O`zbеkistоn rеspublikаsi


mavzu ISLOM DINI, UNING KELIB CHIQISHI, MOHIYATI VA MAZMUNI



Download 1,2 Mb.
bet22/35
Sana30.12.2021
Hajmi1,2 Mb.
#87970
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Bog'liq
2010 Uslubiy qo'llanma -Dinshunoslik lotin 2010 y

6 mavzu ISLOM DINI, UNING KELIB CHIQISHI, MOHIYATI VA MAZMUNI
REJA:

  1. Arabiston yarim orolida islom vujudga kelgan davrdagi shart-sharoit va ma’naviy hayot.

  2. Islomning kelib chiqishi,shakllanishi va boshqa o’lkalarga tarhalishi

  3. Islom ta’limoti

  4. Islom dinidagi asosiy yo’nalishlar va mazhablar.

Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir. E’tiqod qiluvchilari soni jihatidan esa hristianlikdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Hozirda Islom diniga e’tiqod qiluvchilar soni hariyib milliard 200 million kishini tashkil etadi. Yil sayin bu dinga e’tiqod qiluvchilar soni ortib bormoqda.

Islom dini VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida (hozirgi Saudiya Arabistonida) paydo bo’lgan.

Islom- arabcha so’z bo’lib, mazmuni bo’ysunish, itoat etish, o’zini Olloh irodasiga topshirishni bildiradi. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha “muslim”- “Islomni qabul qilgan”, “itoatli”, “sadoqatli” demakdir. Ko’pligi “musulmon” deb ataladi. Bu so’z hozir o’zbeklarda – musulmon, qirg’iz va qozoqlarda – musulmon, Ukraina va Rossiyada – basurman nomi bilan ataladi.

Umumiy tarzda , Islom – Olloh yagona degan e’tiqod bilan unga bo’ysunmoqlik, itoat etmoqlik va butun halb bilan ihlos qilmoqlik va Olloh buyurgan dinga iymon (ishonch) keltirmoqlik demakdir.

Islomning paydo bulishi VI asr ohirgi – VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida yuz bergan ijtimoiy iqtisodiy ahvol va ma’naviy hayot bilan bog’liq holda ro’y bergan.

Bu davr Arablar katta –kichik qabila va urug’larga bulinib ketgan, bo’lib ular o’rtasida doimiy kelishmovchilik urush va janjallar ro’y berib turadi.

Ikkinchidan bu davrdan Arabistonda ko’p Hudolilik dinlari mavjud bo’lgan.Asosan fetishism – turli sanamlarga sig’inish hukmronlik qiladi. Har bir qabilaning o’z dini sanami bo’lib 360 dan ortiq sanam Makkada saqlanadi. Ularni Arablar vaqti-vaqti bilan ziyorat qilib turishgan. Uchinchidan bu davrda Arab qabilalari o’rtasida Johiliya – bilimsizlik holati jaholat hukmronlik qilardi. Y’ani arablar hayotida tubanlik, ichkilikbozlik, qimor, buzuqlik avj olgan edi.

Binobarin, insonlarning ruhlari ham, e’tiqodlari ham, hatti- harkatlari ham buzilgan edi. Odamlarda uyat tuyg’usi yoqolgan edi. Vohshalik bir kasbga aylangan edi. Ayollarga hayvonlardek muomila qilanardi. Gudak qizlarni tiriklayin kumish odati bo’lgan va boshhalar.

Shundan qilib Islomdan ilgari Arabistonda qonunsizlik, ahloqsizlik, zo’ravonlik hukm surgani uchun ham keyinggi avlod o’sha davrni haqli ravshda Johiliya deb atagan va undan qutilishning najot yo’li kerak edi.

Bunday holatlarga, ayniqsa bo’linib ketgan Arab qabilalari o’rtasidagi o’zaro nizo va urushlarga barham berish uchun siyosiy iqtisodiy ma’naviy jihatdan birlashgan yagona Arab davlatini vujudga keltirishni davr taqazo etmoqda edi. Bunga esa yagoda Hudoga e’tiqod qilish orqali erishish mumkin bo’lar edi.

Bu davrda Islomning paydo bo’lishi uchun g’oyaviy muhit ham yetilib borayotgan edi. Chunonchi haniflar – chinakam e’tiqod qiluvchilar, haqiqat izlovchilar diniy harakati bunga yaqqol misol bo’la oladi. Haniflar Arab qabilalarini birlashitirish jarayonining g’oyaviy ifodachisi edilar. Ular yakka hudoga ishonishini va ko’p hudolikka e’tiqod qilishdan vos kechishni targ’ib qilardilar. Haniflar o’z targ’ibotlarida Arablarni og’ir ahvoldan qutharish uchun haloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida habar tarqatib, uni sabr bilan kutib turish lozimligini uqtirardilar.

Shunday qilib bu davrda Arablarni har jihatdan birlashtirish kuchli saltanatni vujudga keltirish, yakka hudochilikka o’tishga hijoz arablari ma’lum manoda tayyor edilar. Bunday harakatni boshhargan kishilar o’z faoliyatlarini ilohiy ilhom bilan asoslay olgan holdagina muvaffaqiyatga erisha olardi. Islomning asoschisi Muhammadning (s.a.v.) diniy va siyosiy faoliyatlarini yuqoridagini jarayonlarining hususiy kurishi bo’lgan. Muhammad (s.a.v.) har tomonlama barkamol inson bo’lganlari u zotning shahsiy fazilatlari tufayli hijozliklarning harakati o’ziga hos hususiyatlar kasb etib, diniy va siyosiy kuchga aylandi; bu kuch Islomning vujudga kelishini eng muhim tarihiy voqealaridan biriga aylantirildi.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish