O'zbekiston respublikasi



Download 0,62 Mb.
bet11/161
Sana16.09.2021
Hajmi0,62 Mb.
#175497
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   161
Bog'liq
MIG', MA va huquq metodika-2019

Motivatsiya o’qitishda ichki motivatsiyadan kelib chiqish kerak. O’quv jarayonida asosiy harakatlantiruvchi kuch - o’quvchi uchun ham, o’qituvchi uchun ham ichki motivatsiya bo’lishi kerak. Ichki motivatsiya - bu diqqatni tortish, ichki tuyg’u, astak, zaruratni shakllantirish.

Jahon pedagogik leksikoni qatoridan "Innovatsiya" tushunchasi o’rin olgan. Hozirgi davrga kelib innovatika fani shakllandi. Pedagogik innovatika - pedagogik yangiliklar, ularni baholash va pedagogik jamoa tomonidan o’zlashtirish, nihoyat uni amaliyotda qo’llash haqidagi ta`limot sifatida qaraladi. Bu ta`limot 3 yo’nalishni o’z ichiga oladi:

1.Pedagogik neologiya (yunoncha "neo" - yangi va "logos" - ta`lim, ya`ni yangilik haqidagi ta`limot) deyilib, bunda pedagogika sohasidagi har qanday yangiliklar o’rganiladi, umumlashtiriladi.

2. Pedagogik aksiologiya (yunoncha "aksioma" isbotlanmaydigan ta`limot ma`nosini anglatadi) deb nomlanib, bunda pedagogik yangiliklar ichida eng samaralilari tanlab olinadi.

3. Pedagogik praksiologiya (yunoncha "prake" harakat va "logos" ta`lim, ya`ni amaliyotda qo’llash hakidagi ta`limot ma`nosini anglatadi) deyiladi, bunda tanlab olingan pedagogik yangiliklarni amaliyotda qo’llash, muayyan samaraga erishish masalalari tushuniladi.

Pedagogik texnologiya, o’quvchilar qay tarzda, qanday usullar bilan o’qitilsa, natija samarali bo’ladi, degan savolga javob beradi. U o’zining muayyan tizimiga ega bo’lib, bunda komponentlarning bir butunligi saqlanadi.

Umumiy o’rta ta`lim muassasalarida o’quvchilar bilan darajasini tekshirish, baholashning yangi usuli joriy qilindi. O’zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda Respublika Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli "O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta`limni tashkil etish to’g’risida"gi qarorining amaldagi ijrosi sifatida o’quvchilar bilim darajalarini nazorat qilishning reyting tizimi Xalk ta`limi vazirligi tomonidan 1999-2000 o’quv yilidan boshlab umumiy o’rta ta`lim maktablarining 1-9 sinflari uchun mazkur nizom qabul qilindi. Umumiy qoidalar joriy etildi. Reyting nazoratidan maqsad: o’quvchilar o’zlashtirish darajalarini tartiblashtirishga va DTS talablari bilan taqqoslashga imkon yaratuvchi bilim, malaka va ko’nikmalarni muntazam ravishda va tabaqalashgan holda baholashdan iborat.

Reyting inglizcha so’z bo’lib, uning lug’aviy ma`nosi inson faoliyatidan ijobiy va salbiy tomonlarga o’zgarishlarini anglatadi. Reyting allaqachon AQSHda o’quvchilar bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan baho sifatida qo’llaniladi.

Reyting tizimi o’quvchilar bilimi sifatini nazorat qilish turi, metodi va shakli bo’lib, uning yordamida o’quv fani ta`lim standartining barcha imkoniyatlari bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlar sifatini baholash jarayonini ta`minlab beradi.

Reyting tizimini "besh balli" baholash tizimidan farqi nimada? Baho tushunchasi nazorat shakli bo’yicha o’zlashtirish natijalariga o’quv choragi (yarim yillik, o’quv yili) yakunida qo’yiladigan belgi, baholarni anglatadi. Va baholarning o’rtachasidan kelib chiqqan holda choraklik (yillik) o’zlashtirish natijalarini aniqlash tartibidan iborat bo’lsa, "Reyting tizimi"da esa o’zlashtirish natijasi nazoratning ko’rsatilgan barcha shakllarini o’tishdà to’plangan ballarni qo’shish yo’li bilan aniqlanadi.

Reytingning afzallligi:

1. Ta`lim jarayonida baholash tizimining imkoniyatlari kengayishiga xizmat qiladi;

2. O’quvchilar bilimini adolatli mezonlar asosida belgilaydi;

3. Ta`limni standartlashtirish jarayoni uchun eng qimmatli imkoniyatlarni ochib beradi;

4. O’quvchining o’quv mehnatiga mas`uliyati oshadi, o’z vaqtini rejalashtirishga o’rganadi;

5. Qo’shimcha manbalar, adabiyotlar, lug’atlar ustida mustaqil ishlash ko’nikmalari paydo bo’ladi;

6. Bilim va malakalarni baholashda adolat o’rnatiladi.


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish