O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
A.NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Ro’yxatga olindi: "TASDIQLAYMAN"
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
№__________________ N.B.Eshqobilov_____________
2013 y. «___»______________ "____"_____________2013 yil
Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti
“Milliy g’oya va falsafa” kafedrasi
F A L S A F A T A R I X I
fanidan namunaviy
DASTUR
Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar soxa
Ta’lim sohasi: 110000 - Pedagogika
Ta’lim yo’nalishlari: Gumanitar ta’lim yo’nalishlari uchun
5111600 – Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi;
Samarqand – 2013
Fanning o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
Sh.Sh.Ortiqov. - Milliy g’oya va falsafa kafedrasi assistenti
Taqrizchilar:
L.N. Jo’rayev. –Ijtiomiy ish kafedrasi mudiri, f.f.n, dosent
Sh.Sh. Negmatova- Milliy g’oya va falsafa kafedrasi,f,f,n assistenti
Fanning ishchi o’quv dasturi «Milliy g’oya va falsafa» kafedrasining 2013 yil "29" avgustdagi "№-1- son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: prof. J.Ya.Yaxshilikov
Fanning ishchi o’quv dasturi " IJTIMOIY-IQTISODIYOT " fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2013 yil 29 avgustdagi 1-sonli bayonnoma).
Fakultet kengashi raisi: B.To’rayev
Kelishildi:
Ukuv uslubiy boshqarma boshligi Qurbonov H.Q.
Mazkur namunaviy dastur A.Navoiy nomidagi Samarqand Davlat Universitetida, Milliy g’oya va falsafa kafedrasi kengashning 2013 yil 19 avgustdagi 1-son majlis bayoni bilan dastur sifatida ma’qullangan.
KIRISh
Mustaqillikning taraqqiyot yo’li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Fanning barcha sohalaridagi kabi falsafada tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. Zero, eng qadimiy rivojlanish tarixiga ega bo’lgan falsafa o’zida turli davrlarning ijtimoiy-siyosiy qarashlarini mujassamlashtirib, voqyea va hodisalarning mohiyatini anglashni, nafaqat anglash, balki ularga munosabat bildirishni shakllantiradi. Shu o’rinda Falsafa tarixi fani falsafani vujudga kelishi uning tabiy ijtimoiy asoslarini yoritadi.Modomiki shunday ekan, bugungi kunda falsafani yanada rivojlantirish, yosh avlodni falsafiy dunyoqarash, zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko’proq kuchga ega”1.
Falsafiy tafakkurning ijtimoiy-siyosiy asoslari har qanday jamiyat xalqining ijtimoiy ongini o’zgartirishga, uning pirovard maqsadlariga xizmat qilishga qaratilgan.
Bugungi kunda falsafiy tafakkurning yangilanishi nafaqat umumiy ma’naviy muhitning, balki har bir jamiyat a’zosining ijtimoiy qiyofasi, ruhiy dunyosi, maqsad va ehtiyojlarining o’zgarishi hamdir. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “Falsafa barcha fanlarning otasi. Falsafani bilmaydigan odam - medisina yoki ta’lim, san’at yoki madaniyat sohasi vakili bo’ladimi, bundan qat’iy nazar – hayotning, o’z kasbining ma’no mazmunini yaxshi tushunmaydi. Misol uchun, tarixni tahlil qilish uchun har bir voqyea va jarayonga falsafiy qarash, ularni umumlashtirgan holda zarur xulosalar chiqara olish kerak. Shu bois tarixchi bo’lish uchun falsafiy tafakkur qobiliyatiga ega bo’lish darkor”2. Shundagina inson buyuk allomalar orzu qilgan fozil odamlarning komil fazilatlarini shakllantirish va takomillashtirishga munosib hissa qo’sha oladi.
“Falsafa tarixi” Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi talabalari o’rganish uchun majburiy sanalgan fundamental fanlardan biri bo’lgan va shunday bo’lib qolmoqda.
Mazkur fanni mohiyatini o’rganishimiz jarayonida, uning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashimiz va falsafa inson o’z-o’zini va o’zini qurshagan dunyoni anglab yetishida qanday rol o’ynashini tushuna boshlaymiz. Zero, Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek: “O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi”3. “Bir so’z bilan aytganda, yoshlarimizni falsafiy tafakkur bilan qurollantirish” - davr talabi. Nega deganda, bugungi zamonda har qanday raqib va muxolif bilan bahsga kirishish uchun uning qarashlari va g’oyasi, falsafasini ko’proq bilishimiz, kerak bo’lsa, uning o’zidan ham puxtaroq egallashimiz lozim”41
Shu bois falsafaga yaxlit munosabatni unda ko’tarilgan masalalarning teranroq va to’liqroq talqini mazkur dastur mazmunida ifodalashga harakat qilingan.
Mazkur dasturning birinchi mavzusidada falsafaning mohiyati, rivojlanishining asosiy bosqichlari va yo’nalishi haqidagi masalalarga e’tibor qaratilgan. Keying mavzularda turli davrlar vujudga kelgan falsafiy g’oyalarni yaratilishi, mamlakatlarda falsafani ahamiyatini bilish,inson borlig’i muammolari o’rin olgan.
Dasturda falsafiy muammolarga yangicha falsafiy tafakkur nuqtai nazaridan yondashilgan, nazariya va amaliyot uyg’unligiga e’tibor qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |