Texnologik yondashuv yuqoridagi yondashuvlardan farqli o‘laroq ta’lim taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi sifatida bugun amaliyotga tezkor kirib kelyapti, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hozirgi sifat bosqichida o‘quv-tarbiyaviy jarayon modelini loyihalashtirmoqda.
O‘qitish jarayonidagi usullar, metodlar, shakllar va boshqalar mantiqiy texnologik zanjirga birikishib yaxlit texnologik jarayonni – pedagogik texnologiyani tashkil etishadi.
O‘quv jarayoniga texnologik yondashuvda quyidagilar alohida ajralib turadi: o‘quv maqsadlarini imkoni boricha aniq o‘rnatish (o‘qituvchining asosiy vazifasi); o‘quv materiali mazmunini o‘rnatilgan maqsadga mos holda ma’lum qonuniyatlarga tayangan holda saralash; o‘qitish jarayonini maqsadga erishish uchun yo‘naltirish; talabalarning o‘quv-biluv faoliyatini qo‘shimcha axboratlar (kitob, jurnal, ma’ruza matni,) dan foydalanish asosida mustaqil tashkil etish; joriy natijalarni baholash va zaruriy holda qo‘shimcha didaktik jarayonni qurish (korreksiyalash); natijalarning yakuniy bahosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |