Tayanch so’zlar: Suqrot metodikasi,sudlov advokaturasi.
8-Mavzu: Huquq bo’yicha sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar.
1. Sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarning ahamiyati, ularning Huquq ta’limi bilan uzviy bog‘liqligi.
2. Sinfdan tashqari ishlarning o‘quvchilarni Huquq faniga qiziqtirish qobiliyatini rivojlantirishdagi roli.
3. Huquq to‘garaklari, uchrashuvlar, konferensiyalar ma’naviy kechalar tashkil qilishning usul va shakllari.
Maktabda tashkil etilgan fan to‘garaklari shaklida olib borish mumkin.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish, uning tuzilmasi va mazmun darajasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerakligi masalasi qo‘yiladi:
Ta’lim berish va kamol toptirishga yo‘naltirilgan xizmatlar ko‘rsatuvchi muassasalar tarmog‘ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini ko‘paytirish;
Milliy pedagogik qadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilg‘or tajribani inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish;
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini tiklash hamda, amaliyotga joiy etish” lozimligi alohida qayd etib o‘tilgan.
«Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari» o‘zida qator mustaqil ta’lim-tarbiyaga bevosita aloqador bo‘lgan muassasalarni o‘z ichiga oladi. CHunonchi, Respublika o‘quvchilar saroyi, Respublika yosh sayyohlar va o‘lkashunoslar markazi, Respublika o‘quvchilar texnik-ijodiyot markazi, Respublika ta’lim markazi va uning qoshidagi Ilmiy-metodik kengashi, Respublika «Bio ekosan» o‘quv-uslubiy majmui muassasalarida Respublika miqyosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tasarrufida faoliyat olib boradi.
O‘qituvchi sinfdan tashqari ishlar rejasini tuzishda avalo sentyabrdan may oyigacha bo‘lgan davrlardagi tarixiy sana va kunlarga, shuningdek, yil nomi bilan bog‘liq tadbirlarga, yoshlarni ma’naviy kamoloti uchun xizmat qiladigan turli mavzularga alohida e’tibor berish zarur.
Masalan: 1 sentyabr Mustaqillik kuni munosabati bilan “Mustaqillik - ulug‘ ne’mat”, 1 oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Sizga ta’zim ustozlar” yoki faxriy ustozlar bilan uchrashuv kechalari o‘tkazish mumkini. Har bir oyda shu kabi tadbirlar uyshtirish mumkin.
“Ommaviy madaniyat va uning salbiy oqibatlari” mavzusida tadbirlar uyushtirib, unda yoshlarni ma’naviy immunitetini mustahkamlash vazifalarini hal etish mumkin.
Darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilarni mamlakatimizdagi Huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning binolariga, ayniqsa mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshootlar bilan atroflicha tanishtirish maqsadida ekskursiyalar uyushtiradi.
“YOsh Huquqshunoslar”, “YOsh vatanparvarlar” to‘garaklarini tashkil etish.
O‘quvchilarga o‘z mahallalari, qishloqlari, tumanlaridagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati mavzusida referat yozishni topshiradi.
Mahalla faollari, oqsoqollari ishtirokida “Mahallang tinch sen tinch” mavzusida davra suhbati o‘tkazadi.
Huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarga
ekskursiyalar tashkil qilinib bunda o‘quvchilar ularning faoliyati bilan yaqindan tanishishadi, va quyidagilarni: Ichki ishlar idoralarining asosiy vazifalariga konstitutsion tuzumni himoya qilish, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash, fuqarolarning hamda korxona, muassasa, tashkilotlarning mulkini, huquq va erkinliklarini har xil jinoiy tajovuzlardan va boshqa huquqbuzarliklardan himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish va sodir etilgan jinoyatlarni qiska fursatda to‘liq ochilishini ta’minlash ekanligini bilib oladi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 25 avgustdagi va 26 sentyabrdagi farmonlari asosida tashkil etilgan. MXX va uning joylardagi organlari xorijiy davlatlar va xorijiy tashkilotlar maxsus xizmatlarining O‘zbekistonga qarshi razvedka-qo‘poruvchilik faoliyatiga qarshi kurash olib boradilar, O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini, konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy butunligini, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va mudofaa qudratini g‘ayriqonuniy tajovuzlardan ximoya kilishni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |