Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish hamda ularda o’z— o’zini anglash va to’g’ri fikrlash ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari:
- falsafiy bilimlar, qonunlar va kategoriyalarni o’rganish orqali
hayotda o’z o’rnini topish;
o’zining eng oliy maqsadini topish va unga erishish yulida maqsadli faoliyat olib borish;
jamiyat hayotidagi ijtimoiy jarayonlarga falsafiy tafakkur nuqtai nazaridan yondashish, voqyealarga shaxsiy, ijodiy tanqidiy baho berish;
o’z-o’zini ma’naviy axloqiy tarbiyalash;
- jamiyatni demokratlashtirish va modernizasiyalash jarayonida faol
ishtirok etish hissini tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |