Sinkveyn (axborotni yig‘ish) usuli. Metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchilardagi tarqoq axborotli jarayonlar asta-sekin bosqichma-bosqich yo‘naltirilgan jarayonga aylantirib boriladi, ya’ni o‘rganilgan bilimlarni mavzuni o‘rganish davomida o‘rganiladi. Muayyan voqelik to‘g‘risida yakdil fikrga kelinadi. Buning uchun o‘quvchilarda besh imkoniyat mavjud bo‘ladi, ya’ni sinkveyn beshqatordan iborat o‘ziga xos “oqshe’r” (qofiyasiz) bo‘lib, o‘rganilayotgan mavzuga oid tushunchalar (hodisa, jarayon, voqea) qat’iyan ketma-ketlikda yozib chiqiladi. Sinkveyn orqali o‘quvchilar o‘z fikrlarini to‘plash ixcham ifodalash mulohazalarni sintezlash va mavzu bo‘yicha to‘g‘ri xulosalarni takomillashtirishga o‘rganishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |