Klaster (axborotni yoyish) usuli. Bu usulning asosiy vazifasi o‘rganilayotgan ob’ekt – talabalar faoliyatini, pedagogik voqelikni qismlarga ajratgan holda o‘zlashtirishga yo‘naltiradi. Unda ko‘p variantlilik asosida tushuncha va hodisalarning o‘zaro ichki hamda tashqi bog‘lanishlarini aniqlash ko‘nikmalarini shaklantiradi, mavzu bo‘yicha fikr-mulohazalarni erkinlashtirishga yordam beradi.
Mavzu bo‘yicha klasterlarni tuzish, o‘quv maqsadiga qarab, bosqichma-bosqich harakatlanishni taqozo etadi, ohir oqibatda yakuniy natija yangi bilimlarni o‘zlshtirish, fikrlar hilma-xilligini yaxlitlash asosida qo‘lga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |