O‘quv xonalari sanitariya-gigiena, mehnat xavfsizligi qoidalari kabi o‘quv jarayonini tashkil qilishning qat’iy talablariga javob berishi zarur.
"Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari" fan xonasi o‘z faoliyatini maktab Nizomi, "Talim to‘g‘risida"gi Qonun, "Qadrilar tayyorlash milliy dasturi", ta’lim sohasiga tegishli boshqa xukuqiy-me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etadi. Xonada "Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari" mashg‘ulotlarining samarali tashkil etilishi, tegishli o‘quv-metodik adabiyotlar, ko‘rsatmali ko‘llanmalar, texnika vositalari hamda boshqa jihozlarning tartibli saqlanishi ta’minlanadi. Fan xonasi o‘qituvchi va o‘quvchi uchun ijodiy laboratoriya vazifasini o‘tashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |