3. «Blis - o’yin» texnologiyasi
Ushbu texnologiya talabalarni harakatlar ketma-ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan predmeti asosida ko’p, xilma-xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o’rgatishga qaratilgan. Ushbu texnologiya davomida talabalar o’zlarining mustaqil fikrlarini boshqalarga o’tkaza oladilar, chunki bu texnologiya shunga to’liq sharoit yaratib beradi.
Maqsad. Ushbu texnologiya talabalarga tarqatilgan qog’ozlarda ko’rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka holda mustaqil ravishda belgilab, so’ngra o’z fikrini boshqalarga o’tkaza olish yoki o’z fikrida qolish, boshqalar bilan hamfikr bo’la olishga yordam beradi.
O’tkazilish texnologiyasi.
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o’tkaziladi:
1- bosqich. O’qituvchi ushbu trening bir necha bosqichda o’tkazilishi haqida talabalarga tushuncha beradi. Har bosqichdagi vazifani bajarishga aniq vaqt berilishi, talabalar esa shu vaqtdan unumli foydalinishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi; o’qituvchi hamma talabalarga alohida - alohida tarqatma material beradi va talabalardan ushbu materialni sinchiklab o’rganishlarini so’raydi; o’qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigai vazifani tushuntiradi, ya’ni tarqatma materialda berilgan 13 ta harakatni ketma-ketligini to’g’ri belgilash kerakligi, belgini esa qog’ozdagi alohida ajratilgan bo’limga raqamlar bilan belgilash kerakligini tushuntiradi; ko’yilgan vazifa avval yakka tartibda bajarilishini aytadi.
2- bosqich. O’qituvchi birinchi berilgan vazifani har bir talaba tomonidan yakka tartibda bajarilishini kuzatadi, qiynalganlarga yordam beradi, yoki qaytadan tushuntiradi; har bir talaba tarqatma materialdagi «yakka baho» bo’limiga shu yerda berilgan harakatlardan o’zining shaxsiy fikri asosida mantiqiy ketma-ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadi, ya’ni berilgan 13 harakatdan, uning fikricha qaysi biri, birinchi bo’lishi, qaysi biri esa ikkinchi bo’lishini va hokazo. Bu vazifani bajarish uchun o’qituvchi talabalarga 10 daqiqa vaqt beradi.
3- bosqich. O’qituvchi talabalardan 3 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishlarini so’raydi. 3 kishilik guruhlar talabalarning hohishlariga qarab yoki raqamlar bo’yicha tashkil etishi mumkin; kichik guruhlardagi talabalarning har biri o’z qog’ozidagi yakka baho bo’limida belgilangan harakatlar ketma-ketligi bilan bir birlarini tanishtiradilar, keyin 3 kishida uch xil bo’lgan ketma-ketlikni birgalashib, bir-birlari bilan tortishib, bahslashib, bir birlariga tasir o’tkazib, o’z fikrlariga ishontirib kelishgan holda bir muqimga kelib ularga tarqatilgan qog’ozdagi «guruhbahosi» bo’limiga raqamlar bilan belgilab chiqadilar. O’qituvchi kichik guruhdagi tortishuvlarda ishtirok etmaydi, faqat kichik guruhlar va har bir talaba faoliyatini kuzatadi. Bu vazifani bajarish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.
4- bosqich. Barcha kichik guruhlar o’z ishlarini tugatgach, o’qituvchi harakatlar ketma-ketligi bo’yicha to’g’ri javobni beradi, ya’ni talabalardan ularga tarqatilgan qog’ozlardan «to’g’ri javob» bo’limini topishni va unga o’qituvchi tomonidan aytilgan harakatlar ketma-ketligining raqamlarini yozishni so’raydi.
5- bosqich. O’qituvchi «to’g’ri javob» bo’limida berilgan raqamlardan «yakka baho» bo’limida berilgan raqamlarni (yoki aksiga), ya’ni kattadan-kichikni ayirgan holda «yakka xato» bo’limiga chiqqan farqni yozishni so’raydi. «Yakka baxo» bo’limidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab qo’shib chiqib umumiysini hisoblashlari kerakligini uqtiradi.
6-bosqich. Xuddi shu tartibda «to’g’ri javob» va «guruh bahosi» o’rtasidagi farq kattadan-kichikni ayirish orqali bajariladi, chiqarilgan farqlar soni «guruh xatosi» bo’limiga yozilib, yuqoridan pastga qarab qo’shiladi va umumiy son keltirib chiqariladi.
7-bosqich. O’qituvchi yakka va guruh xatolarining umumiy soni bo’yicha tushuncha beradi, ularni alohida-alohida sharhlab beradi. «Yakka xato» bo’limidagi umumiy sonlarning sharhi: Agar yakka xatolar soni 30 gacha bo’lsa, bunday talabalarda tashkilotchilik, konstruktivlik qobiliyati yetarli, ular mustaqil ravishda har bir ishni tashkil eta oladilar, turli sharoitlardagi harakatlar vaqtida mantiqan ularning ketma-ketligini tashkil eta oladilar.
Agar yakka xatolar soni 30 dan 40 gacha bo’lsa, bunday talabalarda tashkilotchilik qobiliyati yetarli emas, biron bir ishni yoki faoliyatni tashkil etishlarida qiynaladilar yoki pala-partishlikka yo’l qo’yadilar. Shuning uchun ular alohida kurslarda o’qishlari yoki mantiqan fikrlashga o’rganishlari kerak bo’ladi. Agar xatolar soni 40 dan yuqori bo’lsa, bunday talabalarda tashkilotchilik, mantiqiy fikrlash qobiliyati yetarli emas, ular o’z ustilarida ishlashlari kerak bo’ladi yoki mahsus treninglar, kurslardao’qishlariga to’g’ri keladi.
«Guruh xatosi» bo’limidagi umumiy sonlarning sharhi:
Agar xatolar soni 30 gacha bo’lsa, bu guruhlardagi talabalar bir-birlarini tushunishga xarakat qilganlar, bir-birlarini ishontira olganlar va natijada bir xil natijaga erishganlar. Demak, guruhda samimiy munosabat o’rnatilgan, fikrlar bir joydan chiqqan.
Agar guruhning xatolar soni 30 dan 40 gacha bo’lsa, bu guruhda talabalarning bir muqimga kelishlari qiyin bo’lgan, tortishuvlar yuzaki yoki ishonarsiz bo’lgan yoki guruh azolari bir-birlarini tushunishga sust holda intilganlar, yoki vazifaga beparvoroq bo’lganlar, yoki bir-birlarini xafa qilib qo’yishdan cho’chiganlar, yoki guruhning barcha a’zolari yuzaki holda kelishishgan-u , aslida esa har kim o’z fikrida qolgan bo’lishi mumkin. Samimiy munosabat bu guruhda o’z aksini topmagan. Agar guruh xatosining soni 40 dan ortiq bo’lsa, bu guruh a’zolari umuman bir-birlari bilan kelisha olmaganlar, o’zaro ishontirish bo’lmagan. Har kim o’z fikrida qolgan. Samimiy munosabat o’rnatilmagan.
Izoh: Bajarilgan vazifani baholashning yana bir turi, quyidagicha: talabalarning javoblari o’qituvchi tomonidan berilgan «to’g’ri javob»ning yarmidan ko’piga to’g’ri kelgan bo’lsa, demak, «qoniqarli», 75% to’g’ri kelgan bo’lsa «yaxshi», 100% to’g’ri kelgan bo’lsa «a’lo» deb belgilash mumkin.
8 - bosqich. Misol tariqasida «Men Ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni o’tkazuvchi tashkilotchiman» mavzusidagi blis - o’yinning chizmasini keltirishimiz mumkin.
Gurux bahosi
Guruh xatosi
To’g’ri javob
Yakka xato
Yakka baho
Guruh ishidan chetlashish
Harkatlar mazmuni
1. Tadbirning rejasini tuzish
2 Tadbirning maqsadini belgilash
3 Tadbirning mazmunini tanlash
Tadbirni boshlash yo’lini tanlash va uning ssenariysini yozish
Tadbirni repitisiya qilish
Oldindan bo’lajak tadbirga tomoshabinlarning munosabatlarini ko’ra bilish
Tadbirni vaqtlarga bo’lish
Tayyorlanadigan tadbirni boshqa tadbirlar o’rtasida dolzarbligini baholash
Tadbirni mavzusini tuzish
Bo’lajak tadbirning eng qiziqarli, ta’sirli nuqtalarini tanlash
O’tkazilgan tadbirning yakuniy tahlili va keyingi tadbirga tayyorgarlik
Tadbirda ishlatiladigan turli texnikalarni tayyorlash masalalarini hal etish
Tadbir o’tkaziladigan joyni jixozlash hamda kerakli texnikani tayyorlash
O’qituvchi mashg’ulotni yakunlaydi. Guruhlarning ba’zilariga, ularning faoliyatlariga o’z fikrini bildiradi. Ushbu trening ularni nimalarga o’rgatganini, ular shu trening orqali nimalarni bilib olishganlari bilan qiziqadi va kerakli savollarni beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |