Xar bir o‘quv fani uchun o‘quv dasturi tuziladi. O‘quv dasturi o‘quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. O‘quv dasturi xar bir o‘quv fanining o‘qitish uchun ajratilgan bilim xajmi, tizimi va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishini aniklab beradigan davlat xujjatidir.
Huquq fani o‘quv dasturi quyidagi xususiyatlarga ega;
Birinchidan, jahon tajribasida amal qilinayotgan dasturlar bilan qiyosiy tahlil bo‘lishi;
Ikkinchidan, dasturni bajarish bo‘yicha uslubiy yo‘l-yo‘riqlar bo‘lishi;
Uchinchidan, bloklarga ajratilgan mavzular bo‘lishi;
To‘rtinchidan, dars soatlari aniqligi;
Beshinchidan, bilim standarti darajasini belgilovchi savollar majmuasi borligi;
Oltinchidan, o‘zlashtirishni ta’minlash uchun zaruriy darslik va qo‘llanmalar bo‘lishi shart.
Darslik o‘quv jarayonining zarur qismidir. Ko‘p vaktlardan beri u o‘qitishning eng muhim vositasi hisoblanadi.
Darslik-o‘quvchilarning ikkinchi «muallimi». CHunki u, avvalo, o‘quvchi uchun zarur qo‘llanmadir.
Xar bir o‘quv fanining mazmuni darslikda batafsil yoritiladi. Darslik tegishli fanga oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talablariga muvofik ravishda bayon kiluvchi kitobdir.
Huquq fani darsligi
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida hozirgi paytda darsliklarning mazmunini ham tubdan yangilash, o‘zgartirish zarurligi ko‘rildi. Hozirgacha amalda bo‘lgan milliy boyligimiz mashhur ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va jahon taraqqiy etgan davlatlarida o‘rganilayotgan manbalarimiz darslikda aks ettirilmagan edi. Masalan: Marg‘iloniyning «Hidoya» asari, A.Temurning «Temur tuzuklari» yoki Husayn SHamsning 1935 yilda nashrdan chiqqan «Huquq» kitobi e’tibordan chetda edi. Maktabda o‘qitiladigan huquq darslarida o‘zlarining oldilariga qo‘ygan maqsad va ularning mazmuni belgilab berilganki, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
- ular hozirgi davr huquq fani darajasida bo‘lishi lozim;
- darslik dastur talablariga to‘la mos bo‘lishi, uning mazmunini ochib berishi, o‘quvchilarni dastur talabi darajasidagi bilim bilan qurollantirmog‘i lozim;
- darslik, mavzularning xarakteri, mazmuniga ko‘ra bir-birlaridan ham mustaqil bo‘lishi shart;
- belgilangan mavzuni ajratilgan soatda o‘tilishi, materiallar esa bolalarning tayyorgarlik darajasiga mos bo‘lishi shart;
- darslik mazmunan qisqa va kerakli detallarni o‘z ichiga olmog‘i lozim;
- darslik o‘quvchilar uchun tushunarli tilda sodda va ravon qilib yozilishi shart;
- darslik mavzularini tez va oson o‘zlashtirib olishga yordam beradigan ko‘rgazmali vositalar, illyustratsiyalar bilan boyitilishi shart;
- har bir darslik materiallari o‘quvchilarni zeriktirmaydigan, qiynamaydigan bo‘lmog‘i lozim;
- kitobning rang va bezaklari bolalar sog‘lig‘iga, ko‘rish organlariga salbiy ta’sir etmasligi lozim.
Bularning hammasi huquq darsliklariga qo‘yiladigan eng asosiy talablar hisoblanadi. Darslik huquqdan majburiy bilim hajmini belgilab beradi. O‘quvchi yangi material va ma’lumotlarni eng avvalo o‘qituvchining og‘zidan eshitadi. Huquq darsida o‘qituvchi bolalarni darslik bilan, uning tuzilishi bilan tanishtiradi. Mazkur fanga oid yangi tushunchalar haqida fikrlar beradi. Mustaqillikni qo`lga kiritgach O`zbekistonda barcha sohada bo`lgani singari ta`lim sohasida ham tub o`zgarishlar amalga oshirildi. Davlat ta`lim standarti joriy etildi. O`qitish jarayoniga katta talablar qo`yildi. Ulg`ayib kelayotgan yosh avlodga mukammal bilim berish vazifasi dolzarb masalaga aylandi.
Bu muammoni hal qilish umumdavlat ishiga aylantirildi, sababi navqiron O`zbekistonimizni yosh o`spiringa qiyoslasak, o`spirinni barkamol inson bo`lib etishishi uchun unga saviyasi baland ustoz darkor. Ta`lim sohasini saviyali tarzda tashkil etilsa, unda o`sib ungan malakali kadrlar mamlakat taraqqiyotini belgilab beradi.
Mustaqillik sharofati bilan tarixga xolisona munosabat o`zgardi. Yangi davlat ta`lim standartlariga javob bera oladigan darsliklar yaratish imkoni tug`ildi. Shu jumladan, huquq faniga nisbatan ham ancha jiddiy yondashila boshlandi. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida huquqiy poydevor yaratildi. Faqatgina I-chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o`z vakolati davrida 300 dan ortiq mukammal qonunlar qabul qildi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov har bir shaxs o`z huquqlarini bilishi, undan foydalana olishi, bu uchun esa aholining huquqiy madaniyatini, huquqiy ongini oshirish nechog`lik muhim ekanligini eslatib o`tadi.
Biz huquqiy demokratik jamiyat barpo etishdek sharafli yo`lni tanlagan ekanmiz, bu yo`lda kishilarda huquqiy ongini shakllantirish dolzarb masala. Mustaqillikka erishganimizdan keyin o`tgan davr ichida olingan tajribaga tayanib aytadigan bo`lsak, shu narsa ayon bo`ladiki, yohlarimizning umuman aholining (ko`pchilik qismi) huquqiy madaniyati yetarli darajada emas. Shu bois huquqshunoslik faniga bo`lgan e`dibor davlatimiz tomonidan. jonlantirildi. Boshqa fanlardan farqli o`laroq faqatgina huquqshunoslik fanini o`qitish sifatinii yaxshilash huquqiy ta`lim va tarbiyani rivojlantirish maqsadida maxsus dastur 1997 yil 29 avgusdda “Jamiyat huquqiy madaniyatini yuksaltirish milliy dasturi”ning qabul qilinishi ham bu soha davlatimiz siyosatining ustivor yo`nalishiga ayllanganidan dalolat beradi.
Har bir fan o`z predmeti va shu fanni o`qitish metodikasiga ega. O`zbekiston davlati va huquqi asoslari kishilik jamiyatiling rivojlanish qonunini o`rganuvchi ijtimoiy – huquqiy fan hisoblanadi. Sobiq ittifoq davrida bu fan kommunistik mafkuraga tobe` holda umumta`lim maktablarida “Sovet davlati va huquqi asoslari” fani sifatida o`rganib kelindi. O`zbekiston mustaqillikka erishgach “Davlat va huquq asorlari” fani o`qitila boshlandi. U mafkuraviy jihatdan bizga yot qarashlaridan tozalangan bo`lsada, uning haftada bir soat o`tilishi juda murakkab, o`quvchining yosh qobiliyatlari to`la inobatga olinmay tashkil etildi. Bir o`quv yili davomida o`quvchi huquqning barcha sohalarini jumladan, Konstitusiyaviy huquq, ma`muriy huquq, mehnat huquqi, fuqarolik huquqi, oila huquqi va boshqa huquq sohalarini o`zlashtirib olishi shart edi. 1997 yil 29 avgustda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 martdagi “O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`limni tashkil etish to`g`risida”gi Qarori Huquqshunoslik fanining o`qitilishini butunlay qaytadan tashkil etishga turtki bo`ldi. Unga asosan 8-sinfda “O`zbekiston davlati va huquqiy asoslari”, 9-sinfda “Konstitusiyaviy huquq”, o`rta va maxsus kasb – hunar ta`limida barcha huquq sohalari, oliy ta`limda esa butun huquqshunoslik fani mukammal o`qitilishi yo`lga qo`yildi.
Har bir huquqiy bilim beruvchi ustoz o`z oldiga aniq maqsad qo`yishi lozim. Huquqiy bilimning asosiy maqsadi shaxsda, guruhda huquqiy tafakkurni shakllantirish va uning asosida huquqiy ta`lim va tarbiyaga erishishdan iboratdir.
Huquqiy bilim olish jarayonida tinglovchilar qonunlarini bilishga, ulardan foydalanishga, hayotga tadbiq etishga erishishlari, o`z huquq erkinliklarini mukammal bilib, qonunga rioya qilish burch va majburiyatlarini o`rganishlari lozim. Demak, huquqiy bilim bilan bog`liq huquqiy tarbiyada shaxslar huquqbuzarlik sodir etmasliklari, qonun doirasida ish tutishlari, o`zlarini va boshqa shaxslarni hurmat qilishlari, davlat, jamiyat va oilada o`rnatilgan tartib – qoidalarni buzmasliklari kabi huquqiy tarbiyaga erishishlari kerak. Bu maqsadni amalga oshirishda eng birinchi o`rinni huquqiy ta`lim va shunday ta`limni beruvchi shaxs egallaydi. Ushbu o`qitish metodikasi kursining asosiy vazifasi ham shundadir.
Huquqiy bilim to`laligicha maxsus huquqiy o`quv muassasalarida beriladi, u erda mutaxassis – huquqshunoslar tayyorlanadi. Boshqa ta`limda esa umumiy huquqiy bilim o`rganiladi. Masalan, maktab o`quvchisiga jinoiy ish yuritish asoslarini o`rgatish shart emas. Ammo, u mehnat va oila huquqidan hamda boshqa huquq sohalaridan o`ziga tegishli huquqiy ma`lumotlarga ega bo`lishi lozim. 2001 yil 4 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Kontitusiyasini o`rganishni tashkil etish to`g`risida”gi farmoyishi asosida mamlakatimiz ta`lim tizimining barcha bosqichlarida “O`zbekiston Konsitutsiyasini o`rganish” o`quv kursi joriy qilindi. Mazkur o`quv kursi O`zbekiston Konstitutsiyaviy huquqining muhim tarkibiy qismi hisoblanib, u uzluksiz ta`limda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni ekanligi, unda davlat suverenligi, inson huquq va erkinliklari, burchlari, shaxsning qanday huquqlari mavjud va kafolatlanganligi, davlat hokimiyati kabi muhim savollar javobini egallash darajasida tinglovchi bilim olishi kerak.
Shuningdek, nafaqat konstitutsiyaviy huquqlarni o`rganish, balki bunday qoidalarning hayotga hamohangligini o`zlashtirib borish, milliy qonunchiligimizda konstitutsiyaviy qoidalarning kafolatlanishining qay darajadaligini o`rganish, unga ilmiy yondashish darajasigacha o`zlashtirib borishi o`ta dolzarb masaladir.
Huquqiy bilim olgan shaxs o`z bilimini hayotda amalga oshirishi, tadbiq eta olishi kerak. Fuqarolar huquqiy erkinliklari, burchlari bo`yicha dars jarayonida o`rganganlarini hayotda foydalana olishi, shaxsning qonun asosida o`zini himoya qilishi, o`z burchlarini bajarishi uning o`z hatti – harakatlaridan kelib chiqadi. Bunday hatti – harakatlarning faollashib yoki aksincha susayib borishiga bir qancha omillar o`z ta`sirini ko`rsatishi mumkin. Masalan, ta`lim muassasalarida ma`sul shaxslar hatti – harakatlari yoki oiladagi shart – sharoitlar bunga o`zining ijobiy yoki salbiy ta`sirini ko`rsatishi mumkin. Bunday vaziyatlarda ta`lim muassasalaridagi ma`sul shaxslar o`z faoliyatlarining samaradorligini oshirishi kerak. Aytish joizki, mehnat huquqidan olingan bilim doirasida shaxs o`z mehnat faoliyatini huquqiy tartib doirasida amalga oshiradi va o`zining huquqlarini himoya qila oladi. Ariza, talabnoma, dalolatnoma va boshqa ma`lumotlarni yozish, mehnat shartnomasini tuzish qoidalari haqida, umumiy mehnatga oid huquqiy munosabatlarning hayot taqazo etgan qismini o`rganishga zamin yaratiladi.
Ma`muriy huquqni o`rganishda o`quvchi (talaba) davlat boshqaruvi haqida, boshqaruv sohalari, davlat xizmati haqida, ma`muriy huquqiy munosabatlar, ma`muriy huquqbuzarlik tushunchasi, ma`muriy javobgarlik, jazo va hokazolar haqidagi bilimga ega bo`lishadi. Ma`muriy huquqbuzarlikning sodir etilishi inson hayoti uchun havfli oqibatlarni keltirishini tinglovchi chuqur his qila olishi asosiy masaladir.
Fuqarolik huquqi fanini misol tariqasida olib qaraydigan bo`lsak, unda fuqarolik huquqiy munosabatlarning kelib chiqish asoslari, mulkiy munosabatlarning inson huquqlari sifatida e`tirof etilishi jamiyatda yashayotgan insonlarga davlat tomonidan, o`z jamiyatini rivojlantirish uchun imkoniyat sifatida qarash mumkin. Masalan, oliy o`quv yurtida yuqoridagi keltirilgan misollardan eng muhim jihatlari ochib berilsa, huquq normalarining elementlarini tinglovchining o`zi bilib olishiga zamin yaratib beriladi va natijada o`quvchi, talaba bunday bilimni o`zi mustaqil egallashga intiladi. Bu esa o`qituvchining mahoratiga juda ham bog`liqdir.
Ta`limning barcha turlarida huquqni o`qitishda eng muhim tamoyil – “uzluksizlik”ni esdan chiqarmaslik va “bosqichma - bosqichlik” g`oyasiga tayanish maqsadga muvofiqdir. Shundan kelib chiqib, huquqiy ta`lim jarayonida tinglovchilarga quyidagilar o`rgatilishi lozim:
Birinchidan, bilim berilishi, ya`ni u davlat va huquq bilan bog`langan bo`lishi kerak. Ikkinchidan, olingan bilimni hayotga tadbiq etish mahorati o`rgatiladi.
Uchinchidan, shaxs doimo o`z ustida ishlashi, izlanishi va oqibatda biror natijaga ega bo`lishlikka harakat qilishi kerak.To`rtinchidan, davlat va jamiyat taraqqiyoti ishlari bilan qiziqish hislatlariga ega bo`lishni shakllantirishdan iboratdir.
O`zbekiston Respublikasi 1-chi Prezidenti I.A.Karimov: “Har qanday jamiyatda ham demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi, qonunlarning xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolarning davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir”- degan fikrida jamiyat har bir a`zosining o`ziga tegishli huquqlarni qay darajada qo`llay olishi, to`g`rirog`i foydalana olishi haqida so`z yuritiladi.
Huquqiy ta`limning asosini huquqiy bilim tashkil etadi. Bilim shaxsning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. O`qituvchi dars jarayonida jamiyat va davlatdagi yangiliklarni o`zi mukammal bilishi va ularni tinglovchilarga o`rgatishi lozim. Masalan, yangi qonunning kelajakka, istiqbolga tegishli tamoyillarini o`quvchi o`qituvchidan o`rganadi.
Dars jarayonida tinglovchilar: davlat va uning boshqarilishini, huquqqa bog`liq tushunchalarni, huquqiy munosabatlarning kelib chiqish asoslarini, huquqbuzarlik tushunchasi va turlari hamda huquqiy javobgarlik tushunchasi va boshqa bir qancha huquqiy ma`lumotlarni bilib olishlari lozim. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to`g`risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni tinglovchilarga o`qituvchi sharhlab berishi kerak.
O`qituvchi tinglovchiga har bir qonunning jamiyat uchun, inson hayoti uchun zarur va afzal tomonlarini (yangi qonunning) ochib bera olishi shart. Har bir qonun yangiliklarini o`quvchi ilk marta o`qituvchisidan eshitishi maqsadga muvofiqdir. Chunki boshqalar qonun sharhini yetarli darajada bilmasligi tufayli noto`g`ri tushuncha hosil qilib qo`yishlari ham mumkin. Demak, o`qituvchi darsga kirishdan oldin mavzu bo`yicha maxsus huquqiy hujjat (na`munaviy dastur va ishchi o`quv reja)lar bilan tanishib, dars matnini tayyorlab, tinglovchilardan tushadigan savollarga javob berish darajasida tayyorgarlik ko`rishi lozim. Agar u yoki bu savolga javob berishga qiynalsa, o`qituvchi tinglovchilarga kelgusi darsda bu savolga javob berishini aytishi mumkin. Tegishli qonuniy hujjatlar yoki adabiyotlardan foydalanib har bir javobsiz qolgan savol kelgusi darsda tushuntiriladi.
Tinglovchilar orasidan davlat, jamiyat hayoti bilan qiziquvchilar, rahbarlik xususiyatiga ega shaxslar ham aniqlanadi. Ular davlat va huquq nazariyasi, davlatdagi mavjud qonunlar, ularning yaratilishi bilan alohida qiziqadi. Ularni to`g`ri yo`lga yo`naltirish uchun o`qituvchilar avvalambor o`zi yaxshi huquqiy bilimga ega bo`lishi, qonun yangiliklari bilan tanishgan bo`lishi shart. Agar o`qituvchining ma`lumoti u yoki bu huquq sohasi bo`yicha to`la bo`lmasa, tinglovchiga maxsus maktablar yoki mutaxassislar bilan uchrashuviga yordam berishi lozim. Ana shundagina jamiyatimizda haqiqiy bilimdon, o`z kasbini sevadigan, uning huquqiy asoslarini biladigan mutaxassislar yetishib chiqadi.
Huquqni o`qitish metodikasi bo`lajak o`qituvchilarga dars berish yo`llarini o`rgatadi. Umuman, fanni o`qitish, sifatini belgilashda metodika fani katta o`rin egallaydi. Metodika bilan qurollangan har bir o`qituvchi to`g`ri, ijodiy va samarali ishlash imkoniyatiga ega bo`ladi. Huquq fani o`qtiuvchisi zimmasiga yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol avlod qilib tarbiyalash singari katta va ma`suliyatli vazifalarni yuklaydi. Huquqni o`qitish va tarbiyalash metodikasi o`quvchilarga nimani o`qitish va qanday o`rgatish kerak degan savolga javob berib:
a) O`quvchilarga fan asoslarini singdiradi;
b) Ularni o`rgatish metodlarini aniqlab beradi.
Fan asoslari, huquq bo`yicha bilimning hajmi esa huquqshunoslik fani dasturida belgilab berilgan. Huquqni o`qitish metodikasi kursining o`ziga xos bir qancha xususiyatlari mavjud:
1.Dars ob`yektlari har xil bo`lib, mashg`ulotlarning mazmuni bir – biridan tubdan farq qiladi;
2.Darsning mazmuni, mohiyati, yo`nalishlarini belgilashda o`qituvchi xislati, bilim darajasi, mahorati va hokazolar muhim o`rin egallaydi;
3.Darslarda berilgan bilimlar hayotiy hamda amaldagi tartib – qoidalar va me`yoriy normalar bilan bevosita bog`liq bo`ladi;
4.Huquq fani asoslari doimiy ravishda yangilanayotganligi hisobga olinadi.
O`qitishning dialektik qonuniyatlariga amal qiluvchi huquq o`qituvchisi metodika fanining turli uslub va tamoyillarga ega ekanligini bilib olishi shart.
Har bir mavzuni turlicha usullar bilan o`qitish qonuniydir;
Har bir mashg`ulot turli – tuman huquq manbalari asosida tashkil etiladi;
Huquq mashg`ulotida asosan me`yoriy qoidalar o`rgatiladi.
Darslarda hukumat tomonidan olib borilayotgan siyosatning huquqiy asoslari o`rgatib boriladi va boshqalariladi.
O`quvchining dars berishga tayyorlanishi uchun yordam ko`rsatish maqsadida yaratilgan metodik qo`llanmalardan va o`qitish jarayonida bevosita foydalaniladigan kitoblar, sxemalar, daftarlar va boshqa narsalarni o`quv qo`llanmalari deb ataymiz. Huquqga doir o`quv qo`lanmalarni yaratish va ulardan foydalanishda bu fanni o`qitishdan iborat umumiy maqsadlar ko`zlanadi. Huquqga oid o`quv qo`llanmalarining vazifasi - huquq o`qitishning ta`lim - tarbiyaviy ta`sirchanligini oshirishdir. O`quv darsligi o`qituvchi uchun metodik qo`llanma, o`quvchilar uchun esa ta`lim manbai sanaladi. Ta`lim manbai sifatida o`quv darsligi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1.Bilish, o`rganish, izlanishga oid qiziqishlarni oshirish funksiyasi. Qiziqishlarni oshirish darslikning motivlashtirish funksiyasi bo`lib, u bolalarning o`qish va o`qishning ijtimoiy ahamiyatini anglashlarini ta`minlaydi.
2.Hayotning turli sohalariga oid bilimlarni egallash, ularning hajmi, mazmunini kengaytirish funksiyasi. har bir darslikda inson faoliyatining turli sohalari bo`yicha bilimlar beriladi.
3. Bilimlar bilan qurollantirish darslikning informatsion funksiyasi bo`lib, u bolalarning yangi bilimlarni o`rganish, o`rganganlarini mustahkamlash, takrorlash, umumlashtirishlari uchun xizmat qiladi.
4.O`rganilgan bilimlardan o`quv sharoitlari, hayotiy muamollarni hal qilish jarayonlarida foydalanish funksiyasi. Darslikning funksiyasi darslik bo`yicha o`rganilgan bilimlar doirasida mashq qilish o`quv predmetiga oid ko`nikmalarni malakalarga aylantirish vazifasini o`taydi.
5.Ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish funksiyasida o`quv darsliklarining har biri bolalardan faoliyatining ma`lum sohasiga oid iqtidor, qobiliyatlarini o`stiradi.
Davlat tomondidan tasdiqlangan huquq programmasiga huquq kursining asosiy
problematikasi va strukturasi belgilangan.
O`quv qo`llanmalarining birinchi vazifasi - kurs materiallarini qanday hajmda, qanday chuqurlikda va qanday mantiqiy tartibda yoritish kerakligini konkret ko`rsatib berishdir, bu vazifani butun kurs miqyosida faqat darslik yoki uning o`rnini bosadigan o`quv kitobigina bajara oladi.
Darslik - butun kurs davomida beriladigan, o`quvchilarga tushunarli va o`zlashtirilishi albatta shart bo`lgan sistemaga solingan ilmiy bilimlarni o`z ichiga olgan qo`llanmadir.
O`quv qo`llanmalarining 2- vazifasi:
- huquq o`qitishni bilim manbalari hamda mashg’ulot (test, qiziqarli savollar) materiallari bilan ta`minlashdir. Ular o`quvchilarni aktiv o`quv faoliyatini huquq o`qitishdagi ta`lim - tarbiyaviy maqsadlarga, kursning mazmuni va xususiyatlariga hamda o`quvchilarning saviyasiga muvofiq suratda tashkil etish imkoniyatlarini berish kerak.
O`quv qo`llanmalarining 3 - vazifasi o`quvchilarning huquq fanini o`rganishdagi fikriy foaliyatlariga o`qituvchining rahbarlik qilishga yordamlashishdir. O`quvchi fikrlash qobiliyatini muntazam suratda o`stirib borishga darslik va boshqa o`quv qo`llanmalaridagi savol va topshiriqlari yordam beradi. Yuridik atamalar lug’atidan foydalanish o`quvchi uchun mavhum bo`lgan tushunchalarni anglab olishga yordam beradi.
"O`zbekiston davlati va huquq asoslari", "Konstitutsiyaviy huquq asoslari" darsliklaridan savol va topshiriqlar, har bir bob yakunidagi testlar sistemasi o`quvchilardan yuridik faktlarni o`zaro aloqa va munosabtlarda olib qarashni; mustaqil ravishda samarali aqliy faoliyat bilan shug’ullanishni; hodisalarni taqqoslab ko`rishni, tushunchalarning belgilarini topish va umumlashtirishni; baholovchi xulosalar chiqarib, bu xulosalarni asoslab berishni talab etadi.
Darsliklarning matni abzaslar va punktlar bilan tugal ma`noli qismlarga bo`lingan, tekstning o`quvchilar alohida e`tibor berishlari zarur bo`lgan joylari alohida shriftlar, o`quvchi diqqatini jalb etadigan kichik suratlar va savollar bilan ajratib ko`rsatilgan. 8 - sinf "O`zbekiston davlati va huquq asoslari", 9 - sinf "Konstitutsiyaviy huquq asoslari" darsliklarida har bir bob va mavzu boshida shu mavzu, haqida tushuncha beruvchi qisqa obzor berilgan. Bu esa o`quvchilarning mavzuni tushunib olishlariga va mustaqil tayyorlanishga ancha qulaylik yaratadi.
O`quv qo`llanmalarining 4-vazifasi - ta`limning o`quvchi shaxsini shakllantirishga ko`rsatadigan emotsional ta`sirini kuchaytirishdir.
O`quv - tadqiqot izlanishlarini tashkil etish, shu jumladan, biror muammoni o`z ichiga olgan vaziyat yaratish huquq darslarining emotsional ta`sirini oshirishga yordam beradi.
8 - 9 sinflarda huquq darsini o`tish uchun maxsus nashr qilingan o`quv qo`llanmalari bilan bir qatorda konstitutsiya va kodekslardan foydalanish mumkin. Jadvallar, doskadagi rasm va yozuvlari ham amalda o`quv qo`llanmasi xizmatini o`taydi. O`quv qo`llanmalariga tafovut qiladigan talablar bilan bir qatorda umumiy talablar ham qo`yiladi.
Bular quyidagilar:
1. O`quv qo`llanmasining fanga asoslangan bo`lishi.
2. Ularning mazmuni ta`lim - tarbiyaviy jihatdan juda muhim bo`lishi va maktab huquq kursidagi bilimlar sistemasining tarkibiy qismlari qatoridan joy olishi kerak. Ularning mazmuni asosiy huquqiy faktlarni o`quvchilarga tarbiyaviy jihatdan yaxshi ta`sir ko`rsata oladigan qilib yoritib berishi kerak.
Tarbiyaviy qimmati bo`lmagan 2 - darajali maishiy tafsilotlar o`quv qo`llanmalarida bo`lmasligi lozim, aks holda bu ahamiyatsiz narsalar 1-o`ringa chiqib qolish, o`quvchi e`tiborini asosiy masaladan chetga tortishi, natijada ta`limga foydadan ko`ra ko`proq zarar keltirishi mumkin.
3. Qo`llanmalar mazmunining murakkabligi, chuqurligi va hajmi ulardan foydalanadigan o`quvchilarning bilish qobiliyatiga, shuningdek, mazkur qo`llanmalarda yoritiladigan masalalarni o`rganishga ajratilgan soatlarga muvofiq bo`lish zarurligidir. Qo`llanmadan foydalanadi o`quvchilarning bilish qobiliyati qancha yuqori natijada bo`lsa, qo`llanma mazmunining hajmi, chuqurligi va murakkabligi shuncha ko`p bo`lishi hamda materialni o`zlashtirishga vaqt shuncha kam ketish mumkin. Sinfda barcha o`quvchilarning bir vaqtda birga foydalanishiga mo`ljallagan qo`llanma, odatda, ularning hammasi uchun tushunarli bo`lishi kerak.
4. Qo`llanmaning mazmuni ochib beriladigan metodik usulga taalluqlidir. Qo`llanmadagi bilimlarni tushuntirish usuli qo`llanma mazmunini yaxshi o`zlashtirish va ta`lim davomida undan foydalanishni ta`minlovchi o`quv foaliyatiga mos kelishi kerak.
5. Badiy va texnik jihatdan bezatilishiga taalluqlidir.
O`zi ma`lumot bermaydigan, lekin o`quvchilarning topshiriq bajarish vaqtida o`zlaridagi bilim, malaka va ko`nikmalarini ishga solishlarini talab etadigan o`quv qo`llanmalari mavjud, bular:
Test, krossvord, rebus, viktorina va hokazo.
O`quvchilarga yangi ma`lumot bermaydigan bu o`quv qo`llanmalarining hammasi o`quvchilarning bilimlarini chuqur tushunib, esda saqlab qolishlariga malaka va ko`nikmalar hosil qilishlariga, ularning bilim va malakalari qanday o`zlashtirganliklarini tekshirish imkonini beradi. Shartli ravishda ularni tekshiruv o`quv qo`llanmalari deb atasa bo`ladi.
Tekshiruv qo`llanmalari tuzish va ulardan foydalanishdagi asosiy vazifa - o`quvchilarning yaxshi tushunib va puxta bilim olishlari lozim bo`lgan materialni tanlashdan hamda ularning o`z bilim va malakalarini mustaqil ravishda tadbiq eta bilishlarini talab qiladigan topshiriqlar ishlab chiqishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |