Huquq fanlarini o‘qitish metodikasi predmetini ta’lim tizimida huquq fanlarini o‘qitishning turli uslub va shakllarini, dars jarayonida o‘quvchilarga huquqiy bilim berishning eng samarali pedagogik texnologiyalarni qo‘llash mahoratini, ko‘nikmalarini, huquq o‘qitishda muhim ilmiy, o‘quv uslubiy manbalardan foydalanish, huquq ta’limida notiqlik mahoratining roli, huquq darsida sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish mahoratini o‘rganish tashkil etadi
Huquqiy ta’limning asosiy maqsadlari: Jamiyatning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashuvchi huquqiy bilim va Malakaga ega bo‘lish;
qonun manbalaridan etarlicha xabardor bo‘lish; Huquqiy va axloqiy qadriyatlarni tarbiyalash; Huquqiy faol fuqaroni tarbiyalash.5 ekan, Huquq ta’limi fanini o‘qitish metodikasi huquqiy ta’lim berish maqsadidan kelib chiqib, huquq fanini o‘qitishda turli interaktiv metodlarni qo‘llash, pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish asosida huquq fanlarini qiziqarli va samarali o‘qitish tajribasini yanada boyitish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |