Affektiv buzilishlar-emotsional sohaning buzilishi bo’lib, kuchli asabiylashish, asabiylashish darajasining tushib ketishida namoyon bo’ladi. (opatiya, befarqlik). Bular markaziy nerv sistemasining funksional va organik buzilishi oqibatida yuzaga keladi.
Bevositalik-inson va uning vaziyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lish va buni namoyish qilish.
Bir shaxsning boshqasiga ta’sir o’tkazishi-ong, iroda, xis-tuyg’u orqali inson faoliyati va xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatish. U ishontirish, emotsional yuqtirish orqali amalga oshiriladi. Ta’sir bir odam tomonidan ikkinchi odamni (uning qarashlari, tasavvurlari) o’zgartirish jarayoni va natijasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |