O'zbekiston respublikasi


Milliy g‘oyani zamon bilan bog‘lash. Ta’lim tarbiya maqsadi va mazmuni



Download 0,62 Mb.
bet24/161
Sana16.09.2021
Hajmi0,62 Mb.
#175497
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   161
Bog'liq
MIG', MA va huquq metodika-2019

Milliy g‘oyani zamon bilan bog‘lash. Ta’lim tarbiya maqsadi va mazmuni.

Ta’lim muassasalarida milliy g‘oya fanining asosiy maqsadi o‘quvchi-talabalarni mustaqil dunyoqarashga ega bo‘lgan, vatanparvar, insonparvar, O‘zbekiston va jahon xalqlarining madaniy va ma’naviy merosiga, ilg‘or an’analariga, milliy va umumbashariy qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, hamda, buyuk merosimizning boyituvchilari bo‘lmish munosib vorislarni tarbiyalashdan iborat.

Milliy g‘oya fanlaridan ta’lim beruvchi har bir o‘qituvchi uni zamon bilan, bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealar, globallashuv jarayonlari bilan bog‘lab, hayotiy misollar orqali o‘tishi lozim. SHundagina o‘quvchi-talabalar ushbu fanlarning mazmun-mohiyatini tushunishi mumkin. Aksincha, ushbu fanlar o‘quvchi-talabalar uchun zerikarli va tushunarsiz bo‘lishi mumkin. CHunki, milliy g‘oya har bir fuqaroga O‘zbekistonning kelajagi buyuk ekanligini xalqimiz o‘zi tanlab olgan yo‘ldan qaytmasligini, biz uchun qadrli bo‘lgan mustaqilligimizni mustahkamlash har bir fuqaroning burchi va vazifasi ekanligini kishilarning qalbiga singdirib boradi.

Milliy g‘oyaning jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirishda o‘rni katta ekanligini doimo ta’kidlab kelmoqdalar. Ular milliy mafkura va milliy g‘oyamiz qanday vazifalarni bajarishi kerak ekanligini ta’kidlab shunday deydilar: «Mafkuramiz, tutgan yo‘limiz, bor kuch-g‘ayratimiz ana shu ulug‘vor niyatni amalga oshirishga yo‘naltirilishi kerak. Xalqimizni, yurtimizdagi barcha siyosiy kuchlarni, nodavlat tashkilotlarni yagona umumiy maqsad atrofida birlashtiradigan, bir tanu bir jon qiladigan milliy g‘oya ham aslida shu»



Milliy g‘oya fanini o‘qitishda didaktik jarayon bosqichlarini muayyan ketma-ketlikda qurish bu - o‘quvchi-talabalarning bilish faoliyatini mavzu bo‘yicha belgilangan maqsadga mos holda tanlangan o‘qitish usullari yordamida tashkil etish demakdir. O‘qitish metodlari o‘z mohiyati va mazmuniga ko‘ra ma’lum pedagogik texnologiyaga asoslangan hamda muayyan tasnifga ega bo‘ladi. Uning samaradorligi haqida fikr yuritilganda o‘qitish jarayonini izga solib, uni maqsadli yo‘naltira oladigan, o‘qituvchi va talabaning o‘zaro faoliyatini ta’minlash asosida maktab (kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari) oldiga qo‘yilayotgan maqsadga nechog‘li erishilayotganini ko‘zda tutish kerak.

Milliy g‘oyani hayotga tadbiq etish usullaridan foydalanishni istagan pedagog har tomonlama muayyan bilimlarga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq. CHunki milliy g‘oya hayotga quruq gaplar bilan tadbiq etib bo‘lmaydi. Uni quyidagi usullaridan omma orasida foydalanish kishidan muayyan bilim va mahoratni talab qiladi. Misol uchun “YUz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi”, “Raqibni uslubiy qurolsizlantirish”, “Mafkuraviy faollikni oshirish”, “Mafkuraviy immunitetni shakllantirish”, “Birlashtirish”, “Do‘st himoyasi”, “Dushmanni qurolsizlantirish”, “Qarshi targ‘ibot”, “Mafkuraviy ta’lim”, “kitoblar bilan ishlash”, “Matbuot – jangi”, “Jamoaviy ijodiy ish yuritish”, “CHarxipalak”, “Mafkuraviy sayohat”, “Mafkuraviy lug‘at”, “Oyati Qur’on”, “Mafkuraviy tarbiya”, “Payvand qilish”, “Breyistorming”, “Istiqbolni ko‘rsatish”, “Dalillarni keltirish”, “Ko‘zgu”, “Mafkuraviy himoya”, va boshqa usullari bor.

Milliy istiqlol g‘oyasi asosiy tushuncha va tamoyillar fanining bosh va asosiy g‘oyasi barchaga ma’lum. Ularni, ya’ni Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, millatlararo totuvlik, diniy bag‘ri kenglik va boshqalarni odamlar, tinglovchilar ongi va qalbiga singdirishda, ularni hayotga joriy etishda qanday va qaysi usullardan foydalanishni dastlab tarixga allaqachonlar aylanib ulgurgan do‘st-dushmanning amaliy ishlaridan o‘rganishni taklif qilar edik. Qadimgi Xitoy donishmandi Konfutsiyning 2700 yil ilgari bergan maslahatiga e’tibor qarataylik.

“Hoqonim, agar biror mamlakatni bosib olib, u erda uzoq hukumronlik qilmoqchi bo‘lsangiz, dastavval o‘sha erda yashayotgan xalqni o‘z tarixiy madaniyatidan mahrum eting, ma’naviy tazyiqni kuchaytiring. O‘z madaniyatidan bebahra bo‘lib, ma’naviy qashshoqlik holatiga uchragan xalq uyushmaydi, ichki nizolr girdobiga o‘raladi, sizga qarshilik ko‘rsata olmaydi”. CHingizxon ham O‘rta Osiyo hududini istelo qilayotganida sarkardalariga shaharlarga nodon, irodasiz, ahmoq kishilarni boshliq qilib tayinlanglar, ularni qo‘llab-quvvatlanglar, ko‘klarga ko‘tarib maqtanglar, mahalliy xalqning aqlli, bilimli, obro‘-e’tiborli kishilarini yo‘q qilinglar deb topshiriq berganligi tarixdan ma’lum. CHor hukumati generali M.D.Skobelovning “Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, tilini, san’atini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazulga uchraydi” degan taklifi tarixdan ko‘zga qora bo‘yoqday tashlanib turadi. YOki “Butun dunyo proleterlari birlashingiz!” “proleteriatning Vatani yo‘q burjuaziyaga qarshi kurashda oyog‘idagi kishanlardan boshqa hech narsani yo‘qotmaydi” degan g‘oyalar ham.

Yuqoridagilarni aql elagidan o‘tkazishdan, xulosa qilib ko‘rishdan quyidagilar ayon bo‘ladi. Milliy istiqlol g‘oyasining hayotga tadbiq etilishida kutilgan samaralarni beradi. Birinchidan, tarixiy madaniyatni o‘rganish, qayta tiklash, Prezidentimizning “tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”, “tarixi yo‘q xalqning kelajagi yo‘q” degan g‘oyalari mazmun mohiyatini ommaga, ayniqsa talaba yoshlarga anglatishdan iborat. Bu boradagi keng qamrovli amaliy ishlar aslida shularga qaratilgandir. Ikkinchidan, davlat miqyosida qabul qilingan, sog‘lom avlod, komil inson, mustaqil fikrlovchilarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan kadrlart tayyorlash Milliy dasturining ravnaqini ta’minlash ham milliy g‘oyani hayotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uchinchidan, milliy g‘oyani hayotga singdirishning ko‘lami rahbar kadrlarning savodi va siyosiy etukligiga borib taqaladi. Darhaqiqat, Prezidentimiz qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati milliy g‘oyada birlashadi, o‘zimizning oramizdan sotqin chiqmasa o‘zbek xalqini hech kim, hech qachon enga olmaydi deganlarida yuqoridagilarni nazarda tutgan bo‘lsalar ajab emas. To‘rtinchidan, millatning tilining tanazuli uning tafakkurining tanazulidir. CHunki til bilan tafakkurning moddiy va fiziologik asoslari bir, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. SHu ma’noda tilsiz millat manqurtga aylanadi. Aksincha millat tilining ravnaqi uning tafakkurining ravnaqidir. “Tilga e’tibor – elga e’tibor” co‘zi bejiz aytilmagan. Milliy g‘oya milliy til bo‘lmasa, o‘z vazifasini bajarmaydi, nishonga tegmaydi. YUrakdan qaynab chiqqan so‘z yuraklarni zab etadi. His-hayajon uyg‘otadi, g‘urur tuyg‘usini tarbiyalaydi. Beshinchidan, milliy g‘oyani hayotga tadbiq etishda milliy san’atning, milliy adabiyotning o‘rnini boshqa bironta omil bosa olmaydi. Buning ma’nosi “jangga qo‘shiq aytib kirgan g‘olib bo‘ladi” degan hikmatda jamuljam. Oltinchidan, o‘z halqi, o‘zbek millati O‘zbekiston fuqarolaridan birontasining birontasi proletariat emas, ulardan har birining oilasi, mahallasi, yurti, Vatani bor. Ulardan barchasining Vatani bitta O‘zbekistondir.

Milliy g‘oya fuqarolar ongi va qalbiga ezgulik va bunyodkorlik g‘oyalarini singdirib borish orqali har tomonlama o‘z shaxsiy fikriga ega bo‘lgan chuqur dunyoqarash egasi bo‘lgan yoshlarni voyaga etkazib boradi. Milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillarini o‘z qalbi va ongiga singdirib borayotgan insonlar jamiyatimizning ma’naviy hayotini yuksalishini ta’minlab beradigan, mamlakatimizni taraqqiy etgan mamlakatlar safiga chiqishini ta’minlab beradigan insonlar bo‘lib voyaga etib boradi.




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish