLARI
II-bob
Hulosa
Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir, ya’ni davlat o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlaming amal qilishi bu obyektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha subyektlar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlami obyektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurligi soliqlami obyektiv amal qilishini zarur qilib qo‘yadi, vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari, asosan, davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ulami moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo‘ladi. Soliqlaming amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag’ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari. Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko‘p bo‘lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo'qola borsa, yangi vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. Bularga bizning respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini tashkil qilish kabilar kiradi. Davlat kuchliijtimoiy-siyosiy tadbirlami amalga oshirish uchun pensionerlar,talabalar, ko‘p bolali onalar va boshqalami mablag‘bilan ta’minlash zarurligini anglab, ayrim cheklangan tovarlar bahosidagi farqni budjet hisobidan qoplaydi vaundan tashqari mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kamta’minlanganlarga moddiy yordamlar ko'rsatadi. Shu bilanbirga, davlat jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadidao'zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlabturishga ham mablag‘lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib-intizom o‘rnatish,uni boshqarish funksiyalarini bajarish uchun ham ko‘plab mablag* yo'naltirishga majburdir. Bunday xarajatlami amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba boMgan soliqlami obyektiv zarur qilib qo‘yadi. Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funksiyalarini bajarish uchun lozim bo‘lgan moliyaviy mablag'larni shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo'llanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar amal qiladi. Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat bo'lib, ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlami iqtisodiy mohiyatini teran anglashni taqozo etadi. Soliqlar majburiy to‘lovlami ifoda etuvchi pullik munosabatlami bildiradi. Bu munosabatlar soliq to‘lovchilar bilan ulami o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo'ladi. Davlat uchun budjet daromadlarining asosiy manbayi hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega. Soliqlar to‘g‘risidagi qarashlar tarixan obyektiv va subyektiv omillaming ta’sirida shakllangan. Soliqlarga doir turli ta’riflami tahlil qilish, ulaming konkret iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotlar jarayonidagi mohiyatini asoslash, soliqlaming iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga asos bo'lgan soliq tamoyillarini belgilash hamda soliq tizimida, jamiyat taraqqiyotida mavjud bo‘lgan soliqlaming tutgan o‘mini aniqlash zarurdir. Chunki, davlat paydo bo‘lishi bilan soliqlar jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlaming zaruriy talablaridan biri hisoblanib kelingan.
Foydanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Toshkent: «0‘zbekiston», 2005-y.
2. O ‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. — Т.: «Adolat», 2008-y.
3.O ‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonuni, 2000-yil 14-dekabr. //«Soliqlar va bojxona xabarlari». 2001-y. № 2.
4.Toshmurodov T. Soliqlar. /Izohli lug‘at. — Т.: «Mehnat», 2003. — 184-b.
5. Toshmurodova B. Soliqlar vositasida iqtisodiyotni boshqarish mexanizmi. /Monografiya. — Т.: «Yangi asr avlodi», 2002. — 127-b.
6. «Soliqlar va soliqqa tortish» ma’ruza matnlari to‘plami. I A. Jo ‘rayev va boshq. — Т.: «Iqtisod-Moliya», 2005. - 241-b.
7. Soliqlar va bojxona xabarlari. № 4 (496), 2004-y.23-yanvar
8. http: //www. nalog. uz.
9. http://www. cer. uz.
10. http://www. review, uz.
11. http://www. federalreserve. gov.
12. http: //www. imf. org.
Do'stlaringiz bilan baham: |