Fan xonasidan foydalanishda quyidagi talablarga rioya qilish tavsiya etiladi:
a) Funksional pedagogik talab: fan xonasidagi jihoz va vositalar ta’limning ilg‘or metod va shakllarini qo‘llashga, o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish hamda mustahkamlashga, fan asoslari bilan puxta kurollanishga imkon berishi kerak.
b) Ilmiy talab: o‘quvchilarga milliy va umum-insoniy qadriyatlar, odob-axloqqa doir ma’naviy meros durdonaari, ijtimoiy taraqqiyot mavzularini hozirgi zamon ma’lumotlari bilan uyg‘unlashtirishdan iborat. SHuningdek, o‘quvchilarning fan asoslaridan puxta bilim olishlariga hamda bu bilimlarni mustaqil ravishda to‘ldirib borishlariga erishishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |