Testlar bazasini sozlash.
Testlar bazasiga barcha savollarni kiritib bо‗linganidan sо‗ng, bajarilgan ishni
elektron shaklda saqlash kerak bо‗ladi. Tayyor bо‗lgan elektron testni saqlashdan
oldin ayrim sozlashlarni bajarish kerak. CHunki bu sozlashlar elektron testdan
foydalanilayotgan vaqtda katta ahamiyatga ega. Buning uchun Ispring dasturining
yuqori chap tomonida joylashgan ―Nastroyka‖ tugmasi bosiladi.
Natijada уаngi oyna hosil bо‗ladi.
Bu oyna
rо‗yxatining birinchi bandi ―Osnovnыe― deb
nomlangan.
Bu bandda elektron testga nom berish, testdan
64
о‗tish balini о‗rnatish, testni bajarishning maksimal vaqtini о‗rnatish va test
boshlanishdan oldin tizim topshiruvchining ismini va elektron pochtasini sо‗rash
funksiyalarini qо‗shish imkoniyatlari mavjud. Bundan tashqari har bir tо‗g‗ri javob
uchun maksimal ball, tizim test topshiruvchisi tomonidan barcha testlar
topshirilmagan holatda ham testni tugatish imkoniyatini va har bir savolga javob
berilgandan sо‗ng tо‗plangan ballni kо‗rish imkoniyatini ham о‗rnatish mumkin.
Testga Informatika fanidan test‖ deb nom berildi. О‗tish balini umumiy ballning
55 % miqdorida belgiladik. 20 ta savol uchun 30 daqiqa etib belgilandi. Test
vaqtida qolgan vaqtni kо‗rsatib turishi belgilanib qо‗yildi.
15-rasm. “Osnovnыe” bandini sozlashlarni bajarish
―Navigasiya‖ bandi yordamida test savollariga javob berish usullari sozlanadi.
Bunda bazada mavjud barcha savollarga javob berish yoki aniq miqdordagi
savollar tо‗plamiga javob berish, har bir savolga tо‗gri yoki notо‗g‗riligi haqida
ma‘lumot berish, javob berilmagan test savollari mavjud bо‗lsada testni yakunlash
imkoniyatlarini sozlash mumkin. Har bir javobda uning tо‗g‗ri yoki notо‗g‗riligini
foydalanuvchiga kо‗rsatib ketish mumkin. YOki test topshiruvchi bu xabarni
testning oxirida olishi ham mumkin
65
16-rasm. Navigasiya” bandini sozlashlarni bajarish
―Резултаты‖ bandi yordamida test natijasiga tegishli ma‘lumotlarni sozlash
imkoniyatini beradi. Agar test topshiriqlarni yaxshi topshirgan bо‗lsa yoki yetarli
ball tо‗play olmasa, qanday xabar chiqishi, javoblarni qog‗ozga chop qilish
imkoniyatini
sozlash
mumkin.
Bundan
tashqari
test
javoblarini
test
topshiruvchining elektron pochtasiga jо‗natish imkoniyati mavjud.
17-rasm. “Rezultatы” bandini sozlashlarini bajarish
―Nastroyka pleera‖ bandi yordami elektron test topshirish interfeysini rangi
aniqlanadi.
66
18-rasm. “Nastroyka pleera” bandini sozlashlarini bajarish
Barcha sozlashlarni bajargandan sо‗ng OK tugmasi bosiladi. Endi bemalol
elektron testni saqlash mumkin. Buning uchun dasturning yuqori chap tomonida
joylashgan
―Publikovat‖ tugmasi bosiladi. Keyin уаngi oyna paydo
bо‗ladi. Bu oynada elektron test dasturini saqlash kerak bо‗lgan joyni (bizning
misolmizda ish stoli kо‗rsatilgan), Файл nomini (bizning misolmizda
Informatikadan test savollari), Файл tipini (bizning misolimizda .exe) va dastur
oynasi о‗lchamini kо‗rsatish mumkin. Файл tipi .exe deb belgilanganda, avtomatik
ravishda .swf formatda elektron test saqlanadi. SHuning uchun bu elektron testdan
foydalanish uchun Adobe Flash Player dasturi о‗rnatilgan bо‗lishi shart.
Sо‗ngra ―Publikovat‖ tugmasi bosiladi. Dastur Файл ni avtomatik
ravishda kо‗rsatilgan joyga saqlaydi.
19-rasm. dasturining dasturining “Publikovat” bandida sozlashlarni
bajarish
67
Do'stlaringiz bilan baham: |