6
1.4-MODUL
ISHCHI
DASTUR
7
KIRISH
Ushbu ishchi o‗quv mavzu reja dasturi Ozbekiston Respublikasining qabul
qilingan ―Ta‘lim to‗g‗risida‖ 2020-yil 23-sentabrdagi Qonuni, O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF–5712-son Farmoni
―O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi‖, ―2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustivor yo‗nalishi bo‗yicha harakatlar strategiyasini ―Ilm, ma‘rifat va
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili‖da amalga oshirishga oid davlat dasuri
to‗g‗risidagi 2020-yil 2-martdagi PF–5953-son Farmonining 163 va 179-
bandlaridagi ustivor vazifalar hamda 2020-yil 2- mart kuni O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida o‗tkazilgan Xalq ta‘limi
tizmidagi islohotlarni jadallashtirish to‗g‗risidagi majlisi bayonida belgilangan
topshiriqlar hamda Xalq ta‘limi vazirligining ―O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020-yil 2-martdagi 12-son majlis bayoni ijrosi to‗g‗risida‖ 2020-
yil 9- martdagi 74-son buyrug‗i, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
―O‗zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta‘lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini
rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ 2020-yil 6-noyabrdagi PF–6108-son
Farmoni, ―Ta‘lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‗shimcha
chora-tadbirlar to‗g‗risida‖ 2020-yil 6-noyabrdagi PQ–4884-son qarorida
belgilangan vazifalar ijrosini ta‘minlash maqsadida, joriy yilning mart oyida
umumta‘lim maktablari o‗qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga bo‗lgan
ehtiyojlarini aniqlash bo‗yicha o‗tkazilgan so‗rovnoma natijala ri asosida
ishlab chiqildi.
Dasturlar doirasida berilayotgan mavzular xalq ta‘limi tizimi pedagog
kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning
tayyorgarligiga qo‗yiladigan malaka talablari va o‗quv rejasi asosida
shakllantirilgan bo‗lib, xorijiy til fani o‗qituvchilarini zamonaviy ta‘lim va
innovatsion texnologiyalar, ilg‗or xorijiy tajribalardan foydalanish, axborot -
kommunikatsiya texnologiyalarini o‗quv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini
oshirish hisobiga ularning kasb mahorati va o‗quv-uslubiy faoliyatini sifatli
tashkil etish kompetensiyalarini muntazam yuksaltirishni nazarda tutadi.
Shuningdek, dastur mazmunida tinglovchilarga O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining umumta‘lim maktabi tizimida ilg‗or xorijiy tajriba asosida
sifatli ta‘lim olish imkoniyatlarini yaratish, fanlarni o‗qitishda amaliy
ko‗nikmalarni shakllantirish hamda interfaol mashg‗ulotlarga e‘tiborni
kuchaytirish masalalariga qaratilgan qarorlaridan kelib chiqadigan vazifalar,
global internet tarmog‗idan foydalangan holda dars jarayoniga innovatsion va
axborot texnologiyalarini joriy etish, ularning kasbiy mahoratini oshirishda
pedagogik va psixologik yondashuvlardan foydalanish asosiy vazifa sifatida
belgilangan.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |