3-Mavzu: Oilada vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash yo’llari.
Barkamol axlok va yaxshi xul q, birdaniga paydo bulmaydi. Xal q, axlo qiy mezonlari ko’hna ona zamin bilan, Vatan deb atalmish mu’jiza bir diyor bilan, uning jonli va jonsiz xil qati, quyoshi, havosi, bulog`u daryolariga ruxiy rishtalar bilan bog`langan. Bu rishtalar xuddi ona vujudidan hayot nurini oluvchi bola kindigi singari ona zaminga ulangan. Ana shuning uchun axlo qiy tasavvurlarimiz, adab maktabimiz pirovard natijada millat uchun, uning obrusi va isti qboli uchun xizmat qilsagina bosh qalarda ehtirom va havas tuyg`ularini o’yg`otadi; ana shundagina millat o’z o’tmishini, ta qdirini, urf-odatlarini unutmaydi. Yaxshi fazilatlar, odatlar, an’analar va imonli kishilar siymosi avlodlar yulini shamchiro q, yanglig` yoritib boradi.
Dunyoda shunday bir kitob borki, u hech qachon o’ qib tugatilmaydi, shunday bir musi qa asari borki, uni oxirigacha ijro etib bulmaydi. Bu xalk, millat hayoti, takdiri, urf-odatlaridir.
Musta qillik tug`ilgan tillarni biyron qilib yubordi, egilgan bilaklarga kuch berdi, orzumand nigoxdarga nur bag`ishladi, tafakkur uf qini kengaytirdi, millat ta qdiri va insoniy ideallar qismatini adolat va isti qbol tarozisi ustiga quydi.
Har inson o’z qo’shig`ini aytish bilan barobar zamon va millat kuyiga qulo q, tutishi ham qarz, ham farz bo’lib qoldi. Shu bois, ba’zi unutilgan yoki odatiy bir yusindagi fazilatlarimiz, axlo qu odob sohasidagi bebaho mulkimizni eslash qanchalik kungilni yashnatib yuborsa, zamona zayli bilan xal qimizga kirib qolgan yoki ta’bimizni xira qilayotgan jihatlar shunchalik dilimizga ozor beradi. Vatan-ostonadan boshlanadi. Demak, Vatan oila ostonasidan boshlanadi. Vatanparvarlik, milliy gurur, mildiy uzliknn anglash shu oilada shakllanmog`i zarur. Burch - ota-ona oldidagi farzand burchi, farzand oldidagi ota-ona burchi va vazifalari aynan oilada shakllanishiga erishish zarur. Bu o’rinda oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini ta’minlash joiz.
Vatanparvarlik hissini o’z farzandi qalbiga singdirolgan ota-onaning, shunday ruh, bilan yashaydigan xal qning kelajagi porlo qdir. Yurtini sevgan, uning porlo q, kelajagiga ishongan har bir fu qaro, xar bir kishi uchun yurt tara q qiyotiga ulush qo’shish asosiy ma qsadga aylanadi.
Darha qi qat, mamlakatda mavjud 5 millionga ya qin oilalarning aksariyati, aholining 60 foizi qishlo qda isti qomat qiladi. Yurtboshimizning Oliy Majlis X sessiyasida so’zlagan nut qidan kelib chi q qan holda qishlo q aholisiga, oilalarga maishiy va madaniy turmush sharoitini yaratish, qishlo qda sanoatni, maishiy xizmat shaxobchalarini olib kirish, zamonaviy maktab, kasalxonalar, poliklinikalar barpo etish va ularni foidalanishga topshirish, aholining, shu jumladan, qishlo q aholisining ishsiz qatlami uchun yangi ish o’rinlari yaratish, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash - oila farovonligi, uning i qtisodiy manfaitlarini yuksak saviyaga ko’tarish uchun zamindir.
Oilada kichik oilaviy biznesni yo’lga qo’yish, oilaviy korxonalar, oila pudratini tashkil etish deh qon, fermerlik faoliyatini kuchaytirish oilada tadbirkorlikni, yo’lga qo’yish unda «Usta-shogird» an’anasi asosida oilaviy kasanachilik faoliyatidan keng foydalanish, qishlo q xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari tashkil etish oilada to’kinlik va farovonlikni ta’minlash uchun zamindir. har tomonlama badastur oilada esa jismonan va ma’nan sog`lom tadbirkor, ishbilarmon, mehnatsevar shaxs shakllanadi va voyaga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |