ijtimoiy pedagog- ijtimoiy pedagogika mutaxassisligi bo’yicha o’rta yoki oliy professional ma’lumotga ega bo’lgan mutaxassis, ijtimoiy pedagogik faoliyatni professional tartibda yurita oladigan mutaxassis.
ijtimoiy pedagogika-shaxs ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganishga, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadidagi samarali metodlar va ijtimoiy pedagogik faoliyat texnologiyalarini joriy qilishga qaratilgan pedagogika sohasi.
ijtimoiy pedagogik bashorat-bolani yuzaga kelgan muammo bilan bog’liq ravishda biror bir ijtimoiy pedagogik faoliyatga jalb qilish orqali bu muammoni xal qilishni bashorat qilish. ijtimoiy pedagogik bashorat ijtimoiy pedagogik jarayonning mantig’i va mohiyati, uning qonuniyatlarini bilishga tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |