O„quvchilar quyidagi ko„rinishda baholanadi.
Moodle tizimida о„quv jarayonini tashkillashtirish.
Moodle – Web muhitida о‗qitish va on-line rejimdagi darslarni tashkil
qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Tizimda mavjud о‗qitish
modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work , Student
tracking va ancha kо‗p bо‗lgan boshqa modullari mavjud. Boshqa LMS lar singari
IMS, SCORM va boshqa standartlarni qо‗llab quvvatlaydi.Tahlillar shuni
kо‗rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng kо‗p qо‗shimcha plagin va
modullari mavjud bо‗lgan dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy majmuasi
hisoblanadi.
104
Ushbu majmuaning asosiy vazifasi о‗qituvchi hamda ta‘lim oluvchi
о‗rtasidagi turli xil elektron resurslar almashinish, majmuaga vazifa va masalalarni
joylashtirish orqali ta‘lim berish samarasini oshirish hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda dunyoning kо‗p davlatlarining о‗quv muassasalarida
masofaviy ta‘lim jarayonini aynan Moodle dasturiy majmuasidan foydalangan
holda tashkillashtirilmoqda.
О‗zbekistondagi kо‗plab ta‘lim muassaslarida aynan virtual ta‘lim muhiti
sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib kelinmoqda.
Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi о‗quv jarayonini boshqaruvchi Web
ga yо‗naltirilgan maxsus tizim bо‗lib, internet tarmog‗ida foydalanishga
mо‗ljallanilgan. Tizimni yaratishda ochiq kodli dasturiy ta‘minotlardan
foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma‘lumotlar omborini boshqarish dasturi
(MySQL yoki PostgreSQL), PHP prosessori, Web xizmati dastur (Apache yoki
IIS) lari sozlangan server zarur. Opersion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan
tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OS X, Novwll
Netware). О‗quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror versiyasi moodle
2.5.
105
Tizimning rasmiy internet manzili:
http://www.moodle.org
LMS/LCMS
tizimlari elektron ta‘limni (masofaviy ta‘lim jarayonini) tashkil etishning asosiy
funksiyalarini
о‗z
ichiga
oladi.
Bunday
funksiyalarga
о‗quvchilarning(о‗qituvchilarning, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqa
roldagilarni) rо‗yihatga olishi, foydalanuvchilarni о‗quv kurslardan chetlashtirish,
о‗quvchilarning mustaqil ta‘lim olish muhitini yaratish, о‗quvchi va
о‗qituvchilarning о‗zaro indiВидual yoki/va guruh bо‗lib hamkorlikda ishlashini
(Web2 elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish, guruhlar yaratish va ularni
boshqarish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron
nazorat turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopiq turdagi test, ochiq
turdagi nazorat, moslikni topishga oid, ketma-ketlikni tо‗g‗ri joylashtirish, bо‗sh
qoldirilgan joyni tо‗ldirish va boshqa turlari kiradi), har-xil turdagi ijtimoiy
sо‗rovlar tashkillashtirish, о‗quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish,
sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati, elektron axborot resurslarini (elektron
kutubxonalar) tashkillashtirish, elektron о‗quv resurslarini eksport/import qilish
imkoniyatlari, tizim foydalanuvchilarining (о‗quvchilar, о‗qituvchilar(tyutorlar),
kurs yaratuvchi pedagoglarning) tizimga qachon, qancha vaqt davomida о‗quv
kontentlar bilan tanishganligi, qaysi IP adres orqali kirganligini (bu esa qaysi
davlatdan tizimga kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi
operasion tizim orqali kirganligi, tizimda mavjud fodalanuvchilarning aktivligini
maxsus grafiklar orqali monitoring qilish imkoniyati, о‗qituvchi(tyutor) (yoki
elektron kurs yaratuvchi pedagoglar) tomonidan elektron о‗quv resurslarni
yaratishi, Authoring toolslarda SCORM, TinCan yoki boshqa standartlar
asosida yaratilgan elektron о‗quv resurslarini yuklashi, о‗quvchilarning boshqa
о‗quvchilar/о‗qituvchilar bilan (CHat, Forum, Видeokonferensiya, umumiy
106
elektron doskalar yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar almashish moduli
orqali) muloqatini tashkillashtirish, о‗quv jarayonida bо‗ladigan уаngiliklarni
barcha foydalanuvchilarga ommaviy xabar yuborib turuvchi modullarning
mavjudligi, iqtisodiy va marketingga oid operasiyalarni boshqarish va boshqa
imkoniyatlarni sanab о‗tish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |