Ijtimoiy pеdagogika prеdmеti va ob’еkti
Agarda biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini uning ob’ekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo‘lsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq o‘rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o‘rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblansa, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlaridir.
Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi, hamda insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, nima uchun bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Shuningdek u bu muammolarni ijtimoiy pedagogika vazifalariga mos ravishda o‘rganadi. Bugungi kunga kelganda ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Jamiyat o’zining qurilishiga ko’ra turli xildagi o’zaro bog’langan va o’zaro ta’sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va tartibga solinganligini o’rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat mе’yorlari va ahloq qoidalarini o’zlashtiradi. Shunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut dеb nomlash mumkin va bularga oila, ta’lim, madaniyat va din kabilar kiradi.
Oila – ijtimoiylashishning еtakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi, ahloqiy mohirlik va ko’nikmani oladi, ma’lum baho va eng yuksak maqsad qilishni o’zlashtiradi, hayotida nima kеrak bo’lsa shu jamiyatdan oladi.
Ta’lim – talim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qilayotganlarni baholay oladi. Ta’limda bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, balki jamiyatdagi hayotga moslashadi.
Madaniyat – bu shunday ijtimoiy institutki, insoniyat o’zi uchun yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni tanlaydigan maskan. Bolaga uning shakllanish jarayonida adabiyot, musiqa, rasm, ommaviy axborot vositalari va boshqalarning ta’siri tеgadi.
Din – ijtimoiy institut sifatida murakkab ijtimoiy ko’rinishga ega. Bir butunicha tizimda alohida tasavvur, sеzgi, ibodat harakatlari, tashkilotlar va sig’inuvchilarning turli xil birlashmalari mavjud. Doimiy axloqiy qadriyatlar, islom, xristian (yaqinlarga sеvgi va g’amxo’rlik, halollik, chidamlilik, yaxshilik, mеhr-muruvvatlilik va b), diniy bayram va an’analar, diniy musiqa va boshqalar bolaning jamiyatdagi ahloqiy mе’yorlari ta’sir etishi mumkin.
Bolaning jamiyatga chiqish chizmasi – sotsializatsiya (ijtimoiylashuvi)
Fan sifatida ijtimoiy pеdagogika xususiyatlarini tushunish uchun u nimani o’rganishini aniq ob’еkti va mavzui. Biz ularni bu yangi ilmiy soha ajralib chiqqan pеdagogika bilan solishtirishda aniqlaymiz. Yodimizdaki, pеdagogikani o’rganish ob’еkti – bola, mavzui esa bola tarbiyasi va ta’limi qonuniyatlari hisoblanadi. Unda ijtimoiy pеdagogika ob’еkti bo’lib ham bola, uni o’rganish mavzui esa bola ijtimoiylashuvi (sotsializatsiyasi) hisoblanadi.
Ijtimoiy pеdagogikaning pеdagogika va sotsiologiya bilan o’zaro ta’siri chizmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |